07-06-2025
124-128
43
37
XI-SINF BIOLOGIYA FANIDAN LABORATORIYA MASHG`ULOTLARINI O‘TKAZISH METODIKASI
Biologiya dars samarodorligining muhim sharti – barcha o‘quvchilarni butun dars jarayonida faol ishlashlarini faollashtiruvchi asosiy vosita – ular bajaradigan laboratoriya mashg`ulotidir. Laboratoriya mashg`uloti - butun sinf o‘quvchilari tomonidan bitta mavzu bo‘yicha bir xil asboblardan foydalanib bajariladi. Laboratoriya mashg`uloti darsning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bunda o`quvchilar avval o`rgangan bilimlarini amaliyotda tekshirib ko‘rish bilan birga asboblarni ishlatish, biologik jarayonlarni kuzatish amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishda avvalo o`quvchilar mavzular yuzasidan puxta nazariy bilimga ega bo`lishlari kerak. O`quvchilar laboratoriya mashg`ulotida yangi materialni o`rganib, kuzatib, tabiiy obyektlardan foydalanib, yakka holda yoki guruhda bajaradilar. Ushbu uslubiy ko`rsatmada XI sinf biologiya fanidan laboratotiya mashg`ulotlarini bajarilish tartibi, texnika xavfsizlik qoidalari, mashg`ulotning borishi va xulosalari berilgan. Biologiya fan o`qituvchilari ushbu qo`llanmadan foydalanib, odam va uning salomatligi darslarida laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish davomida keng foydalanishlari mumkin.