10-06-2025
116-122
44
8
TALABA YOSHLARNING AXLOQIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK JIHATLAR
Ushbu maqola talaba yoshlarning axloqiy rivojlanish jarayonini pedagogik va psixologik jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning axloqiy qadriyatlari, madaniyati va ongini shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Axloqiy rivojlanishning talabalik davrida shakllanishi o‘quv jarayoni, oilaviy muhit, ijtimoiy ta’sirlar, shuningdek, shaxsning psixologik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Maqolada axloqiy rivojlanishni aniqlashda qo‘llanilgan nazariy asoslar, tadqiqot metodlari, va olgan natijalar tahlil qilingan. Shu bilan birga, pedagogik yondashuvlar va psixologik omillarning axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida so‘rovnomalar, kuzatish usullari va eksperimentlardan foydalanilib, yoshlarning axloqiy xatti-harakatlari va qadriyatlariga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilindi.