Authors

  • Maftuna Mavlonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103810

Keywords:

holat fe’li stative verbs struktur tahlil semantika zamon qiyosiy tahlil grammatik forma.

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan holat fe’llarining (stative verbs) struktur va semantik jihatlari taqqoslab o’rganiladi. Qiyosiy yondashuv orqali har ikki tildagi holat fe’lllarining qo‘llanish imkoniyatlari, istisnolar va pragmatik holatlari tahlil qilinadi. Holat fe’llari ikkala til uchun ham muhim grammatik birlik bo‘lib, mavjudlik, hissiy holat, egalik, sezgi va fikr jarayonlarini ifodalashda qo‘llaniladi. Ingliz tilida holat fe’llarining ishlatilishi ko‘proq grammatik cheklovlarga ega bo‘lsa, o‘zbek tilida ularning shakliy va zamon jihatidan erkinligi kuzatiladi. Maqolada taniqli tilshunoslar fikrlari, amaliy misollar, struktur va semantik tahlillar keltirilib, til o‘rganishda bu fe’llarning o‘rni ochib berilgan.

background image


Iyun, 2025-Yil

271

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI HOLAT FE’LLARINING STRUKTUR-

SEMANTIKASI TADQIQI

Mavlonova Maftuna Shokir qizi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15640670

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan holat fe’llarining

(stative verbs) struktur va semantik jihatlari taqqoslab o’rganiladi. Qiyosiy yondashuv orqali har
ikki tildagi holat fe’lllarining qo‘llanish imkoniyatlari, istisnolar va pragmatik holatlari tahlil
qilinadi. Holat fe’llari ikkala til uchun ham muhim grammatik birlik bo‘lib, mavjudlik, hissiy holat,
egalik, sezgi va fikr jarayonlarini ifodalashda qo‘llaniladi. Ingliz tilida holat fe’llarining ishlatilishi
ko‘proq grammatik cheklovlarga ega bo‘lsa, o‘zbek tilida ularning shakliy va zamon jihatidan
erkinligi kuzatiladi. Maqolada taniqli tilshunoslar fikrlari, amaliy misollar, struktur va semantik
tahlillar keltirilib, til o‘rganishda bu fe’llarning o‘rni ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

holat fe’li, stative verbs, struktur tahlil, semantika, zamon, qiyosiy tahlil,

grammatik forma.

Kirish

Olimlarning fikricha, fe’l har bir tilning asosiy semantik markazi hisoblanadi. Uning

yordamida harakat, holat va mavjudlik ifodalanadi. Tilshunos olim Robert Quirk ta’kidlaganidek,

Stative verbs express a condition or state that is relatively static, as opposed to dynamic

processes.

” [1] Ya’ni, “

Holat fe’llari dinamik, ya’ni harakatli jarayonlardan farqli ravishda nisbatan

turg‘un holat yoki vaziyatni ifodalaydi.”

O‘zbek tilshunosligida esa A. Karimov holat fe’llarini “

sub’ektning ichki yoki tashqi

holatini ifodalovchi vosita

” [2] deb ta’riflaydi.

Ingliz tilshunos olimlari Huddleston & Pullumning qarashlariga ko‘ra, ingliz tilida quyidagi

ma’nodagi fe’llar holat fe’llari sifatida qaraladi [3]:

Egalik

:

have, own, possess

Hissiy kechinmalar

:

love, hate, enjoy

Sezgi

:

see, hear, smell

Bilim va fikr

:

know, understand, believe

Mavjudlik

:

be, exist

O’zbek tilida holat fe’llari semantik jihatdan quyidagi guruhlarga ajratilgan:

Fizik holatni ifodalovchi fe’llar

: Sub’ektning jismoniy holatini ko‘rsatadi. Masalan,

yotmoq

(yotgan holatda bo‘lish),

o‘tirmoq

(o‘tirgan holatda bo‘lish). A.G‘.G‘ulomov bu

fe’llarni “jismoniy holatning eng oddiy ifodasi” deb ataydi va ularning o‘zbek tilidagi nutqda keng
qo‘llanilishini ta’kidlaydi. [4]

Psixologik yoki hissiy holatni ifodalovchi fe’llar

: Sub’ektning ruhiy holatini aks ettiradi.

Masalan,

xursand bo‘lmoq

,

xafa bo‘lmoq

. Ravshanxo‘ja Rasulov bu fe’llarni “sub’ektning ichki

dunyosidagi holatlarning leksik ifodasi” sifatida tahlil qilib, ularning semantic murakkabligini
ta’kidlaydi.[5]

O‘zgarish holatini ifodalovchi fe’llar

: Subyektning bir holatdan boshqasiga o‘tishini

bildiradi. Masalan,

oqarmoq

(oq rangga aylanish),

kattalashmoq

(katta bo‘lish). S. Muhamedova


background image


Iyun, 2025-Yil

272

bu fe’llarni “semantik transformatsiya” sifatida tasniflab, ularning o‘zbek tilidagi leksik tizimda
muhim o‘rin tutishini qayd etadi.[6]

Mavjudlik yoki yo‘qlik holatini ifodalovchi fe’llar

: Sub’ektning mavjudligini yoki

yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan,

bo‘lmoq

(mavjud bo‘lish),

qolmoq

(bir joyda qolish).

Olim I. Qo‘chqortoyevning fikricha, holat fe’llarining semantik tasnifi o‘zbek tilining leksik

tizimini tushunishda muhim ahamiyatga ega, chunki ular “tilning turg‘un va harakat komponentlari
o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi”.[7]

Holat fe’llarining leksik ma’nolari sub’ektning holatiga bog‘liq bo‘lib, ularning semantik

tuzilishi murakkab xarakterga ega. Masalan,

yotmoq

fe’li oddiy jismoniy holatni ifodalasa,

qayg‘urmoq

fe’li sub’ektning ichki dunyosidagi hissiy jarayonlarni aks ettiradi. Ravshanxo‘ja

Rasulovning ta’kidlashicha, holat fe’llari ko‘p ma’nolilik (polisemiya) xususiyatiga ega bo‘lib,
kontekstga qarab turli ma’no soyalari hosil qiladi (Rasulov, 1977, 92-bet). Masalan,

bo‘lmoq

fe’li

quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

U bu yerda

bo‘ldi

(mavjud bo‘ldi).

U o‘qituvchi

bo‘ldi

(aylandi).

Ish

bo‘ldi

(tugallandi).

A.G‘. G‘ulomovning fikricha, holat fe’llari frazeologik birikmalar hosil qilishda muhim rol

o‘ynaydi. Masalan,

xafa bo‘lmoq

,

xursand qolmoq

kabi birikmalar nutqda keng qo‘llaniladi va

ularning semantikasi kontekstga bog‘liq ravishda o‘zgaradi (G‘ulomov, 1980, 95-bet)

Holat fe’llarining strukturasi o‘zbek va ingliz tillarida bir-biridan farqlanadi. Bunga sabab,

har bir til o‘z grammatik me’yorlariga ega, Shuning uchun ham bu me’yorlarning mavjudligi tillarni
farqlovchi asosiy jihat deb qarash mumkin.

Ingliz tilida

holat fe’llari odatda

Present Simple

zamonida qo‘llaniladi va

Progressiv

shakl bilan kam ishlatiladi. Progressiv jihat fe’llarning jarayon

davomiyligini ifodalashiga urg‘u beradi. Aslida holat fe’llari kamdan kam holatlarda ba’zi fe’llar
uchungina ishlatilishi mumkin. Kristal ta’kidlaydi: “

The progressive aspect typically avoids stative

verbs unless a shift in meaning or focus is intended.

” [8] Olimning fikriga ko‘ra,

agar ma’no va

asosiy e’tibor o’zgarishga uchramasa, progressiv jihat odatda turg‘un fe’llardan qochadi. Bunga
quyidagi jadval misolida ko‘rishimiz mumkin.

Holat fe’li

To‘g‘ri

Noto‘g‘ri shakl

Know

I know her.

I am knowing her.

Love

He loves music.

He is loving music.

