Authors

  • Gulnoza Baymuxamedova
  • Suhrob Berdiqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108297

Keywords:

moliyaviy barqarorlik iqtisodiy holat rentabellik kapital aktiv sof foyda sof daromad qarz sanoat neft-gaz transport ta’minot eksport.

Abstract

Ushbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi. Shuningdek, moliyaviy xatarlarni kamaytirish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etiladi. Maqolada moliyaviy tahlil usullari, jumladan likvidlik, rentabellik va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib boriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1049

“UZTRANSGAZ” AJ: MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI VA

UNI

MUSTAHKAMLASH CHORALARI

Baymuxamedova Gulnoza Fattaxovna

Toshkent kimyo-

texnologiya institute katta o‘qituvchisi.

Email:

gulnozabojmuhamedova@gmail.com

https://orcid.org/0009-0008-0345-0003

Berdiqulov Suhrob Berdiqul o‘g‘li

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti, 23-63 MT guruh talabasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Email:

suhrobberdiqulovich@gmail.com

https://orcid.org/0009-0001-2281-3200

https://doi.org/10.5281/zenodo.15707851

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil

qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi.

Shuningdek, moliyaviy xatarlarni kamaytirish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha

amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora

-tadbirlar taklif etiladi. Maqolada moliyaviy tahlil

usullari, jumladan likvidlik, rentabellik va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib

boriladi.

Kalit so‘zlar:

moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy holat, rentabellik, kapital, aktiv, sof foyda,

sof daromad, qarz, sanoat, neft-

gaz, transport, ta’minot, eksport.


Kirish.

Moliyaviy barqarorlik

bu korxonaning o‘z moliyaviy majburiyatlarini vaqtida

va to‘liq bajarish, faoliyatini o‘z mablag‘lari hisobiga davom ettirish, moliyaviy muammolarga

duch kelmaslik qobiliyatidir. U korxonaning uzoq muddatli rentabelligi va mustahkam moliyaviy
holatini anglatadi.

Moliyaviy barqarorlikning asosiy ko‘rsatkichlari:

1. O‘z mablag‘lar ulushi –

korxonaning umumiy kapitalidagi o‘z mablag‘lar hissasi.

2. Qarzdorlik darajasi

korxonaning qarzga bog‘liqlik darajasi.

3. Likvidlilik ko‘rsatkichlari –

qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash qobiliyati.

4. Rentabellik

foyda olish darajasi.

5. Naqd pul oqimlari

daromad va xarajatlar oqimi muvozanati.

Korxona va tashkilotlar uchun moliyaviy barqarorlik juda muhim o‘rin tutadi. Chunki,

korxonaning salohiyati, darajasi va o‘rni uning iqtisodiy axvoliga bog‘liq. Shundan kelib chiqib

aytish mumkinki, korxona va tashkilotlarda moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy xavfsizlikni
oshirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uning salohiyati va darajasini ham belgilab

beradi. Biz ushbu maqolada “UzTransgaz” AJ misolida korxonaning moliyaviy barqarorligi,

uning tahlil qilinishi va mustahkamlash uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida

o‘rganib chiqamiz.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada “UzTransGaz” AJ ning moliyaviy barqarorligi va

iqtisodiy o‘rnini aniqlashda va tahlil qilishda turli xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar(sof foyda, aktivlar,
qarz va kapital rentabelligi, sof daromad)dan, moliyaviy ma’lumotlardan foydalanib, SWOT va


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1050

shunga o‘xshash tahlil metodlaridan foydalanildi. Bu tahlillar asosida amalga oshirilishi kerak
bo‘lgan chora

-tadbirlar tahlil qilindi.

Tahlil va natijalar.

"UzTransGaz" aktsiyadorlik jamiyati

O‘zbekiston Respublikasida

tabiiy gazni transport qilish, saqlash va taqsimlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi yirik davlat

kompaniyasidir. Bu korxona 1992-

yili tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi —

respublika

hududlari hamda eksport bozorlariga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashdan

iborat.

