Authors

  • Aydos Dúysenov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103802

Keywords:

Bolalar maktabga tayyorgarlik psixologik tayyorgarlik ruhiy holat ijtimoiy ko‘nikmalar moslashish pedagogika ota-ona maktab muhiti

Abstract

Maqolada bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi mavzusi o‘rganiladi. Bolaning maktab muhitiga moslashishi, uning ruhiy holati va ijtimoiy ko‘nikmalari maktabdagi muvaffaqiyatining asosiy omillari hisoblanadi. Maqolada maktabga kirishda bolalarda paydo bo‘ladigan psixologik muammolar, ularning oldini olish usullari va psixologik tayyorgarlikni ta’minlash yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarning bolaning ruhiy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hamda ular bilan samarali hamkorlik qilish muhimligiga e’tibor qaratiladi. Maqsad — bolalarning maktabga kirish jarayonini yengillashtirish, ularning psixologik barqarorligini oshirish va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

275

BOLALARNING MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI

Dúysenov Aydos Keńesbay ulı

Shomanay rayonı Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw bólimine qaraslı 15-sanlı

mektep psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15636993

Annotatsiya.

Maqolada bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi mavzusi

o‘rganiladi. Bolaning maktab muhitiga moslashishi, uning ruhiy holati va ijtimoiy ko‘nikmalari
maktabdagi muvaffaqiyatining asosiy omillari hisoblanadi. Maqolada maktabga kirishda
bolalarda paydo bo‘ladigan psixologik muammolar, ularning oldini olish usullari va psixologik
tayyorgarlikni ta’minlash yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarning
bolaning ruhiy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hamda ular bilan samarali hamkorlik qilish
muhimligiga e’tibor qaratiladi. Maqsad — bolalarning maktabga kirish jarayonini
yengillashtirish, ularning psixologik barqarorligini oshirish va ijtimoiy ko‘nikmalarini
rivojlantirishga ko‘maklashish.

Kalit so‘zlar:

Bolalar, maktabga tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, ruhiy holat,

ijtimoiy ko‘nikmalar, moslashish, pedagogika, ota-ona, maktab muhiti

Аннотация.

В статье рассматривается тема психологической подготовки детей

к школе. Адаптация ребёнка к школьной среде, его психоэмоциональное состояние и
социальные навыки считаются основными факторами успешности в учебе. В статье
анализируются психологические проблемы, возникающие у детей при поступлении в
школу, методы их профилактики и пути обеспечения психологической готовности.
Также уделяется внимание влиянию родителей и педагогов на психическое состояние
ребёнка и важности эффективного взаимодействия с ними. Цель — облегчить процесс
поступления детей в школу, способствовать укреплению их психологической
устойчивости и развитию социальныхнавыков.

Ключевые слова:

Дети, подготовка к школе, психологическая готовность,

психоэмоциональное состояние, социальные навыки, адаптация, педагогика, родители,
школьная среда.

Abstract.

The article explores the topic of children's psychological readiness for school.

A child's adaptation to the school environment, their emotional state, and social skills are
considered key factors for academic success. The article analyzes psychological challenges that
may arise when children start school, methods of prevention, and ways to ensure psychological
preparedness. It also highlights the influence of parents and teachers on the child's mental state
and the importance of effective cooperation with them. The aim is to ease the school entry
process for children, enhance their psychological stability, and support the development of
social skills.

Keywords:

Children, school readiness, psychological preparedness, emotional state,

social skills, adaptation, pedagogy, parents, school environment.


Maktabning bola shaxsiga qóyadigan asosiy talablaridan biri psixalogik tayyorgarlikdir.

Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini o‘zgarishi va kichik maktab
yosh davridagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi bilan o‘zviy bog‘liq. Shuni ta’kidlab
o‘tish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib
boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (akliy), ma’naviy va
irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat hollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

276

xaqida gapirilganda uning so‘z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga
ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-ona, xatto ayrim o‘qituvchilar ham bola qanchalik ko‘p bilsa, u
shunchalik rivojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar.

Aslida esa unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi

tufayli bugungi kun bolalari go‘yo ma’lumotlar ummonida so‘zib yurgandek bulmoqdalar. Bu
esa ulardagi so‘z boyliklarning keskin ósishiga asos bulmoqda, lekin bu ularning tafakkuri xam
shunday jadallikda rivojlanayapti, degan gap emas. Maktabda amal qilinayotgan o‘quv
dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, tahlil qilish, umumlashtirish,
mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bólishini taqozo
etadi. Shuning uchun xam hozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni
birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar,
sórovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib ótilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini
aniqlashga muljallangan metodikalardan iboratdir.

5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim

kórsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakko‘rning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga
tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa-hodisalar órtasidagi eng muhim xususiyatlarni,
munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bóladi. Bu órinda bolalar chizmali tasvirlarni
shunchaki tushunibgina qolmay, balki ólardan muvaffaqiyatli foydalana oladigan bóladilar.
Biroq ólarning tafakkuri umumlashtirish hislatlariga ega bóla borsada, predmetlar va ólarning
(tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar bilan aniq xatti-harakati obrazliligicha qolaveradi. Maktabgacha
yosh davridayok bola kichik maktab yosh davrida yetakchi faoliyat turi buladigan – o‘quv
faoliyatiga tayyorlangan bólishi lozim. Bunda bolada ma’lum bir tegishli masalalarning
shakllangan bólishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri
bolaning o‘quv topshirigini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir

Bunday jarayonlar birinchi sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi belgilagan o‘zgarish,

yangilik alomatlarini qidirib topa bilish va ólardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday
topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki óyin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi va bola
o‘zlashtiradi. Yóqorida tuxtalib ótganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda
muvofaqqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas. Agar bola zarur malaka va ko‘nikmalar
zaxirasiga ega bólsa, ónda intellektual rivojlanganlik darajasi ham yuqori bólsa-yu
o‘quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan tayyor bólmasa, maktabda o‘qib ketishi qiyin kechadi.
Agar óqituvchi yoki ota-ona óni o‘qishga qiziqtira olmasalar, o‘quv vazifalarini zórma-zóraki,
sifatsiz, qo‘l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bóladi.

Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni hohlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7

yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan
yól qóyilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota onalarda maktabgacha yosh davridagi
bolani maktab bilan qórqitish hollari ham ko‘zatiladi. Ikkita gapni eplab gapira olmasang,
maktabda qanday óqiysan?, Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?, Maktabga
borsang, órtoqlaring bu qiligingdan kulishadi, Xech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni
uyaltirasan!, kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qórqish, undan xavfsirashning
shakllanishiga asos bólishi mumkin.

Shunday qurquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini

o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uygotish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat,
sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bóladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy
munosabatni shakllantirishga qaraganda shubhasiz, murakkab jarayondir. Bolani birinchi sinfda


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

277

o‘qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan bóladigan
muloqotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog‘liq bólmagan holda, shaxsiy ahamiyatga ega bólishi
muhim ahamiyatga ega.

Bunday muloqot bolaning kattalar e’tiboriga va hamdardligiga bo‘lgan ehtiyoj va

ehtiyojlarni kattalar tomonidan qondirilishi bilan xarakterlanadi. Muloqotning bu shakliga
erishgan bolalar uchun kattalarga e’tibor, ular murojatini tinglash va tushunishga intilish va
kattalar tomonidan ham ularga nisbatan shunday e’tibor kórsatilishiga bo‘lgan ishonch xosdir.
Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (kóchada, uyda, mexmonda, ishxonada) o‘zlarini
qanday tutishlarini farqlay oladilar. Kattalarning bunday xulqni anglash evaziga bolalar ham
kattalarga, óqituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon qiladi. Agar
bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bólsa, unga mos ravishda
kattalarga nisbatan xam tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib
boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi.

Ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu

xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bólishini yodda tutishlari
lozim. Ba’zi bolalar endigina birinchi so‘zlarni o‘zlashtirganlarida ularning tengqurlari
allaqachon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bóladilar. Ta’lim jarayonida bola
imkoniyatlarining namoyon bólishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bog‘liq dir.

Bolalar o‘z temperament xususiyatlariga kóra ham bir-birlaridan ajralib turadilar:
Xushchakchaq, sergap, quvnok, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha

oladigan bolalar – sangvinnik temperamentga mansub bóladilar.
Kópincha nohush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar –
melanxolik temperamentga kiradilar.
Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar – flegmatiklardir.
Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar – xolerik xisoblanadilar .
.Bolalar kattalarning yordamiga muhtoj bólishiga qarab ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi
bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha marta kórsatish, tushuntirish, ketidan
ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba kórsatilsa yetarli bóladi.
Shunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar. Bolalar o‘zlarini
qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar kóp
savol beradilar va harakatchan bóladilar, ba’zi bolalarni esa xech narsa qiziqtirmaydi. Ota-onalar
bolalaridagi o‘ziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar, ularga órgatishni muvaffaqiyatli tashkil
qila oladilar.

Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo‘lib rivojlangan

bólishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, óylaymanki ular kelajakda Vatanga
sadoqat ruhida, yetuk inson bo‘lib yetishadilar. Demak, tarbiyachi bola shaxsida ahloqiy his-
tuyǵularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini
o‘rgatish ancha oson kechadi.

REFERENCES

1. Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz

–T.:“О‘zbekistоn”,2017.

2. Xasanboev J va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug‟at. –T.: “Fan va texnologiya”.

2009. 70-bet.

3. Jabbrova O., Umarova Z. Boshlang„ichta‟limdiagnostikasi. – Toshkent, 2023.


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

278

4. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Sabaqlıq. -T.: “Sharq,” 1997.
5. Karimova V.M. Psixologiya. Oqiw qollanba. - T., 2002.
6. Nishonova Z., Qarshiyeva D. Eksperimental psixologiya. - T.: 2007.
7. Hayitov O.E. Psixodiagnostika: Óquv qóllanma. - T.: 2007.
8. A.V. Petrovskiy Ulıwma psixologiya. T. 1992-jil.

References

Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz –T.:“О‘zbekistоn”,2017.

Xasanboev J va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug‟at. –T.: “Fan va texnologiya”. 2009. 70-bet.

Jabbrova O., Umarova Z. Boshlang„ichta‟limdiagnostikasi. – Toshkent, 2023.

Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Sabaqlıq. -T.: “Sharq,” 1997.

Karimova V.M. Psixologiya. Oqiw qollanba. - T., 2002.

Nishonova Z., Qarshiyeva D. Eksperimental psixologiya. - T.: 2007.

Hayitov O.E. Psixodiagnostika: Óquv qóllanma. - T.: 2007.

A.V. Petrovskiy Ulıwma psixologiya. T. 1992-jil.