Authors

  • Rustam Normo’minov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103796

Keywords:

Raqamli jinoyatlar inson huquqlari sun’iy intellekt deepfake texnologiyalari kibertahdidlar Budapesht konvensiyasi raqamli kuzatuv huquqiy implementatsiya O‘zbekiston qonunchiligi shaxsiy hayot daxlsizligi.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi avlod raqamli jinoyatlari va ularning inson huquqlariga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan kiberzo’ravonlik, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish, deepfake texnologiyalari orqali sha’ni va qadr-qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), va raqamli kuzatuv orqali shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinib, yangi turdagi raqamli jinoyatlarga qarshi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

458

INSON HUQUQLARIGA QARSHI YANGI AVLOD RAQAMLI JINOYATLARI:

HUQUQIY TAHLIL VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH

ISTIQBOLLARI

Normo’minov Rustam Hamza o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti,

"Xalqaro huquq va inson huquqlari" yo’nalishi, magistratura talabasi.

Email:

rustamnormuminov544@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15650152

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi avlod raqamli jinoyatlari va ularning inson

huquqlariga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan
kiberzo’ravonlik, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish, deepfake texnologiyalari orqali
sha’ni va qadr

-

qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), va raqamli kuzatuv orqali

shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston
qonunchiligida mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinib, yangi turdagi raqamli jinoyatlarga qarshi

huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar:

Raqamli jinoyatlar, inson huquqlari, sun’iy intellekt, deepfake

texnologiyalari, kibertahdidlar, Budapesht konvensiyasi, raqamli kuzatuv, huquqiy

implementatsiya, O‘zbekiston qonunchiligi, shaxsiy hayot daxlsizligi.

Аннотация.

В статье анализируются преступления нового поколения в цифровой

среде,

возникающие

вследствие

стремительного

развития

информационно

-

коммуникационных технологий, и их негативное влияние на права человека. Особое
внимание уделяется таким формам цифровых угроз, как кибербуллинг, неправомерное
использование искусственного интеллекта, распространение дипфейков, вмешательство
в частную жизнь посредством цифрового наблюдения и иные виды киберпреступлений,
зафиксированные

в

международной

практике.

Анализируются

пробелы

в

законодательстве Узбекистана и обосновывается необходимость разработки
эффективных правовых механизмов для противодействия современным цифровым
преступлениям.

Ключевые слова:

Цифровые преступления, права человека, искусственный

интеллект, технологии дипфейк, киберугрозы, Будапештская конвенция, цифровое
наблюдение,

правовая

имплементация,

законодательство

Узбекистана,

неприкосновенность частной жизни.

Abstract.

This article explores the rise of next-generation digital crimes emerging from

the rapid development of information and communication technologies and their adverse effects
on human rights. Special attention is paid to cyber threats identified in foreign jurisdictions,
including cyberbullying, misuse of artificial intelligence, defamation via deepfake technologies,
and invasions of privacy through digital surveillance. It also highlights existing gaps in

Uzbekistan’s national legislation and substantiates the necessity for developing robust legal

mechanisms to counter digital threats to fundamental rights.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

459

Keywords:

Digital crimes, human rights, artificial intelligence, deepfake technologies,

cyber threats, Budapest Convention, digital surveillance, legal implementation, Uzbekistan
legislation, privacy rights.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha

jabhalariga chuqur kirib borib, inson faoliyatini tubdan o‘zgartirmoqda. Biroq bu jarayon

insoniyat oldiga yangi avlod xavflarini ham olib chiqdi. Raqamli transformatsiya natijasida
vujudga kelgan kiberjinoyatlar tobora murakkablashib, inson huquqlariga qarshi qaratilgan

hujumlarning ko‘lami kengaymoqda. Bu jinoyatlar orasida shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy
yig‘ilishi va tarqatilishi, sun’iy intellekt asosida yaratilgan deepfake materiallar orqali sha’ni va

qadr-

qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), raqamli kuzatuv, algoritmik

diskriminatsiya, feyk axborotlar va sun’iy manipulyatsiyalar alohida xavotir uyg‘otmoqda.

