Authors

  • Gulnoza Baymuxamedova
  • Suhrob Berdiqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108292

Keywords:

OEM strategiyasi mahalliy brend xalqaro bozor eksport salohiyati original uskunalar ishlab chiqaruvchisi O'zbekistonda ishlab chiqarish xususiy markalash brending xalqaro hamkorlik iqtisodiy barqarorlik tashqi savdo sanoatni rivojlantirish raqobatbardoshlik Artel kompaniyasi markali mahsulotlar.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorga chiqish jarayonida duch kelayotgan asosiy muammolari — resurs yetishmovchiligi, raqobatbardoshlik darajasining pastligi, eksport salohiyatining cheklangani — chuqur tahlil qilinadi. Shu muammolar yechimi sifatida maqolada OEM (Original Equipment Manufacturer) strategiyasi ilgari suriladi va uning amaliy imkoniyatlari ochib beriladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy kompaniyalar OEM modeliga o‘tish orqali xalqaro bozorda faol ishtirok etish, investitsiya jalb qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, maqolada strategiyani muvaffaqiyatli joriy etish uchun zarur bo‘lgan muhit, siyosiy yondashuv va tizimli yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1043

OEM: MAHALLIY KORXONALAR UCHUN XALQARO BOZORGA KIRISHNING

SAMARALI YO'LI

Baymuxamedova Gulnoza Fattaxovna

Toshkent kimyo-

texnologiya institute katta o‘qituvchisi.

Email:

gulnozabojmuhamedova@gmail.com

https://orcid.org/0009-0008-0345-0003

Berdiqulov Suhrob Berdiqul o‘g‘li

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti, 23-63 MT guruh talabasi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Email:

suhrobberdiqulovich@gmail.com

https://orcid.org/0009-0001-2281-3200

https://doi.org/10.5281/zenodo.15707789

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning

xalqaro bozorga chiqish jarayonida duch kelayotgan asosiy muammolari

resurs

yetishmovchiligi, raqobatbardoshlik darajasining pastligi, eksport salohiyatining cheklangani

chuqur tahlil qilinadi. Shu muammolar yechimi sifatida maqolada

OEM (Original

Equipment Manufacturer)

strategiyasi ilgari suriladi va uning amaliy imkoniyatlari ochib

beriladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy kompaniyalar OEM modeliga o‘tish orqali

xalqaro bozorda faol ishtirok etish, investitsiya jalb qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirish

imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, maqolada strategiyani muvaffaqiyatli joriy etish
uchun zarur bo‘lgan muhit, siyosiy yondashuv va tizimli yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar

: OEM strategiyasi, mahalliy brend, xalqaro bozor, eksport salohiyati,

original uskunalar ishlab chiqaruvchisi, O'zbekistonda ishlab chiqarish, xususiy markalash,
brending, xalqaro hamkorlik, iqtisodiy barqarorlik, tashqi savdo, sanoatni rivojlantirish,
raqobatbardoshlik, Artel kompaniyasi, markali mahsulotlar.

Bugungi global iqtisodiyotda brendning xalqaro miqyosda tanilishi korxonaning

muvaffaqiyat kalitiga aylanmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda —

xususan, O‘zbekistonda —

mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorga mustaqil chiqish

imkoniyatlari hali to‘liq shakllanmagan. Bu esa, ularni zamonaviy va moslashuvchan

strategiyalarni joriy etishga undamoqda. Shunday strategiyalardan biri

OEM (Original

Equipment Manufacturer)

modeli bo‘lib, u xorijiy brendlarning o‘z mahsulotlarini boshqa

mamlakatlarda ishlab chiqarishini anglatadi.

