Authors

  • Shahrizoda Jo`rayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102716

Keywords:

birlamchi adaptatsiya nisbiy kopmensasiya davri gemodinamika Eyzenmenger simptomokompleksi.

Abstract

Ushbu maqola “Yurak tug`ma nuqsonlari”, “Qorinchalararo to`siq nuqsoni”, etiologiyasi, davrlari, davolash usullari to`g`risida to`xtalib o`tilgan. Yurak tug`ma nuqsoni embrion va homilaga turli xil zararli omillar ta`sirida yurak va magistral tomirlarda u yoki bu nuqsonning paydo bo`lishi bilan xarakterlanuvchi patologik xolat.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

71

YURAK TUG`MA NUQSONLARI. QORINCHALAR ARO TO`SIQ NUQSONI.

Jo`rayeva Shahrizoda

EMU universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi yo`nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15620298

Annotatsiya. Ushbu maqola “Yurak tug`ma nuqsonlari”, “Qorinchalararo to`siq

nuqsoni”, etiologiyasi, davrlari, davolash usullari to`g`risida to`xtalib o`tilgan. Yurak tug`ma
nuqsoni embrion va homilaga turli xil zararli omillar ta`sirida yurak va magistral tomirlarda u
yoki bu nuqsonning paydo bo`lishi bilan xarakterlanuvchi patologik xolat.

Kalit so`zlar: birlamchi adaptatsiya, nisbiy kopmensasiya davri, gemodinamika,

Eyzenmenger simptomokompleksi.

Etiologiyasi:

Homiladorlikning 6-8 haftasida yurak tug`ma nuqsonlari rivojlanishi havfi

yuqori hisoblanadi. Ushbu davrda teratogen omillarni homilaga ta`siri oqibatida yurakning og`ir
va qo`shilib kelgan nuqsonlari rivojlanadi. Homiladorlikning turli bosqichlarida kompleks
ravishda yurak zararlanishi mumkin. Bundan tashqari bolalarning yurak tug`ma nuqsonlari bilan
tug`ilishiga asosiy sabablardan biri xromasoma buzilishi 5%, birlamchi gen mutatsiyasi 2-3%,
tashqi omillar ta`siri (ota-ona zararli odatlari: alkagolizm, narkomaniya, homiladorlik vaqtida
virusli kasalliklar bilan kasallanishi va boshqalar), 1-2%: poligen-multifakal nasliy omillr 90%
hollarda uchraydi. Anamnezida onaning yoshi, oilasida endokrin kasalliklarning bo`lishiga,
homiladorlikning 3-oyligida toksikoz va bola tushish xavfi bo`lganligi, oilada o`lik bola
tug`ilishi, qarindoshlar orasida yurak tug`ma nuqsoni kuzatilishi ham muhim ahamiyatga ega.

Yurak tug`ma nuqsoni kechishida uch davr farqlanadi:

Birinchi davr (birlamchi adaptatsiya)-

nuqson tufayli

vujudga kelgan gemodinamik

buzilishlarga bola organizmining moslashuvi bilan harakterlanadi. Kichik bolalarda moslashish
va kompasesiya jarayonlari noturg`un muvozanatda yoki nisbatan kuchsiz bo`ladi.

Ikkinchi davr (nisbiy kopmensasiya davri)-

agar tug`ma nuqsoni bor bolalar kasallikning

birinchi davrida nobud bo`lmasalar, odatda hayotining 2-3 yilidan boshlab umumiy ahvolining
yaxshilanishi kuzatiladi. Bu davrda sub`ektiv shikoyatlar kamayadi. Bemorning jismoniy va
harakat aktivligi tiklanadi.

Uchinchi davr (terminal bosqich)-

bu davr kompensator imkoniyatlar tugab, yurak

mushagida va parenximatoz organlarda distrofik hamda degenerative o`zgarishlar vujudga
kelganda boshlanadi. Turli kasalliklar va ularning asoratlari bu bosqich rivojlanishini
tezlashtiradi.

Qorinchalararo to`siq nuqsoni –

Eng ko`p tarqalgan tug`ma yurak nuqsoni. Ushbu

nuqson yurak membrana yoki mushak sohasida joylashib,
diametri 1 mm dan 30 mm gacha bo`lishi mumkin. Yurak
nuqsonlari Ichida 20-30%ni tashkil etadi. Nuqson qorinchalar
aro to`siqning membranali yoki mushak qismida ovalsimon,
aylana yoki konussimon teshik ko`rinishida bo`lishi mumkin.

Gemodinamika.