"UzTransGaz" AJ O‘zbekistondagi magistral gaz quvurlari tizimini boshqaradi va texnik

xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kompaniya tabiiy gazni qayta ishlash, sig‘imlarda saqlash va
eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi. Uning tarkibida bir nechta mintaqaviy filiallar va

muhandislik korxonalari mavjud.

Kompaniya energetika sohasidagi islohotlar doirasida moliyaviy barqarorlikka erishish,

samaradorlikni oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish ustida ish olib bormoqda.

Quyidagi jadvalda esa “UzTransGaz” AJning so‘nggi 9 yillikdagi asosiy moliyaviy

ko‘rsatkichlari keltirilgan:

1

Ko'rsatkichlar

2015 2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

Sof foyda(%)

23,7 21,65

-13,32

2,54

-10,58

-20,11 -13,69 -13,07

57,7

Kapital

rentabelligi(%)

10,52 13,51

-14,17

7,19

-98,32

116,77 44,09

27,6

10715,33

Aktivlar

rentabelligi(%)

7,89 10,02

-5,64

1,26

-5,53

-13,83

-8,14

-6,3

24,21

Qarz nisbati(%)

24,99 25,81

12,98

82,53

94,37

111,84 118,47 122,84

99,77

Qarzning

kapital

nisbati(%)

33,31 34,78

32,6

472,3 1677,22 -944,4

-

641,45

-

537,78

44152,07

Yuqoridagi jadvaldagi moliyaviy ko‘rsatkichlar korxona iqtisodiy axvolini belgilab

beradi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va uni mustahkamlash uchun korxona tomonidan

yillar davomida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Quyidagi ma’lumotlarda “UzTransGaz” AJ tomonidan moliyaviy barqarorlikni

ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan chora

-tadbirlar keltirilgan:

1. Xarajatlarni optimallashtirish: Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini

kamaytirish orqali resurslardan samarali foydalanish.

2. Moliyaviy intizomni kuchaytirish: Buxgalteriya hisobi, audit va nazorat tizimlarini

takomillashtirish orqali moliyaviy shaffoflikni ta’minlash.

3. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish: Energiya tejamkor va innovatsion

texnologiyalar orqali xarajatlarni kamaytirish va daromadni oshirish.

4. Tashqi investitsiyalarni jalb qilish: Mahalliy va xalqaro moliyaviy institutlar bilan

hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish.

1

Openinfo.uz

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1051

5. Qarzdorlikni boshqarish: Qarz yuklamasini kamaytirish, kredit portfeli va to‘lov

intizomini barqaror saqlash.

6. Gaz yetkazib berish hajmini oshirish: Ichki va tashqi bozorlarda gaz eksportini

kengaytirish orqali daromad bazasini mustahkamlash.

7. Ichki boshqaruv tizimini takomillashtirish: Korporativ boshqaruv, risklarni boshqarish

va samaradorlikka asoslangan boshqaruv tizimlarini rivojlantirish.

Yuqorida keltirilgan 1-

jadvaldan va korxona iqtisodiy ko‘satkichlaridan foydalanib, bazis

va zanjirsimon davrni hisobga olgan holda SWOT tahlilini quyidagi 2-

jadvalda ko‘rib chiqamiz

S(Strengths)-Kuchli

tomonlari

W(Weakness)-Zaif

tomonlari

O(Opportunities)-

Imkoniyatlar

T(Threats)-Xavf

omillari

2023-yilda sof

foyda (57,7%) va

kapital rentabelligi

(10715,33%) keskin

oshgan, bu esa

kompaniyaning

daromad olish

salohiyati ortganini

ko‘rsatadi

2020

2023

yillarda kapital

rentabelligi barqaror

musbat holatda

bo‘lgan, bu esa

investitsiyalarning

samaradorligini

ifodalaydi.

2023-yilda

aktivlar rentabelligi

24,21%gacha

ko‘tarilgan, bu esa

korxona aktivlaridan

samarali

foydalanayotganini

anglatadi.

Keng infratuzilmaga

ega bo‘lishi va davlat

qo‘llovi —

kompaniyani strategik

jihatdan mustahkam

qiladi.

2017

2022

yillar oralig‘ida sof

foyda va aktivlar

rentabelligi manfiy

bo‘lgan, bu moliyaviy

samarasizlik va

xarajatlarning

yuqoriligini

ko‘rsatadi.

Qarz nisbati

2020

2022 yillarda

100%dan oshgan, bu

moliyaviy risklarni

kuchaytiradi.

2019

2022

yillarda qarzning

kapitalga nisbati

salbiy yoki juda

yuqori bo‘lgan, bu esa

moliyaviy

mustaqillikning

yo‘qligini ko‘rsatadi.

Iqtisodiy

tebranishlarga juda

sezuvchan moliyaviy

tuzilma.

2023-yilda

moliyaviy

ko‘rsatkichlarning

keskin yaxshilanishi

kompaniya uchun
yangi investitsion

imkoniyatlar yaratadi.

Energiya

eksportini oshirish

orqali barqaror

valyuta tushumlari

ta’minlanadi.

Yangi

texnologiyalarni joriy

etish va

modernizatsiya orqali

xarajatlarni

kamaytirish

imkoniyati mavjud.

Yevroosiyo gaz

tranzitidagi strategik

holat kompaniyaga

mintaqaviy bozorda

ustunlik beradi.

Qarzdorlik

darajasining yuqoriligi

kompaniyaning

likvidligi va to‘lovga

qobiliyatiga salbiy

ta’sir ko‘rsatishi

mumkin.

Energetika

sektoridagi narx

tebranishlari

moliyaviy

barqarorlikni izdan

chiqarishi mumkin.

Siyosiy va

tashqi bozorlardagi

o‘zgarishlar, xususan

eksportga qaramlik

barqarorlikka xavf

tug‘diradi.

Ichki boshqaruvdagi

zaifliklar

investitsiyalarning

kutilgan

samaradorligini

kamaytirishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1052

"UzTransGaz" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy va boshqaruv islohotlari

natijasida quyidagi muhim iqtisodiy va sanoat oʻzgarishlari kuzatilmoqda:

1. Moliyaviy barqarorlikning mustahkamlanishi: Xarajatlarni optimallashtirish va

daromad bazasini kengaytirish hisobiga korxonaning sof foydasi oshib bormoqda. Bu esa ichki
investitsion faoliyatni moliyalashtirish imkonini yaratmoqda.

2. Gaz eksporti hajmining oshishi: Tashqi bozorlar bilan faol hamkorlik natijasida,

xususan Xitoy, Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlarga gaz eksporti ko‘lami kengaymoqda.
Bu esa davlat byudjetiga tushumlar oshishiga hissa qo‘shmoqda.

3. Texnologik modernizatsiya: Magistral gaz quvurlarida zamonaviy monitoring va

avtomatik boshqaruv tizimlari joriy etilib, gaz yo‘qotishlari va avariyaviy holatlar sezilarli

kamaydi.

4. Energiya tejamkorlik darajasining oshishi: Energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan

texnika va uskunalarning joriy etilishi natijasida energiya sarfi kamayib, umumiy ishlab
chiqarish xarajatlari pasaygan.

5. Yangi loyihalarning amalga oshirilishi: Moliyaviy barqarorlik va xorijiy investitsiyalar

asosida yangi gaz quvurlari, kompressor stansiyalari va gaz saqlash inshootlari qurilmoqda.

6. Ishchi o‘rinlarining ko‘payishi va kadrlar salohiyatining oshishi: Yangi loyihalar va

ishlab chiqarish hajmlarining kengayishi natijasida yangi ishchi o‘rinlari yaratilmoqda, xodimlar

doimiy malaka oshirish kurslariga jalb etilmoqda.

Yuqoridagi bo‘layotgan o‘zgarishlar nafaqat, neft

-gaz sanoatining, balkim mamlakat

iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Bu o‘zgarishlar natijasida neft

-gaz sohasida

va sanoatda xalqaro aloqalar o‘rnatishga, eksport salohiyatini oshirishga hamda aholining gaz
bilan ta’minlaganlik darajasini oshirishga ham yordam beradi.

