07-06-2025
129-131
38
10
TERI LEYSHMANIOZINI DAVOLASHDA XITOZON SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Hozirgi vaqtda teri leyshmanioziga 98 ga yaqin mamlakat endemik hisoblanadi. 350 milliondan ortiq odam xavf ostida yashaydi. 12 milliondan ortiq odam allaqachon yuqtirgan va har yili yangi holatlar soni 1,5-2 millionni tashkil etadi. Teri leyishmaniozi issiq iqlimli hududlarda uchraydi. Xususan, O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxandaryo, Jizzax, Buxoro, Samarqandning ayrim hududlarida endemik o‘choqlari bor. Teri leyshmaniozi yaralarini davolashda bir qator preparatlardan foydalanish samarali natija bermagan. Tadqiqotimizda teri leyshmaiozi yaralarini davolashda xitozon aminopolisaxaridning biotibbiyotdagi ahamiyatiga bog'liq holda ta'sir etish samaradorligi o‘rganilgan.