O‘zbekiston misolida, Samsung kompaniyasining Artel zavodlaridan foydalanib, o‘z

mahsulotlarini ishlab chiqarishi OEM modelining aniq namunasidir. Bu yondashuv bir tomondan
xalqaro brendga ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va mintaqaviy bozorlarga yaqinlashish
imkonini bersa, ikkinchi tomondan mahalliy ishlab chiqaruvchi uchun zamonaviy texnologiyalar

bilan ishlash, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini

oshirish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda OEM strategiyasining real imkoniyatlari, uning

iqtisodiy samaradorligi va mahalliy korxonalar uchun yaratadigan istiqbollari chuqur tahlil


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1044

qilinadi. Shuningdek, global brendlarning bu modeli orqali mamlakatimiz sanoatiga qanday ta’sir
ko‘rsatayotgani ham nazariy va amaliy nuqtai nazardan yoritiladi.

Ushbu ishda, O‘zbekistonning mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalari uchun "OEM"

(Original Equipment Manufacturer) strategiyasining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda bu
yondashuvning xalqaro bozorlarga chiqishdagi foydalari, mahsulot narxlarini pasaytirish,

logistika jarayonlarini soddalashtirish va xarajatlarni kamaytirish jihatlari ko‘rib chiqiladi.

Metodologiyaning asosiy yondashuvi taqqoslashga asoslanadi. Artel va Samsung

o‘rtasidagi "OEM" modelidagi hamkorlik orqali ushbu strategiyaning iqtisodiy va operatsion

samaradorligi tahlil qilinadi. Maqsad, bu usulning narxlarni pasaytirish va eksport salohiyatini

oshirishdagi rolini taqqoslash orqali ko‘rsatishdir.

OEM strategiyasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga juda katta imkoniyatlar yaratadi,

chunki bu model orqali ular ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirib, xarajatlarni
kamaytirish va sifatni yaxshilash bilan birga, global bozorga chiqish imkoniyatini oshiradilar.

Mahalliy korxonalar, OEM asosida xalqaro brendlar bilan hamkorlikda ishlash orqali,

yangi bozorlarni zabt etish va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash yo‘lida muhim qadamlar
qo‘yishi mumkin.

Bu strategiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:

1-jadval

Asosiy foyda

Izoh

Ishlab chiqarish xarajatlarini

kamaytirish

OEM modelida mahalliy kompaniyalar, dunyo

bo‘yicha yetakchi brendlar bilan birgalikda ishlab

chiqarish orqali resurslarni samarali taqsimlaydi va
xarajatlarni qisqartiradi.

Mahsulot sifatini yaxshilash

Global

kompaniyalar

bilan

integratsiyalashuv,

mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ilg‘or texnologiyalar

va yuqori sifatli ishlab chiqarish jarayonlarini

o‘zlashtirish imkonini beradi.

Eksport imkoniyatlarini

kengaytirish

OEM asosidagi hamkorlik mahalliy mahsulotlarni
nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro bozorlar uchun
ham raqobatbardosh qilish imkonini yaratadi.

Raqobatbardoshlikni oshirish

Mahsulotning narxi va sifatini global bozorga
moslashtirish

orqali

mahalliy

kompaniyalar

raqobatbardoshligini oshiradi, yangi iste'molchilarni
jalb qiladi.

Ushbu maqolada tadqiqot obyekti sifatida

Samsung Electronics

kompaniyasi tanlandi.

Sababi, aynan ushbu kompaniya OEM modeli orqali ishlab chiqarishni mahalliy ishlab

chiqaruvchilar bilan samarali tashkil etib, xalqaro bozordagi o‘z mavqeini yanada

mustahkamlashga erishgan yirik korxonalardan biridir.

Samsung Electronics

1969-

yilda Janubiy Koreyada tashkil topgan bo‘lib, hozirda dunyo

miqyosida elektronika, maishiy texnika, telekommunikatsiya va yarimo‘tkazgichlar sohasida

yetakchilardan biri hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1045

Kompaniya global miqyosdagi ishlab chiqarish zanjiriga ega bo‘lib, mahsulotlarini

yuzlab mamlakatlarga eksport qiladi. OEM modeli asosida olib borilgan hamkorliklar orqali
Samsung ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulotlarni bozorlarga tez yetkazish va
mahalliy bozorlar talablariga moslashtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

O‘zbekistonda esa

Samsung va Artel

o‘rtasidagi OEM asosidagi hamkorlik

2019-yildan

boshlab yo‘lga qo‘yilgan

. Ushbu hamkorlik doirasida aynan

muzlatgichlar va boshqa maishiy

texnikalar

O‘zbekistonda ishlab chiqarila boshlagan bo‘lib, ishlab chiqarish

2019-yilning

ikkinchi yarmidan boshlab faol amalga oshirilgan

.

Tahlil jarayonida konkret misol sifatida sovutgich mahsuloti tanlandi va barcha

tadqiqotlar aynan shu mahsulot doirasida olib boriladi. Sovutgichlarning tannarxiga OEM

modelidan avvalgi bosqichda ta’sir etgan iqtisodiy va tashkiliy omillarni chuqurroq tushunish

uchun, 1-jadvalda

1

sovutgichlarning narxlari va ishlab chiqarish jarayonidagi o'zgarishlarni tahlil

qilamiz.

2014

–2018 yillar: OEM oldidan sovutgichlar importi bo‘yicha tahliliy 2

- jadval:

2-jadval

Yil

Yetkazib

berish shakli

Mahsulot

manbai

O‘rtacha

narx

(USD)

Asosiy omillar va izohlar

2014

Tayyor

mahsulot

importi

Janubiy Koreya

$410

Bojxona to‘lovlari, yuqori

logistik xarajatlar, valyuta

kursining keskin farqi narxni

oshirgan

2015

Tayyor

mahsulot

importi

Janubiy Koreya

$405

Tashqi iqtisodiy bosimlar

yumshagan, biroq hali ham

yuqori tannarx

2016

Tayyor

mahsulot

importi

Janubiy Koreya

$398

OEM modeliga o‘tish bo‘yicha

ilk muzokaralar boshlangan;

import hajmi barqaror

2017

Tayyor

mahsulot

importi

Janubiy Koreya

/ Xitoy

$390

Import manbalari biroz

diversifikatsiya qilingan, narxda

sezilarli o‘zgarish yo‘q

2018

Tayyor

mahsulot

importi

Janubiy Koreya

/ Xitoy

$375

Artel bilan OEM shartnomasi

arafasida, narxda pasayish sezila

boshlagan

2014

2018-

yillar oralig‘ida O‘zbekistonga Samsung brendi ostida import qilingan

sovutgichlar yuqori narxlarda sotilgan. Bunga asosan bojxona to‘lovlari, xalqaro logistika
xarajatlari, va valyuta kurslaridagi beqarorlik sabab bo‘lgan. Narxdagi sekin pasayish

tendensiyasi 2016

–2018 yillarda kuzatiladi, bu davr OEM modeliga o‘tish borasidagi dastlabki

muzokaralar va bozor islohotlari bilan bog‘liq.

1

:

https://www.volza.com

va

https://www.indexbox.io


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1046

Shuningdek, import manbalarining Xitoy bilan kengaytirilishi ham tannarxga bosqichma-

bosqich ta’sir qilgan. Bu jarayonlarni tushunish, OEM modelining keyinchalik qanday afzalliklar

berganini yanada aniqroq tahlil qilish imkonini beradi.

OEM shartnomasi asosida Samsung va Artel o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan

so‘ng, sovutgich mahsulotlarining tannarxida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Quyidagi 3

-

jadvalda 2019-yildan keyingi davrda ushbu hamkorlik natijasida mahsulot narxining qanday

shakllangani, yetkazib berish shakllaridagi farqlar va tannarxga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
yoritib berilgan. Bu holat OEM modelining real iqtisodiy samarasini ko‘rsatadi.