(f

Ushbu jadvalda

know

va

love

holat fe’llari odatda, grammatik me’yorlarga ko’ra

hissiyotlarni ifodalovchi fe’l bo’lgani uchun hamda doimiy holatni ifodalagani uchun davomiy
zamonda ishlatilishi xato hisoblanadi. Biroq, ayrim kontekstlarda, masalan, she’riy, informal yoki
kreativ tilda ishlatilsa, istisnolar bo’lishi mumkin:

I’m knowing him better everyday.

Bu holatda fe’l o‘zining odatdagi holatdan chiqib, vaqt mobaynida sodir bo‘layotgan

jarayon sifatida ifodalanmoqda. Lekin bu

grammatik jihatdan noto‘g‘ri

, stilistik yoki badiiy

uslubda qabul qilinishi mumkin. Love fe’li ham doimiy holatni ifodalaganda progressiv jihatni


background image


Iyun, 2025-Yil

273

inkor qiladi. Masalan, I am loving this movie emas, I love this movie

.

Ammo

informal yoki

reklama/marketing uslubida

ba’zida quyidagicha ishlatiladi:

I’m loving it!”

Bu yerda

emotsional kuchaytirish uchun

qasddan grammatika qoidalari buzilgan va bu

uslubiy vosita sifatida ishlatilgan.

O‘zbek tilida esa bu cheklov yo‘q. Har qanday holat fe’li zamon va maylga bog‘liq holda

erkin progressiv shaklda qo‘llaniladi:

U yotmoqda.

U uxlab yotgan edi.

U sevinmoqda.

Ingliz tilida ko‘pincha bitta fe’l orqali ifodalangan holat, o‘zbek tilida so‘z birikmalari yoki

ergash gaplar bilan ifodalanadi:

I believe you.

Men senga ishonaman.

She has a house.

Uning uyi bor.

O‘zbek tilidagi “bor/yo‘q” konstruktsiyasi ingliz tilida turli ifodalar bilan almashtiriladi:

Uning akasi bor.

He has a brother.

U kitobga ega emas.

He does not have the book.

Ingliz va o‘zbek tillaridagi holat fe’llarining farqlari tarjima jarayonida qiyinchiliklarga olib

keladi. Toshpulatova (2022) o‘z maqolasida “

Translation of stative verbs from English into Uzbek

and Uzbek into English

” mavzusida quyidagilarni ta’kidlaydi:

Stative verbs in English often correspond to different expressions in Uzbek, requiring

translators to consider context and choose appropriate equivalents.

” Ya’ni

Ingliz tilidagi turg‘un

fe’llar ko‘pincha o‘zbek tilidagi turli iboralarga mos keladi, bu esa tarjimonlardan kontekstni
ko‘rib chiqish va mos ekvivalentlarni tanlashni talab qiladi.”

Ingliz tilidagi

holat fe’llari

(stative verbs) ko‘pincha o‘zbek tilidagi turli iboralarga mos

keladi. Bu holat fe’llari odatda biror shaxsning yoki obyektning holatini, xususiyatini, yoki holatni
ta’riflaydi. Bunday fe’llar odatda

harakatni

emas, balki

holatni

ifodalaydi, masalan, “bo‘lish”,

“bilmoq”, “o‘ylamoq”, “xohlamoq”, “sevmoq” va boshqalar. Tarjimada esa bu fe’llar o‘zbek
tilidagi boshqa iboralarga mos kelishi mumkin, chunki har bir tilda bunday holatlarni ifodalash
uchun o‘ziga xos usullar mavjud.

Ingliz tilida holat fe’llari ko‘pincha aniq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fe’llar sifatida ishlatiladi,

masalan,

“be”, “know”, “belong”, “like”

va boshqalar. O‘zbek tilida esa bunday fe’llarning mos

keladigan iboralari har doim bir xil bo‘lmasligi mumkin va kontekstga qarab turlicha bo‘lishi
mumkin. Tarjimon bu fe’llarni to‘g‘ri va tabiiy tarzda o‘zbek tiliga o‘girish uchun kontekstni to‘liq
tahlil qilishlari kerak. Masalan:

Inglizcha

:

She is tired.

