Authors

  • Rustam Normo’minov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107772

Keywords:

Axborot kodeksi raqamli huquqlar shaxsiy ma'lumotlar himoyasi internet erkinligi kiberxavfsizlik sun'iy intellekt blokcheyn shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish huquqiy munosabatlar.

Abstract

Bugungi raqamli transformatsiya davrida inson huquqlarining yangi shakllari raqamli huquqlar muhim huquqiy muammolardan biriga aylanmoqda. Internet texnologiyalarining keng tarqalishi, ma’lumotlar almashinuvi tezligining ortishi, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli xizmatlarning hayotimizga chuqur kirib borishi inson faoliyatining barcha sohalarida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar, ayniqsa, axborot olish, uni tarqatish va undan foydalanish huquqlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, hamda kiberxavfsizlik kabi sohalarda yangi yondashuv talab etmoqda.

background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

344

RAQAMLI INSON HUQUQLARI: TARTIB VA HIMOYA IZLAB

Normo’minov Rustam Hamza o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti, "Xalqaro huquq va inson huquqlari" yo’nalishi,

magistratura talabasi

Email:

rustamnormuminov544@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15679815

Kalit so’zlar.

Axborot kodeksi, raqamli huquqlar, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi, internet

erkinligi, kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt, blokcheyn, shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, huquqiy
munosabatlar.

DIGITAL HUMAN RIGHTS: SEARCHING FOR ORDER AND PROTECTION

Keywords.

Information code, digital rights, personal data protection, internet freedom,

cybersecurity, artificial intelligence, blockchain, personal data collection, legal relations.

ЦИФРОВЫЕ ПРАВА ЧЕЛОВЕКА: ПОИСК ПОРЯДКА И ЗАЩИТЫ

Ключевые слова.

Кодекс информации, цифровые права, защита персональных

данных, свобода в интернете, кибербезопасность, искусственный интеллект, блокчейн,
сбор персональных данных, юридические отношения.

Bugungi raqamli transformatsiya davrida inson huquqlarining yangi shakllari

raqamli

huquqlar

muhim huquqiy muammolardan biriga aylanmoqda. Internet texnologiyalarining keng

tarqalishi, ma’lumotlar almashinuvi tezligining ortishi, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar va
raqamli xizmatlarning hayotimizga chuqur kirib borishi inson faoliyatining barcha sohalarida tub
o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar, ayniqsa,

axborot olish, uni tarqatish va

undan foydalanish huquqlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish,

hamda

kiberxavfsizlik

kabi sohalarda yangi yondashuv talab etmoqda.

Shu sababli, turli davlatlar, jumladan,

O‘zbekiston, Rossiya

va

Qirg‘iziston,

o‘z milliy

huquqiy tizimlarida

axborot kodekslar

ni ishlab chiqishga kirishdilar. Bu kodekslar orqali

davlatlar mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish, zamonaviy texnologiyalar bilan
bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish va eng asosiysi — fuqarolarning raqamli
makondagi huquq va erkinliklarini kafolatlashni maqsad qilganlar. Masalan, O‘zbekistonda ishlab
chiqilayotgan

“Axborot kodeksi”

shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, jurnalistlar faoliyati,

axborot erkinligi va media savodxonlikni rivojlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi
[1]. Rossiyada esa “Raqamli kodeks” loyihasi raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, axborot
xavfsizligi va boshqa zamonaviy texnologiyalarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun
mo‘ljallangan [2]. Qirg‘izistonda parlament tasdig‘idan o‘tgan kodeks esa investorlar va “raqamli
kochevniklar” uchun huquqiy muhit yaratish, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan [3]. Ushbu kodekslar yaratilishining asosiy sababi raqamli makonda yuzaga kelayotgan
yangi huquqiy muammolarni hal qilishdir. Zero, raqamli texnologiyalar faqat imkoniyat emas,
balki xavf-xatarlarni ham o‘z ichiga oladi. Shunday ekan, zamonaviy davlatlar uchun

raqamli

huquqiy tartibot

— bu siyosiy ixtiyor emas, balki

strategik zarurat

dir. Raqamli inson huquqlari,

asosan, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, internetda erkin harakat qilish, kiberxavfsizlik va
boshqa bir qancha huquqlarni o'z ichiga oladi. Bugungi kunda texnologiyalar juda tez
rivojlanayotganligi sababli, internetda shaxsiy hayotga xavf tug'diradigan yangi muammolar


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

345

paydo bo'lmoqda. Shuning uchun shaxsiy huquqlarni himoya qilish juda muhim masala. Axborot
kodeksi va raqamli inson huquqlarini tartibga solish orqali bu muammolarni hal qilish mumkin.
Axborot kodeksi shaxsiy ma'lumotlarni qanday yig'ish va ishlatishni aniq belgilab beradi. Bu
kodeks foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish va internetda shaxsiy hayotni saqlashga
yordam beradi. Bu kodeks ijtimoiy tarmoqlar, masalan, Facebook, Instagram, Telegram,
WhatsApp va boshqa internet platformalarida foydalanuvchilarning ma'lumotlarini qanday
ishlatishni nazorat qiladi. Ushbu platformalar ko'pincha foydalanuvchilarning shaxsiy
ma'lumotlarini yig'ib, reklama va boshqa xizmatlar uchun ishlatadi. Axborot kodeksi bu
platformalarda ma'lumotlarni qanday ishlatish kerakligini aniq belgilaydi, bu esa
foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qiladi. Yangi texnologiyalar, masalan, sun'iy intellekt
va blokcheyn, ham bu platformalarda ma'lumotlarni ishlash usulini o'zgartirishi mumkin. Axborot
kodeksi bu texnologiyalarni hisobga olib, shaxsiy huquqlarni himoya qilish uchun yangi tartiblar
yaratadi. Shu bilan birga, bu kodeks internetda xavfsiz va erkin muhit yaratadi.

Rossiya va AQShda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishda katta muammolar bor.

Masalan, Rossiyada "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risidagi" qonun 2006-yilda qabul qilingan

[4] lekin

hozirgi texnologiyalarga, masalan, internetga kirish va yangi tarmoqlarni hisobga olganda bu
qonun eskirib qoldi. Axborot kodeksi bunday qonunlarni yangilab, shaxsiy ma'lumotlarni qanday
to'plash va ishlatish kerakligini aniq belgilashga yordam beradi. Misol uchun, Yevropada GDPR
(shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish tartibi) joriy etilganidan so'ng, kompaniyalar endi
foydalanuvchilarning ruxsatisiz ularning ma'lumotlarini yig'ish va ishlatish huquqiga ega emas.