Qon chap qorinchadan o`ng qoringa o`tadi,

so`ngra o`pka arteriyasiga va u yerdan yurakning chap
qismlariga tushadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

72

Kichik qon aylanish doirasida dimlanish kuzatilib, ikkala qorinchalar zo`riqishiga olib

keladi. Bola tug`ilganida o`pka tomirlarida

Qorinchalar aro tosiqning

qarshilik yuqori bo`ladi,

shuning uchun chap.

Yuqori nuqsoni

qorinchaga qonning o`tishi kam bo`ladi. Qarshilik bola

hayotining bir necha kunida va haftalarida kamayadi va gemodinamik o`zgarishlar bola 2-4
oyligida namoyon bo`ladi. Yurak mushagi sohasidagi nuqson ancha yengil kechadi.

Klinik simptomlari.

Qorinchalar aro to`siq nuqsonida auskultativ o`zgarishlar yaqqo

bo`lganligi uchun bu nuqson erta yoshlarda aniqlanadi. Yuqori va o`rta hajmdagi nuqsonlarda
bolada hansirash, yo`tal, sianoz, kamquvvatlik, tez charchash, tez-tez nafas yo`llari va o`pkaning
yallig`lanish kasalliklari kuzatiladi. Ko`rikda teri oqamtir, marmarsimon, jismniy zo`riqishda-
sianoz, asta sekinlik bilan yura bukriligi shakllanadi. Paypaslaganda yurak uchi turtkisi chapga
va pastga siljigan, tarqalgan ko`rinshida, kuchli ko`tariuvchan, 3-4 qovurg`a oralig`ida chapdan
sistolik titrash aniqlanadi. Auskultatsiyada to`sh suyagining chap tomonida 3-4 qovurg`a
oralig`ida dag`al sistolik shovqin eshitiladi. Shovqin chap o`mrov osti sohasi va orqaga
tarqalganligi kuzatiladi. Perkussiyada yurak nisbiy chegarasini ikkala tomonga, ko`proq chapga
kengayishi aniqlanadi.

Asorati.

Eyzenmenger simptomokompleksi- qorinchalar aro to`siq yuqori nuqsoni tezda

asoratlanib, o`pka gipertenziyasi sklerotik fazasi bilan kechsa, o`ng qorinchada bosimning
oshishiga, vena-arterial shunt hosil bo`lishiga olib keladi. Bola yanoqlari, labi, tirnoqlarining
ko`karib, binafsha rangiga o`xshaydi, barmoqlari baraban tayoqchasimon. Sistolik shovqin
kamayadi, keyinchalik yo`qoladi, ammo ikki tonning o`pka arteriyasi ustida aksenti kuchayadi.

Ba`zida o`pka arteriyasi klapanlarining yetishmovchiligi tufayli protodiastoik shovqin

eshitilishi mumkin. Bolada hansirash kuchayib, jismoniy aktivligi pasayadi. Burundan qon
ketish, yurak sohasida og`riq kuzatiladi.

Davolash:

Ko`pgina 3 mm li o`lchamdagi nuqsonlar 3 yoshgacha o`z-o`zidan berkiladi.

Bu nuqsonlar chin nuqsonlardan farqli ravishda oval teshikning kengayishi xisobig

yuzaga keladi. Yagona muvoffaqiyatli usullardan biri nuqsonni tikish yoki plastika qilish yoli
bilan operatsiya qilish usuli hisoblanadi. Operatsiya rejalashtirilgan holda 3-6 yoshda o`tkaziladi.

Agar nuqson 10-12 mm gacha bo`lsa tikish yo`li bilan, katta bo`lsa plastika qilinadi.
Nuqsonni yangicha davolash bu endovaskulyar usul hisoblanadi. Son venasi orqali yurak

bo`shlig`iga noozik kateter orqali maxsus qurilma-ikkulyeder kiritilib teshik yopiladi. Nuqsonni
bieinchi bosqichida o`pka gipertenziyasining 0-darajasida operatsiyaga ko`rsatma berilmaydi. Bu
bemorlar uzoq vaqtgacha mexnat faoliyatini saqlab qoladi.

REFERENCES

1.

Mamatkulova D.X, Sharipova O.A. Yurak tug`ma nuqsonlari. Samarqand-2022

2.

T.A.Daminov, B.T.Xalmatova, U.R.Boboyeva. Bolalar kasalliklari. Toshkent-2012

References

Mamatkulova D.X, Sharipova O.A. Yurak tug`ma nuqsonlari. Samarqand-2022

T.A.Daminov, B.T.Xalmatova, U.R.Boboyeva. Bolalar kasalliklari. Toshkent-2012