2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
512
PARONIMLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
(AMIR XUDOYBERDI SHE’RIYATI MISOLIDA)
Tillayeva Malohat Normurot qizi
QarDU. Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15511288
Annotatsiya. Maqolada Qashqadaryolik shoir Amir Xudoyberdi she’rlarida
qo‘llanilgan paronimlar tahlil qilingan. Paronimlarning lisoniy tabiati va paronomaziya
hodisasi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: she’riyat, so‘zlashuv nutqi, badiiy adabiyot, paronim, paronomaziya,
qofiya.
Аннотация. В статье анализируются паронимы, используемые в поэзии
Кашкадарьинского поэта Амира Худойберди. Обсуждается языковая природа
паронимов и парономазии.
Ключевые слова: поэзия, разговорная речь, художественная литература,
пароним, парономазия, рифма.
Abstract. The article analyzes the paronyms used in the poetry of the Kashkadarya poet
Amir Khudoyberdi. The linguistic nature of paronyms and paronomasia is discussed.
Key words: poetry, colloquial speech, fiction, patronym, paronomasia, rhyme.
O‘zbek tilida so‘zlashuv nutqi va badiiy adabiyotda ko‘p qo‘llaniladigan hodisalardan
biri – paronimlardir. Paronim termini birinchi bor Aristotel tomonidan qo‘llanilgan: para –
yonida, yonidagi, onoma – nom, ism. Paronimlarning lingvistik tabiatini monografik tarzda
o‘rgangan V.Nafasova paronim termini o‘tmishda bir xil asosli yasama so‘zlarga nisbatan
qo‘llanganligini ta’kidlaydi
1
. Tilshunos olim H.Jamolxonov paronimiya ikki yoki undan ortiq
leksemalarning talaffuzda o‘zaro o‘xshash bo‘lishi. Bunday o‘xshashlik, odatda har ikki (yoki
uch) leksema tarkibidagi tovushlarning fizik-akustik yaqinligidan kelib chiqishini ta’kidlaydi
hamda
arqon – arkon
leksemalarini misol sifatida keltirib o‘tadi
2
.
“Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da paronimlar fonetik tarkibi boshqa-
boshqa, talaffuzdagina o‘xshash, yaqin bo‘lib qoladigan so‘zlar; paronimiya esa fonetik
tuzilishi boshqa-boshqa so‘zlarning talaffuzi o‘xshash, yaqin bo‘lib qolish hodisasi deb
izohlangan
3
.
1
V.Nafasova. O‘zbek tili paronimlarining lisoniy tahlili. Monografiya. – Qarshi, 2024. – B.14.
2
Jamolxonov. H. Hozirgi o‘zbek adabiy
tili. – Toshkent: Talqin. – B.181.
3
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 2002. – Б. 80.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
513
Tilshunos olim prof. Nizomiddin Mahmudov paronimlar o‘zbek tilida talaffuzi jihatidan
o‘xshash (bir xil emas), ammo boshqa-boshqa ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar ekanligini, ular
fonetik jihatdan bir-ikki tovush bilan farqlanishini ta’kidlaydi
4
. Aytish mumkinki, paronimlar
talaffuzi jihatidan bir-biriga yaqin, ma’no jihatidan farqli ikki, ba’zan uchta leksemadan iborat
so‘zlardir. Hassos shoir Amir Xudoyberdi o‘z she’rlarida paronim so‘zlardan unumli
foydalanganligini misollar orqali ko‘rish mumkin.
Bola – balo.
Qizginang ko‘zidan oqdi laxta xun
Bola
sin dog‘ida, o‘lim dog‘ida. (Ayol)
G‘o‘laday oyoqlari bir qop go‘shtni sudraydi.
Suyaksiz til jur’ati boshga
balo
dir, axir. (Evrilish)
Yod – yot
Bilsangiz, oy ezgu
yod
bilan
Qiyomatga otlangan ayol. (Oy titraydi ...)
Cho‘chqada rashk yo‘q emishkim, barcha jonzotlar aro,
Juftini qizg‘onmas ermish, voajab,
yot
lar aro. (Evrilish)
Asir – asr
Ruhim xayol yetmas manzilga
asir
,
Tunlar qarog‘imni yulduzlar yoqdi. (Tabiat)
Asr
larkim kelur Furqat fig‘oni,
Hinddan shoh Boburning sog‘inch, armoni. (Ey, Vatan)
Borlik – borliq.
Nohaqlikning qo‘li baland chog‘ida
Haqning
borligi
dan uzgandim umid. (Qaytish)
Hayqiraman, foydasiz, ammo,
Bo‘yaladi
borliq
xunimga, manim og‘riq to‘la unimga
Dunyo sira qilmaydi parvo. (U tug‘ilgan ...
Tana – ta’na.
Oppoq ko‘ylak kiygan bahodir,
Ko‘zlarida chuqur bir ta’na. (Tushlarimda)
Shirmoyday yuzida kulgichi halim,
4
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. Бакалавриатнинг “Ўқитувчилар тайёрлаш ва педагогика фани”
билим соҳаси талабалари учун дарслик. – Тошкент, 2007. – Б. 102.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
514
Nozu ishvasidan kuyadi tanam. (Oh, biram nozanin!)
Shox – shoh.
Necha bog‘ni kezib, axtarib
Qo‘l yetmas bir shoxda topganim. (Evrilish)
Sen
shoh
dirsan, men bir fuqaro
Holim ko‘rib dema “fu qaro”. (Nigohlaring)
Kuy – ko‘y.
Sokinlikka hamma yoq
Ko‘miladi bir pasda
Kuy
bo‘lib botgan pichoq
Dastalari sinadi. (Sog‘inch afsuni)
Necha-necha oshiqlar bo‘zlab o‘tdi
ko‘y
ingda,
Umidu armonlarin so‘zlab o‘tdi
ko‘y
ingda. (Tavallo)
Paronimlar talaffuzi yaqin, o‘xshashligi sababli she’riy matnlarda qofiya vazifasini
bajarishi ham mumkin. Amir Xudoyberdi “Ayol” she’rida
shahid
va
shohid
paronimlariни
qofiya vazifasida ustalik bilan qo‘llaydi.
Afg‘onda bir o‘g‘ling bo‘lgandi
shahid
,
Biri Farg‘onada botdi qoniga.
Ne ofat, bariga Ollohdir
shohid
,
Pichoq yetdi elning ustuxoniga. (Ayol)
Begoyim, siz chindan-da suluvlardan suluvsiz,
Baland shoxda
olusiz
, hali hech kim
oluvsiz
. (Begoyim)
Amir Xudoyberdi bu misralarda paronimlarni yonma-yon qo‘llagan.
Olu
(meva) va
oluv
(ҳаракат) so‘zlaridan paronim sifatida foydalanib paronomaziyani yuzaga keltirgan.
Paronomaziya
– paronimlarni nutqda, ma’lum matnda qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy
amallardan biri sanaladi. Paronomaziya she’riyat uchun eng zarur va muhim uslubiy vosita
ekanligini o‘zbek shoirlari ijodida kuzatish mumkin. Paronomaziya, asosan, misralar oxirida
uchraydi hamda qofiya vazifasini bajaradi. Qofiya misralarning tayanch nuqtasi, u misralar
tarkibidagi so‘zlarni birlashtirish, zanjirsimon halqa yaratish vazifasini bajaradi. Qofiyadagi
paronomaziya – yuksak badiiy san’at namunasidir.
Og‘zaki va yozma nutqda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xatoliklar, ya’ni bir so‘z
o‘rnida unga o‘xshash bo‘lgan ikkinchi bir so‘zni qo‘llash holatlari ham uchraydi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
515
Bu – paronimlarning lisoniy tabiatiga xos xususiyatdir. Adib she’rlarida ham shu holatni
kuzatish mumkin.
Ular shul
alfozda
ko‘zin yumsalar
Biz esa yashnaymiz so‘lim bahorday!
Qo‘l silta bariga, yur endi ketdik ... (Qo‘l silta bariga ...)
Adib bu misrada
alfozda
leksemasi o‘rnida
alpozda
leksemasini qo‘llashi kerak edi.
Alpozda
so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izohlangan.
ALPOZDA
s.t.
(ma’lum so‘zlar bilan) Ahvolda, tarzda.
Kecha kechqurun binoyidek
yurgan Muazzam opa, tun yarmidan og‘ganda, oyoqlari zirqirab og‘rib, uyg‘onib ketdi. Shu
alpozda anchagacha uxlolmay yotdi.
R.Fayziy, Balli, ona qizim. (O‘TIL, 1. – B.95)
Alfozda
q. alpozda. Muftiy esa shu alfozda toki peshingacha Qur’on oyatlaridan tilovat
qilishda davom etdi.
Gazetadan.