O‘zbekcha

:

U charchagan.

Bu misolda ingliz tilidagi “be” fe’li holatni ifodalashda ishlatiladi. O‘zbek tilida esa bu

ko‘pincha “bo‘lish” fe’li orqali ifodalanadi, lekin bunday holatlarda o‘zbek tilida “bo‘lish” fe’li
ishlatilmaydi, faqat sifatli fe’l yoki sifatni qo‘llash mumkin.

I know her well.

(Men uni yaxshi bilaman.)


background image


Iyun, 2025-Yil

274

“Know” fe’li ingliz tilida “bilmoq” ma’nosini anglatadi. O‘zbek tilida esa “bilmoq” fe’li bu

holatni to‘g‘ri ifodalaydi. Shunga qaramay, o‘zbek tilida “bilmoq” ning ishlatilishida noaniqlik yoki
mukammallikni ko‘rsatish uchun boshqa iboralar ham qo‘llaniladi.

She likes ice cream.

(

U muzqaymoqni yoqtiradi.)

“Like” fe’li ingliz tilida biror narsaga bo‘lgan munosabatni, xohishni ifodalashda ishlatiladi.

O‘zbek tilida esa bu “yoqtirmoq” yoki “sevmoq” kabi fe’llar bilan ifodalanadi. Shuni ta’kidlash
kerakki, o‘zbek tilida “sevmoq” odatda chuqur hissiy xususiyatlarni, “yoqtirmoq” esa eng oddiy
xohish yoki shaxsiy tasavvurga taalluqlidir.

This book belongs to me.

(

Bu kitob menga tegishli.)

“Belong” fe’li ingliz tilida “tegishli bo‘lmoq” ma’nosida ishlatiladi. O‘zbek tilida bu holatni

ifodalash uchun “tegishli bo‘lmoq” yoki “bor” kabi iboralar ishlatiladi, lekin “belong” fe’li o‘zbek
tilida aynan shunday ifodalansa ham, ko‘pincha bu ibora boshqacha shaklda, ya’ni “mening
kitobim” kabi tarzda ishlatilishi mumkin.

I have a car.

(

Menda mashina bor.)

Ingliz tilidagi “have” fe’li biror narsaning mavjudligini yoki egasini ifodalaydi. O‘zbek tilida

bu “bor” yoki “ega bo‘lmoq” kabi iboralar orqali ifodalanadi. Misolda, ingliz tilidagi "have" fe’li
o‘zbek tilidagi “bor” fe’li bilan o‘zgartiriladi.

I feel happy.

(

Men baxtli his qilaman.)

“Feel” fe’li ingliz tilida odatda biror his-tuyg‘uni ifodalashda ishlatiladi. O‘zbek tilida esa

“his qilmoq” ifodasi ishlatiladi. Bu holatda, ingliz tilidagi “feel” o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjima qilinadi, ammo kontekstdan kelib chiqqan holda boshqacha iboralar ham ishlatilishi
mumkin, masalan: “baxtli bo‘lish”, “yaxshi his qilish” va boshqalar.

Ingliz tilidagi holat fe’llari o‘zbek tiliga o‘girilganda, ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir xil fe’l

bilan tarjima qilinadi, ammo ba’zida kontekstga qarab, mos keladigan iboralar yoki so‘zlar
tanlanadi. Tarjimonlar bu fe’llarni to‘g‘ri va tabiiy tarzda ifodalash uchun ingliz tilidagi holatni
o‘zbek tilidagi muqobil iboralarga moslashtirishlari kerak. Bu esa tarjimaning aniq va to‘g‘ri
bo‘lishini ta’minlaydi.

Misol uchun:

She is a teacher.

U o‘qituvchi.

He has a car.

Uning mashinasi bor.

Bu misollar ingliz tilidagi holat fe’llarining o‘zbek tilidagi ekvivalentlari bilan qanday

farqlanishini ko‘rsatadi.

