RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TUZILADIGAN HAQ EVAZIGA XIZMAT KO‘RSATISH SHARTNOMALARINING NAZARIY ASOSLARI

Abstract

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar tushunchasi, haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalar mohiyati va huquqiy tabiati, raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalarining umumiy tavsifi, elektron shakldagi shartnomalarning turlari va huquqiy kuchi, raqamli shartnomalarning afzalliklari va u bilan bog’liq muammo va kamchiliklarni oldini olish uchun eng dolzarb ilmiy yondashuvlar, qonunchilik normalarini tahlil etib raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalaria oid muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o’tilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yoqubova, Z. (2025). RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TUZILADIGAN HAQ EVAZIGA XIZMAT KO‘RSATISH SHARTNOMALARINING NAZARIY ASOSLARI. Modern Science and Research, 4(6), 241–246. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/109559
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar tushunchasi, haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalar mohiyati va huquqiy tabiati, raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalarining umumiy tavsifi, elektron shakldagi shartnomalarning turlari va huquqiy kuchi, raqamli shartnomalarning afzalliklari va u bilan bog’liq muammo va kamchiliklarni oldini olish uchun eng dolzarb ilmiy yondashuvlar, qonunchilik normalarini tahlil etib raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalaria oid muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o’tilgan.


background image

241

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TUZILADIGAN HAQ EVAZIGA XIZMAT

KO‘RSATISH SHARTNOMALARINING NAZARIY ASOSLARI

Yoqubova Zaxroxon Xaydarxo‘ja qizi

+99897-719-74-23.

E-mail:

zsaydaliyeva1@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi mutaxassisligi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15635042

Annotatsiya.

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar tushunchasi, haq evaziga xizmat

ko’rsatish shartnomalar mohiyati va huquqiy tabiati, raqamli texnologiyalar yordamida
tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalarining umumiy tavsifi, elektron shakldagi

shartnomalarning turlari va huquqiy kuchi, raqamli shartnomalarning afzalliklari va u bilan

bog’liq muammo va kamchiliklarni oldini olish uchun eng dolzarb ilmiy yondashuvlar,

qonunchilik normalarini tahlil etib raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga

xizmat ko’rsatish shartnomalaria oid muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va
amaliy takliflar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

raqamli texnologiya, sun’iy intellekt, haq evaziga xizmat ko’rsatish,

shartnoma subyektlari, qonucnchilik normalari.

Abstract.

This article presents the concept of digital technologies, the essence and legal

nature of contracts for the provision of paid services, a general description of contracts for the
provision of paid services concluded using digital technologies, types and legal force of
contracts in electronic form, the advantages of digital contracts and the most relevant scientific
approaches to preventing problems and shortcomings associated with them, and a number of
theoretical and practical proposals for eliminating problems related to contracts for the
provision of paid services concluded using digital technologies, analyzing legislative norms.

Keywords:

digital technology, artificial intelligence, the provision of paid services,

subjects, legislative norms.

Kirish va dolzarbligi

.

Raqamli texnologiyalar hayotimizda, iqtisodiyotimizda va jamiyatimizda keng

foydalanishi uning dolzarbligini oshirmoqda. So’nggi ikki yuz yilda to’rt marotaba Sanoat
inqilobi ro’y berdi. Bularning barchasi bug’divigitallari va temiryo’llarning paydo bo’lishi bilan

boshlandi.

XIX asrning oxirlarida esa elektr energiyasi keng ommalashdi. XX asr boshlarida esa

prototip kompyuter va internet paydo bo’ldi. Hozirgi kunda esa dunyoni raqamli texnologiyalar
o’zgartirmoqda. Raqamli texnologiyalar internet olamini ham rivojlantirmoqda. Ma’lumotlarga

qaraganda 2025-

yilda 10 foiz odamlar internet tarmog’iga ulangan kiyimlarni kiyadi o’qish

uchun mo’ljallangan ko’zoynaklarning 10 foizi internet global tarmoqqa ulangan bo’ladi, 50 foiz

internet trafik esa aqlli uy, aqlli shahar kabi ilovalarda foydalaniladi, 90 foizga yaqin aholi esa

ma’lumotlarni tekin cheklanmagan bulutli saqlash imkoniyatiga ega bo’lishadi,

Raqamli texnologiyalar hozirgi kunda inson hayotining barcha jabhalariga chuqur singib

bormoqda. Ular biznes, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya va hatto kundalik turmush tarziga ham
katta ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

242

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt, blokcheyn, bulutli texnologiyalar va kvant hisoblash

tizimlari kabi yo‘nalishlarda sezilarli yutuqlarga erishildi. Sun’iy intellekt algoritmlari murakkab
muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, hatto insoniy tafakkurga yaqinlashayotgan

texnologiyalarni yaratishga zamin yaratmoqda. Raqamli texnologiyalar bizga ma'lumot
almashish, ishlash, ko'ngil ochish yangi va qulay usullarda muloqot qilish imkonini beradi.

Raqamli texnologiyalar, boshqaruv tizimlari, kompyuterlar, mobil qurilmalar va boshqa

bir qancha texnik vositalar orqali yangi ma'lumotlarni kashf qilish, o'rganish va ularga murojaat
qilish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar hayotning ko'plab sohalarida, shu jumladan
biznes, ta'lim, tibbiyot, fan, o'yin-kulgi va boshqalarda keng qo'llaniladi. Ular jarayonlarni
avtomatlashtirish, ish samaradorligini oshirish, ma'lumot uzatishni tezlashtirish va katta
hajmdagi ma'lumotlarga kirishni ta'minlash imkonini beradi

1

Raqamli texnologiyalar nima?

Raqamli texnologiyalar (inglizcha: Digital technology) - signallarni uzluksiz spektr

shaklida emas, balki analog darajadagi diskret diapazonlarda koʻrsatishga asoslangan

texnologiyalar. Ushbu texnologiyalarning barcha darajalari diapazonda bir xil signal holatini

ifodalaydi. Raqamli texnologiya analogdan farqli oʻlaroq, uzluksiz emas, balki diskret signallar
bilan ishlaydi. Bundan tashqari, signallar kichik qiymatlar toʻplamiga ega, odatda ikkita. Haqiqiy
hayotda tizimlar, ayniqsa, buxgalteriya hisobini saqlash tizimlari uchta maʼnoga asoslanadi.

Odatda bular 0, 1, NULL boʻlib, ular mantiqiy algebrada mos ravishda „False“, „True“

qiymatlariga ega va NULL mavjud boʻlganda „natija yoʻq“. Raqamli sxemalar asosan VA,
YOKI, EMAS va hokazo kabi mantiqiy elementlardan iborat boʻlib, hisoblagichlar va flip

-

floplar bilan ham bogʻlanishi mumkin. Raqamli texnologiyalar asosan raqamli elektronikada,
birinchi navbatda kompyuterlarda, elektrotexnikaning turli sohalarida, masalan, oʻyin
mashinalari, robototexnika, avtomatlashtirish, oʻlchash asboblari, radio va telekommunikatsiya
qurilmalari va boshqa koʻplab raqamli qurilmalarda qoʻllanadi

2

. Raqamli texnologiyalar

hayotimizga kirib kelishi bilan u bilan bog’liq, uni tartibga soluvchi qonun

normalari ishlab

chiqilmoqda. Masalan, 2020-yil 28-

apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli

iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi 4699

-son qarori

qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va
“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari tashkil etilganligi va ularning

asosiy vazifalari belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-

iyundagi “O’zbekiston

Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlar faoliyatini tashkil
etish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi 406

-

son qarorida markazlarning asosiy vazifalari, “Raqamli

hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat
muassasasining funksiyalari belgilab qo’yilgan.

Robototexnika. Raqamli robot texnologiyasi tobora takomillashib borishi bilan u keng

qo'llanila boshlandi. Robot mashinalari allaqachon ishlab chiqarish sanoatida uchraydi. Ular,
shuningdek, bomba aniqlash va zararsizlantirish kabi odamlar uchun xavfli bo'lgan vazifalarda
ham qo'llaniladi.

1

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of

Brilliant Technologies.

2

https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_texnologiya_asoslari


background image

243

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Shuningdek, olimlar tibbiy tekshiruvlar va protseduralarni amalga oshirish uchun inson

tanasiga kiritilishi mumkin bo'lgan nanorobotlar, mayda robotlar ustida ishlashmoqda

3

.

Sun'iy intelekt. Sun'iy intellekt (AI) raqamli texnologiyalar sohasi bo'lib, u intellektual

qobiliyatlarni talab qiladigan vazifalarni bajarishga qodir kompyuter tizimlarini yaratishga
qaratilgan. Bunga mashinani o'rganish, tabiiy tilni qayta ishlash, kompyuterni ko'rish va
kompyuterlarga "o'ylash" va "qaror qabul qilish imkonini beruvchi boshqa texnologiyalar kiradi.

Bular raqamli texnologiyalarning asosiy turlaridan faqat bir nechtasi. Ularning har biri

o'ziga xos xususiyatlarga va ilovalarga ega va ularning barchasi bizning zamonaviy hayotimizda
muhim rol o'ynaydi

4

. Internet of Things (IoT). Internet of Things (IoT), raqamli texnologiyalar

sohasidagi bir kontseptdir. IoT, ba'zi narsalar (qurilmalar, sensorlar, smart buyurtmalar, elektron
vositalar va boshqalar) orqali ma'lumotlarni to'playdi, ularni o'zaro almashadi va ularga boshqa
qurilmalar yoki tizimlar orqali aloqani ta'minlaydi. Bu, narsalararo aloqalar tarmog'ini o'rnatish
orqali, narsalar o'rtasidagi ma'lumot almashishini, monitoringini va boshqarishini amalga
oshiradi. loT, narsalararo aloqa o'rnatish yordamida raqamli texnologiyalar bilan bog'liq bo'lib,

narsalar va sistemalar orasidagi ma’lumot almashishni, boshqarishni va avtomatlashtirishni

osonlashtiradi

5

.

Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalar mohiyati

Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasiga muvofiq bir taraf ijrochi buyurtmachining

topshirig’iga muvofiq ashyoviy shaklda bo’lmagan muayyan bir harakat faoliyatni amalga
oshiradi,ikkinchi taraf buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to’lash majburiyatini oladi

6

. Haq

evaziga xizmat ko’rsatish fuqarolik huquqida yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib hisoblanadi.Ya’ni
ijrochi buyurtmachining topshirig’iga binoan ashyoviy shaklda bo’lmagan muayyan harakatlarni
amalga oshiradi,buyurtmachi esa olgan xizmati uchun haq to’lash majburiyatini oladi.

Haq

evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi ham real ham konsessual bo’lishi mumkin.

Misol uchun:

sayyohlik xizmati konsessual xarakterga ega bo’lsa,aloqa xizmatining ayrim turlari (xat

- xabarlar

yuborish xizmati) real x

arakterli bo’lishi mumkin.

Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi

nomidan ko’rinib turibdiki,muayyan haq evaziga amalga oshiriladi.

Shartnoma taraflarining har

ikkalasida ham huquq va majburiyatlar mavjud bo’ladi.Shu nuqtai nazardan ikki tomonlama

shartnomalar guruhiga kiradi. Shuningdek shartnoma taraflariga kelsak bir taraf
buyurtmachi,ikkinchi taraf ijrochidan iboratdir. Buyurtmachi tegishli xizmatlarni qabul qiluvchi

shaxs, ijrochi esa xizmat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Fuqarolik kodeskining 703

-moddasida biror

cheklov nazarda tutilmaganligi sababli, ham yuridik, ham jismoniy shaxslar buyurtmachi va

ijrochi bo‘lishi mumkin

7

. Haq evaziga xizmat ko'rsatish respublikamizda bozor munosabatlari

shakllanib borishi va demokratik jarayonlarning shiddat bilan o'zgarib borayotganligi sababli
aholiga keng jabha bo'ylab xizmat ko'rsatishga qaratilgan shartnomadir. Shartnom aning predm
eti ashyoviy shaklda bo'lmagan xizmatdir.