Xulosa va tavsiyalar

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, "UzTransGaz" AJ so‘nggi yillarda moliyaviy

jihatdan murakkab bosqichlarni boshdan kechirgan bo‘lsa

-da, 2023-yilda moliyaviy

ko‘rsatkichlarning ijobiy tomonga keskin o‘sishi korxonaning tiklanayotgan salohiyatidan darak
beradi. Ayniqsa, sof foyda va kapital rentabelligi bo‘yicha erishilgan yutuqlar kelajak uchun

katta imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq yuqori qarzdorlik va moliyaviy beqarorlik xavfi hali
ham saqlanib qolmoqda.

Shu boisdan, quyidagi tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Qarzdorlikni kamaytirish siyosatini kuchaytirish

uzoq muddatli moliyaviy

barqarorlikni ta’minlaydi.

2. Investitsiyalarni samarali boshqarish

kapital rentabelligini barqaror saqlash va foyda

marjasini oshirish imkonini beradi.

3. Ichki boshqaruv tizimini raqamlashtirish va avtomatlashtirish

xarajatlarni kamaytirib,

samaradorlikni oshiradi.

4. Diversifikatsiya siyosatini kuchaytirish

eksportga qaramlikni kamaytiradi va ichki

bozorning salohiyatidan to‘liq foydalaniladi.

5. Kadrlar salohiyatiga sarmoya kiritish

doimiy o‘sishni ta’minlaydigan ilg‘or

boshqaruvni shakllantiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1053

Tavsiyalarni tizimli amalga oshirish natijasida "UzTransGaz" AJda quyidagi ijobiy

o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin:

Sof foyda darajasi barqaror 20

30% atrofida ushlab turiladi, bu esa investorlar

uchun ishonchli moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kapital va aktivlar rentabelligi 15

–25% oralig‘ida barqarorlashadi, bu esa kompaniya

samaradorligini ko‘rsatadi.

Qarz nisbati 70% dan past darajagacha tushiriladi, bu likvidlik va moliyaviy mustaqillikni

oshiradi.

Moliyaviy risklar kamayadi, bu esa ichki investitsion loyihalarning kengayishiga imkon

yaratadi.

Kompaniyaning xalqaro bozordagi nufuzi ortadi, hamkorlik salohiyati kuchayadi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Improvement of marketing technologies in
enterprises of the food industry. (2025). Western European Journal of Historical Events
and Social Science, 3(02), 77-79.

2.

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Korxonaning raqobatbardoshligini oshirishda

marketingning roli // “TADQIQODLAR” jahon ilmiy

-

metodik jurnal №2 (56). 224

-227

3.

Г.Ф.

Баймухамедова

Инновационная маркетинговая деятельность, как фактор

развития конкуренции промышленности // Science and innovation, 2024 №3. ст. 204

-

205

4.

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: Marketing innovations in the bakery industry in
the conditions of formation of sustainable competitiveness // Vol. 12 No. 06 (2023): ASIA
PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

5.

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: The role of small business and private
entrepreneurship in economic development // Vol. 11 No. 03 (2022): ASIA PACIFIC
JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

References

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Improvement of marketing technologies in enterprises of the food industry. (2025). Western European Journal of Historical Events and Social Science, 3(02), 77-79.

Baymukhamedova Gulnoza Fattakhovna: Korxonaning raqobatbardoshligini oshirishda marketingning roli // “TADQIQODLAR” jahon ilmiy-metodik jurnal №2 (56). 224-227

Г.Ф. Баймухамедова Инновационная маркетинговая деятельность, как фактор развития конкуренции промышленности // Science and innovation, 2024 №3. ст. 204-205

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: Marketing innovations in the bakery industry in the conditions of formation of sustainable competitiveness // Vol. 12 No. 06 (2023): ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

Baymukhamedova Gulnaz Fattakhovna: The role of small business and private entrepreneurship in economic development // Vol. 11 No. 03 (2022): ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW