Authors

  • Sarvar Ashurmahmatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102244

Keywords:

kasbiy shovqin eshitish tizimi akustik ifloslanish eshituv analizatori tibbiy-profilaktika shovqin kasalligi reverberatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada sanoat va urbanizatsiyalashgan muhitda yuzaga keladigan kasbiy shovqinning inson eshitish tizimiga, ayniqsa eshituv analizatorlari va asab tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tibbiy va ekologik nuqtayi nazardan chuqur tahlil etilgan. Shovqinning fiziologik, nevrologik va psixologik oqibatlari, ayniqsa ish joylarida yuzaga keladigan yuqori chastotali va intensiv tovushlar natijasida yuz beradigan eshitish qobiliyatining pasayishi, asteno-nevrotik sindromlar va yurak-qon tomir o‘zgarishlari asosida ilmiy yondashuvlar keltirilgan. Kasbiy shovqinning oldini olish bo‘yicha texnik, tibbiy va gigiyenik profilaktika choralari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola, ayniqsa, shahar ekologiyasi va inson salomatligi muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.