07-06-2025
37
11
Sun'iy intellekt rivojlanishi sharoitida IBM korporatsiyasida o`zgarishlarni boshqarish tendensiyalari
XXI asrda transmilliy korporatsiyalarni boshqarish strategiyalari - raqamlashtirish, ilmiy-texnologik inqilob va ijtimoiy jarayonlar transformatsiyasi kabi zamonaviy omillar ta'sirida sezilarli o`zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ushbu o`zgarishlar tashkilotlardan o`zgarishlarni boshqarishga kompleks yondashuvni, shu jumladan, o`zgarishlarni tushunish, ularni to`g`ri yo`naltirish va samarali boshqarishni talab qiladi. So`nggi 5 yil ichida sun'iy intellekt texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi biznes subyektlarini boshqarishda - zamonaviy menejmentning dastlabki tasavvurlarni o`zgartirmoqda va an'anaviy boshqaruv amaliyotini qayta ko`rib chiqishni talab qiladi.