Authors

  • Maxamadyor Tashmuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108736

Keywords:

vaqt fazo statik tasvir harakat xronofotografiya konseptual san’at dramaturgiya kompozitsiya.

Abstract

Ushbu maqolada tasviriy san’atda vaqt konsepsiyasining aks ettirilish usullari, xususan rangtasvir va qalamtasvirdagi harakat, fazo va vaqt uyg‘unligi tahlil etiladi. Statik tasvirdagi harakatni ifodalash mexanizmlari, xronofotografiyadan konseptual san’atgacha bo‘lgan vaqt tasvirining evolyutsiyasi, klassik san’atdagi falsafiy qarashlar va zamonaviy yondashuvlar o‘rganiladi. Har bir bosqichda tasvir vositalari – nur, soya, kompozitsion markaz va rang yechimlarining dramatik roli ochib beriladi. Maqola san’atshunoslik, pedagogika va amaliy tasviriy san’atda zamonaviy tahlil usullariga asoslanadi.

background image

803

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

RANGTASVIR VA QALAMTASVIRDA “VAQT KONSEPSIYASI”: STATIK

TASVIRDA HARAKATNI ANGLATISH USULLARI

Tashmuratov Maxamadyor Ergashevich

Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn instituti “Dastgohli rangtasviri” kafedrasi

professori

https://doi.org/10.5281/zenodo.15677420

Annotasiya.

Ushbu maqolada tasviriy san’atda vaqt konsepsiyasining aks ettirilish

usullari, xususan rangtasvir va qalamtasvirdagi harakat, fazo va vaqt uyg‘unligi tahlil etiladi.
Statik tasvirdagi harakatni ifodalash mexanizmlari, xronofotografiyadan konseptual san’atgacha
bo‘lgan vaqt tasvirining evolyutsiyasi, klassik san’atdagi falsafiy qarashlar va zamonaviy
yondashuvlar o‘rganiladi. Har bir bosqichda tasvir vositalari – nur, soya, kompozitsion markaz
va rang yechimlarining dramatik roli ochib beriladi. Maqola san’atshunoslik, pedagogika va
amaliy tasviriy san’atda zamonaviy tahlil usullariga asoslanadi.

Kalit so‘zlar:

vaqt, fazo, statik tasvir, harakat, xronofotografiya, konseptual san’at,

dramaturgiya, kompozitsiya.

“ПОНЯТИЕ ВРЕМЕНИ” В ЖИВОПИСИ И РИСУНКЕ: СПОСОБЫ

ВЫРАЖЕНИЯ ДВИЖЕНИЯ В СТАТИЧНОМ ИЗОБРАЖЕНИИ

Аннотация.

В этой статье будут проанализированы способы отражения

концепции времени в изобразительном искусстве, в частности движение, гармония
пространства и времени в живописи и рисунке. Исследуются механизмы выражения
движения в статическом изображении, эволюция изображения времени от
хронофотографии к концептуальному искусству, философские взгляды в классическом
искусстве и современные подходы. На каждом этапе раскрывается драматическая роль
средств изображения – света, тени, композиционного центра и цветовых решений. В
основе статьи-Современные методы анализа в искусствоведении, педагогике и
прикладном изобразительном искусстве.

Ключевые слова:

время, пространство, статическое изображение, движение,

хронофотография, концептуальное искусство, драма, композиция.

PAINTING AND DRAWING “CONCEPT OF TIME” IN ART: WAYS TO MEAN

MOVEMENT IN A STATIC IMAGE

Abstract.

This article analyzes the methods of reflection of the concept of time in fine art,

in particular the harmony of movement, space and time in painting and painting. Mechanisms
for representing motion in a static image, the evolution of the image of time from
chronophotography to conceptual art, philosophical views in classical art, and contemporary
approaches are explored. At each stage, the dramatic role of image tools – light, shadow,
compositional center and color solutions-is revealed. The article is based on modern methods of
analysis in art studies, pedagogy and applied Fine Arts.

Keywords:

time, space, static image, movement, chronophotography, conceptual art,

dramaturgy, composition.

Zamon va makon san’atda doimiy tahlil etilgan, ammo har safar yangi qirralar bilan

namoyon bo‘ladigan tushunchalardandir. Rangtasvir va qalamtasvirda vaqtning ko‘rinmas,
ammo seziladigan ta’sirini berish san’atkor uchun murakkab, shu bilan birga yuksak darajadagi
badiiy ifodaning namunasidir. Ushbu maqola tasviriy san’atda vaqt konsepsiyasining falsafiy va


background image

804

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

amaliy yondashuvlarini ko‘rib chiqishda qo‘l keladi.

Tasviriy san’atda statik kompozitsiyada bir necha vaqt bosqichlarini aks ettirish

qadimdan mavjud bo‘lgan an’anadir. Masalan, Sharq miniatyuralarida yoki G‘arbda Giotto
asarlarida bir necha voqealik bir kompozitsiyada mujassamlashtirilgan. Bu, ayniqsa, "ko‘z
ilg‘ashi" orqali vaqtni ifodalashga imkon beradi.

Zamonaviy san’atda bu yondashuv fazoviy va temporallik o‘rtasida ichki uyg‘unlik

yaratish vositasi sifatida ishlatiladi. Rassom o‘z asarida subyektlarning holatlari, harakatlanish
yo‘nalishi yoki ob’ektlarning ketma-ketlikdagi tasvirini berish orqali vaqt oqimini sezdiradi.

Shuningdek, statik tasvirda harakat vaqtning eng bevosita ifodasi. Rassomlar harakatni

ponavtalanuvchi chiziqlar ya’ni ritmik takrorlanishlar, formaning harakatchanligi masalan,
shamolda hilpirayotgan mato, suzayotgan qushlar kabilar va kompozitsion dinamika diagonal
yo‘nalishlar, ochiq kompozitsiyalar, ko‘z harakatini boshqarish kompozitsiyadagi ob'ektlar
joylashuvi orqali ko‘zni yo‘naltirish kabi texnikalar orqali aks ettiradi. Bu usullar orqali tasvirda
"harakatning izi" paydo bo‘ladi. Harakat esa vaqtning ramzidir.

Tasviriy san'atda vaqtni tasvirlashning ba'zi vositalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni

tashkil etadi:

Allegoriyalar va ramzlar. Masalan, qadimgi san'atda vaqt mifologik mabudlar Kronos,

vaqt mabudi orqali tasvirlangan.

Diniy va mifologik mavzular. Vaqt mavzusi diniy va mifologik yo‘nalishdagi asarlarda

alohida o‘rin tutgan.

Fasllar manzaralari va tasvirlari. Rassomlar turli fasllarning go‘zalligini, shuningdek,

tabiatning o‘zgarishini, davriylik haqidagi falsafiy qarashni aks ettirishga intildilar.

Harakatlarning mantiqiy aloqasi. Bir harakat boshqasini nazarda tutadi, voqealar

yo‘nalishini belgilaydi.

Tasviriy san'at asarlarida vaqtni tasvirlashning bir nechta namunalari ko‘rib tahlil

qilishimiz mumkin.

A. A. Deynekining "Petrograd mudofaasi" kartinasi. Asarda o‘tmish va kelajak zamon bir

vaqtning o‘zida birga yashaydi, makon ikki rejaning kompozitsion yopiq semantik doirasi
sifatida tashkil etilgan.

Gustav Klimtning "Ayolning uch yoshi" kartinasi, bir vaqtning o‘zida uchta turli xil

belgilar tomonidan yetkazilgan ayol hayotining uchta davri ko‘rsatilgan.

Klod Monening "Pichanzor, tumandagi quyosh"asari. Rassom ketma-ket rasm chizish

amaliyotini ishlab chiqdi, bitta syujetni tanlab, unga qayta-qayta murojaat etdi. Ushbu asarlarda
fasllarning o‘zgarishiga qarab ohanglar va soyalar o‘zgaradi.

Xronofotografiyadan zamonaviy konseptual sanʼatgacha: vaqt tasvirini transformatsiya

qilish haqida so‘z borar ekan XIX asr oxiri XX asr boshida xronofotografiya san’at va ilm-fan
kesishmasida yangi davrni boshlab berdi. E.Muybridj va Marey tomonidan yaratilgan harakat
ketma-ketliklari vaqtni tahlil qilish, uni bo‘laklarga ajratish, anglash imkonini berdi.

Zamonaviy konseptual san’atda esa vaqt hissiy va falsafiy tushuncha sifatida ko‘riladi.

Marina Abramovichning performanslari, Bill Viola videoinstallatsiyalari va boshqa zamonaviy
rassomlar asarlarida vaqtning cho‘zilishi, aylanishi, to‘xtashi yoki paradoksal namoyon bo‘lishi
markaziy mavzuga aylanadi.

Leonardo da Vinchi, Rembrandt, Velaskes, Vermeer kabi klassik rassomlar klassik

rangtasvirda vaqt aks etishining falsafiy va kompozitsion jihatlarini va tasvir orqali vaqtni
“hissiy pauza” sifatida anglatgan. Nur va soya, figuralarning psixologik holatlari,


background image

805

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

kompozitsiyadagi muvozanat orqali aniq bir lahzaning bardavomligi ifoda etilgan. Falsafiy
jihatdan, bu lahza hayot, fan, hissiyot va o‘lim oralig‘idagi nuqtadir. U har doim o‘zida vaqtni
yutadi va har safar tomoshabinni o‘sha lahzani qayta yashashga undaydi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tasviriy san’atda vaqt konsepsiyasi oddiy

ob’ektlarning tasviridan ko‘ra ko‘proqdir u inson tafakkuri, ichki dunyo va mavjudlik bilan
bog‘liq. Statik obrazlar orqali harakatni ifodalash rassomning badiiy idroki va texnik mahoratini
namoyon etadi. Bugungi kunda ham vaqtni tasvirlash usullari san’atning estetik imkoniyatlarini
kengaytirib, uni falsafiy anglashga xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1.

Асқаров А. “Тасвирий санъат назарияси”, Тошкент, 2019.

2.

Гвоздев А.Н. “Живопись и философия времени”, Москва, 2010.

3.

Балкинд Е. Л. (2013). Хронотоп в изобразительном искусстве. Ученые записки
Крымского федерального университета имени В. И. Вернадского. Социология.
Педагогика. Психология, 26 (65) (4), 246-255.

4.

Zarifova Dilfuza Omon qizi. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA
XUSUSIYATLARI. Educational research in universal sciences, 2(5), 159–162.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8033991

5.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF
THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

6.

Zarifova, D. (2025). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O ‘RNI VA
AHAMIYATI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 271-274.

References

Асқаров А. “Тасвирий санъат назарияси”, Тошкент, 2019.

Гвоздев А.Н. “Живопись и философия времени”, Москва, 2010.

Балкинд Е. Л. (2013). Хронотоп в изобразительном искусстве. Ученые записки Крымского федерального университета имени В. И. Вернадского. Социология. Педагогика. Психология, 26 (65) (4), 246-255.

Zarifova Dilfuza Omon qizi. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational research in universal sciences, 2(5), 159–162. https://doi.org/10.5281/zenodo.8033991

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

Zarifova, D. (2025). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O ‘RNI VA AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(3), 271-274.