3-jadval

2019

2023-yillar: OEM asosidagi ishlab chiqarish davri (Artel

Samsung hamkorligi

asosida)

Yil

Yetkazib

berish shakli

Mahsulot

manbai

O‘rtacha

narx (USD)

Asosiy izohlar

2019

OEM asosida

yig‘ilgan

O‘zbekiston

(Artel)

$355

Mahalliy yig‘ish

boshlangan, import

qismen saqlangan

2020

OEM (to‘liq

yig‘ish)

O‘zbekiston

$320

Komponentlar import

qilinib, ichki bozorda

yig‘ildi

2021

OEM (ko‘proq

mahalliy)

O‘zbekiston

$288

Mahalliylashtirish

darajasi oshdi, tannarx

pasaydi

2022

OEM (mahalliy

yetkazib

beruvchilar

bilan)

O‘zbekiston

$262

Ichki ta’minotchilar

ulushi oshgan, valyuta

riski kamaygan


2019-

yilda OEM modeli asosida ishlab chiqarish endigina boshlangan bo‘lib, muzlatgich

mahsulotlarining o‘rtacha narxi $355 ni tashkil qilgan. 2022

-

yilga kelib esa bu ko‘rsatkich $262

gacha kamaydi. Bu davr oralig‘idagi pasayish quyidagicha hisoblanadi:

Tannarx pasayishi miqdori:
392-262= 93 $

Foizda ifodasi:

Shunday qilib, 2019-yildan 2022-

yilgacha bo‘lgan 4 yil ichida muzlatgich

mahsulotlarining o‘rtacha tannarxi 26.2% ga kamaygan. Bu OEM modelining ishlab chiqarish
samaradorligini oshirgani, mahalliy komponentlar ulushining ko‘paygani va tashqi omillardan

(masalan, bojxona va valyuta riski) himoyalanish natijasi sifatida baholanadi.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1047

Gepoteza

OEM modeli asosida mahalliy ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich joriy etilishi,

muzlatgich mahsulotlarining o‘rtacha narxini keskin pasayishiga olib keldi. 2014

-yildan 2018-

yilgacha bo‘lgan davrda Janubiy Koreyadan tayyor mahsulot import qilinib, o‘rtacha narx $410–
$390 oralig‘ida bo‘lgan (1

-

jadval). Bu esa bojxona to‘lovlari, logistika va valyuta o‘zgarishlari

hisobiga narxning yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Biroq 2019-

yildan boshlab Artel kompaniyasi bilan Samsung o‘rtasidagi OEM asosidagi

hamkorlik boshlanganidan so‘ng, har yili narxlarda sezilarli pasayish kuzatildi (2

-jadval). 2019-

yilda $355 bo‘lgan o‘rtacha narx, 2022

-

yilga kelib $262 gacha kamaydi. Bu to‘rt yil ichida $93

(ya’ni 26.2%) miqdorida pasayish deganidir.

Ushbu farqni 2018-yildagi $390 narx bilan taqqoslaganda ham, 28.7% miqdorida

arzonlashuv yuzaga kelgan. Bu holat OEM modeli orqali mahalliylashtirish va ichki yig‘ishbilan

izohlanadi.

Yuqoridagi ikki jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki, OEM asosidagi ishlab chiqarish nafaqat

O‘zbekiston iste’molchilariga foyda bergan, balki Samsung kompaniyasining ishlab chiqarish va

yetkazib berish xarajatlarini ham keskin kamaytirgan.

Agar 100,000 dona muzlatgich yetkazib berilgan deb faraz qilinsa, har bir birlikda 93$

tejash orqali yiliga 9,300,000$ miqdorida xarajat kamaytirilgan

2

. Bu mablag‘ning bir qismi

Samsung foydasiga, bir qismi esa iste’molchilarga qulay narxlarda mahsulot yetkazish orqali
mahalliy bozorda raqobat ustunligini mustahkamlashga xizmat qilgan desak bumolag’a
bo’lmaydi.

Mazkur maqolada o‘rganilgan OEM modeli asosidagi hamkorlik, ayniqsa, Artel va

Samsung kompaniyalari o‘rtasidagi sheriklik, xalqaro biznesda brend va ishlab chiqarish
o‘rtasidagi rolining qanchalik muhimligini ko‘rsatib berdi. Bu holatda Artel kompaniyasi faqat
ishlab chiqarish funksiyasini bajargan bo‘lsa, Samsung kompaniyasi esa o‘zining kuchli brendi,
marketing siyosati va global strategiyasi orqali mahsulotlarni xalqaro bozorga yo‘naltirishni
boshqargan. Ya’ni, Artel zavodlari Samsung uchun ishlab chiqarish bazasiga aylangan, biroq

mahsulotlar Samsung brendi ostida, uning standartlari va bozor strategiyasiga muvofiq sotuvga
chiqarilgan.