[Sulton] Hushiga kelganida esa qirg‘oqdagi tol ostida oyoq-
qo‘llaridan jon chiqib ketgandek bir alfozda shalpayib yotganini, tepasiga yig‘ilgan tumonat
biri olib-biri qo‘yib g‘o‘ng‘irlashayotgan6ini, (keyinchalik) ... har safar kun-uzzukun suvdan
chiqmay shodon qiqirlashayotgan bola-baqrani ko‘rganda yuragi orqaga tortib ketishlarini –
hamma-hammasini unutdi.
X.Do‘stmuhammad, Qichqiriq.
(O‘TIL, 1, 86.)
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
alpozda
so‘zi izohlanib,
alfozda
so‘zi esa
alpozda
so‘ziga qarash kerakligi ta’kidlangan. Ya’ni
alpozda
va
alfozda
so‘zlari ma’no jihatidan bir xil
ekanligi uqtirilgan.
Alpozda
va
alfoz(da)
so‘zlari butunlay boshqa-boshqa leksemalardir. Ular o‘rtasidagi
o‘xshashlik ularning talaffuzi bilan bog‘liq. O‘zbek tilining og‘zaki nutqida
f
undoshinining
p
undoshi bilan aytilishi me’yor hisoblanadi. Arabcha
alfoz
so‘z, ibora ma’nolarini anglatadi.
Lafz so‘zining ko‘pligi
alfoz
dir. Ko‘rish mumkinki, adib
alpozda
so‘zi o‘rnida
alfozda
so‘zini yanglish qo‘llagan.
Boshimga qor yog‘sa-da, qirchillama ayozda,
Qulf urgaydir
, ko‘nglimni bahor qilib yaratdi. (Ulkim meni o‘ziga ...)
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
qulf
so‘zi
1 Eshik, sandiq, javon va sh.k. kalit bilan berkitish va ochish uchun ishlangan maxsus
buyum yoki moslama.
Naycha qulf. Osma qulf. Ich qulf. Darvoza qulf. Eshikka qulf solmoq.
Kutubxona eshigidagi qulfni ko‘rib, hayron bo‘ldi.
“Yoshlik”.
2 Turli narsalarning, buyumlarning berkitiladigan qismi.
Soat zanjirining qulfi.
Hammaga ma’lum ikki qulf, ikki belbog‘li sariq portfelini ko‘tarib, maktabga jo‘nadi.
Mirmuhsin, Umid.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
516
3
kesim vzf. Qulflab qo‘yilgan, berk. Darvoza qulf. Magazin qulf. Bordik – eshik qulf
edi. Ishxonangga bordim, allaqayoqqa ketgan, deyishdi. Uylaringda hech kim yo‘q, qulf.
S.Zunnunova, Olov. (O‘TIL, 4, 265)
Izohdan ko‘rinib turibdiki,
qulf
so‘zi berkitish, ochish uchun qilingan metall moslama
ma’nosini anglatadi.
Izohli lug‘atda
qulp urmoq
leksemasi quyidagicha izohlangan:
QULP: qulp urmoq
1) gurkirab, avj olib ko‘karmoq; yashnamoq, gullamoq.
Erta
ko‘klam qulp uradi tog‘ lolasi
. “Qo‘shiqlar”.
Mening nazarimda, hozir ko‘klam qul urib
turganga o‘xshaydi.
P.Qodirov, Uch ildiz; 2)
ko‘chma
barq urib rivojlanmoq, taraqqiy etmoq,
gullab-yashnamoq.
Qulp urasan savlat to‘kib keng Osiyoga, Mash’al bo‘lib nur sochasan
sharqiy samoga
. T.To‘la. (O‘TIL, 4, 275
)
Ushbu misrani
qirchillama ayozda boshimga qor yog‘sa-da, qulp urib, ya’ni yashnab,
gurkirab ko‘nglimni bahor qilib yaratdi
ma’nosida izohlash to‘g‘riroq. Demak, bu matnda
qulf
urmoq
so‘zi o‘rnida
qulp urmoq
qo‘llanilishi lozim edi.
ADABIYOTLAR
1.
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 2002. – Б.
80.
2.
Jamolxonov. H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin. – B.181.
3.
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. Бакалавриатнинг “Ўқитувчилар
тайёрлаш ва педагогика фани” билим соҳаси талабалари учун дарслик. – Тошкент,
2007. – Б. 102.
4.
Nafasova V. O‘zbek tili paronimlarining lisoniy tahlili. Monografiya. – Qarshi, 2024. –
133 b.
5.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. To‘rtinchi jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. – 824 b.
