07-06-2025
31
23
IoT muhitida aqlli videokuzatuv tizimlari uchun video kompressiya va adaptiv uzatishning samarali modellarini ishlab chiqish
Ushbu maqolada Internet narsalari (IoT) muhitida qo`llaniluvchi aqlli videokuzatuv
tizimlari uchun samarali video kompressiya va adaptiv uzatish modellarini ishlab chiqish masalasi ko`rib chiqilgan. IoT qurilmalari resurs jihatidan cheklangan bo`lganligi sababli, real vaqtli video uzatishda samaradorlikni oshirish muhim ahamiyatga ega. Taklif etilgan yondashuv video oqimining sifatini saqlagan holda, tarmoqli kengligi, energiya sar va kechikishlarni optimallashtiradi. Model tarkibida H.265 asosidagi chuqur siqish algoritmi va AI asosida adaptiv uzatish mexanizmi integratsiyalangan. Tajriba natijalari modelning raqobatbardosh ishlashini va mavjud yondashuvlarga nisbatan afzalliklarini tasdiqlaydi.