Authors

  • Gulbahor Tursunaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107181

Keywords:

mehnatini muhofaza qilish davlat nazorati va tekshiruvi davlat siyosati davlat boshqaruvi xavfsiz texnika maxsus vakolatli davlat organi baxtsiz hodisa kasb kasallaklari mehnatni muhofaza qilish xizmati.

Abstract

Ushbu maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlar, ularni amalga oshirishga vakolatli organlar hamda ularning vakolatlari xususida so‘z yuritgan.

background image


Iyun, 2025-Yil

363

MEHNAT MUHOFAZASI SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATI VA BOSHQARUVI

Tursunaliyeva Gulbahor

Farg‘ona yuridik texnikumi 32/23-guruh o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15679633

Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi

sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlar, ularni amalga
oshirishga vakolatli organlar hamda ularning vakolatlari xususida so‘z yuritgan.

Kalit so‘zlar: mehnatini muhofaza qilish, davlat nazorati va tekshiruvi, davlat siyosati,

davlat boshqaruvi, xavfsiz texnika, maxsus vakolatli davlat organi, baxtsiz hodisa, kasb
kasallaklari, mehnatni muhofaza qilish xizmati.

STATE POLICY AND ADMINISTRATION IN THE FIELD OF LABOR PROTECTION

Abstract. In this article, the author spoke about the state policy and management in the field

of labor protection in the Republic of Uzbekistan, the main directions of state policy, the bodies
authorized to implement them, and their competencies.

Key concepts: occupational safety, state control and inspection, public policy, public

administration, safe equipment, specially authorized state div, accident, occupational diseases,
occupational safety service.

ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА И УПРАВЛЕНИЕ В ОБЛАСТИ ОХРАНЫ

ТРУДА

Аннотация. В данной статье автор рассказал о государственной политике и

управлении в области охраны труда в Республике Узбекистан, основных направлениях
государственной политики, органах, уполномоченных на их реализацию, и их компетенции.

Ключевые понятия: охрана труда, государственный контроль и инспекция,

государственная политика, государственное управление, безопасная техника, специально
уполномоченный государственный орган, несчастный случай, профессиональные
заболевания, служба охраны труда.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra mehnatni muhofaza

qilish deganda, biz mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati
saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-
gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimini tushunamiz va bu
tushuncha aynan Mehnat kodeksi

1

hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish

to‘g‘risida”gi Qonuni

2

da ham o‘z ifodasini topgan.

Jamiyat hayotining barcha yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda insonlar uchun

adolatli, qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnat huquqiy munosabatlardan
kelib chiqadigan huquq va erkinliklarni qo‘llab-quvvatlash hamda eng asosiysi ularning mehnatini
muhofaza qilish borasida ham olib borilayotgan davlat siyosati va boshqaruvida amalga
oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir.

1

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. – T., “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023-y.

2

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari

milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.


background image


Iyun, 2025-Yil

364

Jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatni tartibga solishda davlat va uning masʼul

organlarining vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu vazifa va funksiyalarni bajarish
uchun qonun hujjatlari asosida davlat organlariga muayyan vakolatlar beriladi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi

3

da

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Yaʼni,
xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini taʼminlash; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy
davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash; mehnatni
muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga
oshirish; xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi
va joriy etilishini rag‘batlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan
jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish; xalqaro hamkorlikni
amalga oshirish kabi masalalar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari sifatida eʼtirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-

moddasiga asosan mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat
organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatib qo‘yilgan
bo‘lib, Qonunining 7-moddasi

4

da bevosita o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari berilgan.

Demak, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;

- mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga

olish tartibini belgilaydi;

- tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
- mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, shuningdek

mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning mablag‘laridan foydalanish tartibini
belgilaydi;

3

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari

milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.

4

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari

milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.


background image


Iyun, 2025-Yil

365

- mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi hamda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.

Qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yana bir qator vakolatli davlat organlar va

ularning vakolatlari xususida ham normalar belgilangan. Ular jumlasiga, O‘zbekiston Respublikasi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ham
kiritilgan.

Mehnat muhofaza qilish borasida eʼtibormizni Qonunning 12-moddasi

5

dagi tashkilotning

mehnatni muhofaza qilish xizmatlari masalasiga qaratishni ham lozim topdik. Sababi bugungi
kunda xususiy sektorning jadal rivojlanib borayotganligi, unda yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda
mehnat muhofazasi borgan sari o‘ziga xos dolzarblik kasb etib borayotganligidir.

Shu munosabat bilan aytish joizki, qonunga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga

oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni
muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etilishi kerak. Ellikta va
undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham
tashkil etilishi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etilishi lozimligi
taʼkidlanadi.

Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish

xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish
to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati
hisobga olingan holda qabul qilinadi.

Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil

tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.

Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va

normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, tarkibiy bo‘linmalarning
rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan
shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish huquqiga ega.

So‘zimiz yakunida mehnatni muhofaza qilish mehnat huquqida (qonunchiligida) muhim

institut hisoblanib, o‘zining aniq huquqiy mexanizimiga ega. Uning samarali ishlashi mehnat
huquqiy munosabatlarda xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi turli xil nizo va
kelishmovchiliklarni oldini olibgina qolmasdan, mamlakat iqtisodiy farovonligiga ham o‘zining
munosib hissasini qo‘shadi.


5

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari

milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.


background image


Iyun, 2025-Yil

366

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. – T., “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023-y.

3.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun
hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – №03/18/456/0512.

4.

Mehnat huquqi. Darslik. Prof. J.T.Xolmuminov umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU nashriyoti,
2019. – 193-bet.

5.

M.Usmanova, G.Sarimsakova va boshqalar. Mehnat huquqi. Darslik. -T.: TDYU, 2016.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. – T., “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023-y.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – №03/18/456/0512.

Mehnat huquqi. Darslik. Prof. J.T.Xolmuminov umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU nashriyoti, 2019. – 193-bet.

M.Usmanova, G.Sarimsakova va boshqalar. Mehnat huquqi. Darslik. -T.: TDYU, 2016.