Authors

  • Hasan Pirnazarov
  • Kamola Maraimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102466

Abstract

Dunyo energetika tizimi hozirgi vaqtda jiddiy o`zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Iqlim o`zgarishi va global isish bilan bog`liq muammolar, energiyaga bo`lgan talabning o`sishi, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazadigan omillarning kuchayib borayotgani neft sanoatini o`z strategiyasini qayta ko`rib chiqishga undamoqda. Bugungi kunda ko`plab neft kompaniyalari qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o`z faoliyatiga integratsiya qilish orqali ekologik va iqtisodiy barqarorlikka erishishga intilmoqda. Bunda quyosh, shamol, geotermal, suv va biomassa kabi energiya manbalari asosiy rol o`ynamoqda . Xalqaro Energetika Agentligi (IEA) ma'lumotlariga ko`ra, 2023-yilda qayta tiklanuvchi energiyaning ulushi global energiya ishlab chiqarishda 29% dan ortiqni tashkil etdi. Bu esa neft sanoatining yangi yo`nalishga o`tishini tezlashtirdi. Neft va gaz kompaniyalari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilishiga bir nechta omillar bog'liq. Birinchidan, bularning eng muhim sababi - karbon chiqindilarini kamaytirish va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish zarurati. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining narxlari ham kamayib borayotgani sababli, ularning integratsiyasi iqtisodiy jihatdan ham maqbul bo'lib qolmoqda.