1016
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
O‘QUV –
MASHG‘ULOT GURUHI FUTBOLCHILARNING KUCH SIFATINI
RIVOJLANTIRISHGA OID VOSITA VA USULLARNI TADBIQ QILISH
SAMADORLIGI
S.S.Abduqahhorov
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport
universiteti tayanch doktoranti
Email:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15688142
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘quv mashg‘ulot guruhi futbolchilarining kuch jismoniy
sifatini rivojlantirishga qaratilgan anketa so‘rovnomasi natijalari yoritilgan. Bu maqolada
yoritilgan ma’lumotlar asosida murabbiylar va mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlarni samarali
tashkil etishga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.
Kalit so‘zlar
:
anketa, amaliyot, akademiya, sport, usul, jismoniy, mashg‘ulot.
Аннотация.
В статье представлены результаты анкетирования, направленного
на развитие силовых и физических качеств футболистов учебно
-
тренировочной группы.
На основе информации, изложенной в этой статье, тренеры и специалисты получат
знания о том, как эффективно организовывать учебные занятия.
Ключевые слова:
анкета, практика, академия, спорт, метод, физическая,
подготовка.
Abstract.
The article presents the results of a survey aimed at developing the strength
and physical qualities of football players in the training group. Based on the information
presented in this article, coaches and specialists will gain knowledge on how to effectively
organize training sessions.
Keywords:
survey, practice, academy, sport, method, physical, training.
Dolzarbligi.
Bugunga kelib, dunyoda futbol sport turi jadal rivojlanib bormoqda. Bizning
yurtimizda ham sportning ushbu turiga katta e’tibor berilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan
chiqarilayotgan futbol boʻyicha qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida futbol
akademiyalarida tahsil oluvchi futbolchilarning har tomonlama integral tayyorgarligini oshirish
va futbolchilarni musobaqaga sifatli tayyorlash, ularning jismoniy sifatlarini oshirish dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Yosh futbolchilarimizning Osiyo va jahon miqyosidagi
musobaqalardagi ishtirokini tahlil qilishda, futbolchilarimizning oʻyinning soʻnggi
daqiqalarigacha maydonda kurash olib borishlari va texnik-taktik harakatlarni samarali
bajarishlarida kuch jismoniy sifatining namoyon boʻlishida ayrim xato va kamchiliklar
kuzatilmoqda. Mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan biri, futbolchilarning kuch
jismoniy sifati va toʻpga zarba berish boʻyicha tahlillar olib borish, eksperimental tajribalar
oʻtkazishga ehtiyoj sezilmoqda.
Ishning maqsadi.
Futbol akademiyalarida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarining fikr
muloxazalarini o‘rganish asosida kuch jsmoniy sifatini takomiilashtirish bo‘yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari.
-
yosh futbolchilarning kuch jismoniy sifatini rivojlantitish bo‘yicha uslubiy manbalarni
tahlil qilish.
-
Anketa so‘rovnomasi bo‘yicha mutaxassislarining fikr muloxazalarini o‘rganish asosida
kuch jsmoniy sifatini takomiilashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
1017
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Tadqiqot obekti:
O‘zbekiston Respublikasi futbol akademiyalari murabbiylarining
faoliyat jarayoni.
Tadqiqot usullari:
Anketa so‘rovnomasi, pedagogik tahlil, matematik statistik usul.
Biz ushbu maqolada Toshkent futbol akademiyasi va Namangan futbol akademiyasi
futbolchilarining kuch jismoniy sifatini rivojlantirish vosita va usullarining yoritilishi, muammoli
jihatlar, kuch jismoniy sifatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga
qaratilgan anketa soʻrovnomasi oʻtkazdik. Ushbu soʻrovnomada jami 50 nafar futbol
mutaxassislari ishtirok etib, ularning anketa soʻrovnomasiga bergan javoblari asosida kuch
sifatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Olingan natijalar tahlili.
Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko‘ra olingan xu
losalar asosida
hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan murabbiylarning ham fikr-
mulohazalarini o‘rganishga
ehtiyoj sezildi. Bu narsa futbolchilarning kuch-jismoniy sifatini oshirish va takomillashtirishda
hozirgi kunda o‘quv
-
mashg‘ulot jarayoni tashkil etishda murabbiylarni qiynayotgan savollar va
mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilab olish uchun zarurat
tug‘iladi.
Demak, ushbu anketa 10 ta savoldan
iborat bo‘lib, dastlabki savol
(1.1 rasm)
“Futbolda jismoniy tayyorgarlikni aniqlovchi
testlar yetarlicha ishlab chiqilganmi?” degan
savolga so‘raluvchilarning 70.4% ha, ishlab
chiqilgan deya javob berishgan. 29.6%
so‘raluvchilar
esa
yetarlicha
ishlab
chiqilmaganligini ta’kidlashgan. Bu savoldan
olingan javoblar bo‘yicha ushbu xulosani
ta’kidlash mumkinki, testlar mavjud, lekin 30%
ortiq
mutaxassislarning
yetarlicha
ishlab
chiqilmagan deyishlarining asosiy sababi bu
testlash
jarayoni
eski
usulda
amalga
oshirilayotganligi, ya’ni testlash jarayonida
yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash darajasi pastligi va o‘sha yangi zamonaviy biron bir
tayyorgarlik turini izchil o‘rganish imkonini beruvchi testlar yetarli emasligini nazarda tutgan
holda ushbu javoblarni berishganligi ma’lum
bo‘ldi.
Ikkinchi savol bo‘yicha, ya’ni “Siz
amaliyotda jismoniy tayyorgarlik darajasini
aniqlovchi testlardan amalda foydalanasizmi?”
degan savolga mutaxassislarning 70.4% ga yaqin
qismi ha deb javob berishgan. 29.6%
mutaxassislar esa yo‘q deb javob berishgan. Bu
o‘z
-
o‘zidan ma’lumki, jismoniy tayyorgarlik
darajasini aniqlovchi testlardan asosan o‘sha
futbol to‘garaklarida va o‘sha shaxsiy klublarda
ishlovchi murabbiylar asosan shu javobni
berishgan. Davlat futbol akademiyalari va sport
maktablarida bu narsa qat’iy belgilanganligi va
o‘sha testlardan foydalanishlari ta’kidlab o‘tilgan. Bu savol bo‘yicha ham olingan natijalarda
1.1 rasm
1.2 rasm
1018
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
o‘sha jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testlar mavjudligi, lekin sobiq ittifoq
davrida ishlab
chiqilgan testlar ekanligi ko‘rsatildi. Bunga asosan, futbol rivojlantiradigan davlatlar olib
borayotgan testlash, ya’ni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda testlash jarayonini
amalga
oshirish
muhim
omil
ekanligini
ta’kidlab
o‘tishgan.
(1.2
rasm)
Uchinchi (1.3 rasm) savol bo‘yicha siz faoliyat olib borayotgan jamoalarda testlash
bo‘yicha innovatsion vositalar mavjudmi? degan savolga mutaxassislarning 48.1% “ha” va
51.9% “yo‘q” deya javob berishgan. Bu savolga olingan natijalar o‘z
-
o‘zidan ma'lum. Chunki
zamonaviy texnologiyalarni o‘quv
-
mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha o‘ziga xos
muammo mavjud murabbiylarning ta’kidlashiga ko‘ra, ushbu texnologiyalar juda qimmat turishi
sababli barcha futbolchilarning tayyorgarlik jarayoniga tatbiq qilish imkoniyati hozircha mavjud
emas. Lekin hozirgi kunda asta-
sekin futbol bo‘yicha chiqarilayotgan qarorlar, farmonlar asosida
innovatsion texnologiyalarni futbolga jalb qilish bo‘yicha o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
To‘rtinchi (1.4 rasm) savol bo‘yicha olingan natijalar, innovatsion vositalardan foydalanish
ustuvor foyda asosida o‘quv
-
mashg‘ulot guruh futbolchilar kuch
-sifatini necha foizga
takomillashtirish mumkin degan savolga so‘raluvchilarning eng katta qismi, 75
-80% kuch-
sifatini rivojlantirish mumkin deya ta’kidlashgan. Ushbu savolning asosiy maqsadi shundaki,
kuch-sifatni rivojlantirishda futbolchilar asosan
trenjor moslamalarida va maydonda eski
an'anaviy usullar yordamida mashg‘ulot olib
borishadi. Bu usullar murabbiylar ta’kidlashi
bo‘yicha unchalik yuqori samara bermayapti.
