ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
998
AMIR XUDOYBERDI SHE’RIYATI LEKSIKASINING MAVZUVIY GURUHLARI
Tillayeva Malohat Normurot qizi
QarDU.
Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi magistranti
.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15707149
Annotatsiya
. Maqolada Qashqadaryolik shoir Amir Xudoyberdi she’riyati leksikasi
tahlilga tortilgan. Adib she’riyati leksikasi mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
Amir Xudoyberdi she’riyati leksikasi, mavzuviy guruhlar, tasnif, eskirgan
so‘zlar, leksik guruhlar, so‘zlarning ma’no guruhlari.
Аннотация
.
В статье анализируется лексика поэта из Кашкадарьи. Амира
Худойберди Лексика поэзии поэта делится на тематические группы.
Ключевые слова:
лексика поэзии Амира Худойберди, тематические группы,
классификация, устаревшие слова, лексические группы, смысловые группы слов.
Abstract
. The article analyzes the vocabulary of the poet from Kashkadarya. Amir
Khudoyberdi The vocabulary of the poet’s is divided into thematic groups.
Key words:
vocabulary of Amir Khudoyberdi’s poetry, thematic groups, classi
fication,
obsolete words, lexical groups, semantic groups of words.
Jamiyatda ro‘y beradigan o‘zgarishlar bevosita har bir mamlakatning madaniy hayotiga
va tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Tilimizda yangi
-yangi terminlar, tushunchalar
paydo bo‘lmoqda. Bu esa lug‘at boyligimizning boyishiga yanada yordam beradi. Tilimizdagi
so‘zlarni tahlil qilish borasida ko‘pgina tilshunos olimlarimiz o‘z ilmiy izlanishlarini olib
borganlar. Jumladan, bu borada tilshunos E.Begmatov bir qancha izlanishlar olib borganini
ta’kidlab o‘tish joizdir. Olimning leksika borasidagi quyidagi fikrlari e’tiborga molikdir:
“Leksikani sistematik hodisa sifatida o‘rganish bilan bog‘liq qiyinchiliklardan yana biri
leksikaning tilning boshqa sohalariga nisbatan o‘zgaruvchanligidadir. Keltirilgan holatlar til va
lug‘at sostavidagi lug‘aviy boylikni bor ko‘lami bilan aniqlash va tasavvur qilishga imkon
bermaydi”
. Tilshunos olim leksikani to‘laligicha o‘rgana olinmasligiga tilning
o‘zgaruvchanligini asos qilib olgan. Ammo tilimizdagi so‘zlar miqdorini qisman tasavvur qilish
usullari mavjud, deya E.Begmatov ularni olti usul orqali o‘rganishni tavsiya etadi. Ular
quyidagilardir:
-
so‘zlarni so‘z turkumlarga ajratish usuli, ya’ni so‘z turkumlari sistemasi;
-
so‘zlarni yasalish modellariga ko‘ra tasnif qilish usuli, ya’ni so‘z yasash sistemasi;
-
so‘zlarni funksional
-
stilistik guruhlarga ajratish usuli, ya’ni so‘zlarning stilistik
-
differensial guruhlari;
-
so‘zlarni ma’lum mavzuviy (tematik) guruhlarga ajratish usuli, ya’ni so‘zlarning
mavzuviy guruhlari;
-
so‘zlarni tarixiy
-
funksional belgilariga ko‘ra tasnif qilish yo‘li, ya’ni so‘zlarni
qo‘llanilishiga ko‘ra aktiv va passiv guruhlarga ajratish;
-
so‘zlarni ma’nolari va ma’no munosabatlariga ko‘ra tasnif qilish usuli.
1
Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –
Тошкент: Фан, 1985. –
Б. 116.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
999
Bu usul orqali so‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noliga, omonim, sinonim, antonim,
arxaizmlar, neologizmlar, istorizmlar va boshqalarga bo‘lib tadqiq etiladi. Tilshunosning bunday
guruhlarni tasnif qilishi tilimizdagi so‘zlar miqdorini qisman bo‘lsa
-da, tasavvur qilishimizga
yordam beradi.
Lug‘at boyligimizdagi so‘zlarni belgilashda yana bir muhim omilga tayanib tasnif qilsa
bo‘ladi, ya’ni tilimizdagi so‘zlar real borliqda nimani va qanday voqea
-hodisani atab kelishiga
ko‘ra ham tasniflash mumkin. Chunki tilimizdagi so‘zlar qo‘llanish doirasiga ko‘ra, ishlatish
o‘rni va vazifasiga ko‘ra o‘zaro bir
-
biriga aloqador bo‘lgan so‘zlarni atab keladi. Shunga ko‘ra
ular bir umumiy nom ostida birlashtirish mumkin. Masalan, daftar, kitob, ruchka, qalam
–
bularning hammasi “o‘quv qurollari” nomi ostida birlashtirsa bo‘ladi. So‘zlarni bunday
guruhlarga ajratish orqali tilimizda paydo bo‘ladigan yangi so‘zlarni, yangi tushunchalar paydo
bo‘lishi natijasida tilimizda iste’moldan chiqib ketayotgan so‘zlarni yoki qadimdan
qo‘llanilganu, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan so‘zlarni aniqlashimiz mumkin
bo‘ladi. Tildagi so‘zlarni mana shu asosda tasnif qilish fanda mavzuviy guruh, mavzuviy qator
kabi nomlar bilan ataladi. Bir narsani aytish joizki, bu terminni qo‘llash borasida hali tilshunoslar
orasida mukammal va aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Ba’zi olimlarimiz tematik (mavzuviy)
guruh termini o‘rniga tematik qator yoki leksik guruhlar, so‘zlarning ma’no guruhlari kabi
atamalardan foydalanganlar. Masalan, professor S.Usmonov o‘z ilmiy ishlarida bir o‘rinda
semantik guruh, bir o‘rinda leksik gruppa, so‘zlarning ma’no gruppalari degan jumlalardan
foydalangan.
So‘zlarni mavzuviy guruhlarga ajratishning yana bir qulay imkoniyati shundan iboratki,
bunday guruhlar orqali muayyan xalqning qaysi sohalariga oid terminlar faol va boy ekanligini,
qaysi sohaga doir so‘zlar nofaol va kambag‘alligini bilib olish mumkin. E.Begmatov “Hozirgi
o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari” nomli kitobida so‘zlarni bunday guruhlarga ajratilishi
aynan bir yozuvchining ijodi bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin degan fikrlarni keltirib o‘tadi va
o‘zbek tilining o‘z qatlam leksikasini 29 ta mavzuviy guruh orqali tahlil qilish usulini keltirib
o‘tadi.
Biz ham tilshunosning ilmiy fikr va tavsiyalariga asoslangan holda Qashqadaryolik shoir
Amir Xudoyberdi she’rlarida qo‘llangan leksik birliklarni quyidagi mavzuviy guruhlarga bo‘lib
o‘rganish maqsadga muvofiq deb topildi.
1.
Inson va uning tana a’zolari nomlari ifodalovchi leksemalar.
Badiiy asarlarda
ma’lum bir shaxs (qahramon yoki qahramonlar) hayoti bilan bog‘liq voqelik o‘z aksini
topadi. Shunday ekan har qanday ijodkor o‘z qahramonlarining portretini yaratishda,
ularning turli xatti-harakatlarini chizishda, jismoniy-ruhiy holatlarini tasvirlashda inson
a’zolari nomlariga murojaat qiladi. Ulardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanadi. Biz
bilamizki, inson murakkab anatomik tuzilishga ega. U ma’lum bir faoliyati davomida tana
a’zolarini harakatga keltiradi. Ulardan ma’lum maqsadda foydalanadi. Shoir she’riy asarlarda
o‘z qahramonining faoliyati yoki xatti
-
harakatlarini tasvirlar ekan uning tana a’zolaridan
birini tasvir obyekti sifatida olishi tabiiy holdir. Shuning uchun ham Amir Xudoyberdi
she’rlari matnida
qosh, soch, bosh, qo‘l, lab, badan, ko‘ks, kift, vujud, qiyg‘och qosh
, qaboq,
tovon, til, kulgich, ko‘z, dudoq, qomat, kaft, yelka, bo‘g‘iz, yurak, siyna, yuz, yonoq, panja,
bo‘yin, kiprik, teri, manglay, andom, quloq, og‘iz, qo‘ltiq, tish, barmoq, mo‘ylab, zulf, tana,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1000
bilak, qorin, qorachiq, suyak, miya, kalla, bel, mo‘y, jigar, quloq parda, qorachiq, shoh
tomir, iyak, kulgich, tana, соқол, xol
kabi tana a’zolarini ifodalovchi so‘zlardan keng
foydalanadi.
Masalan,
Bel
ingizga yetay, deb tasmalar zor yig‘laydi,
Qosh
ingizga yetay, deb o‘smalar zor yig‘laydi.
Shirmoyday
yuz
ida
kulgichi
halim,
Nozu ishvasidan kuyadi
tanam
.
Joduvash
ko‘zlar
der: “Qulluq qil! Yalin!” (Begoyim)
2. Kiyim-kechak nomlarini bildiruvchi leksemalar.
O‘zbek tili leksik qatlamlaridan birini kiyim
-kechak nomlari tashkil qiladi, bu nomlar
M.Asomiddinova tomonidan maxsus tadqiq etilgan
Bu leksik qatlamdan Amir Xudoyberdi
ayrim qahramonlari portretini yaratish, davr ruhini berishda keng foydalanadi. Adib she’rlari
tilida
qabo, ro‘mol, chopon, yoqa, choriq, etak, etik, belbog‘, to‘n, chodra/chodir, do‘ppi,
paytava, baxmal kamzul, parda, chimmat, hijob, sochvon
kabi so‘zlardan foydalangan.
Bo‘yingizga zor, yetay deb shoyi
-
atlas yig‘laydi,
Baxmal kamzul
dan o‘pkalab qip
-
qizil las yig‘laydi. (Begoyim)
3. Hayvonlar, hasharot nomlarini bildiruvchi birliklar.
Hayvon, parrandalar azal-
azaldan insoniyat bilan yonma-yon yashagan. Juda qadim zamonlardayoq insoniyat ulardan
birinchi navbatda ozuqa manbai sifatida foydalanib kelgan bo‘lsa, ikkinchidan hayvonlarning
ma’lum qismi xonakilashtirilgan, chorvachilik xo‘jaligi taraqqiy topgan. Ot, eshak, xachir singari
hayvonlardan ishchi kuchi sifatida foydalanilgan. Qushlar va ayrim parrandalar ham qo‘lga
o‘rgatilib parrandachilik tashkil topgan. Sayroqi qushlar qafaslarda saqlanib, ularning yoqimli
xonishidan dam olish, rohatlanish, zavqlanish maqsadlarida foydalanilgan. Qushlar ov qilin
manbai ham sanaladi. Shuning uchun ham dunyo adabiyotida hayvonlarga, parranda-
darrandalarga bag‘ishlangan alohida asarlar ham mavjud. She’riy asarlar tilida ham hayvonlar,
hasharot, xullas, turli jonzotlar nomlari uchraydiki, ulardan ijodkorlar insoniyatning tabiat bilan,
hayvonot dunyosi bilan bog‘liqligini tasvirlashda foydalansplar, ikkinchidan ulardan ko‘chma
ma’no uchun foydalanishga harakat qiladilar. Bunday qo‘llanishlar asar badiiyatini yanada
kuchaytiradi, voqea bayonini qiziqarli kechishini ta’minlaydi. Adib she’riyati tilida
it, eshak,
qo‘y, it, qo‘zi, mushuk, echki, hisori qo‘y, mol, ot, tozi, ho‘kiz, serka, tulpor, nor, quyon, bo‘ri,
ohu, qashqir, yo‘lbars, tulki, to‘ng‘iz, cho‘chqa, kiyik, jayron, toshbaqa, bars, chiyabo‘ri,
shaqol, qora ilon, ilon, o‘rgimchak, baliqcha, baliq, nahang, ari, zuluk, ajdaho, chayon, qurt,
baqa, kit, qumursqa, chumoli, sichqon, parvona, pashsha, zambur, shilliq qurt, yo‘lchivin,
tipratikan, kapalak, bo‘ta, eshak qurti, pat, yol, mor
kabi uy va yovvoyi hayvonlar,
hayvonlarning tana qismlari, hasharotlar nomlari uchraydi.