Holat fe’llari har ikkala tilda ham muhim semantik yukni ko‘taradi. Ularning qiyosiy tahlili

natijasida ma’lum bo‘ladiki, ingliz tilida grammatik qoidalar qat’iyroq, ayniqsa zamon shakllarida
ko’zga tashlansa, o‘zbek tilida erkinlik ko‘proq: fe’l zamon, mayl va holatga oson moslasha oladi.
Holat fe’llarining tarjimasi esa har doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noga ega emas. Shuning uchun
tarjimon bunga e’tibor berishi muhim ahamiyatga ega.


background image


Iyun, 2025-Yil

275

Holat fe’llarining strukturasi, uning grammatik xususiyatida namoyon bo’ladi. Masalan,

morfologik jihatdan qaraganda holat fe’llari o‘zbek tilidagi barcha fe’l shakllarida (hozirgi zamon,
o‘tgan zamon, kelasi zamon) qo‘llaniladi. Ravshanxo‘ja Rasulovning ta’kidlashicha, holat
fe’llarining morfologik tuzilishi “o‘zbek tilining fe’l tizimida turg’un holatni ifodalashning asosiy
vositasi” sifatida xizmat qiladi (Rasulov, 1977, 120-bet). Ularning asosiy xususiyatlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

fe’l shakllari:

masalan,

yotaman

(hozirgi zamon),

yotdim

(o‘tgan

zamon),

yotaman

(kelasi zamon).

Tuslanish

: holat fe’llari asosan o‘timsiz bo‘lib, sub’ektning ichki holatini ifodalaydi

(masalan,

yotmoq

,

qayg‘urmoq

). Ammo

bo‘lmoq

kabi fe’llar kontekstga qarab o‘timli sifatida

ishlatilishi mumkin (masalan,

uni o‘qituvchi qildim

). S. Muhamedova bu xususiyatni “holat

fe’llarining sintaktik moslashuvchanligi” deb ataydi (Muhamedova, 2006, 130-bet).

Qo‘shimchalar

: turli qo‘shimchalar (masalan, -ib, -gan, -ar, -di) yordamida ma’no soyalari

hosil qilinadi. Masalan,

yotibdi

(davom etayotgan holat),

yotgan edi

(o‘tgan zamondagi holat).

Holat fe’llari morfologik xususiyatidan tashqari sintaktik xususiyatlarida ham struktur –

semantik qoidalarga ega. Holat fe’llari gapning sintaktik tuzilishida asosan kesim sifatida
qo‘llaniladi. A.G‘. G‘ulomovning fikricha, holat fe’llari “gapning semantik markazini tashkil qilib,
subyektning holatini aniq ifodalaydi” (G‘ulomov, 1980, 110-bet). Ularning sintaktik xususiyatlari:

Kesim sifatidagi roli

: Masalan,

U yotibdi

(subyektning holati: yotish).

Qo‘shma kesimlar

: Holat fe’llari yordamchi fe’llar bilan qo‘shma kesim hosil qiladi.

Masalan,

xursand bo‘lib qoldi

(bo‘lmoq + qolmoq).

Bog‘lanish

: Holat fe’llari boshqa gap bo‘laklari bilan semantik va grammatik jihatdan

bog‘lanadi. Masalan,

U xafa bo‘lib o‘tirdi

gapida

xafa bo‘lmoq

holati

o‘tirmoq

fe’li bilan bog‘lanib,

subyektning murakkab holatini ifodalaydi.

Holat fe’llari turli funksional uslublarda qo‘llaniladi. I. Qo‘chqortoyevning ta’kidlashicha,

holat fe’llari “nutqning turli kontekstlarida subyektning holatini aniq va tabiiy ifodalashga xizmat
qiladi” (Qo‘chqortoyev, 1976, 78-bet). Ularning nutqdagi roli:

Ilmiy uslubda

: Aniq holatlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Masalan,

Tadqiqot

natijasida holat o‘zgardi

(o‘zgarish holati).

Badiiy uslubda

: Qahramonlarning ichki va tashqi holatini tasvirlaydi. Masalan,

U

xafa bo‘lib yotardi

(hissiy holat).

So‘zlashuv uslubida

: Oddiy va tabiiy shaklda qo‘llaniladi. Masalan,

Sen nima qilib

o‘tiribsan?

(jismoniy holat).

S. Muhamedova holat fe’llarining badiiy nutqda “qahramonlarning psixologik portretini

yaratishda muhim vosita” ekanliginit a’kidlaydi (Muhamedova, 2006, 145-bet).

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o‘zbek va ingliz tilidagi holat fe’llari leksik-semantik va

grammatik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, tilning leksik tizimida muhim o‘rin tutadi.
Olimlar, xususan, Ravshanxo‘ja Rasulov, A.G‘. G‘ulomova , S. Muhamedova, Qo‘chqortoyev,
Quirk, Kristal, Huddleston va Pullum tadqiqotlari ushbu fe’llarning semantik tasnifi, grammatik
shakllari va nutqdagi funksiyalarini tahlil qilishda muhim hissa qo‘shgan. Holat fe’llari fizik,
psixologik, o‘zgarish va mavjudlik holatlarini ifodalab, nutqda subyektning holatini aniq aks
ettiradi. Ushbu tadqiqot holat fe’llarining o‘zbek tili tizimidagi o‘rnini aniqlashga xizmat qildi va
kelgusida ularni boshqa tillardagi analoglari bilan qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.


background image


Iyun, 2025-Yil

276

REFERENCES

1.

Quirk, R., Greenbaum, S., Leech, G., & Svartvik, J. (1985).

A Comprehensive Grammar

of the English Language

. Longman, 17-bet.

2.

Karimov, A. (2008).

O‘zbek tili grammatikasi: II-jild. Fe’l

. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi.

3.

Huddleston, R., & Pullum, G. K. (2002).

The Cambridge Grammar of the English

Language

. Cambridge University Press.

4.

G‘ulomov, A.G‘., &Rasulov, R. (1980).

O‘zbek tilining sistemaviy leksikologiyasi

asoslari

. Toshkent: Fan, 72-bet.

5.

Rasulov, R. (1977).

Fe’lning ma’no tuzilishi.

Toshkent: Fan, 89-bet

6.

Muhamedova, S. (2006).

Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik

ta’min yaratish

. Toshkent: Fan, 112-bet.

7.

Qo‘chqortoyev, I. (1976).

Turkiy filologiyaga kirish

. Toshkent: O‘qituvchi, 56-bet.

8.

Crystal, D. (2003).

The Cambridge Encyclopedia of the English Language

. Cambridge

University Press.

9.

Po‘latov, A., &Muhamedova, S. (2009).

Kompyuter lingvistikasi (o‘quvqo‘llanma)

.

Toshkent: Fan.

10.

Rasulov, A. (2005).

Qiyosiy tilshunoslik asoslari

. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

11.

Tursunov, M. (2016). O‘zbek tilidagi holat fe’llarining semantik strukturalari.

Filologiya

masalalari

, (3), 45–50.



References

Quirk, R., Greenbaum, S., Leech, G., & Svartvik, J. (1985). A Comprehensive Grammar of the English Language. Longman, 17-bet.

Karimov, A. (2008). O‘zbek tili grammatikasi: II-jild. Fe’l. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Huddleston, R., & Pullum, G. K. (2002). The Cambridge Grammar of the English Language. Cambridge University Press.

G‘ulomov, A.G‘., &Rasulov, R. (1980). O‘zbek tilining sistemaviy leksikologiyasi asoslari. Toshkent: Fan, 72-bet.

Rasulov, R. (1977). Fe’lning ma’no tuzilishi.Toshkent: Fan, 89-bet

Muhamedova, S. (2006). Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish. Toshkent: Fan, 112-bet.

Qo‘chqortoyev, I. (1976). Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent: O‘qituvchi, 56-bet.

Crystal, D. (2003). The Cambridge Encyclopedia of the English Language. Cambridge University Press.

Po‘latov, A., &Muhamedova, S. (2009). Kompyuter lingvistikasi (o‘quvqo‘llanma). Toshkent: Fan.

Rasulov, A. (2005). Qiyosiy tilshunoslik asoslari. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

Tursunov, M. (2016). O‘zbek tilidagi holat fe’llarining semantik strukturalari. Filologiya masalalari, (3), 45–50.