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, ya’ni
trenejyorlarda, kompyuterga axborot berish
moslamalari va yangi ishlab chiqilgan usullar
yordamida uni yetmish besh foizgacha kuch-
sifatini rivojlantirish mumkin degan fikrni
bildirishgan.
O‘quv
-
mashg‘ulot guruhi futbolchilarning
kuch-sifatini rivojlantirishga oid vositalarni
qaysi tayyorlov davrining qaysi bosqichida
qo‘llash samara beradi deb o‘ylaysiz? degan
1.3 rasm
1.4 rasm
1.5 rasm
1019
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
savolga so‘raluvchilarning 63% maxsus tayyorlov bosqichida amalga oshish kerak desa, 37%
so‘raluvchilar umum tayyorlov davrida deya fikr bildirishgan. (1.5 rasm) Bu savol bo‘yicha
olingan xulosa va natijalarga asoslanib murabbiylarning fikrlari shuni taqozo etmoqdaki, kuch-
sifatni rivojlantirishda maxsus tayyorlov davrida, oyoq kuchini rivojlantiruvchi vositalarni
o‘yindagi epizodlarga moslagan holda, berilayotgan vositalarni yakuniy qismi yoki boshlang‘ich
qismiga spesifik elementlarni qo‘shish orqali amalga oshirish katta samara beradi deya
ta’kidlashgan. 37% mutaxassislarning umum tayyorlov bosqichida ko‘proq kuc
h-sifatini
rivojlantirilsa, musobaqa faoliyati mobaynida bu narsa katta samara beradi deya fikr bildirishgan.
Xulosalar.
Olingan natijalardan maʼlum boʻldiki, futbol boʻyicha faoliyat olib
borayotgan mutaxassislar amaldagi futbolchilarni tayyorlash jarayonida qoʻllanilayotgan kuch
jismoniy sifatini rivojlantiruvchi va aniqlovchi testlar yetarli darajada ishlab chiqilmaganligini
taʼkidlab oʻtishgan va ularning ushbu testlardan foydalanish jarayonidagi innovatsion
texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha deyarli texnologiyalar mavjud emasligi aniqlangan.
Mutaxassislarning fikrlariga koʻra, kuch sifatini aniqlashda, ayniqsa zarba kuchini aniqlashda
innovatsion toʻplardan foydalanishga ehtiyoj mavjud va ushbu texnologiya yordamida
futbolchilarning zarba kuchini aniqlash va toʻpni yoʻnalishi, zarba tezligi, jarima zarbalari,
standart vaziyatlarda toʻpni qay tarzda yoʻnaltirish, nishonga zarba berish aniqligini oshirishga
qaratilgan vositalarni qoʻllashga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlab oʻtildi. Kuch sifatini
rivojlantirishga qaratilgan vosita usullarini tayyorgarlik davrining maxsus tayyorlov bosqichida
koʻproq qoʻllash lozimligi va bunda oʻyin vaziyatlarini modellashtirishga qaratilgan epizodlarni
yaratish va futbolchilarning aynan yakunlovchi zarba aniqligini oshirish va zarba kuchini toʻgʻri
taqsimlagan holda oʻyin vaziyati xususiyatlari asosida toʻpning kerakli qismga zarba berish
holatlari boʻyicha vositalar kompleksini ishlab chiqishga qaratilgan tajribalar oʻtkazishga ehtiyoj
borligi aniqlangan. Bunda mutaxassislar yana futbolchilarning aynan kuch sifatini
rivojlantirishda fiziologik omillarni inobatga olish lozimligini taʼkidlaganliklari aynan
laboratoriya sharoitida futbolchilarning ushbu sifatini takomillashtirishga qaratilgan
eksperimental tajribalarni oʻtkazishga ehtiyoj borligi aniqlangan. Olingan natijalar asosida shuni