Gar
sher
ning og‘zida bo‘lsa nasibang
Qo‘rqmasdan yaqin bor, tortib ol, inson. (Gar sherning)
4. Qavm-qarindoshlikni ifodalovchi leksemalar
. O‘zbek tili leksik qatlamining katta
qatlamini qavm-qarindoshlikka oid leksemalar tashkil etadi.
2
Асомиддинова М. Кийим
-
кечак номлари. –
Тошкент, Фан, 1981. –
134 б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1001
Qavm-qarindoshlikka oid leksemalarni ikki guruhga ajratish mumkin: Qon-
qarindoshlikni bildiruvchi leksemalar, nikoh qarindoshligini bildiruvchi leksemalar. Adib
she’rlarida bu ikki qatlamga oid birliklar ham qo‘llanganini kuzatish mumkin. Qon
-
qarindoshlikni bildiruvchi leksemalar:
otа
-
ona, go‘dak, qiz, yigit, ayol, bobo, momo, o‘spirin,
o‘smir, chol, bola, uka, o‘g‘il
-
qiz, o‘g‘il, qari, nuroniy, nabira, xola, кекса, singil.
Nikoh
qarindoshligini bildiruvchi leksemalar
: xotin, yanga.
5. Shaxslarni ifodalovchi leksik birliklar.
Badiiy asarlar leksikasida shaxs (qahramonlar)
nomlari bilan bog‘liq leksemalar ham qo‘llaniladiki, ularni alohida mavzuviy guruh sifatida
o‘rganish yaxshi samara berishi mumkin. Bu guruh leksemalarni o‘zbek adabiy tilidagi shakllari
bilan qiyosiy o‘rganish uchun keng ma’lumotlar bera oladi. Bu esa badiiy matndagi leksik
-
semantik, uslubiy va grammatik o‘ziga xosliklarni o‘rganish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Amir Xudoyberdi asarlari tilida ham bu guruhga kiruvchi leksemalar soni anchagina.
Ularni qo‘llanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganishni lozim topdik:
a) adabiy tilda faol qo‘llanadigan leksemalar:
qashshoq, boy, yetim, tilamchi,
mansabdor, soqov, dono, nokas, jo‘ra, g‘alamis, xudbin, safsataboz, mehmon, mezbon, o‘g‘ri,
g‘iybatchi, devona, kambag‘al, firibgar, talaba, sozchi, ziyoli, oqsoqol, madhiyaboz, muxlis,
yalmog‘iz, dushman, hokim, kar, ko‘r, olifta, bahodir, mast, begona, do‘st, qarindosh, begona,
kofir, musulmon, o‘g‘ri, qo‘shni, oshna, zamondosh, merov;
b) adabiy tilda kam uchraydigan shaxs nomlari:
malika, kaniz, shoh qizi, donishmand,
avliyo, qul, darvesh, shoh, gado, faqir, so‘fi, telba, tolib, taqvodor, sag‘ir, to‘ra, alloma, peshvo,
kas, dohiy, poshsho, tojdor, eldosh, yor, yov, fuqaro, qondosh, soqiy, shahanshoh, qaroqchi,
qozi, san’atfurush, qul, bek, noib, xoin,
Men
malika
. Ko‘hi Qof
shohin qizi
,
Ganjikim bisyor erur, men yolg‘izi.
Atrofimdadur
kaniz
lar doimo,
Qayga borsak qirqta bizlar doimo. (G‘azal)
6. Kasb-hunar nomlarini bildiruvchi birliklar.
Adib asarlari leksikasida kasb-hunarni
ifodalovchi til birliklari ham keng qo‘llanilgan:
jarroh, olim, hakim, shoir, doktor, aktyor,
adabiyotshunos, dehqon, mirob, g‘assol, go‘rkov, ishbilarmon, me’mor, jallod, kafando‘z,
aravakash, mirshab, najjor, hamshira, cho‘pon, raqqosa, hajvchi, folbin, saroybon, sarbon,
gulfurush.