[5]. Agar axborot kodeksi tuzilmasa, kompaniyalar va davlatlar bir-biridan ma'lumotlarni himoya
qilishda qiynaladi. Misol uchun, 2017-yilda AQShda bir kompaniya 143 million kishining shaxsiy
ma'lumotlarini o'g'irlashdi [6]. Bu kabi voqealar kiberxavfsizlikni yaxshilash zaruratini ko'rsatadi.
Axborot kodeksi esa, kompaniyalarga o'z ma'lumotlarini qanday himoya qilishni belgilaydi.
Ko'plab mamlakatlar raqamli huquqlarni himoya qilishga oid qonunlar chiqarishgan, ammo ular
eskirib qolgan. Masalan, AQShdagi eski qonunlar yangi texnologiyalarni hisobga olmaydi.
Axborot kodeksi esa bu qonunlarni yangilab, foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni
osonlashtiradi. O‘zbekistonda axborot kodeksini yaratish va raqamli huquqlarni himoya qilishning
bir necha asosiy sabablari bor: Birinchisi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishdir. Odamlar
internetda o‘z shaxsiy ma’lumotlarini (rasm, telefon raqami, pasport raqami va boshqalar) turli
sayt va ilovalarga kiritishyapti. Bu esa ularni firibgarlar qo‘liga tushirib qo‘yish xavfini oshiryapti.
Misol sifatida, Sh.F. ismli fuqaro “HELLO TASHKENT, SALAM TASHKENT” nomli Telegram
kanaliga boshqa bir odamning shaxsiy suratlarini joylashtirgan. Jabrlanuvchi bunga e’tiroz
bildirib, rasmlarni o‘chirishni so‘ragan. Sh.F. esa suratlarni o‘chirish evaziga undan 1 million so‘m
pul talab qilgan. Pulni ikki qismda — har safar 500 ming so‘mdan — plastik kartasiga o‘tkazib
olgan. Sud uni tovlamachilikda ayblab, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Toshkentda
bir guruh shaxslar uy ijaraga olib, ichida soxta call-markaz ochishgan. Ular fuqarolarga telefon
qilib, o‘zlarini davlat xodimi yoki bank xodimi deb tanishtirib, ularni aldashgan. Tergov
jarayonida ular 15 mingdan ortiq odamning shaxsiy ma’lumotlari, ko‘plab plastik kartalar, hatto
giyohvandlik moddalarini ham saqlayotgani aniqlandi. Tergov organlari tomonidan 20 dan ortiq
shaxs qo‘lga olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi [7]. Muammo nimada? Bunday holatlar
ko‘paymoqda, ammo bizda bu boradagi profilaktik tartib mavjud emas. Bu kabi misollar


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

346

O‘zbekistonda Axborot kodeksi nima uchun zarurligini aniq ko‘rsatadi. Har bir fuqaroning shaxsiy
ma’lumoti himoyalanishi kerak. Aks holda, jinoyatchilar undan foydalanib, odamlarni aldashi,
tovlamachilik yoki moliyaviy zarar yetkazishi mumkin. Muammo nimada? Bunday holatlar
ko‘paymoqda, ammo bizda bu boradagi profilaktik tartib mavjud emas.

Ikkinchisi, internet erkinligini ta'minlash hisoblanadi: Internetda fikrlar erkin ifodalangan

bo‘lishi kerak. Hozirda ko’plab blogerlar tarqatgan din va siyosatga oid axborotlarni haqqoniy
emasligi uchun javobgar bo‘ldi. Bu esa ularning erkin fikr bildirish huquqini cheklashi mumkin.
Konstitutsiyada har bir fuqaro internetdan erkin foydalanish huquqiga ega deb belgilangan. Biroq,
bu huquq shaxsiy sir, davlat siri yoki boshqa maxfiy axborotlarni tarqatishni taqiqlash orqali
cheklanishi mumkin. Agar kodeks bo‘lmasa, davlatlar internetda erkin fikrni cheklashlari mumkin.
Axborot kodeksi esa, internetda erkinlikni himoya qilib, senzurani oldini olishga yordam beradi.
Uchinchisi esa, yangi texnologiyalarni nazorat qilish hisoblanadi. Sun'iy intellekt, blokcheyn kabi
texnologiyalar tez rivojlanmoqda. Bu, firibgarliklar, shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash kabi
xavflarni keltirib chiqaradi.

Misol

uchun 2022-yilda “OneCoin” kriptovalyuta ponzi sxemasi

orqali 4,4 milliard dollar o‘g‘irlangan [8]. Bu firibgarlikda kriptovalyutadan noqonuniy pul
o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Axborot kodeksi yangi texnologiyalarni nazorat qiladi, ularni
noqonuniy ishlatishni oldini oladi va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaydi.

Xulosa qilib, Axborot kodeksi raqamli dunyoda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish

uchun zarurdir. U shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, internetda erkin fikr almashish va
yangi texnologiyalarni nazorat qilishni maqsad qiladi. Bu kodeks jinoyatlarning oldini olish,
xavfsiz raqamli muhit yaratish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi.
Raqamli inson huquqlari ushbu kodeks orqali tartib va himoya qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Gazeta.uz. (2024). "O‘zbekistonda axborot kodeksi haqida yangi takliflar". Gazeta.uz.
URL: https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/axborot-kodeksi/

2.