Xalqaro amaliyotda bu kabi jinoyatlar soni jadal sur’atda oshib bormoqda. Jumladan,

AQSh Federal tergov byurosi (FBI) 2024-

yilda 859 532 ta internet jinoyatini qayd etgan bo‘lib,

ular orqali yetkazilgan moddiy zarar 16 milliard AQSh dollaridan oshgan

,

bu 2023-yilga

nisbatan 33% ko‘proqdir.[1] Xususan, AI yordamida yaratilgan soxta tasvirlar, tovushlar yoki
videolar orqali shaxslar sha’niga tajovuz qilish holatlari keskin ko‘paymoqda. Xuddi shunday
tendensiyalar Yevropa Ittifoqi davlatlarida ham mavjud bo‘lib, Yevropol 2024

-yilgi hisobotida

AI asosidagi huquqbuzarliklar xavfini “yuksak darajadagi tahdid” sifatida belgilagan.

O‘zbekiston Respublikasi miqyosida ham raqamli jinoyatlar ko‘paymoqda. 2024

-yilda

mamlakatimizda sodir etilgan barcha jinoyatlarning 44,4 foizi raqamli jinoyatlar turkumiga

to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich 2020

-yilga nisbatan 68 barobar ortgan.[2] Shu bilan birga,

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan 2024-yilda 12 milliondan ortiq kiberhujum holati aniqlangan

bo‘lib, 2023

-

yildagi 11 millionlik ko‘rsatkich bilan solishtirganda o‘sish aniq ko‘rinadi.[3] Shu

jumladan, bank kartalari orqali firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni buzib olish, ijtimoiy tarmoqlar
orqali yolg‘on axborot tarqatish va boshqa zararli faoliyatlar orqali 1 trillion 909 milliard so‘mlik

zarar yetkazilgan.[4] Ushbu holatlar inson huquqlari

xususan, shaxsiy hayot daxlsizligi,

axborotga egalik huquqi, sha’ni va qadr

-qimmatni himoya qilish kabi asosiy konstitutsiyaviy

kafolatlarga tahdid solmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141

-1-moddasi

(“Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish”), 141

-2-

moddasi (“Shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy

foydalanish”) va 141

-3-

moddasi (“Shaxsning sha’nini va qadr

-qimmatini kamsituvchi hamda

inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish”) ushbu
sohadagi ba’zi jinoyat turlarini qamrab olsa

-da, amaldagi tartib ularni zamonaviy raqamli

jinoyatlar kontekstida huquqiy jihatdan yetarli darajada tartibga solmaydi.

Masalan, 141-1-

modda deepfake texnologiyalari bilan bog‘liq sha’ni va qadr

-qimmatga

zarar yetkazish holatlarini to‘liq qamrab olmaydi, 141

-2 va 141-3 moddalirada esa algoritmik

diskriminatsiya yoki sun’iy intellekt vositasida ma’lumotlarni buzib talqin qilish kabi nozik

holatlarga moslashtirilmagan. Xalqaro tajriba, xususan Budapesht konvensiyasi (Convention on
Cybercrime of the Council of Europe (ETS No. 185) [5] raqamli jinoyatlarga qarshi samarali

kurash vositasi sifatida tan olingan bo‘lsa

-

da, uning asosiy qoidalari O‘zbekiston qonunchiligida

to‘liq implementatsiya qilinmagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

460

Shuningdek, xorijiy davlatlarda paydo bo‘lgan yangi jinoyat shakllari –

masalan,

algoritmik kamsitish, robotlashtirilgan kuzatuv, raqamli repressiya

hali bizda qonuniy tasnifga

ega emas.

