Authors

  • Sanjar Abduraximov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106469

Keywords:

Sovet milliy-hududiy chegaralash Turkiston bolshvek panturkizm panislomizm bosmachilik.

Abstract

Ushbu maqolada sovet hokiiyati tomonidan O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazishning maqsadi, mohiyati, uning sabablari hamda oqibatlari haqida ma’lumotlar berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

591

OʻRTA OSIYODA MILLIY HUDUDIY CHEGARALANISH O‘TKAZILISHINING

MAQSAD VA MOHIYATI

Abduraximov Sanjar Abdurasul o'g'li

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Tarix yo'nalishi 2 kurs Magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15673081

Annotatsiya. Ushbu maqolada sovet hokiiyati tomonidan O’rta Osiyoda milliy-hududiy

chegaralanish o’tkazishning maqsadi, mohiyati, uning sabablari hamda oqibatlari haqida
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar: Sovet, milliy-hududiy chegaralash, Turkiston, bolshvek, panturkizm,

panislomizm, bosmachilik.

RKP (b) MKning Tashkiliy byurosi о‘zining 1924-yil 31-yanvardagi majlisida boshqa

masalalar bilan bir qatorda Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-hududiy
chegaralanishi tо‘g‘risidagi masalani ham kо‘rib chiqdi va Y.E.Rudzutakka mazkur
respublikalarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda bu g‘oyani amalda qanday rо‘yobga
chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilib kо‘rishni topshirdi. Mazkur g‘oyaning paydo
bо‘lishi о‘zining ilk tarixiga ega bо‘lib, u XX asr 20-yillarning dastlabki davridagi voqealar bilan
chambarchas bog‘liq edi. Biroq, haqiqiy sabablari о‘z ildizlari bilan ancha ilgariga borib
taqaladi. Bolsheviklar partiyasining markaziy organi qarori bilan chorizmning Turkiston
mustamlakasini boshqarish sohasidagi imperiyacha siyosati prinsiplariga sodiqligini isbotladi,
mazkur siyosat Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Nizomga (1891-yil) muvofiq
о‘tkazib kelinayotgan edi.

О‘rta Osiyoning ma’muriy-hududiy xaritasini qaytadan tuzish borasidagi о‘z miqyoslari

va oqibatlari bilan о‘lkan bо‘lgan bolshevikcha bu harakat chorizm nizomining takomillashgan
shaklini amalda ruyobga chiqarish uchun qо‘yilgan dastlabki qadam edi.

Ma’lumki, Rossiya rahbariyati о‘sha vaqtda milliy kommunistlarning о‘lka xalqlari

davlatchiligini turkiylar birligi prinsiplari asosida kо‘rish haqidagi da’volarini rad etib, bundan
keyin ham ularni bо‘lib yuborish va Rossiya tarkibida ayrim avtonom, milliy davlat tuzilmalari
tashkil etish yо‘lidan borish niyatini qat’iy bayon qilgan edi.

Markazning yuqori siyosiy rahbariyati uchun Turkistonni bо‘lib yuborish, uni yagona

davlat tuzilmasi sifatida yo‘q qilish g‘oyasi ustivor bо‘lib qoldi. U Turkistonni saqlab qolish
о‘zining imperiyacha maqsadlariga xavf tug‘diradi deb hisoblardi, chunki “Turkiston” unda
yashovchi barcha halqlar ongida ularning tarixiy Vatani ramzi sifatida tushunilardi, uning
mustaqilligi va ozodligi uchun kurashda doimo birlashtiruvchi ta’sirchan omil bо‘lib kelgan edi.
1920-yil 20-iyunda RKP(b) MK, Siyosiy byurosi majlisida Turkiston masalalari yuzasidan qabul
qilingan tо‘rtta qaror keyinchalik “RKP(b) ning Turkistondagi asosiy vazifalari tо‘g‘risida”,
degan umumiy nom bilan mashhur bо‘lib, alohida bandida Turkistonga “Turkistonning
ma’muriy okruglarini uning milliy tarkibiga muvofiq qayta taqsimlashga kirishish” topshirilgan
edi.

1920-yil sentabrda Sovetlarning IX Umumturkiston syezdi TASSR Konstitusiyasini

tasdiqladi, uning loyihasini Turkkomissiya tayyorlagan edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

592

Konstitusiyada aytilishicha, Turkiston unda yashovchi asosiy xalqlarning, ya’ni:

turkmanlar, о‘zbeklar, va qirg‘izlarning muxtor respublikasi deb e’tirof qilinib, asosiy milliy
guruhlar, iqtisodiy va maishiy ukladi bо‘yicha viloyatlarga bо‘linadi va RSFSRning Turkiston
Avtonom Respublikasi degan nom bilan ataladi. Xullas, Turkiston aholisining bо‘linishi, uning
etnik nomi bо‘yicha ma’muriy-hududiy, tuzilishi Konstitusiya asosida mustahkamlandi.

Bolsheviklar О‘rta Osiyodagi xalqlarni milliy guruhdan ajratish uchun ularning etnik

jihatdan о‘xshashlarini birlashtirishni lozim kо‘rdi va bu maqsadda tip vositasidan foydalandi.

Bolsheviklarning bu sohadagi faoliyati aniq yо‘nalishga ega bо‘lib, turkiy tilning ayrim

laxjalarini islox qilish va ular negizida har bir milliy tuzilma (о‘zbek, turkman, qozoq va hokazo)
mо‘ljallangan o‘z milliy tillarini yaratishdan iborat edi. 1922-yildayoq о‘zbek tili va
grammatikasi bо‘yicha birinchi о‘lka syezdi о‘tkazildi, u о‘zbek tilini sun’iy ravishda klassik
yevropacha grammatika tizimiga keltirishga asos soldi. Ana shu grammatik sо‘z yasovchi
modellar ta’sirida sо‘z iboralari va grammatik kо‘rinishning yangi shakllari vujudga keldi, bu hol
о‘zbek tili leksikasi asosini tashkil etuvchi umumturkiy leksikaning muayyan darajada
о‘zgarishiga ta’sir qilmay qolmadi. Ayni vaqtda yagona turkiy til bо‘lmaganidek, yagona turkiy
madaniyat ham bо‘lmaydi degan shior ostida til islohoti о‘tkazilishi bilan bir qatorda О‘rta Osiyo
xalqlari madaniy merosining asosiy targ‘ibotchilari bо‘lgan islom va uning tashkilotlariga qarshi
kompaniya avj oldirib yuborildi

1924-yil 12-iyulda RKP(b) MK, Siyosiy byurosi О‘rta Osiyo respublikalarining milliy-

davlat chegaralanishi tо‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Kreml loyihasini amalga oshirish
hujum va tazyiq о‘tkazishdan iborat sinalgan usullar bilan bajarildi. Milliy davlat chegaralanishi
о‘tkazilishi arafasida hech qanday jiddiy etnografik tadqiqotlar, ilmiy-tarixiy va sotsiologik
ishlanmalar amalga oshirilmadi, qilinayotgan harakatning о‘ziga xos g‘oyat xilma-xil oqibatlari
hisobga olinmadi, jamoatchilik fikri о‘rganilmadi.

Chunonchi, Sovetlarning 1924-yil sentabrdagi V Butunbuxoro qurultoyida Buxoro MIK

hisobotida ochiqdan-ochiq ma’lumotlar yо‘qligi tufayli aholini millatiga qarab taqsimlashni aniq
kо‘rsatib bо‘lmaydi, deb ta’kidlangan edi.

Bunday yondashuv natijasida misli kо‘rilmagan milliy-hududiy bо‘linishdan iborat

murakkab jarayonlar о‘zboshimchalik bilan jadallashtirildi, bо‘lajak davlat tuzilmalarining
chegaralari kо‘z bilan chamalab aniqlandi. Bularning hammasi avj oldirilayotgan kompaniyaning
boshlang‘ich bosqichidayoq milliy-etnik vaziyatni junbushga keltirdi, u yoki bu hudud uchun
yakka-yolg‘iz bо‘lmagan millatlararo mojarolarni, tо‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Madaniy-
tarixiy birlikka doir qadimgi an’analar shiddat bilan yemirib tashlana boshladi.

Milliy-davlat chegaralanishi yakunlari bо‘yicha Turkiston, Buxoro va Xorazm

respublikalari о‘rnida О‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston Muxtor
Respublikasi, Qozog‘iston va Qoraqalpog‘iston muxtor viloyatlari tashkil topdi, keyinchalik ular
sotsialistik respublikalar maqomiga ega bо‘ldi.

