Iyun, 2025-Yil
178
HAQ EVAZIGA XIZMAT SHARTNOMASINI FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA
SOLISHNING AYRIM MASALALARI KO’RSATISH
Yoqubova Zaxroxon Xaydarxo‘ja qizi
Toshkent davlat yuridik universitetiMagistratura va sirtqi ta’lim fakulteti
Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi mutaxassisligi magistranti.
+998977197423
https://doi.org/10.5281/zenodo.15637146
Annotatsiya. Mazkur tezis ishida fuqarolik huquqi doirasida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tushunchasi, uning turlari va huquqiy mohiyati
chuqur o‘rganiladi. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi fuqarolik aylanmasining ajralmas
qismi bo‘lib, unda bir tomon (ijrochi) ikkinchi tomonga (buyurtmachi) muayyan xizmatni
ko‘rsatadi va buning evaziga haq oladi. Bu shartnoma orqali tomonlar o‘zaro majburiyatlar va
huquqlarni aniqlashtiradilar, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishda
muhim omil hisoblanadi. Ishda, avvalo, ushbu shartnoma turi umumiy fuqarolik-huquqiy
shartnomalar tizimidagi o‘rni, uning boshqa shartnoma turlaridan farqli jihatlari va umumiy
belgilariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
normalariga tayanilgan holda haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining asosiy tarkibiy
qismlari – predmeti, tomonlari, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarlik masalalari tahlil
qilinadi. Tezis davomida haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining quyidagi asosiy turlari –
tibbiy xizmat ko‘rsatish, transport xizmatlari, maslahat xizmatlari, axborot texnologiyalari
xizmatlari kabi ko‘rinishlari o‘rganilib, ularning har biriga xos bo‘lgan huquqiy xususiyatlar
yoritiladi. Shuningdek, mazkur shartnomani tuzish, bajarish va bekor qilish tartiblari, amaliyotda
uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ham fikr yuritiladi. Tezis
natijalari haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining huquqiy asoslarini chuqur anglash,
uning zamonaviy talablar asosida rivojlanishiga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishga qaratilgan.
Kalit so’zlar: haq evaziga xizmat ko’rsatish, ijrochi, buyurtmachi, ijrochining
javobgarligi, haq evaziga xizmat ko’rsatish turlari.
Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi
Shartnoma tuzish bu avvalo taraflar xohish irodasining ifodasi sanaladi. Shartnoma tuzish
yo‘li bilan esa ikki yoki undan ortiq tomon fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish,
o‘zgartirish yoki bekor qilish haqida kelishadi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining
703-moddasiga ko’ra haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining
topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki
muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini
oladi
1
. Ushbu modda Fuqarolik kodeksining 81-moddasiga ko’ra fuqarolik huquqining obyektlari
hisoblangan xizmatlarning muomalasini nazarda tutadi. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish
shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachiga natijasi ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni
ko‘rsatadi. Natijada haq evaziga xizmat ko‘rsatish hech qanday moddiy shakl kasb etmaydi.
1
Iyun, 2025-Yil
179
Ashyoviy shaklning mavjud emasligi bilan xizmatlar pudrat shartnomasida amalga
oshiriladigan va natijasi moddiy shaklga ega bo‘lgan ishlardan farq qiladi. FK 703-moddasiga
ko’ra, xizmat ko‘rsatishning mohiyati quyidagi ikki shaklda ifodalanadi:
1) ma’lum harakatlarni amalga oshirish. Bunda qoidaga ko‘ra bir martalik xususiyatga ega
bo‘lgan xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Masalan, sartaroshlik.
2) ma’lum faoliyatni amalga oshirish. Ayni vaziyatda ko‘p martalik yoki uzoq muddatga
mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Masalan, telefon aloqasi xizmatini ko‘rsatish
2
.
Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasida buyurtmachi va ijrochi taraflar sifatida
ishtirok etadi. Bunda buyurtmachi – tegishli xizmatlarni qabul qiluvchi shaxs, ijrochi esa – xizmat
ko‘rsatuvchi shaxs hisoblanadi. Agar shartnomada boshqa shartlar ko’rsatilgan bo‘lmasa, ijrochi
shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni shaxsan o‘zi ko‘rsatishi shart. Fuqarolik kodeksining
704-moddasiga ko’ra, haq evaziga xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyati mavjud
hisoblanadi, unga ko‘ra ijrochining shaxsan o‘zi shartnoma shartlarini bajarishining shartligidir.
Ushbu moddaga ko‘ra, agar majburiyatni bajarish uchinchi shaxs zimmasiga yuklanishi
mumkinligi shartnoma shartlariga kiritilgan bo‘lsa, unda shartlarni bajarish uchinchi shaxsga
topshirilishi mumkin. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasida buyurtmachi o‘ziga
ko‘rsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan
muddatlarda va tartibda to‘lashi shart. Fuqarolik kodeskining 705-moddasida ijrochi o‘zi aybdor
bo‘lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda, buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini
to‘lashi shart, bunda ijrochining xizmat ko‘rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki
olishi mumkin bo‘lgan foydasi chegirib qolinishi belgilangan. Buyurtmachining aybi bilan
xizmatni bajarish mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xizmatlar bahosi butunlay to‘lanishi kerak.
Haq evaziga xizmat ko’rsatish shatnomasi turlari
Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi ham real ham konsessual bo’lishi mumkin.
Masalan, sayyohlik xizmati konsessual xarakterga ega bo’lsa, aloqa xizmatining ayrim
turlari (xat- xabarlar yuborish xizmati) real xarakterli bo’lishi mumkin. Haq evaziga xizmat
ko’rsatish shartnomasi nomidan ko’rinib turibdiki, muayyan haq evaziga amalga oshiriladi.
Shartnoma taraflarining har ikkalasida ham huquq va majburiyatlar mavjud bo’ladi. Shu nuqtai
nazardan ikki tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi. Haq evaziga xizmat ko’rsatish
shartnomasining bir qancha turlari mavjud. Ular xizmat ko'rsatishning xususiyatiga qarab, aloqa
xizmati, tibbiy xizmat, veterinariya xizmati, auditorlik xizmati, huquqiy xizmat, maslahat xizmati
va shunga o'xshash boshqa turlarga ajratiladi. Ana shu ko'rsatib o'tilgan xizmatlar o'z xususiyati,
xizmat ko'rsatish holati, xarakteri va huquqiy tartibga solinish sohasiga qarab, bir-biridan
farqlanadi. Ammo ularning umumiy o'xshashligi ham mavjud. Shu sababli ularni Fuqarolik
Kodeksi haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi sifatida bir mavzuga jamlagan. Chunki bu
shartnomada bir tomonda xizmat ko'rsatuvchi ijrochi, ikkinchi tomonda esa ana shu xizmatdan
foydalanuvchi buyurtmachi ishtirok etadi. Buyurtmachi bo'lib fuqarolar, shuningdek, yuridik
shaxslar, ijrochi bo'lib esa haq evaziga xizmat ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan va xizmat ko'rsatish
uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan fuqaro yoki tashkilotlar qatnashadilar.
2
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga sharh: Professional sharhlar. T 2./O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi. — Toshkent: Baktria press, 2013. 912 b.
Iyun, 2025-Yil
180
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ruxsatnoma olgan fuqarolar
ham haq evaziga xizmat ko'rsatishi mumkin
3
. Bundan tashqari, haq evaziga xizmat ko’rsatish
shartnomasida fors-major holatlari ham keltirib o’tilishi mumkin. Yengib bo’lmaydigan kuch
holatlari shartnomada alohida bob egallaydi. Unga ko’ra, agar ushbu shartnoma bo'yicha
majburiyatlar qisman yoki to'liq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib bo'lmaydigan
kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va аgаr bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga
bevosita ta'sir etsa, tomonlar bunday qisman bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo'lmaydigan kuch
holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar уuzаgа keltirgan vaqtga mutanosib ravishda
uzaytiriladi. Agar yengib bo'lmaydigan kuch holatlari yoki ulагпiпg oqibatlari bir oydan ko'p
vaqtga cho'zilsa, u holda Ijrochi va Buyurtmachi ishlarni davоm ettirish yoki ulагni konservatsiya
qilish uchun qanday сhоrаlаr ko'rilishini muhokama qilishlari mumkin.
Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish va uni buzganlik uchun
javobgarlik masalasi
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 707-moddasida buyurtmachi
xizmatlarning belgilangan bahosini batamom to‘lash sharti bilan haq evaziga xizmat ko‘rsatish
shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli
bekor qilingan hollar bundan mustasno ekanligi belgilangan. Ijrochi shartnoma bekor qilinishi
tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini to‘lash sharti bilangina haq evaziga
xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining
aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno hisoblanadi. Shartnomaning bir tomonlama
bekor qilinishiga yo'l qo'yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shаrtnomada nazarda tutilgan
hollar bundаn mustasno. Shаrtnоmа bekor qilingan taqdirda ауbdоr tomon ikkinchi tomonga
yetkazilgan zararni, shu jumladan bоу berilgan foydani to'laydi. Tomonlardan biri shаrtnоmа
majburiyatlarini bаjаrmаgап yoki zаrur darajada bаjаrmаgаn taqdirda aybdor tomon ikkinchi
tomonga yetkazilgan zаrаrlагпi qoplaydi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida,
"Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida"gi
O'zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada
nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi. Shartnoma bo'yicha majburiyatlar
bajarilmaganligi uchun qonun normalarida belgilangan jazolardan tashqari shartnomani buzgan
tomon ikkinchi tomonga boshqa tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yo'qotilishi
уоki shikastlanishida, shu jumladan bоу berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan
qoplanmagan zararlarni qoplaydi. Agar muddat o'tkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning
boshqacha tarzda zаrur darajada bajarilmaganligi uchun реnуа to'lash tomonlarni ushbu
majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Xulosa
Xizmat ko‘rsatish sohasining jadal rivojlanishi zamonaviy fuqarolik huquqi doirasida “haq
evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi” instituti ahamiyatini oshirmoqda. Mazkur shartnoma
fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro huquqiy
munosabatlarni tartibga soluvchi muhim vosita hisoblanadi.
3
https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/download/5554/10990/5876
Iyun, 2025-Yil
181
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, xizmat ko‘rsatish shartnomasi umumiy fuqarolik-
huquqiy shartnomalar tizimida o‘zining maxsus jihatlari, masalan, xizmatning nomoddiy natijasi,
shaxsiy ishtirok zarurligi va bevosita bajarilish jarayonining ahamiyati bilan ajralib turadi.
Shartnoma turlari - transport xizmatlari, maslahat berish, ta'mirlash, o‘qitish va tibbiy xizmatlar
kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi. Har bir tur o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
shartnomani tuzish, bajarish va bekor qilish jarayonlarida turli yondashuvlarni talab qiladi. Shu
bois, fuqarolik qonunchiligida ushbu shartnomalarni tartibga soluvchi normalarning mavjudligi va
ularning aniqligi taraflar huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, kelishmovchiliklarning oldini
olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xizmat ko‘rsatish
shartnomalari to‘g‘risidagi normalarni yanada takomillashtirish, ayniqsa xizmat sifatining
kafolatlari, javobgarlik mexanizmlari va iste'molchi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha aniq
mezonlar ishlab chiqish dolzarb masaladir. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalarning joriy
etilishi va masofaviy xizmatlarning kengayishi mavjud normativ-huquqiy bazaga zamonaviy
yondashuvlarni integratsiya qilishni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, haq evaziga xizmat
ko‘rsatish shartnomasining huquqiy tartibga solinishi nafaqat xizmatlar bozorining barqaror
ishlashini, balki fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda
muhim rol o‘ynaydi. Kelgusida ushbu institutni takomillashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va
ularni milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish fuqarolik huquqi rivojining ustuvor yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib qoladi.
REFERENCES
1.
29.08.1996. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudlov hay’atining qarori, 26.09.2016 yildagi
19-1603/6480-son
3.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga sharh: Professional sharhlar. T
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. — Toshkent: Baktria press, 2013. 912 b.
Internet sahifalari:
1.
2.
https://tertu.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1961
3.
https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/download/5554/10990/5876