Shu orqali Artel nafaqat ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatiga

ega bo‘ldi, balki tajriba almashish, texnologik standartlarni o‘zlashtirish va bozorda ishonchli
hamkor maqomini mustahkamlash kabi foydalarni ham qo‘lga kiritdi. OEM modeli orqali Artel
xorijiy bozorlarga bilvosita kirish imkoniyatini topdi, bu esa uning rivojlanish sur’atiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashuv, ayniqsa, geosiyosiy jihatdan

ichki bozorga qaram yoki xalqaro transport yo‘llaridan uzoqda joylashgan davlatlar uchun ayni
muddao hisoblanadi. Xususan, O‘zbekistonning geografik joylashuvi sababli ko‘plab mahalliy

kompaniyalar eksportda logistika va transport muammolariga duch kelmoqda. Shuning uchun

OEM strategiyasi ularga tayyor bozorlarga tezroq kirish va xalqaro brendlar orqali o‘zini

namoyon qilish imkonini beradi.

2

Muallif tomonidan 1- va 2-

jadval ma’lumotlariga tayanib hisoblangan tahlil.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1048

Shu asosda, tavsiya etamizki, xalqaro bozorga chiqishni istayotgan mahalliy ishlab

chiqaruvchilar OEM modelini puxta tahlil qilgan holda, tajribali xorijiy brendlar yoki o‘sha
mahsulot yo‘nalishida eng ilg‘or ishlab chiqaruvchilar bilan strategik hamkorlik aloqalarini
yo‘lga qo‘yishsin. Hamkor korxona yirik brend bo‘lishi shart emas —

asosiy e’tibor uning

texnologik tajribasi, ishlab chiqarish sifati va bozorga kirish imkoniyatlariga qaratilishi lozim.

Bu nafaqat moliyaviy foyda keltiradi, balki texnologik o‘sish, malakali ish kuchi rivoji va

bozor ishtirokchisiga aylanishga ham xizmat qiladi. Buning isboti sifatida Artel va Samsung

hamkorligi misolida tahlil qilingan ma’lumotlar asos bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Improvement of marketing technologies in
enterprises of the food industry. (2025). Western European Journal of Historical Events and
Social Science, 3(02), 77-79.

2.

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Korxonaning raqobatbardoshligini oshirishda

marketingning roli // “TADQIQODLAR” jahon ilmiy

-

metodik jurnal №2 (56). 224

-227

3.

Г.Ф.

Баймухамедова

Инновационная маркетинговая деятельность, как фактор

развития конкуренции промышленности // Science and innovation, 2024 №3. ст. 204

-

205

4.

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: Marketing innovations in the bakery industry in
the conditions of formation of sustainable competitiveness // Vol. 12 No. 06 (2023): ASIA
PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

5.

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: The role of small business and private
entrepreneurship in economic development // Vol. 11 No. 03 (2022): ASIA PACIFIC
JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

References

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Improvement of marketing technologies in enterprises of the food industry. (2025). Western European Journal of Historical Events and Social Science, 3(02), 77-79.

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Korxonaning raqobatbardoshligini oshirishda marketingning roli // “TADQIQODLAR” jahon ilmiy-metodik jurnal №2 (56). 224-227

Г.Ф. Баймухамедова Инновационная маркетинговая деятельность, как фактор развития конкуренции промышленности // Science and innovation, 2024 №3. ст. 204-205

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: Marketing innovations in the bakery industry in the conditions of formation of sustainable competitiveness // Vol. 12 No. 06 (2023): ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: The role of small business and private entrepreneurship in economic development // Vol. 11 No. 03 (2022): ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW