ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
769
O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGINING
OQIBATLARI VA FOYDALARI
Imomova Marjona Ermahmat qizi
TerDu Yuridik fakulteti talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15678254
Annotatsiya.
Ushbu maqolada: O’zbekistonning JSTga qo’shilish bosqidchi,
qonunchilikning JST mezonlariga moslashtirilishi, O’zbekistonning JSTdagi maqomi,
O’zbekiston iqsodiyoti uchun foydalari va zararli oqibatlari borasida so’z boradi.
Kalit so‘zlar:
Jahon Savdo Tahkiloti, milliy birend, Xitoy, Viza.
Jahon Savdo Tashkiloti (World Trade Organization) 1947-yilda tuzilgan General
Agreement on Tariffs and Trade (GATT) xalqaro bitimining davomchisi sifatida 1995-yilda
unga a’zo davlatlar o`rtasidagi savdo munosabatlarini liberallashtirish, savdo va siyosiy
aloqalarini tartibga solish uchun tashkil etilgan
Jahon Savdo Tashkilotining eng yuqori darajadagi organi bo‘lgan Vazirlar
Konferensiyasi kamida har ikki yilda bir marotaba o`tkaziladi. Joriy faoliyatni esa Bosh kengash,
tovarlar va xizmatlar savdosi bo‘yicha kengashlar, intellektual mulk masalalari
bo‘yicha kengash
hamda sekretariatning doimiy qo‘mitalari boshqaradi.
JST talablarini bajarish jarayonida
tashkilotning boshqa aʼzolari uchun savdoda yuqori darajada qulaylik yaratish muhim
hisoblanadi. Bu, avvalo, boj tariflarini pasaytirish va ichki bozorlarga xorijiy kompaniyalar
kirishini taʼminlash majburiyatini o‘z zimmasiga olishni nazarda tutadi. Maskur tashkilotga 164
mamlakat toʻla a`zo, shu jumladan hozirgi vaqtda, Oʻzbekiston bilan bir vaqtda Efyopiya Eron
Islom Respubliksi, Sudan, Jazoir, Suriya, Ozarbayjon, Iroq, Janubiy Sudan, Belarus,
Turkmaniston, Livya, Serbiya, Andora, Bosnia va Gersagavina, Ekvatoryal Giviniya, Timor
orollari, Komor orollari, Butan, va Vatikan kabi davlatlar JST da kuzatuvchi maqomidadur
Jumladan 1995-
yilning o’zida 75 ta davlat qo’shilgan bo’lsa,
1996-yilda 16 ta, 1997-yilda
4 ta, 1998-yilda 1 ta, 199-yil 2 ta, 2000-yilda 5 ta, 2001-yilda 3 ta, 2002- yilda 1 ta, 2003-yilda 2
ta, 2004-yilda 2 ta, 2005-yilda 1 ta, 2007-yilda 2 ta, 2008-yilda 2 ta, 2012-yilda 4 ta, 20013-yilda
2 ta,2014-yilda 1 ta, 2015-yilda 2 ta, 2016-
yilda 2 ta davlatlar azo bo’ldi, bu davlatlarning
iqsodiy o’sishini yaxshiladi, va tiranzit savdoni o’sioshiga olib keldi, bu esa davlatlarning
dengizga chiqish imkonini oshirib savdo aylanmasini yaxshiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
bilan tasdiqlangan “2017
-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 3.1
-bandida makroiqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlash, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun xalqaro
iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, nufuzli xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni
1
https://globalfarmernetwork.org/uz/masalalar/world-trade-organization/
2
https://link.mail.beehiiv.com/ss/c/u001.2I5nId0Zn-
qUDF_bjd9V4R8ZOQa7uQfwES7XqG9LSHcL4y_2PBLLTG7AFdYUW30yzLBGzaAsfX7fJSzaodPW5FNj-
9LOLXncgDP22Oc-jp37Y5_J1KxzNtriPx7FpZV4M1-iui3mcBCpdD9P_1lA-c3Jg8lgdPa-pfrxb0bsYA1Gs8utaJ-
pxvoTuSqCPFo5UjsxCmfw_TxnUB5w83PhZqFwAaHvBuPn2kz81n6h89AsFEHpVLHpb3QYE1FJ8fr6MfErxyAc
qOwBgXeZXSRje9AD80zaKlwU53Qo6Qp3-yw/4c1/UoAl3b_yRZOdg-
MoiFpu8w/h16/h001.WjEHUWXozJyCdnZXzDJjhfePVvA5Xa_WfvZfx2vNMm0
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
770
rivojlantirish, tashqi qarz siyosatini izchil yuritish va jalb qilingan xorijiy mablag‘lardan samarali
foydalanish vazifasi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020
-yil 28-maydagi 339-qaroriga
muvofiq, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi
tasdiqlangan.
Ushbu qaror O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini tayyorlash ishlarini samarali
tashkil etish va tizimli muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston 1992
-1993-
yillarda JSTga aʼzo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Oradan 25
yildan oshiq vaqt o‘tganiga qaramay, ushbu jarayon hanuz davom etmoqda. Tarixga nazar
tashlasak, boshqa davlatlarning JSTga qo‘shilish jarayoni odatda 4
-15 yil davom etgan. Shu
sababli, O‘zbekistonning tashkilotga aʼzo bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash
va ularni bartaraf etish masalasiga davlatimiz katta ahamiyat qaratmoqda.
O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi natijasida mamlakat qonunchiligida kutilayotgan
o‘zgarishlarni tizimli tahlil qilish va xalqaro normalarga moslashtirish kelajakda yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan nizolarni oldini olishga hamda ortiqcha byurokratik jarayonlarni cheklashga
yordam beradi. Shu bilan birga, jahon bozorlariga erkin kirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganish
zarur. JSTga qo‘shilgan davlatlar, avvalo, boshqa aʼzo mamlakatlarning bozorlariga kirish
huquqini qo‘lga kiritadi, shuningdek, tashkilotning barcha aʼzolariga taqdim etiladigan
imtiyozlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu imtiyozlar davlat chegaralari va
mamlakat ichida savdo imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
Chunki Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lgan barcha mamlakatlarda bir xil import
tariflari va bojlarining qo‘llanilishi, shuningdek, har qanday kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligini
ta’minlaydigan qonunlar va milliy rejim tamoyili mavjud. Bu tamoyil JSTga aʼzo davlatlarni
import qilinadigan tovarlar bilan bog‘liq barcha tartiblarni milliy mahsulotlarga nisbatan bir xil
tarzda qo‘llashga olib keladi. Shuning uchun, JSTga qo‘shilmasdan, davlatlar o‘z eksportini
tariflar va ichki tartibga solish nuqtai nazaridan cheklangan iqtisodiy munosabatlar asosida
amalga oshiradi.
Savdolarning ochilishi va berilgan imtiyozlar, shu bilan birga, ichki sanoatga zarar
yetkazish xavfini keltirib chiqarishi mumkin, chunki ichki bozor kuchli raqobatga duch kelishi
ehtimoli bor. Xalqaro raqobat mahalliy sanoat tarmoqlarining daromadlari va rentabelligini
pasaytirib, ularni o‘z bizneslarini optimallashtirishga majbur qiladi, bu esa mahalliy korxonalar
va tashkilotlarda ish haqining kamayishi yoki ish o‘rinlarining yo‘qolishi kabi salbiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Shuningdek, savdoning o‘sishi firibgarlik va bozor ulushini nohaq usullar
bilan olish kabi axloqsiz ishbilarmonlik amaliyotlarining xavfini ham oshiradi. Xalqaro tajribada
kompaniyalar raqobatbardosh tarmoqlarni bozordan siqib chiqarib, bozor ulushini oshirish uchun
yuqori narxlar, demping
va boshqa adolatsiz usullardan foydalanishadi
3
https://lex.uz/docs/-3107036
4
https://lex.uz/uz/docs/-4831763
5
https://azkurs.org/jahon-savdo-tashkiloti-jst
6
https://uzpedia.uz/
7
https://scienceweb.uz/
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
771
Xitoyning JSTga a`zolikni amalga oshirish tajribasi va oqibaqtlari bo`yicha
siyatlarni alohida qayd etish mumkin.Xitoy bu borada chet el investorlarni jalb qildi.O’z
homashyolarini va yarim tayyor mahsulotlarini tayyor mahsulotga aylantirish uchun xorij
kompaniyalarini malum bir muddat foydaning yarimi yoki 4/3 qismini xorij kompaniyasiga
ulushli qilib, darmatn kam foizini o’z ulishiga olib ish faoliyati va tartibini o’rganish bilan
iqsodiyotini rivojlantirgan.Xitoy JSTga kirish uchun soliq va ichki tartib qoidalarga
o’zgartirishlar kiritdi,davlatni yopiqlik siyosatini tugatti va o,z chegaralarini xorijliklarga ochdi.
JST da quydagicha rivojlanish bosqichlari mavjud bular:
1)DAVOGAR DAVLAT ARIZA BERGANDAN KEYIN, DAVLAT ICHKARISIDAGI
QONUNLARNI JSTNING QONUNLARIGA MOSLASHTIRISH
2)O’ZORO IKKI TARAF O’RTASIDA KELISHUVLAR VA MUZOKARALARNING
BOSHLANISHI JST BILAN KELISHUVLAR
3)FORMAL KELISHUVLARNING IMZOLANISHI
Hozirgi kunda O
’
zbekiston 2-bosqichda ketmoqda va hozirga qadar davlatlar bilan
shartnomalar va kelishuvlar imzolanyabdi Xitoy va Filippin bilan muzokaralar yakunlandi.
O
’
zbekistonning JSTga a
’
zo bo
’
lishi orqali ijobiy va salbiy jihatlarini ko`rib chiqamiz
.
Ijobiy jihatlari
1. Eksport ortadi, 2. Yirik korxonalar ochilishi, 3.
Yangi ish o’rinlarining paydo bo’lishi,
4. Raqobat maydoniga chiqish, 5. Monopoliya cheklanishi, 6. Tayyor mahsulotlarning ishlab
chiqarilishi,
Maxsulotlarning arzon bo’lishi.
Salbiy jihatlari
1.Yirik raqobat bozoriga tayyor bo
’
lmagan tadbirkorlik subeklari tugatilishi, 2.kichik
tadbirkorlik subektlaridagi ishchi o
’
rni yo
’
qoladi, 3.Kichik tadbirkorlar o
’
z ish faoliyatini
yakunlaydi va yirik korxonalar bilan birlashib ketishi mumkin, 4.Xorijning sifatli va arzon
mahsulotlari bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilarda mahsulotning sotilishida manfiy
ko
’
rsatkichlar yuzaga keladi
O
’
zbekiston JSTga kirsa bozorlarda zamonaviy birja tizimi rivojlanadi
. So‘nggi yillarda
mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Xususan,
iqtisodiyotning muhim va ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan birja mexanizmi sifat jihatdan yanada
rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarildi. Birja, shaffof bozor infratuzilmasi sifatida, talab va taklif,
sof raqobat, kotirovkalar
kabi asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Birja savdolarini tashkil
etish va ularda ishtirok etishdan barcha tomonlar manfaatdor bo‘ladi
JST a’zolari o‘rtasida bojxona tariflarini pasaytirish va boshqa savdo to‘siqlarini olib
tashlashga olib keladi. Bu xalqaro savdoni erkinlashtirib, mamlakatlar o‘rtasidagi mahsulot va
xizmatlarning oqimini yaxshilaydi. Natijada, iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi.
8
https://cyberleninka.ru/article/n/
9
https://kun.uz/68568873?q=%2Fuz%2F68568873
10
https://dictionary.tsue.uz/
11
https://kun.uz/news/
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
772
JST nizomlari mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni
kafolatlaydi. Bu siyosiy barqarorlikni mustahkamlaydi, ichki va tashqi xavotirlarni kamaytiradi,
shuningdek, iqtisodiy barqarorlik ijtimoiy hayotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
JST a’zoligi natijasida iste’molchilar keng tanlov imkoniyatiga ega bo‘lib, sifatli va arzon
mahsulotlarni xarid qilishlari osonlashadi. Bu esa aholi turmush darajasini yaxshilashga yordam
beradi.
Erkin savdo siyosati nafaqat davlat iqtisodiyotini, balki alohida shaxslarning
daromadlarini ham oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar xalqaro bozorlarga kirish imkoniyatini qo‘lga
kiritib, o‘z mahsulotlarini kengroq miqyosda sotadilar.
Savdo imkoniyatlarining kengayishi bilan yangi sohalar rivojlanadi va qo‘shimcha ish
o‘rinlari yaratiladi. Bu esa mamlakatdagi mehnat bozoriga ijobiy ta’sir qiladi va ishsizlikni
kamaytiradi.
Savdo xarajatlarini qisqartirish JST nizomlari bojxona tartiblarini soddalashtirish va
savdo xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan. Bu eksport va import xarajatlarini kamaytirib,
savdo faoliyatini tejamkor qiladi.
Raqobatni oshirish va iste’molchilar manfaatini himoya qilish JSTning
raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan siyosati milliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulot
sifatini oshirishga undaydi. Mahalliy iste’molchilar uchun tanlov imkoniyatlari kengayadi, bu
esa ularning manfaatlariga xizmat qiladi.
Milliy ishlab chiqarishni qo‘llab
-quvvatlash JST orqali xalqaro bozorlar ochilishi
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga eksport hajmini oshirish va o’z milliy brendiniyaratish
imkonini beradi. Bu davlat budjetiga ko‘proq soliqlar tushishini ta’minlaydi va iqtisodiyotning
barqaror o‘sishini rag‘batlantiradi.
Texnologik rivojlanishni jadallashtirish JST a’zoligi texnologiyalar almashinuvi va
innovatsiyalarni qo‘llab
-quvvatlaydi. Xalqaro bozorlarda muvaffaqiyat qozonish uchun ishlab
chiqaruvchilar ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga intiladilar. Bu esa milliy iqtisodiyotning
modernizatsiyasiga hissa qo‘shadi.
O’zbekiston JSTga hali to’liq a’zo bo’lmagan bo’lsada, avtomabil, qishloq xo’jaligi,
oziq-ovqat, tirikataj mahsulotlarida monapoliyalar cheklanib, chet el kompaniyalari va
korxonalari bilan savdo aloqalari yaxshilanmoqda.
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun iqtisodiyotning
modernizatsiyasi va raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan bozor islohotlarini
rivojlantirishda muhim imkoniyat va turtki hisoblanadi. Bu jarayon mamlakat oldiga bir qator
vazifalarni qo‘yadi: import bojlarini pasaytirish, ichki bozorda chet el tovarlari bilan mahalliy
mahsulotlarning teng raqobatini ta’minlash hamda ko‘p tomonlama savdo muzokaralari orqali
savdo siyosatini ijobiy yuritishdan iboratdir.
Xulosa:
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab
-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini
kuchaytirish va raqobatbardoshlik darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
12
https://kun.uz/news
13
http://nhrc.uz/oz/news/m12441
14
https://yuz.uz/uz/news
15
https://kun.uz/news
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
773
Bu chet el tovarlari ichki bozorni egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.
O‘zbekistonning xalqaro qiymat zanjirlariga integratsiyalashuviga xizmat qiladi. Bu esa o‘z
navbatida, davlat iqtisodiyotining modernizatsiyasi va barqaror o‘sishini ta’minlaydi.
Yuqoridagilarni amalga oshirish O’zbekistonninh JSTga qabul qilish imkoniyatlarini
yanada kengaytiradi:
➢
xususan Xitoy tajribasidan keng foydalanishimiz ijobiy natijalarni berishi mumkin.
➢
Tadbirkolarning boshqa davlatlarda o’z maxsulotlaring yarmorkalari va ularning
analoglarini namoish etishga imkoniyatlar yaratish,
➢
bojxona tizimida maxsulot olib kirish va olib chiqishda yengilliklar berilishi,
➢
tabirkorlarga kichik biznesi uchun o’z milliy brendlarini yaratishda amaliy yordam
berish,
REFERENCES
1.
O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi
2.
Sh.M. Mirziyoyev.Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini tantanali
marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidaginutq / Sh.M.
Mirziyoyev.
–Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
-
56 b.birgalikda barpo etamiz.O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
3.
3.Jahon Savdo Tashkiloti darslik SH.S,Almosova:Taqrizchilar D.Umarxanova TDYU
Xalqaro hiquq va inson huquqlari kafidirasi professori v.b y.f.d N.Gafurova Xalqaro hiquq
va inson huquqlari kafidirasi dotsenti y.f.f.d-TOSHKENT 20023 124-bet
4.
"The World Trade Organization: Law, Practice, and Policy"
–
Mitsuo Matsushita, Thomas
J. Schoenbaum, Petros C. Mavroidis
5.
"Understanding the WTO"
–
World Trade Organization (WTO)
6.
"The Law and Policy of the World Trade Organization"
–
Peter Van den Bossche &
Werner Zdouc
7.
"Globalization and the WTO: A Critical Introduction"
–
Deborah Z. Cass
8.
"The WTO and Developing Countries"
–
Edited by Bernard Hoekman, Aaditya Mattoo,
Philip English
9.
10.
11.
https://lex.uz/uz/dos/-6480161
12.
https://prezi.com/p/z29poxyqgmlm/xalqaro-savdo-tashkiloti/
13.
https://xs.uz/uz/post/zhahon-savdo-tashkilotiga-azolik-ozbekistonga-nima-beradi
