708
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
KLINIK TERMINLARNING YASALISHIDA LOTIN TILINING AHAMIYATI
Kaxorova Muhabat Askaraliyevna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Toshkent tibbiyot akademiyasi
muhab.at@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15670347
Annotatsiya.
Klinik terminlarning yasalishida lotin tilining morfologik imkoniyatlari
markaziy o‘rin tutadi. Lotin tilidagi prefikslar, suffikslar va negizlar asosida yasalgan
atamalar tibbiy ma’lumotni aniqlik va qisqalik bilan ifodalashga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar:
qiyinchilik ko'nikmalari, analitik usullar, strategiyaga asoslangan ta'lim,
klinik atamashunoslik, fonetik va morfologik tushunchalar.
Kirish.
Tibbiyot fanining jadal rivojlanishi tibbiy atamalar- klinik terminlarning aniqligi,
tushunarli va xalqaro standartlarga mos bo‘lishini talab etadi. Tibbiy terminologiyaning asosiy
qismini tashkil etuvchi lotin tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu til tibbiyot sohasidagi ilmiy muloqot, ta’lim, klinik amaliyot va
farmatsevtika sanoatida asosiy aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Lotin tili - qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili bo‘lib, ilk asrlardan boshlab ilm-fan,
din, huquq va tibbiyotda asosiy yozuv va muloqot vositasi bo‘lgan. Ayniqsa, tibbiyot sohasida
lotin tilining roli nihoyatda muhim bo‘lib, bu til nafaqat tarixiy meros, balki zamonaviy tibbiy
terminologiyaning shakllanishida ham negiziy o‘rin tutadi.
Lotin tilining tibbiyotdagi ahamiyatini tushunish uchun, avvalo qadimgi yunon va Rim
tibbiyot maktablarining o‘zaro aloqasini e’tiborga olish kerak. Yunon tabiblari - Gippokrat
(Hippocrates) va undan keyingi olimlar -birinchi bo‘lib tibbiyot fanini nazariy asoslar bilan
boyitgan bo‘lsalar, Rim tabiblari, xususan, Galen (Claudius Galenus), ushbu bilimlarni lotin
tilida tizimlashtirgan. Galen asarlarining ko‘pchiligi yunon tilida yozilgan bo‘lsa-da, keyinchalik
ular lotinchaga tarjima qilinib, o‘rta asrlarda Yevropada tibbiyot ta’limining asosini tashkil
qilgan.
O‘rta asrlarda lotin tili butun Yevropa bo‘ylab ilm-fan va ta’limning rasmiy tili sifatida
keng tarqalgan edi. Tibbiyot sohasidagi barcha risolalar, universitet darsliklari, tashxis yozuvlari
va dori retseptlari aynan lotin tilida yuritilgan. Masalan, Italiyaning Salerno va Boloniya
universitetlarida tibbiyot talabalari lotin tilida ta’lim olgan, ularning yozma ishlari va
dissertatsiyalari ham lotin tilida bo‘lgan. Lotin tilidagi adabiyotlar tibbiy bilimlarni avloddan
avlodga uzluksiz yetkazib berishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. Renessans davrida (XIV–
XVI asrlar) ilm-fan va san’at rivojiga katta e’tibor berila boshlangan va bu davrda lotin tili
ikkinchi bor yuksalish bosqichiga chiqqan. Ilmiy izlanishlar, yangi kasalliklar va davolash
usullarining kashf etilishi tibbiy terminologiyani boyitgan va bu borada lotin tili asosiy asos
sifatida ishlatilgan. Taniqli olimlar — Andreas Vesalius, Paracelsus, William Harvey va
boshqalar o‘z tibbiy izlanishlarini aynan lotin tilida e’lon qilganlar.
Bugungi kunda ham lotin tilining ta’siri tibbiyotda davom etmoqda. Anatomik nomlar,
kasalliklar tavsifi, dori vositalari va biologik atamalar lotincha yoki lotin asosida yasalgan
terminlardir. Masalan, “Musculus gluteus maximus”, “Fractura femoris”, “Hypertonia arterialis”
kabi terminlar tibbiy hujjatlarda doimiy uchraydi. Bu atamalar nafaqat tarixiy an’analarning
davomchiligi, balki mantiqiy va ilmiy tushunarlilikni ta’minlovchi vositadir.
709
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Klinik terminologiya - bu kasalliklar, belgilar, tashxislar, davo usullari, anatomik
tuzilmalar va boshqa tibbiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar majmuidir. Ushbu terminlar
nafaqat ilmiy aniqlik, balki kasbiy muloqotning muhim elementlari sifatida ham xizmat qiladi.
Klinik terminlarning yasalishida lotin tilining morfologik imkoniyatlari markaziy o‘rin tutadi.
Lotin tilidagi prefikslar, suffikslar va negizlar asosida yasalgan atamalar tibbiy ma’lumotni
aniqlik va qisqalik bilan ifodalashga xizmat qiladi.
Klinik terminlar odatda quyidagi qismlardan tashkil bo’ladi:
Negiz
- asosiy ma’no manbai (masalan,
cardi-
– yurak),
Prefiks
- so‘z boshiga qo‘shilib, ma’noni o‘zgartiruvchi qo‘shimcha (masalan,
hyper-
–
ortiqcha, ko‘p),
Suffiks
- so‘z oxiriga qo‘shilib, terminning turini yoki holatini belgilaydi (masalan,
-itis
–
yallig‘lanish).
Masalan:
“endocarditis”
-
endo-
(ichki),
card
(yurak),
-itis
(yallig‘lanish). Bu termin
yurak ichki qavatining yallig‘lanishini anglatadi.
Lotin tilida barcha anatomik tuzilmalar jins, birlik-ko‘plik va egalikni ifodalovchi aniq
grammatik shakllarga ega. Masalan:
“Musculus biceps brachii”
- qo‘lning ikki boshli muskuli;
“Vena cava superior”
- yuqori bo‘sh vena. Bu kabi tuzilmalar tibbiy hujjatlarni tuzishda
muhim rol o‘ynaydi. Lotin tilidagi morfologik qat’iylik terminlarning chalkash tushunilishining
oldini oladi. Ko‘plab klinik atamalar yunoncha negizga ega bo‘lib, lotin grammatikasi asosida
yasalgan. Bu ikki tilning kombinatsiyasi ilmiy terminologiyada mukammal uyg‘unlikni
ta’minlaydi. Masalan:
“Gastroenterologia”
-
gastro-
(oshqozon),
entero-
(ichak),
-logia
(ta’limot, fan);
“Neuropathia”
-
neuro-
(asab),
-pathia
(kasallik holati). Bu kabi terminlar semantik
jihatdan chuqur ma’no anglatadi va tibbiy atamalarning universalligi, tushunarli va tizimli
bo‘lishiga xizmat qiladi.
Lotin tili tibbiy terminologiyada nafaqat tarixiy asos, balki ilmiy muloqot vositasi sifatida
ham o‘z o‘rnini mustahkam saqlab kelmoqda. Bu tilning fonetik va semantik xususiyatlari klinik
terminlarning universal, aniq va qulay bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Aynan ushbu xususiyatlar
lotin tilini boshqa tillardan ajratib turadi va uni tibbiyotda afzal tilga aylantiradi.
Lotincha terminlar fonetik jihatdan qat’iy talaffuzga ega bo‘lib, bu ularni o‘qish va
tushunishni osonlashtiradi. Harflarning talaffuzi doimiy, ya’ni talaffuz va yozuv o‘rtasida farq
yo‘q. Bu holat tibbiyot xodimlari, ayniqsa xalqaro muloqotda ishtirok etayotgan mutaxassislar
uchun katta yengillik tug‘diradi.
Masalan:
“Osteoma”
(suyak o‘smasi) - talaffuzida va yozilishida aniqlik mavjud.
“Bronchitis”
(bronx yallig‘lanishi) - har bir harf aniq va ravon aytiladi.
Bunday soddalik ko‘p tillilik sharoitida tibbiy xatoliklarning oldini olishda muhim
omildir. Lotincha terminlar ko‘pincha so‘z tarkibiy qismlarining birikmasi orqali tuzilgan bo‘lib,
bu ularning ma’nosini anglashni yengillashtiradi. Har bir termin ma’lum bir mantiqiy tuzilishga
ega: negiz – ma’noni belgilaydi, prefiks va suffiks esa uni aniqlashtiradi yoki kengaytiradi.
Misollar:
“Hypotensio”
-
hypo-
(kam),
tensio
(bosim) → past qon bosimi;
710
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
“Dermatologia”
-
derma
(teri),
logia
(fan) → teri kasalliklari fani. Bu kabi tuzilishlar
terminlarni xotirada saqlashni osonlashtiradi va yangi atamalarni mustaqil anglash imkonini
beradi.
Lotincha klinik atamalar qisqa, lekin mazmunan to‘liq va aniq bo‘lishi bilan ajralib
turadi. Bu ularni tibbiy hujjatlarda, elektron sog‘liqni saqlash tizimlarida va og‘zaki muloqotda
qulay qo‘llash imkonini beradi. Masalan:
“CVS”
(systema cardiovasculare) - yurak-qon tomir tizimi;
“Rx”
(recipe - retsept yozilishi uchun ishlatiladigan lotincha ifoda).