Mustabid tuzum davrida yangi milliy respublikalar tashkil topganligi fakti tantanali

ravishda kо‘rsatib о‘tildi. Masalan, о‘zbek xalqi tarixda birinchi marta о‘z milliy davlatchiligiga
ega bо‘ldi, deb ta’kidlanardi. Lekin о‘zbek davlatchiligi hali qadim zamonlardayoq vujudga
kelganligi haqida lom-mim deyilmasdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

593

Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924-yil 5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy

byurosida, 11-mayda RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi komissiyasida ko‘rib chiqildi. Unda O‘rta
Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi.
Loyiha RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib,
ma’qullandi. Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm respublikasining
bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri
Abdusalomov, Yoqubov, Turkiston va Buxoro vakillari: Sultonbek Xo‘janov, Sanjar
Asfandiyorov va boshqalar yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb
e’tiroz bildirdilar. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlab qolishga qaratilgan “O‘rta Osiyo
federatsiyasini tuzish to‘g‘risida” taklif kiritdilar.

Shuningdek, 1924-yil 8-mayda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasiga “Xorazmda milliy

masalani hal etish to‘g‘risida xat” kelib tushadi. Bu xatda ham Xorazm respublikasini bo‘lib
yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari
inobatga olinmadi. Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi “O‘rta Osiyo
respublikalarini milliy chegaralash to‘g‘risida”gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida
qaror qabul qiladi.

1924-yil 15-iyulda O‘rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va

1924-yil oktabr oyida uni o‘tkazish zarur, degan qat’iy xulosaga keldi. Shu maqsadda maxsus
Markaziy hududiy komissiya tuzilib, joylarda tashviqot-targ‘ibot ishlari kuchaytirib yuboriladi.

Komissiya 1924-yil sentabr oyi boshlarida o‘z ishini asosan tugallaydi. 1924-yil 25-

sentabrda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi, 9- va 11-oktabrda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi bu
masalani ko‘rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi.

Bu qaror 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma’qullanadi. Shu tariqa, sovet

hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920-1924-yillar
davomida O‘rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg‘on va’dalar berishni ko‘zda tutgan “Lenincha
milliy siyosat”ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi.

Buning natijasida o‘lkaning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy

yaxlitligi zavol topdi. Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo‘laklarga bo‘lish ishlari yakuniga
1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ plenumi so‘nggi nuqta qo‘ydi.

Unga ko‘ra O‘rta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida

O'zbekiston SSR (O‘zSSR), va Turkmaniston SSR, shuningdek Tojikiston ASSR (O‘zSSR
tarkibida), Qoraqalpoq va Qoraqirg‘iz (aslida qirg‘iz) avtonom viloyatlari tuzilishi kerak edi.

Nihoyat, 1924-yilning 27-oktabrida bo‘lib o‘tgan SSSR BMIQ II sessiyasida Turkiston

ASSR MIK favqulodda sessiyasi, Butunbuxoro va Butunxorazm xalq vakillarining V
qurultoylari asosida O‘rta Osiyo hududida milliy respublikalar tuzish to‘g‘risida maxsus qaror
qabul qilindi. Sessiyada BSSR Nozirlar Sho‘rosining raisi Fayzulla Xo‘jayev O‘rta Osiyoda
milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi to‘g‘risida nutq so‘zladi.

Shunday qilib 1924-yil sentabr-oktabr oylarida O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy

chegaralanishi O‘rta Osiyo respublikalari, RSFSR va SSSRning oliy organlari tomonidan
qonuniy kuchga kirdi va O‘rta Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm
respublikalari o‘rnida oltita milliy davlat birlashmalari tashkil etildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

594

Ular - O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR

(1929-yilgacha), RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyati, RSFSR tarkibida
Qozog‘iston ASSR, Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpoq muxtori viloyati.

Keyinchalik Qoraqalpog‘iston ASSR, 1936- yildan O‘zSSR tarkibiga kirgan. O‘rta Osiyo

respublikalarida milliy-hududiy chegaralanish shu tarzda o‘z nihoyasiga yetdi. Natijada, yagona
Turkiston xalqlari bir-biridan sun’iy ravishda uzoqlashtirildi. Bu hol sovetlarga o‘lkada o‘z
hokimiyatini mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. Sovet hokimiyati yillarida
(1925-1991) O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarining hududi va chegarasi Moskva xohishi
va talabiga ko‘ra doim o‘zgarib turgan. Bu o‘zgarishlardan eng ko‘p jabrni o‘zbek xalqi ko‘rgan.

Sovet Ittifoqi parchalanishi va qulashi natijasida mintaqada 5ta mustaqil davlatlar

(Qirgiziston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston) tuzildi va ular Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tarkibiga kirdi. 1992-yil mart oyida BMT tarkibiga qabul
qilingan Markaziy Osiyodagi yangi davlatlar o‘zlarining 1991-yildagi hududlari asosida o‘zaro
chegaralarni rasman tan olishdi hamda xalqaro huquq normalari asosida bu masalani hal qilish
to‘g‘risida kelishib oldilar.

Biroq Markaziy Osiyo davlatlarida o‘tgan 30 yildan ortiq vaqt mobaynida avtoritar

rejimlarning mustahkam qaror topganligi va boshqa holatlar natijasida bu masalada nafaqat
O‘zbekiston Respublikasida, balki boshqa qo‘shni davlatlarda ham ilgariga siljish kuzatilmadi.

2017-yildan boshlab O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegaralar

ochilganligi, hatto ularga mamlakatimiz hududining bir qismi berilganligi va boshqa masalalarda
qo‘shni davlatlar (ayniqsa, Qirg‘iziston va Tojikiston)ga ancha yon bosganligi oqibatida bugungi
kunga kelib O‘zbekiston bilan mintaqadagi qolgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar
barqarorlashdi.

2022-yil 22-dekabr kuni ikki davlat prezidentlari tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston

davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim imzolanishi bilan chegarani qonuniy
rasmiylashtirish jarayoni yakunlangan edi. Chegarani belgilash 2001 va 2022-yillardagi davlat
chegarasi to‘g‘risidagi shartnomalar asosida amalga oshirildi.

Demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar 2003-yilda boshlangan. Yerga chegara belgilarini

o‘rnatish bo‘yicha dala ishlari 2004-yildan 2021-yilgacha davom etdi.

O‘tgan 19 yil davomida demarkatsiya komissiyasining 100 ta, demarkatsiya bo‘yicha

qo‘shma ishchi guruhining 34 ta yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Demarkatsiya ishlari natijalariga ko‘ra,
chegaralarning uzunligi 2356 km ni tashkil etdi, chegara chizig‘iga 1301 ta chegara belgilari
o‘rnatildi.

Chegaralarni belgilash natijalari ushbu bitimning ajralmas qismi bo‘lgan va unga ilova

sifatida tuzilgan 8 ming varaqdan ortiq hajmdagi hujjatlarda aks ettirilgan.

Qozog‘iston bilan O‘zbekiston 2023-yil 28-martda chegara demarkatsiyasi bo‘yicha

bitimni ratifikatsiya qildi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jumart Tuqayev
“Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya
qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralar tutashgan nuqtalarini 2023-yil aprel

oyi oxirlarida muhokama qildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

595

Uch mamlakat hukumatlari delegatsiyalari 4 kun davomida Qirg‘izistonning Batken

shahrida uchrashuvlar o‘tkazib, chegaralarning uch tomonlama tutashuv nuqtalariga aniqlik
kiritish bo‘yicha fikr almashdi. 2023-yil 25-29 aprel kunlari Qirg‘izistonning Batken shahrida
Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvlari bo‘lib
o‘tdi.

2022-yil noyabr oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari chegara bo‘yicha

kelishuvlarni imzoladi, shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida chegara masalasida hech qanday
kelishmovchilikka o‘rin qolmagani e’lon qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston-Tojikiston
chegarasining katta qismi 2018-yil 9-martdagi shartnoma asosida delimitatsiya qilingan.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston SSR tarixi. I.Mo‘minov tahriri ostida. – T.: Fan,1971.

2.

O‘zbekistoning yangi tarixi: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ikkinchi

kitob. – .:Sharq, 2000.

3.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – T.: O‘zbekiston, 2006.

4.

Rajabov Q. 1924: Turkistonning parchalanishi. – T.: Fan, 2024.

References

O‘zbekiston SSR tarixi. I.Mo‘minov tahriri ostida. – T.: Fan,1971.

O‘zbekistoning yangi tarixi: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ikkinchi kitob. – .:Sharq, 2000.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – T.: O‘zbekiston, 2006.

Rajabov Q. 1924: Turkistonning parchalanishi. – T.: Fan, 2024.