Фролова, М. (2024). Единый документ: какие нормы будет описывать Цифровой
кодекс РФ.

Известия

. URL:

https://iz.ru/1704035/mariia-frolova/edinyi-dokument-

kakie-normy-budet-opisyvat-tcifrovoi-kodeks-rf

3.

Хван, Екатерина. "В Кыргызстане введут Цифровой кодекс. Что он регулирует."

DW.com

, 13 дек. 2024,

https://www.dw.com/ru/v-kyrgyzstane-vvedut-cifrovoj-kodeks-

cto-on-reguliruet/a-71052164

.

4.

«О персональных данных». Федеральный закон от 27.07.2006 № 152-ФЗ (последняя
редакция).

КонсультантПлюс,

https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_61801/

.

5.

European Union.

Regulation (EU) 2016/679 of the European Parliament and of the

Council of 27 April 2016 on the Protection of Natural Persons with Regard to the
Processing of Personal Data and on the Free Movement of Such Data (General Data
Protection Regulation, GDPR)

. European Union, 2016,

https://eur-lex.europa.eu/legal-

content/EN/TXT/?uri=CELEX%3A32016R0679

.

6.

Federal Trade Commission.

Equifax Data Breach: What to Do

. Federal Trade Commission,

2017,

https://www.consumer.ftc.gov/blog/2017/09/equifax-data-breach-what-do

.


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

347

7.

"Internetda shaxsiy ma’lumotlar himoyasi jiddiy muammoga aylanmoqda." Xabar.uz, 9-
apr. 2025,

https://xabar.uz/uz/tahlil/internetda-shaxsiy-malumotlar-himoyasi-eng-jiddi

.

8.

"OneCoin Ponzi Scheme: $4.4 Billion Stolen in Cryptocurrency Scam." Reuters, 2022,

https://www.reuters.com/article/us-crypto-onecoin-scam-idUSKCN1VQ0Z2

.

References

Gazeta.uz. (2024). "O‘zbekistonda axborot kodeksi haqida yangi takliflar". Gazeta.uz. URL: https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/axborot-kodeksi/

Фролова, М. (2024). Единый документ: какие нормы будет описывать Цифровой кодекс РФ. Известия. URL: https://iz.ru/1704035/mariia-frolova/edinyi-dokument-kakie-normy-budet-opisyvat-tcifrovoi-kodeks-rf

Хван, Екатерина. "В Кыргызстане введут Цифровой кодекс. Что он регулирует." DW.com, 13 дек. 2024, https://www.dw.com/ru/v-kyrgyzstane-vvedut-cifrovoj-kodeks-cto-on-reguliruet/a-71052164.

«О персональных данных». Федеральный закон от 27.07.2006 № 152-ФЗ (последняя редакция). КонсультантПлюс, https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_61801/.

European Union. Regulation (EU) 2016/679 of the European Parliament and of the Council of 27 April 2016 on the Protection of Natural Persons with Regard to the Processing of Personal Data and on the Free Movement of Such Data (General Data Protection Regulation, GDPR). European Union, 2016, https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=CELEX%3A32016R0679.

Federal Trade Commission. Equifax Data Breach: What to Do. Federal Trade Commission, 2017, https://www.consumer.ftc.gov/blog/2017/09/equifax-data-breach-what-do.

"Internetda shaxsiy ma’lumotlar himoyasi jiddiy muammoga aylanmoqda." Xabar.uz, 9-apr. 2025, https://xabar.uz/uz/tahlil/internetda-shaxsiy-malumotlar-himoyasi-eng-jiddi.

"OneCoin Ponzi Scheme: $4.4 Billion Stolen in Cryptocurrency Scam." Reuters, 2022, https://www.reuters.com/article/us-crypto-onecoin-scam-idUSKCN1VQ0Z2.