Lotin tilining morfologik qat’iyati, qisqa ifoda va semantik aniqligi tibbiyotda noto‘g‘ri
tushunish ehtimolini kamaytiradi. Aynan shu sababdan, u zamonaviy tibbiyotning eng asosiy
terminologik bazasini tashkil etadi. Zamonaviy tibbiyot global miqyosda jadal rivojlanib
borayotgan fan sohalaridan biri bo‘lib, unda turli mamlakatlar shifokorlari va tadqiqotchilari
o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu hamkorlikning samarali bo‘lishi uchun yagona ilmiy til va bir xil
tushuncha asosida ishlash zarur. Shu nuqtai nazardan qaraganda, lotin tili xalqaro tibbiyot
terminologiyasida asosiy bog‘lovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. U ilmiy muloqotni
standartlashtirish, klinik axborotni aniq yetkazish va xatoliklarning oldini olishda muhim
ahamiyatga ega.
Dunyo bo‘yicha ko‘plab yirik tibbiyot tashkilotlari, jumladan Butunjahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti (WHO), Xalqaro kasalliklar tasnifi (ICD), Farmakopeya komissiyalari va
Xalqaro nomlash tizimi (INN) lotincha yoki lotin asosidagi terminlardan foydalanadi. Bu:
kasallik nomlari (masalan,
diabetes mellitus
,
tuberculosis pulmonum
),
dori vositalarining umumiy nomlari (masalan,
Amoxicillinum
,
Paracetamolum
),
simptom va sindromlar (masalan,
insufficientia renalis
,
status epilepticus
) kabi
atamalarda namoyon bo‘ladi. Lotin tili bu terminlarni barcha tillarda yagona shaklda qo‘llashga
imkon beradi, bu esa sog‘liqni saqlash sohasida tez va aniq muloqotni ta’minlaydi. Tibbiy
sohada xalqaro normalar va protokollar bilan ishlashda terminlarning aniq va bir xil bo‘lishi
talab qilinadi. Lotin tilining qat’iy grammatik qoidalari va terminologik strukturasi bunga zamin
yaratadi. Shuning uchun xalqaro klinik protokollar, diagnostika me’yorlari va dorivor vositalar
ro‘yxatlari lotincha nomlar asosida tuziladi.
Bugungi global sog‘liqni saqlash tizimlarida, ayniqsa, xalqaro tibbiy konferensiyalar,
ilmiy maqolalar va patent hujjatlari tayyorlanishida lotin tilida asoslangan terminlar yagona
platforma sifatida xizmat qiladi. Shifokorlar, farmatsevtlar va ilmiy tadqiqotchilar lotin tilidagi
atamalarni bilgan holda til to‘sig‘isiz muloqot qiladilar. Shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallar
(masalan,
The Lancet
,
BMJ
,
JAMA
) maqolalarida ishlatiladigan klinik terminlar deyarli barchasi
lotin tilidan olingan yoki lotin asosida yasalgan bo‘ladi. Bu esa ilm-fan universalligini ta’minlab
beradi.
Lotin tili tibbiy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, talabalarga zamonaviy tibbiyot tilini
o‘zlashtirishda, klinik fikrlashni shakllantirishda va ilmiy mulohaza yuritishda mustahkam asos
bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, shifokor bo‘lishni maqsad qilgan talabalar uchun bu tilni bilish
nafaqat nazariy bilim, balki amaliy faoliyatda ham zaruriy ko‘nikmadir.
O‘zbekiston Respublikasi va ko‘plab xorijiy mamlakatlarda lotin tili tibbiyot oliy o‘quv
yurtlarida majburiy o‘qitiladigan fan hisoblanadi. Bu fan:
tibbiy terminlarni to‘g‘ri tuzish va o‘qish,
latinchalashgan qisqartmalarni tushunish,
anatomik va farmatsevtik nomlarni eslab qolish,
711
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
dori retseptlarini yozish,
tibbiy hujjatlarni o‘qish va tahlil qilishda yordam beradi
.
Masalan, “Musculus pectoralis major”, “Vena saphena magna”, “Fractura humeri” kabi
atamalarni talaba aynan lotin tili orqali o‘zlashtiradi.
Lotin tili tibbiy terminologiyani chuqur anglash imkonini beradi. Talabalar har bir
so‘zning negizi, qo‘shimchalari va ularning grammatik holatini bilgan holda yangi atamalarni
mustaqil anglay oladilar. Bu esa tibbiy matnlar bilan ishlash, yangi kasallik nomlarini tushunish
va ilmiy maqola yozishda beqiyos ahamiyatga ega. Masalan:
“cardiomegalia” -
cardio
(yurak) +
megalia
(kattalashish),
“hepatocarcinoma” -
hepato
(jigar) +
carcinoma
(rak).
Bunday tahlil qilish ko‘nikmalari klinik tafakkurni mustahkamlaydi va kasbiy
yondashuvni shakllantiradi.
O‘zbekistonda barcha tibbiyot OTMlarida birinchi bosqichdan boshlab lotin tili fani
o‘qitiladi. Darslar asosan:
tibbiy terminologiya asoslari,
retsept yozish qoidalari,
grammatik shakllar,
terminlarning tarjimasi va tahliliga qaratiladi.
Ko‘plab universitetlarda maxsus lotincha terminologik lug‘atlar, amaliy mashqlar, testlar
va tarjima topshiriqlari orqali talabalar ushbu tilni faol o‘zlashtirmoqda. Bu esa ularning klinik
fanlarga o‘tishda tayyorligini oshiradi.
Shifokorlar va tibbiyot xodimlarining kundalik amaliyotida lotin tiliga asoslangan
terminlar doimiy qo‘llaniladi. Bu terminlar tashxis qo‘yish, dori-darmon yozish, hujjat yuritish,
shifobaxsh jarayonlarni boshqarish va o‘zaro kasbiy muloqotda aniqlik va tezkorlikni
ta’minlaydi. Amaliy klinik faoliyatda lotin tilining ushbu keng qo‘llanilishi uni nafaqat tarixiy,
balki zamonaviy amaliy til sifatida ham mustahkamlaydi. Ko‘pgina kasalliklar nomi, ayniqsa
xalqaro kasalliklar tasnifida, lotin yoki lotin-yunon asosidagi terminlar bilan belgilanadi.
Masalan:
Pneumonia lobaris
- bo‘limli zotiljam,
Diabetes mellitus-
qandli diabet,
Gastritis chronica
- surunkali gastrit.
Bu terminlar klinik yozuvlarda, tibbiy karta va epikrizlarda bir xilda ishlatiladi va butun
dunyo bo‘ylab bir xil tushuniladi.
Dori vositalarining nomlari asosan lotin tilida yuritiladi. Retsept yozishda lotin tilining
qisqalik va qat’iy qoidalarga asoslanganligi farmatsevtik xavfsizlik va aniqlikni ta’minlaydi.
Retseptlar maxsus lotincha qisqartmalar bilan yoziladi, masalan:
Rp.
- (Recipe) - “berilsin” degani,
gtt.
- (guttae) - tomchi,
tbl.
- (tabulettae) - tabletka.
Masalan:
Rp.: Tabulettae Paracetamoli 500 mg D. t. d. №10 S. Kuniga 3 mahal, ovqatdan
keyin.
Bu yozuvda hamma qismlar an’anaviy lotin tilida bo‘lib, dorixona xodimi uchun aniq va
tushunarli bo‘ladi.
712
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Shifokorlar o‘rtasidagi ilmiy va kasbiy muloqotda lotincha terminlar universal til
vazifasini bajaradi. Xususan, kasallik tahlili, epikriz yozilishi, davolash rejalari yoki konsiliumlar
chog‘ida ushbu terminlar orqali aniq va qisqa muloqot yuritiladi:
“Patientda
status post infarctum myocardii
holati aniqlangan”,
“Davolash rejasi:
antibiotica + antipyretica
”.
Bunday yondashuv zamonaviy tibbiy madaniyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Tibbiy
hujjatlar: kasallik tarixlari (
historia morbi
), epikrizlar, yo‘llanmalar va davolash natijalari
hujjatlarida lotincha atamalar bemorning holatini qisqacha, aniq va tushunarli tarzda ifodalashga
yordam beradi. Masalan:
Fractura claviculae sinistrae cum dislocatione
– chap yelka suyagining dislokatsiya bilan
sinishi,
Status post laparotomiam
– laparotomiyadan keyingi holat.
Bu yozuvlar nafaqat klinik tafakkur, balki huquqiy hujjatlarda ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Klinik terminlarning yasalishi qat’iy grammatik va semantik qonuniyatlarga asoslanadi.
Bu qonuniyatlar tufayli yangi kasalliklar, sindromlar, davo usullari yoki diagnostik
holatlar paydo bo‘lganida, ularni nomlashda yagona, tushunarli va ilmiy asoslangan tizim
ishlatiladi. Aynan lotin tili bu tizimni boshqarishda asosiy vosita hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Askaralievna, K. M. (2024). Effectiveness of Strategy-Based Instruction on Language
Learning.