Zamonaviy raqamli jinoyatlar klassik kiberjinoyatlardan farqli ravishda inson

huquqlarining bevosita buzilishiga olib kelmoqda. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

Deepfake texnologiyalar orqali sha’ni va qadr

-qimmatga tajovuz

sun’iy intellekt

asosida yaratilgan soxta videolar, fotosuratlar va audioyozuvlar shaxsga oid yolg‘on axborotlar

tarqatish vositasiga aylanmoqda. Bu esa Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi bilan faqat qisman
tartibga solinadi.

Onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying) –

asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smirlar va

ayollarga nisbatan tahdidlar, haqorat va bosim o‘tkazish orqali shaxsiy daxlsizlik buziladi.

Algoritmik kamsitish

sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan algoritmlar orqali

fuqarolarni jins, millat yoki ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra diskriminatsiya qilish holatlari

kuzatilmoqda.

Raqamli kuzatuv (digital surveillance)

davlat va xususiy sektor tomonidan shaxsning

harakati, qarashlari va aloqa ma’lumotlarini doimiy ravishda monitoring qilish orqali shaxsiy

hayot daxlsizligiga tajovuz qilinmoqda.

Mazkur holatlar insonning shaxsiy hayotga daxldor huquqlari, axborotga egalik huquqi,

sha’ni va qadr

-qimmati, diskriminatsiyadan himoyalanish huquqlari kabi asosiy erkinliklarini

jiddiy xavf ostida qoldiradi. Budapesht konvensiyasi (2001)

kiberjinoyatlarga qarshi xalqaro

kurashda asosiy huquqiy asoslardan biri hisoblanadi. Konvensiyada quyidagi jinoyatlar aniq
belgilangan:

tizimlarga noqonuniy kirish;

ma’lumotlarni buzish yoki yo‘q qilish;

kontentga oid jinoyatlar (shu jumladan pornografiya va tahdidlar);

maxfiy axborotlarni ruxsatsiz egallash va tarqatish.
Yevropa Ittifoqi esa 2022-

yildan boshlab AI Act (Sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonun)ni

qabul qilish orqali AI asosidagi xavflarni huquqiy nazoratga olishga kirishdi. Bu qonunda
algoritmik kamsitish, manipulyativ algoritmlar, xavfli biometrik monitoring kabi hodisalarga

qarshi choralar ko‘zda tutilgan. AQSh, ayniqsa Kaliforniya shtatida, shaxsiy ma’lumotlar
himoyasi borasida California Consumer Privacy Act (CCPA) orqali o‘z yurisdiktsiyasidagi
kompaniyalarni fuqarolarning axborotlariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishga majbur qilmoqda.

Ushbu huquqiy hujjatlar O‘zbekiston uchun huquqiy modellashtirishda katta ahamiyatga

ega bo‘lishi mumkin.

Aytib o’tilganidek, zamonaviy raqamli texnologiyalar taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy va

ijtimoiy sohalarni, balki inson huquqlari va erkinliklarini ham jiddiy sinov ostiga qo‘ymoqda.

Ayniqsa, xorijiy tajribalarda tobora ko‘payib borayotgan yangi avlod raqamli jinoyatlari –

kiberzo‘ravonlik, deepfake texnologiyalari, sun’iy intellekt orqali sha’ni va qadr

-qimmatga

tahdid, raqamli kuzatuv orqali shaxsiy hayotga tajovuz, algoritmik diskriminatsiya kabi holatlar

insonning fundamental huquqlarini zamonaviy xavflar ostida qoldirmoqda. O‘zbekiston Jinoyat

kodeksida bu borada ayrim muhim moddalarning mavjudligi quvonarlidir, biroq ularni
takomillashtirish zarurati keskin dolzarblik kasb etmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

461

Jumladan, 141-1-modda (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 141-2-modda (shaxsiy

ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish) va ayniqsa 141

-3-

modda (Shaxsning sha’nini va qadr

-

qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi

ma’lumotlarni oshkor qilish) raqamli jinoyatlarning turli ko‘rinishlariga javob beradi. Biroq
ushbu moddalarda texnologik tahdidlar, sun’iy intellekt orqali sodir etilayotgan jinoyatlar, ilg‘or
monitoring usullari bilan bog‘liq huquqiy xatarlar va zamonaviy kiberjinoyatlarning kompleks

tabiati yetarli darajada aks ettirilmagan. Mazkur holat milliy qonunchilikni xalqaro standartlar
asosida chuqur takomillashtirishni talab etadi. Xususan, Budapesht konvensiyasi (2001),

Yevropa Kengashining 108+ Konvensiyasi [6] O‘zbekiston qonunchiligiga tizimli

implementatsiya qilish zarur. Bu hujjatlar orqali inson huquqlarini raqamli sohada kompleks
himoya qilish, zamonaviy texnologiyalar ortida yashirinayotgan xavflarni huquqiy jihatdan
bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, raqamli makonda yuzaga kelayotgan jinoyatlarni samarali bartaraf

etish uchun, bir tomondan, Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddalarini amaldagi tahdidlar

kontekstida yangilash, ikkinchi tomondan esa ilg‘or xalqaro huquqiy hujjatlarni to‘liq va izchil

implementatsiya qilish kerak deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

FBI Internet Crime Complaint Center (IC3), “2024 Internet Crime Report”, Washington

DC.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sud statistik hisobotlari, 2024.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik

markazi, 2024-yilgi monitoring natijalari.

4.

UzReport. “Bank kartalari orqali jinoyatlar: 2024

-

yilning moliyaviy yo‘qotmalari”. 2025

-

yil, may.

5.

Budapesht konvensiyasi

rasmiy nomi:

Convention on Cybercrime of the Council of

Europe (ETS No. 185)

. 2001-yilda qabul qilingan va 2004-yilda kuchga kirgan. Bu

konvensiya kiberjinoyatlarga qarshi xalqaro huquqiy mexanizm sifatida tan olingan.

Manba:

Council

of

Europe.

Convention

on

Cybercrime,

Budapest,

23.XI.2001.

https://www.coe.int/en/web/conventions/full-list/-/conventions/treaty/185

6.

Yevropa Kengashining 108+ konvensiyasi

Convention for the Protection of

Individuals with regard to Automatic Processing of Personal Data (modernized version,
ETS No. 108+)

. Bu konvensiya shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga oid eng muhim

huquqiy hujjatlardan biridir.

Manba:

Council of Europe. Modernised Convention 108+,

2018.

https://www.coe.int/en/web/data-protection/convention108-and-protocol

References

FBI Internet Crime Complaint Center (IC3), “2024 Internet Crime Report”, Washington DC.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sud statistik hisobotlari, 2024.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi, 2024-yilgi monitoring natijalari.

UzReport. “Bank kartalari orqali jinoyatlar: 2024-yilning moliyaviy yo‘qotmalari”. 2025-yil, may.

Budapesht konvensiyasi — rasmiy nomi: Convention on Cybercrime of the Council of Europe (ETS No. 185). 2001-yilda qabul qilingan va 2004-yilda kuchga kirgan. Bu konvensiya kiberjinoyatlarga qarshi xalqaro huquqiy mexanizm sifatida tan olingan. Manba: Council of Europe. Convention on Cybercrime, Budapest, 23.XI.2001.https://www.coe.int/en/web/conventions/full-list/-/conventions/treaty/185

Yevropa Kengashining 108+ konvensiyasi — Convention for the Protection of Individuals with regard to Automatic Processing of Personal Data (modernized version, ETS No. 108+). Bu konvensiya shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga oid eng muhim huquqiy hujjatlardan biridir. Manba: Council of Europe. Modernised Convention 108+, 2018. https://www.coe.int/en/web/data-protection/convention108-and-protocol