3

West, D. M. (2018). The Future of Work: Robots, AI, and Automation. Brookings Institution Press

4

Rajiv Irungbam, The Model of Smart Cities in Theory and in Practice. Journal for Studies in Management and

Planning,

April

2016.

URL:https://www.academia.edu/24772484/

The_

Model_of_Smart_Cities_in_Theory_and_in_Practice

5

Dirks, S and Keeling, M. A Vision of Smarter Cities. IBM Institute for Business Value. 2009. URL:

03.ibm.com/press/attachments/IBV_Smarter_Cities_Final

6

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

7

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga sharh: Professional sharhlar. T 2./O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi.

Toshkent: Baktria press, 2013. 616-b.


background image

244

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Ya’ni muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq

bo'lgan, shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, muayyan bir ixtisoslikka, malakaga

ega bo'lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shartnomada haq to‘lash tartibi.

Buyurtmachi o'ziga ko'rsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko'rsatish

shartnomasida ko'rsatilgan muddatlarda va tartibda to'lashi shart. Ijrochi o'zi aybdor bo'lm agani
holda xizmatni bajara olmagan taqdirda, buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to'lashi shart,
bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) ko'rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki
olishi mumkin bo'lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish
mumkin bo'lmay qolgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo'lmasa, xizmatlar bahosi butunlay to'lanishi kerak.

Raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish

shartnomalarining umumiy tavsifi

Raqamli texnologiyalar qatoriga kompyuter texnologiyalari

ya’ni,

kompyuterlar,

noutbuklar, serverlar, mobil texnologiyalar

smartfonlar, planshetlar, mobil ilovalar, internet

texnologiyalari

veb-saytlar, bulutli texnologiyalar (cloud computing), axborot tizimlari

ma’lumotlar bazasi, CRM, ERP tizimlar.

multimedia vositalari

raqamli kamera, video va audio

muharrirlar s

un’iy intellekt va mashina o’

rganish

aqlli tizimlar, chat-botlar, internet narsalar

(IoT)

aqlli qurilmalar: soatlar, uy jihozlari, avtomobillar, blockchain texnologiyasi

raqamli

xavfsizlik va kriptovalyutalar asosidagi tizimla

r va boshqalarni kirtib o’tishimiz mumkin.

Raqamli texnologiyalarning bir qancha afzalliklarga ega. Masalan, ma'lumotlarni tez va aniq
uzatish, ish samaradorligini oshirish, uzoqdan boshqarish imkoniyati, saqlash va uzatish
xarajatlarini kamaytirish, innovatsiyalarni tez joriy qilishva boshqalarni misol qilib keltirishimiz

mumkin. Raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko‘rsatish

shartnomasi -

bu xizmat ko‘rsatuvchi va buyurtmachi o‘rtasida raqamli vositalar orqali (masalan,

internet, elektron pochta, maxsus platformalar orqali) tuziladigan kelishuv bo‘lib, unda xizmat

turi, narxi, muddat va boshqa shartlar belgilanadi. Shartnomaning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:

1.

Elektron shaklda tuziladi (PDF, elektron platformada tasdiqlash va h.k.);

2.

Har ikki tomonning raqamli imzosi (yoki tasdiqlovchi aksiyasi) bilan tasdiqlanishi

mumkin;

3.

Xizmatni ko‘rsatish

- masofadan turib amalga oshiriladi.

4.

Shartnoma elektron hujjat aylanishi tizimida saqlanishi mumkin (masalan, EDO tizimi

orqali).

Raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish

shartnomalarga amaliy misollar keltirib o’tadigan bo’lsak, elektron o’quv platformasi orqali
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida tuziladigan shartnomani keltirib o’tishimiz mumkin. Masalan,
ushbu shartnomada o’quvchi buyurtmachi sifatida o’qituvchidan ma’lum muddat davomida
o’qitishni so’rashi, o’qituvchi esa kelishilgan muddat ichida o’quvchini o’qitishni va ma’lum bir
narx evaziga o’qitishni o’z zimmasiga olishi mumkin. Bundan tashqari, hayotimizda eng ko’p
foydalanadigan ilovalarimizdan biri Yandeks taxidir. Yandeks taxi ilovasida ham yo’lovchi
ma’lum bir masofani belgilab, haydovchi chaqiradi, yandeks taxi haydovchilari esa ma’lum bir
narx evaziga yo’lovchini belgilangan manzilga olib borib qo’yishi kerak bo’ladi.


background image

245

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Bunda shartnoma ikki tomonlama tuziladi, intenet ilovasi orqali tuziladi, yo’lovchi

belgilangan oferta shartlarini qabul qilib haq evaziga belgilangan manzilga yetib boradi,

haydovchi esa ijrochi sifatida manzilga eltib qo’yib kelishilgan haqni oladi.

Raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish

shartnomalariga oid muammolar

Raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish

shartnomalariga oid bir qancha muammolar mavjud. Asosiy muammolardan biri bu

O’zbekistonda hali raqamli texnologiyalar bilan bog’liq huquqiy asoslarning yetarli emasligidir.

Raqamli texnologiyalar yordamida haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalarini tartibga

soluvchi qonunlar hali mavjud emas, shuning uchun amaliyotda raqamli texnologiyalar

yordamida haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalarini tuzish u bilan bog’liq javobgarlik
masalalari qo‘llanilishi ba'zan murakkablik tug‘diradi. Bu, ayniqsa, elektron imzo va elektron

hujjatlarning huquqiy kuchini tan olishda seziladi. Raqamli texnologiyalar yordamida haq

evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalari bilan bog’liq ikkinchi mu

ammo esa texnik

infratuzilmaning yetarli emasligidir. Ayrim hududlarda internet tezligi pastligi va texnik

infratuzilmaning rivojlanmaganligi raqamli xizmatlar ko‘rsatishda to‘siq bo‘lmoqda. Axborot

xavfsizligi muammolari-

Raqamli shartnomalar va xizmatlar bilan bog‘liq axborot xavfsizligi

tahdidlari, xususan, ma'lumotlarning ruxsatsiz foydalanilishi va maxfiylikning buzilishi xavfi

mavjud. Raqamli texnologiyalar yordamida haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalariga oid

yana bir muammo kadrlar yetishmovchiligidir. Axborot texnologiyalari sohasida malakali

mutaxassislar yetishmasligi raqamli xizmatlar sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Xulosa

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat

ko‘rsatish shartnomalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda. Masofaviy ish, onlayn
xizmatlar va elektron platformalar orqali faoliyat yuritish holatlari ko‘paygani sari, bu turdagi
shartnomalarning ahamiyati ham ortib bormoqda. Ular nafaqat vaqt va mablag‘ni tejashga

yordam beradi, balki huquqiy jihatdan rasmiy munosabatlarni tartibga solishga ham xizmat
qiladi. Raqamli shartnomalarning asosiy afzalliklari

ularning tezkorligi, qulayligi va

masofadan turib tuzilishidir. Biroq bu jarayon bilan bog‘liq bir qancha muammolar ham mavjud.

Jumladan, elektron imzoning huquqiy kuchi bilan bog‘liq tushunmovchiliklar, texnik

infratuzilmaning ayrim hududlarda yetarli emasligi, axborot xavfsizligi tahdidlari va
mutaxassislar yetishmovchiligi bu borada yechimini kutayotgan dolzarb masalalardir. Ushbu
muammolarni bartaraf etish uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish, texnologik
infratuzilmani rivojlantirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash va malakali kadrlar tayyorlash
zarur. Ayniqsa, E-IMZO, elektron hujjat aylanishi tizimlari va davlat t

omonidan ko‘rsatilayotgan

raqamli xizmatlarni kengaytirish orqali bu sohada salmoqli natijalarga erishish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish shartnomalarini

keng joriy etish -

O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyoti va raqamli transformatsiyasining ajralmas

qismidir. Bu jarayonda har bir ishtirokchi - foydalanuvchi, tadbirkor va davlat organlari -

o‘z

o‘rnini aniq belgilab olishi muhim hisoblanadi.

Demak, yuqoridagi va butun muhokamalarimizdan kelib chiqib quyidagicha takliflarni

keltirib o‘tamiz:


background image

246

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

1. Huquqiy bazani takomillashtirish: Elektron hujjatlar va imzo tizimini joriy etish,

shuningdek, raqamli xizmatlar bilan bog‘liq qonunchilikni yanada rivojlantirish zarur. Hozirgi

kunda mavjud qonunchilik normalari 2020-yil 28-

apreldagi O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora

-tadbirlari

to’g’risida”gi 4699

-

son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Elektron hukumat

loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari

markazi” davlat

muassasalari tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilangan. Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 25-

iyundagi “O’zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar

vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlar faoliyatini tashkil etish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi 406

-

son qarorida markazlarning asosiy vazifalari, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish
markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining funksiyalari
belgilab qo’yilgan ammo raqamli texnologiyalar

yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat

ko’rsatish shartnomalariga oid muammolarni hal etish, shartnoma tuzish qoidalari, shartnoma

subyektlari, javobgarlik masalalari aniq hal etishga qaratilgan qonun hujjatlari hali yurtimizda

mavjud emas. Shuning uchun O’zbekistonda huquqiy bazani takomillashtirishga ehtiyoj mavjud.

2. Texnik infratuzilmani rivojlantirish raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq

evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalariga oid muammolarni hal etishga, shartnoma tuzishda
subyektlarga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Internet tarmog‘ining sifati va tezligini

oshirish, ayniqsa, qishloq joylarda raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

3. Axborot xavfsizligini ta'minlash hozirgi kundagi raqamli texnologiyalar bilan bog’liq

eng dolzarb masala hisoblanadi. Davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini
mustahkamlash, shuningdek, foydalanuvchilarning ma'lumotlarini himoya qilish choralarini

ko‘rish zarur.

REFERENCES

1.

21.12.1995-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

2.

29.08.1996-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

3.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga sharh: Professional sharhlar. T

4.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. —

Toshkent: Baktria press, 2013. 912 b.

5.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work, Progress, and

Prosperity in a Time of Brilliant Technologies.

6.

West, D. M. (2018). The Future of Work: Robots, AI, and Automation. Brookings

Institution Press.

7.

Rajiv Irungbam, The Model of Smart Cities in Theory and in Practice. Journal for Studies

in Management and Planning, April 2016.

8.

Dirks, S and Keeling, M. A Vision of Smarter Cities. IBM Institute for Business Value.

2009.

9.

www.lex.uz

10.

www.norma.uz

11.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_texnologiya_asoslari

References

21.12.1995-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

29.08.1996-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga sharh: Professional sharhlar. T

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. — Toshkent: Baktria press, 2013. 912 b.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies.

West, D. M. (2018). The Future of Work: Robots, AI, and Automation. Brookings Institution Press.

Rajiv Irungbam, The Model of Smart Cities in Theory and in Practice. Journal for Studies in Management and Planning, April 2016.

Dirks, S and Keeling, M. A Vision of Smarter Cities. IBM Institute for Business Value. 2009.

www.lex.uz

www.norma.uz

https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_texnologiya_asoslari