International Journal of Formal Education
,
3
(3), 252-254.
2.
Kakhorova, M. A. (2023). Nutrition of surgical patients.
Modern Scientific Research
International Scientific Journal
,
1
(8), 172-180.
3.
Kakhorova, M. A. (2025, May). INTEGRATED METHODS FOR TEACHING
ANATOMICAL TERMS IN LATIN. In
E-Conference platform
(Vol. 1, No. 20-may, pp.
159-161).
4.
Kakhorova, M., & Maqsudjonov, S. (2025). THE COMMON HEALTHCARE
APPROACHES IN THE ERA OF GRECO-ROMAN ANTIQUITY.
Journal of Applied
Science and Social Science
,
1
(1), 3-6.
5.
Askaraliyevna, K. M. (2025). SOME BARRIERS OF TEACHING LISTENING AND
EFFECTIVE TECHNIQUES TO OVERCOME THEM.
EduVision: Journal of
Innovations in Pedagogy and Educational Advancements
,
1
(3), 98-103.
6.
Askaraliyevna, K. M. (2025). THE APPLICATION OF COGNITIVE AND
METACOGNITIVE
LISTENING
TECHNIQUES
TO
IMPROVE
STUDENTS'COMPREHENSION.
Educator Insights: Journal of Teaching Theory and
Practice
,
1
(3), 34-41.
7.
Kakhorova, M. A. (2025, May). INTEGRATED METHODS FOR TEACHING
ANATOMICAL TERMS IN LATIN. In
E-Conference platform
(Vol. 1, No. 20-may, pp.
159-161).
8.
JURAEV, A., ESANOV, U., KAKHOROVA, M., ESHBAEVA, N., & NURMATOVA, F.
(2021). Formation of professional competence of future tourism specialists in
English.
Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities
,
1
(1.5
Pedagogical sciences).
9.
Ширинкулова, Ш. М., Кахарова, М. А., & Сайдуллаева, М. А. (2021). Инглиз ва ўзбек
тилларида луғатшуносликнинг шаклланиши.
713
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
10.
Juraev, A., Eshbaeva, N., Esanov, F. N. U., & Kakhorova, M. (2022). Ausbildung der
beruflichen kompetenz von zukünftigen tourismusspezialisten in Englisch.
11.
Kaxorova, M. A. (2024). The phenomena of word formation in latin as an example of
cardiological terms.
Academic research in educational sciences
, (1), 483-488.
12.
Askaraliyevna, K. M. (2025). THE INTEGRATION AND THE BENEFITS OF
TECHNOLOGIES IN LANGUAGE LEARNING.
Web of Teachers: Inderscience
Research
,
3
(1), 354-358.
13.
Muxabbat, K. (2023). Terminologik tadqiqotlarning asosiy yo ‘nalishlari.
Научный
Фокус
,
1
(7), 79-84.
14.
Kaxarova, M. A. (2023). Terminologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning
ahamiyati va vazifalari.
Научный Фокус
,
1
(7), 74-78.
15.
Muxabbat, Q. (2023). Zamonaviy xorijiy tillarda sintetik so ‘z yasalish hodisasi fransuz
tilidagi qo ‘shimcha va so ‘zlar misolida.
16.
Askaraliyevna, K. M. (2024). THE INTEGRATION OF TEACHING STRATEGIES IN
THE CONTEXT OF HIGHER EDUCATION.
17.
Muxabbat Q. Zamonaviy xorijiy tillarda sintetik so ‘z yasalish hodisasi fransuz tilidagi qo
‘shimcha va so ‘zlar misolida. – 2023.
18.
Muxabbat, Q. (2023). Oliy ta’lim tizimining dars mashg ‘ulotlarida ta’lim metodlaridan
foydalanish.
Новости образования: исследование в XXI веке
,
2
(14), 398-401.
19.
Askaraliyevna, K. M. (2024). Essential Guidelines for Proficient Foreign Language
Learning.
Miasto Przyszłości
,
52
, 532-534.
20.
Kakhorova, M. A. (2024). The use of qualitative and mixed methods investigating learners
in their classrooms.
Academic research in educational sciences
, (1), 579-587.
21.
Kakhorova, M. A. (2024). Comprehensible input as the most important factor on learning
other language.
World of Scientific news in Science
,
2
(5), 272-280.
22.
Kakhorova, M. A. (2024). Comprehensible input approach as an effective language
teaching method.
World of Scientific news in Science
,
2
(3), 281-289.