xulosa qilib taʼkidlash mumkinki, futbolchilarni tayyorlash jarayoniga zarba kuchini aniqlovchi
va tananing biomexanik holatini maqsadga muvofiq tarzga keltirishga qaratilgan tajribalarni
qoʻllash, vositalarni tadbiq etishga qaratilgan jarayonni tashkil etish zaruriy omil hisoblanadi. Bu
orqali futbolchilar maydonda bajaradigan texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirib,
musobaqa faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishlari mumkin boʻladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 16
- martdagi
“Futbolni rivojlantirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-3610-sonli qarori. http://Lex.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 4 dekabrdagi
“O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF
-5887-
sonli farmoni. Xalq so‘zi gazetasi. 6
-dekabr 252-son.
3.
Акрамов Р.А., Тихинов В., Нуримов Р., Планирование и организация учебно
-
тренировочного просесса высоко квалифисированных футболистов. Метод.,
рекомендасии., Т, 1997,
-
54 с.
4.
Алиев М.Б. Исследование финала, показателей соревнователной деятелности юных
футболистов. В сб.науч.тезисов международной научно
-
практической конф.
1020
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
«Проблемы совершенствование системы подготовки высококвалифисированных
спортсменов олимпийским играм». Ташкент, 2006,
-
С. 17
-19.
5.
Арбузин, И.А. Классификация игровых ситуасий в футболе / И.А. Арбузин, В.А.
Блинов // Актуалные вопросы развития детского и юношеского футбола в городе
Омске: сб. ст. городской науч. практ. конф. СибГУФК.
-
Омск, 2006.
-
С.102
-108.
6.
Губа В. П. Показатели физического развития как основа модели юного футболиста
/ В.П.Губа, В.А.Левченков // Физическая култура
-
фактор укрепления здоровя,
профилактики и лечения заболеваний.
-
Смоленск, 1996.
-
С. 36
-37.
7.
Исеев Ш.Т. Курязов Р. Исползование инновасионных технологий при решении
педагогических проблем при занятиях физической културой и спортом. Материалы
науч.
-
практич. конфер. филиала МГУ им М.В. Ломоносова в Ташкенте. 2015.
-
С.187
-190.
8.
Исеев Ш.Т. Курязов Р. Сравнителный анализ тактических действий футболистов
высокой квалификасии. ФАН
-
СПОРТГА Илмий
-
назарий журнал №3. 2017. –
Ташкент. –
С. 50
-56.
9.
Pratas, J. The effect of situational variables on teams' performance in offensive sequences
ending in a shot on goal. A case Studs / J. Pratas, A. Volossovitch, AP. Ferreira // The
Open Sports Sciences Journal. - 2012. - P.193-199.
10.
Mero, A. Effects of muscle-tendon length on joint moment and powyer during sprint
starts / A. Mero, S. Kuitunen, M. Harland, H. Kyrolainen, P. Komi // Journal of Sports
Sciyencyes, February 2006. - 24(2). - R. 165-173.
11.
Stewart C. Winning Soccyer Drills //Atletic Journal, 1984. - N10. - P.24-
12.
Szilagi G. Strukture and organization of Youth Football //3-rd UYeFA Youth
Cjnferencye. - Viyenna, 1991. - P.
13.
Tenga, A. Developing a new method for team match performance analysis in professional
soccer and testing its reliability / A. Tenga, D. Kanstad, LT. Ronglan, R. Bahr //
International Journal of Performance Analysis of Sport. - 2009. - P. 8 - 25