Hakim
xo‘rsindi,
Shoir
egdi bosh.
Shifoxonada
Uzoq yotdi u. (Bemor shoir, do‘stlari va tipratikan haqida hikoyat)
7. Din bilan bog‘liq tushunchalarni bildiruvchi leksik birliklar.
Amir Xudoyberdi
g‘azallarida din bilan bog‘liq atamalar ko‘plab uchraydi:
tangri, banda, tavfiq, sujud, iloh,
murshid, pir, uvays, duo, qismat, zikr, taqvo, tasbeh, iymon, uqubat, arsh, jannat, sirot ko‘prigi,
tilovat, ilohiy, nurfosh, takbir, payg‘ambar, do‘zax, suluk, porso, rahnamo, kufr, zikr, tazarru,
oyat, ibodat, so‘fiy, masjid, namoz, rasul.
Kech angladim:
tavfiq
nadir,
sujud
na,
Iloh
nadir,
ruh
nimadir,
vujud
na?
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1002
Eshigingga it bikin bostim necha yil qovrulib,
Ushbu holimni ko‘rub
kofir, musulmon
yig‘ladi. (Sakkokiy g‘azaliga muxammas)
8. Mavhum tushuncha anglatuvchi leksik birliklar.
Amir Xudoyberdi she’rlarida
qo‘llanilgan mavhum otlar kattagina miqdorni tashkil qiladi. Shoir asarlarida qo‘llanilgan
mavhum otlarni tuzilishiga ko‘ra tub so‘z va yasama so‘z shaklidagi leksik birliklarga ajratish
mumkin.
Tub so‘z shaklidagi mavhum otlar:
firoq, azob, sarob, rutubat, quvonch-iztirob, his,
tug‘yon, rohat, qayg‘u, g‘am, ko‘ngil, xayol, ofiyat, baxt, ishq, armon, qalb, ishonch, vafo,
xiyonat, omad, inoyat, muhabbat, hasrat, erk, g‘am, nomus, or, sir, asror, umid, havas, ishq,
dard, afg‘on, mung, halovat
-
huzur, umid, alam, shijoat, kuch, nafrat, g‘ov, ranj, alam, makr,
riyo, zulm, tush.
Yasama so‘z shaklidagi mavhum otlar:
borliq, go‘zallik, yoshlik, bolalik, ezgulik,
quvonch, to‘siq, sinov, aldov, yoshlik, keksalik, yupanch, zo‘rlik, sevgi, tuyg‘u, shodlik.
Muhabbat
siz umr
–
umrmi, azob
Zardobday silqiyur jon-jahoningdan.
Qalbingni soyaday izg‘igan
sarob
Mahv etur
–
rutubat
oqar qoningda. (Menga kerak emas...)
9. Kasallik, dori-darmonga doir leksemalar.
Amir Xudoyberdi she’rlarida qo‘llanilgan
kasallik, dori-darmon
–
tibbiyotga aloqador leksemalar anchagina: sari
q, sil, jarohat, taryok,
giyoh, kasal, yara, sho‘rpaxta, palata, donor, osma, nina, qon, qizamiq, zaxm, isitma, yo‘tal,
og‘riq, dard, yarador, sog‘lom, majruh.
Ko‘kda so‘niq miltirar quyosh,
Chalingandek go‘yoki
sil
ga. (Nega buncha erta keldi kuz?)
10. O‘simlik, daraxt nomlari va ular bilan bog‘liq leksik birliklar.
Adib asarlari tilida
o‘simlik va daraxt nomlari ko‘plab uchraydi. Bu nomlarning ma’lum qismi metaforik shaklda
qo‘llangan. Adib she’riyati tilida
qizg‘aldoq, tog‘ lolasi, boychechak, qo‘zigul, qoqi o‘t,
namozshomgul, qiyoq, rayhon, gul, tikan, qayin, chinor, ildiz, yaproq, maysa, g‘uncha, qamish,
og‘och, baobab, paxta, chigit, novda, kurtak, bodom, o‘sma, sho‘ra, novda, kurtak, atirgul,
gulbarg
singari leksik birliklar qo‘llanilgan.
Bog‘lar xarob, izlaydursan –
chaman yo‘q,
Atirgul
yo‘q, suluv sarvu suman yo‘q. (Bulbuljon)
11. Narsa-buyum nomlarini anglatuvchi leksik birliklar.
Adib she’rlarida qo‘llanilgan
bunday birliklarni ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin.
А)
uy-
ro‘zg‘or buyumlari nomlari:
oynak-
taroq, ko‘zgu, kosa, kursi, karavot, sham,
qafas, pichoq, chiroq, yostiq, bolish, charx, qulf, ketmon, tarozi, igna, tevona, hamyon, bolta,
piyola, o‘roq, beshik, to‘shak, sandiq, pul sandiq, kalit, nina, arava, tovoq, qoshiq, jom, bolta,
o‘tov, satil, egar, ko‘rpa, to‘shak, oyina, tesha, panjara, supurgi.
B) narsa-buyum otlari:
kishan, g‘ul, zanjir, taxt, qalam, daftar, tilla soat, ohanrabo,
halqa, soqol bo‘yoq, shisha, sham, qog‘oz, tayoq, qo‘ng‘iroq, cho‘ntak, suvrat, tobut, aso,
qalam, qog‘oz, siyoh, dovot, mashina, tuvak, siyohdon, egar, g‘isht, qamchi, arg‘amchi,
cho‘bchurg‘a,
mayoq,
po‘lat sim, samolyot, mashina, piyozqop,
kema, yelkan,
po‘lat sim.
Ko‘zlarimiz ko‘rmas yo‘llarni.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1003
Ufq bamisoli so‘nayotgan sham.
Hali mustabidlar
qamchisi
Baquvvatdir,
cho‘bchurg‘asi
zulmdan. (Ufunat)
Amir Xudoyberdi “Ufunat” she’rida
qamchi, cho‘bchurg‘a
leksemalarini qo‘llagan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da
qamchi
so‘zi quyidagicha izohlangan:
Qamchi 1
Ot-ulovni urib, yurishga undash, tezlatish uchun ishlatiladigan dastali,
ko‘pincha qayish tasma shaklidagi asbob.
O‘rma qamchi. Ot o‘ynatadigan uzun qamchi. Rais
otiga qamchi urib, idora tomon ketdi
. Oydin, Yuragida o‘ti bor.
2
ko‘chma
O‘zi birikib kelgan so‘z anglatgan narsaning kaltagini bildiradi.
Shoir
savdogarlarni ham satira qamchisi ostiga oldi.
Gazetadan. (O‘TIL, 5. –
B. 234.)
Qamchi
so‘zi o‘zbek tilida faol ishlatiladi.
Cho‘bchurg‘a
leksemasi “O‘zbek tilining
izohli lug‘ati”da uchramadi. Alisher Navoiyning “Muhokamat
-
ul lug‘atayn” asarida “ ..
qamchini agar “tozyona” derlar, ammo buldurgasin va cho‘bchurg‘asin turkcha ayturlar”
qayd etiladi. Matndan tushunish mumkinki,
cho‘bchurg‘a
turkiy so‘z bo‘lib, qamchining
qismlaridan birining nomi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
cho‘bchurg‘a
nofaol, tarixiy so‘z sifatida
mavjud.
12. Osmon, samo bilan bog‘liq so‘zlar
:
samo, yulduz, quyosh, falak, ko‘k, osmon, burj,
koinot, oy, o‘n ikki burj, bulut, oftob,
Hatto olis
yulduz
lar menga salom kelturdi,
Kezib yurgan bulutlar menga bo‘ldi fuqaro. (Faxriya)
13.
Ta’lim, tarbiya bilan bog‘liq atamalar:
ustoz, shogird, ilm, xat, savod, imlo, insho,
muallima, harf, hisob, raqam, ilm-urfon, hikmat, kitob, unvon, ijod, ilmu zako, ilmgoh, maktab,
olim, dars, ma’rifat, donish.
