Authors

  • Sh Umarov
  • Muxammadrasul Maxammadov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107777

Keywords:

Din eʼtiqod bagʼrikenglik tolerantlik Qurʼon vijdon erkinligi diniy tashkilotlar diniy munosabatlarning huquqiy asoslari.

Abstract

Mazkur maqolada diniy bagʼrikenglik, dinlararo munosabatlar, diniy munosabatlarning huquqiy asoslari, diniy qadriyatlarga munosabat, vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod masalalari bayon qilingan.

background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

366

DINIY BAGʻRIKENGLIK BARQARORLIK OMIL

Sh.Umarov

Ilmiy rahbar

Maxammadov Muxammadrasul

Ijtimoiy fanlar kafedrasi assisenti

FJSTI, Davolash ishi yo’nalishi 4423-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15679952

Аnnotаtsiya.

Mazkur maqolada diniy bagʼrikenglik, dinlararo munosabatlar, diniy

munosabatlarning huquqiy asoslari, diniy qadriyatlarga munosabat, vijdon erkinligi va diniy
eʼtiqod masalalari bayon qilingan.

Kalit soʼzlar:

Din, eʼtiqod, bagʼrikenglik, tolerantlik, Qurʼon, vijdon erkinligi, diniy

tashkilotlar, diniy munosabatlarning huquqiy asoslari.

RELIGIOUS TOLERANCE IS A STABILITY FACTOR

Abstract.

This article describes the issues of religious tolerance, inter-religious relations,

legal basis of religious relations, attitude to religious values, freedom of conscience and religious
beliefs.

Keywords

: Religion, belief, tolerance, Koran, freedom of conscience, religious

organizations, legal basis of religious relations.

KIRISH

Oʼzbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga oʼz

eʼtiqodini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo
hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular oʼrtasida qadimiy mushtarak anʼanalarni
rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratayotgan mamlakatdir.

Diniy bagʼrikenglik borasida fikr yuritar ekanmiz, albatta bu kalimalarning lugʼaviy va

istilohiy maʼnolarini tushinib olishimiz kerak boʼladi. «Bagʼrikenglik» (”tolerantlik”) soʼzi deyarli
barcha tillarda bir xil yoki bir-birini toʼldiruvchi - bagʼrikenglik, chidamlilik, bardoshlilik,
toqatlilik kabi maʼnolarga ega deyish mumkin.

Maʼlumki, har yili 16 noyabr kuni jahonda xalqaro bagʼrikenglik (tolerantlik) kuni sifatida

nishonlanadi. Shu kuni 1995 yilda Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT)ning maorif, fan va
madaniyat masalalari bilan shugʼullanuvchi ixtisoslashgan muassasasi – YUNESKOga aʼzo
davlatlar “Bagʼrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”ni qabul qilishdi. Ushbu hujjatga koʼra,
bagʼrikenglik siyosiy-huquqiy ehtiyoj boʼlib, u inson huquqlari, plyuralizm, demokratiya va qonun
ustuvorligi taʼminlanishiga xizmat qiladi. Glaballashuv kuchayib borayotgan hozirgi davrda
dinlar, ayniqsa, islom dinidagi bagʼrikenglik tamoyillarini yoritish va yoshlar ongiga singdirish
muhim vazifa hisoblanadi. Binobarin, “Bagʼrikenglik tamoyillari

deklaratsiyasi”da taʼkidlanganidek: “Bagʼrikenglik boʼlmasa, tinchlik boʼlmaydi,

tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya boʼlmaydi”. Shu maʼnoda aytganda, diniy bagʼrikenglik
gʼoyasi — xilma-xil diniy eʼtiqodga ega boʼlgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob
gʼoya va niyatlar yoʼlida hamkor hamda hamjihat boʼlib yashashini, tolerantlik esa chidamlilik,
sabrtoqatlilik, bardoshlilik, kelishuvchanlik, qayishqoqlik, ochiq koʼngillik, kengfeʼllik, shu bilan
birga “birlik — xilma-xillikda” printsipining keng miqyosda amalga oshishini anglatadi.


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

367

Maʼlumki, Ikkinchi jaxon urushi yillari Oʼzbekistonga urush uchoqlaridan ota onasidan

yetim qolgan minglab bolalar olib kelindi. Аslida Oʼzbekistondagi ahvol xam urush sabab juda
ogʼir boʼlishiga qaramay bolajon oʼzbek xalqi bu yetimlarni quchoq ochib kutib oldi va eng oxirgi
burda nonini birga baham koʼrdi. Bolalar oʼzbek oilalarida tarbiyalanib ulgʼaydi va oʼqib
jamiyatda turli kasb hunar egalariga aylandi.

Oʼzbekistonga urush yillarida olib kelingan yetim bolalar ichida turli xil millat va xatto

nemis bolalari ham bor edi. Bagʼrikeng oʼzbek xalqi bu bolalarga oʼzini bolasidek mehr koʼrsatdi.
Shu sababdan boʼlsa kerak, bu bolalar oʼzbek xalqiga va Oʼzbekistonga sadoqat bilan xizmat
qilishdi.

Muhokаmа Vа Nаtijаlаr

Xozir ham yurtimizda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari va 16 ta diniy kanfessiyaga

mansub xalqlar tinch va osoyishta xayot kechirmoqda. Oʼzbek xalqining bunday bagʼrikengligi va
shu kabi insoniy fazilatlari muqaddas dinimizning maʼnaviy buloqlaridan sugʼorilgan boʼlsa,
huquqiy poydevori esa qonunlarimiz bilan kafolatlangandir. Buni isboti oʼlaroq respublikamiz
Prezidenti topshirigʼi bilan besh marta “Mehr” insonparvarlik missiyasini oʼtkazildi. Uning
doirasida 530 nafardan ziyod fuqarolar, avvalo, ayollar va bolalarni Yaqin Sharq va
Аfgʼonistondagi qurolli nizolar hududlaridan yurtimizga qaytarildi.

Bosh qomusimizda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili,

eʼtiqodi, ijtimoiy holatidan qatʼiy nazar Oʼzbekiston halqini tashkil qilishi va ularning huquq va
manfaatlari, shuningdek, eʼtiqod erkinligi mustahkamlangan. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 19-moddasiga koʼra:”Oʼzbekiston Respublikasida insonning huquq va
erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu
Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga
tugʼilganidan boshlab tegishli boʼladi.

Oʼzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʼlib,

jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun
oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat printsiplariga
mos boʼlishi shart”- deb qayd etilgan. Аsosiy qonunimizda ushbu huquqning aks ettirilishi
mamlakatimizda insonlarning vijdon va eʼtiqod erkinligi taʼminlanishining asosi boʼlib xizmat
qilmoqda.

Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz - xalqimizning tinch va osuda hayotidir.

Mamlakatimizda isteʼqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining oʼz ona tilida oʼqishi
uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy oʼquv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va
maktablarda barcha millat vakillari uchun teng shart-sharoitlar yaratilgani, koʼplab tillarda gazeta
va jurnallar chop etilib, telekoʼrsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani bu boradagi
faoliyatning yaqqol dalilidir. Mustaqillik yillarida respublikamizda yuzlab masjidlar, cherkovlar,
sinagoga va ibodat uylari qurildi va qayta taʼmirdan chiqarildi. Ular qatorida Toshkentdagi
“Hazrati Imom” majmui, viloyat markazlaridagi jomeʼ masjidlar, Toshkentdagi Rus pravoslav
cherkovlari, shuningdek, buddaviylik ibodatxonasi, Samarqanddagi Аrman Аpostol cherkovi,
Qoraqalpogʼiston Respublikasidagi “Sultan Vaysbobo” va “Muhammad Norimjoniy”
ziyoratgohlari, “Panteylemon” cherkovi va boshqalarni koʼrsatish mumkin. Bularning barchasi
dinlararo bagʼrikenglik va millatlararo totuvlikning koʼrinishidir.


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

368

Oʼzbekistonda diniy bagʼrikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam

qonuniy asoslarga ega boʼlib, dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam
huquqiy

asoslari

yaratilgan.

Oʼzbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining

35-

moddasida:”Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga eʼtiqod qilish
yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga
yoʼl qoʼyilmaydi”. - deb belgilangan. Ushbu moddani amalga oshirish mexanizmi 1998 yil 1
mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi Qonunida keng yoritib
berilgan. Uning 3-moddasiga koʼra, Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga eʼtiqod qilish
yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida: “Har bir inson fikr, vijdon va din
erkinligi huquqiga ega,bu huquq oʼz dini yoki eʼtiqodini oʼzgartirish erkinligini va taʼlimotda, toat
ibodat qilishda va diniy rasmrusum hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish,
oʼz dini yoki eʼtiqodiga yakka tartibda, shuningdek boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini
oʼz ichiga oladi”, deb belgilangan. BMT tomonidan dinlararo bagʼrikenglik gʼoyasini butun
dunyoga targʼib etish maqsadida 2011 yilning 1-7 fevralь kunlarini butun jahonda “Dinlararo
munosabatlar uygʼunligi butunjahon haftaligi” deb eʼlon qilgan.

Xalqimiz bir necha asrdan buyon eʼtiqod qilib kelayotgan va milliyligimizning bir

boʼlagiga aylangan islom dinida bagʼrikenglik masalalari vahiy boshlanishining ilk davridayoq
bagʼrikenglik dini sifatida namoyon boʼldi. Jahon dinlarining ichida faqat islom dinida eʼtiqod
erkinligi ochiq-oydin eʼlon qilingan. Qurʼoni karimda “Baqara” surasining 256-oyatida “Dinda
zoʼrlash yoʼq” – deyilgan. Qurʼoni karimda boshqa paygʼambarlarga nisbatan bagʼrikenglik
tamoyillariga asoslangan holda muomalada boʼlish ochiq-ravshan bayon etilgan.

Soʼnggi paytlarda ayrim mamlakatlarda koʼzga tashlanayotgan diniy toqatsizlik,

islomofobiya holatlariga aslo yoʼl qoʼyib boʼlmasligi haqida gapirar ekan, Oʼzbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT minbaridan turib (2023 yil, 19-sentyabrь, 78-
sessiya) jahon miqyosida dinlararo bagʼrikenglik va hamjihatlik gʼoyalarini keng targʼib etish
maqsadida Oʼzbekistonda YuNESKO shafeligida Dinlararo muloqot va bagʼrikenglik xalqaro
markazini tashkil etish, shuningdek, 2024 yil Oʼzbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini”
mavzusida xalqaro konferentsiya oʼtkazish tashabbusini ilgari surdi.

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda millatlararo va davlatlararo totuvlikni yanada

mustahkamlashga qaratilgan yangi gʼoya va tashabbuslarning paydo boʼlayotganligi doʼstlik va
hamjihatlik qoʼrgʼonining yanada mustahkam boʼlishiga asos boʼlib xizmat qilmoqda.

Foydаlаnilgаn adаbiyotlаr:

1.

Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahriri). – T., 2023 y.

2.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Аssambleyasining 78-

3.

sessiyasidagi nutqi. – https://sputniknews.uz/

4.

Islom entsiklopediyasi. - “Oʼzbekiston milliy entsiklopediyasi” ilmiy

5.

nashriyoti. T.,2017 y.

6.

Qurʼoni karim (maʼnolarining tarjimasi). – T., 2001 y.

7.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar


background image

2025

JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

369

8.

Tashkiloti Bosh Аssambleyasining Rezolyutsiyasi 217 А (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda
qabul va eʼlon qilingan. - https://constitution.uz/

References

Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahriri). – T., 2023 y.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Аssambleyasining 78-

sessiyasidagi nutqi. – https://sputniknews.uz/

Islom entsiklopediyasi. - “Oʼzbekiston milliy entsiklopediyasi” ilmiy

nashriyoti. T.,2017 y.

Qurʼoni karim (maʼnolarining tarjimasi). – T., 2001 y.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar

Tashkiloti Bosh Аssambleyasining Rezolyutsiyasi 217 А (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va eʼlon qilingan. - https://constitution.uz/