Bir kun
ustoz
ilm
bilan
Qattiq mashg‘ul bo‘lgan on,
Shogird
idan suv so‘rabdi,
Xayoli band, parishon. (Ulug‘ ustoz va badbaxt shogird haqida)
14. Taom, yegulik, ichimlik bilan bog‘liq leksik birliklar:
non, shirmon, palov, osh,
devzira, qo‘y eti, gazak, hisori qo‘yning dumbasi, moy, ilik, jizza, don, boshoq, qazi, bol, talqon,
sabzi, tuz, handalak, yovg‘on.
Adib she’rlarida taom, oziq
-
ovqat mahsulotlari, ichimlikka doir so‘zlar ham uchraydi.
Ularni quyidagi mitti guruhlarga ajratish mumkin
.
Taom nomlarini anglatuvchi leksemalar:
palov, osh, qazi, yovg‘on.
Yegulik bilan bog‘liq leksik birliklar:
non, shirmon, devzira, qo‘y eti, gazak, hisori
qo‘yning dumbasi, moy, ilik, jizza, don, go‘sht, boshoq, bol, talqon, sabzi, tuz, handalak.
Ichimlik bilan bog‘liq leksik birliklar:
sharob, may, oq choy, choy, sharbat, sut, gulob,
chog‘ir.
Murigan
sabzini
osh
ga bosmoqlik
Yaramas, lanjdur
osh
–
oshpaz sirri fosh! (Oydin lahzalar)
Suyaksiz til jur’ati boshga balodir, axir,
3
А.Навоий. Танланган асарлар. Муҳокаматул луғатайн.
III
том. –
Тошкент: Ўзбекистон давлат нашриёти,
1948.
–
Б. 186.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1004
Davralarda avaylar og‘zidagi
talqon
ni. (Havas qilsang)
15.
Raqam, hisob so‘zlar:
ming, yetti, o‘n ikki, bitta, bir, yetmish ming, to‘rt, uch, ellik,
uch-
to‘rtta, o‘n, o‘n uch, sakson, yigirma ikki, ikki, yigirma, ming, yigirma besh, ming bitta,
yetti, to‘qson ikki, yigirma, ikki yuz, o‘n to‘rt kun, bir qultum, bir siqim, bir tomchi, bir suruv,
o‘n yil, o‘n sakkiz ming, qirq, bir tilik, milyon, yetmish ming, bir chimdim, qultum, lahza, dam,
suruv, qo‘sh, gaz,
Menga
yuz yil
tilama, ey do‘st,
Bir kun
ning o‘tmog‘i qanchalar qiyin. (Menga yuz yil)
16. Vaqt, fasl tushunchasini ifodalaydigan leksik birliklar:
bu kun, kuz, sana, bahor,
bugun, qish, ko‘klam, sahar, tong, tun, shom, saraton, mezon, bir pas, kunduz, yil, ayoz, erta.
Ammo
kuz
payhon qilolmas bog‘i reshning,
Qish
zahrin olay deb
bahor
tug‘ilibdur. (Tug‘ilibdur)
17.
Harbiy terminlar, qurol-
yarog‘ nomini bildiruvchi leksik birliklar:
bosh
qo‘mondon, qo‘shin, sarkarda, nayza, shamshir, tank, to‘qmoq, xanjar, nayza, qilich, qinmiltiq,
yarog‘, kamon, qalqon, dubulg‘a, sovut, askar, jang, sarboz, o‘q, cherik, sipoh, shahid,
ayg‘oqchi.
18.
Badiiy janr va badiiy san’at bilan bog‘liq leksik birliklar:
she’r, ash’or, ertak,
adabiyot, doston, qissa, g‘azal, bayt, qasida, cho‘pchak, afsona, asotir, lof, o‘lan.
19. Maskan otlarini anglatuvchi leksik birliklar:
yurt, uy, vatan, bodomzor, gulbog‘,
bozor, xiyobon, qishloq, zindon, kushxona, bank, janggoh, qulbozor, qamoq.
