Authors

  • Bahora Avazberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.109057

Keywords:

globalizatsiya leksema ingliz fransuz nemis lotin tillari.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tiliga o‘tgan asr davomida globallashuv jarayonining natijasida kirib kelgan baynalmilal so‘zlarning adabiy jarayonga ta’sir doirasi o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qahhorning ijodiy asarlari, ya’ni qissa va hikoyalari misolida o‘rganildi.

background image

195

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA BAYNALMILAL SO‘ZLAR

Avazberdiyeva Bahora Alijon qizi

Navoiy davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

Bahoraavazberdiyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15634632

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘zbek tiliga o‘tgan asr davomida globallashuv

jarayonining natijasida kirib kelgan baynalmilal so‘zlarning adabiy jarayonga ta’sir doirasi
o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qahhorning ijodiy asarlari, ya’ni qissa va
hikoyalari misolida o‘rganildi.

Kalit so‘zlar:

globalizatsiya, leksema, ingliz, fransuz, nemis, lotin tillari.

Abstract.

This article examines the impact of international words that have entered the

Uzbek language as a result of the globalization process over the past century on the literary
process using the example of the creative works of Abdulla Qahhor, a prominent representative
of Uzbek literature.

Keywords:

globalization, lexeme, English, French, German, Latin languages.

Аннотация.

В данной статье рассматривается влияние интернациональных слов,

вошедших в узбекский язык в результате процесса глобализации за последнее столетие,
на литературный процесс на примере творчества Абдуллы Каххора, выдающегося
представителя узбекской литературы.

Ключевые слова:

глобализация, лексема, английский, французский, немецкий,

латинский языки.

Globalizatsiya

bu butun dunyo davlatlarining iqtisodiy, madaniy va texnologik jihatdan

bir-biriga yaqinlashishi jarayoni. Ushbu jarayon, tabiiyki, milliy tillarga hamda ularning

qo'llanilish doirasi va jamiyatdagi mavqeyiga bevosita ta'sir o'tkazadi. O‘zbek tili ham bundan

mustasno emas. Bugungi kunda internet, ilm-fan, axborot texnologiyalari va xalqaro iqtisodiy

aloqalar tufayli o‘zbek tiliga yangi so‘zlar kirib kelmoqda, ayrim iste’molda mavjud bo'lgan

so'zlarning qo'llanilish doirasi qisqarishi hamda ularning o'rniga chet tilidan o'zlashgan
so'zlardan noo'rin muqobil sifatida foydalanish holatlari kuzatilmoqda. Shuning uchun milliy
tilni asrab-ava

ylash masalasi ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu fikr globalizatsiya sharoitida ona

tilimizni asrab-

avaylash, uni rivojlantirish va xalqaro maydonda tanitish muhimligini ko‘rsatadi.

Lekin shuni unutmasligimiz kerakki, ayrim so‘zlar baynalmilal, ya’ni internatsional

xarakterga ega bo‘lib, bunday so‘zlar, odatda ilm

-fan, texnika, madaniyat, siyosat kabi sohlarda

ishlatilib, ko‘p hollarda biror xalq yoki til ehtiyojlari yuzasidan emas, balki xalqaro va umumiy
nuqtayi nazardan ishlatiladi. Bunday so‘zlar ko‘pincha lotin, yunon, arab, rus, fransuz tillaridan
o‘zlashgan. Bizning tilimizga bu kabi so‘zlarning kirib kelishi sobiq tuzum davrida, asosan, ilm

-

fan, texnika bilan bog‘liq terminlar

orqali sodir bo‘lgan. O‘zbek adabiyotida ham bunday

so‘zlardan o‘z ijodida keng foydalangan buyuk ijodkorlardan biri, shubhasiz, Abdulla Qahhordir.

Yozuvchining ko‘plab asarlarida baynalmilal, ya’ni jahon hamjamiyatidagi xalqaro ilmiy

terminlardan foydalanilgan bo‘lib, bu orqali ilm

-fandan ijtimoiy hayot tashvishlari tufayli biroz

uzoqlashgan o‘zbek kitobxonlariga ularning keng qamrov doirasini o‘zbek tilida ham ishlatish

mumkinligini isbotladi.


background image

196

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Maqola davomida baynalmilal so‘zlarning Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasida

o‘zbek tiliga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tahlil qilamiz, til siyosati va kelajak istiqbollari haqida

fikr yuritamiz.

Meditsina

(lot. medicina

vrachlik fani; dori-darmon)

1

bu so‘z tilimizga XX asrda kirib

kelgunga qadar tib termini bilan bog‘liq bo‘lgan va shu leksema ma’no doirasidagi so‘zlargina
ishlatilgan. O‘tgan asrda ilmiy unvonlar xalqaro darajadagi so‘zlar bilan qo‘llanishi natijasida bu
so‘z xalqimizning leksik boyligidan ajralmas o‘rin egallagan:

Meditsina fanlari kandidati Murod

Ali sakkiz oydan beri o‘lim to‘shagida….

[1;3]

.

Kandidat

(lot. candidatus

oq kiyim kiygan; mansabtalab)

2

bu so‘z o‘zbek tiliga sobiq

tuzum tufayli tilimizda ko‘proq dissertatsiya yoqlangandan keyin olinadigan ilmiy unvon sifatida
qo‘llanilgan, xalqaro termin sifatida so‘zning ma’no doirasi ancha keng bo‘lib, har qanday ishni
bajarish uchun talabgor bo‘lgan shaxslar kandidatlar hisoblanadi, eng avval ishlatilgan shakllari

1609-

yillarga to‘g‘ri keladi va ingliz ruhoniysi va tilshunosi Robert Koudrining shu yillarda

yozilgan xatlarida uchraydi, XVII asr boshlarida siyosiy ma’no, o‘rtalarida tarixchilikda, asr
oxiriga kelib esa universitetdagi daraja ma’nosida qo‘llana boshlagan

3

. Ijodkorning “Muhabbat”

qissasida ham ilmiy unvon ma’nosi qo‘llanilgan:

Meditsina fanlari kandidati Murod Ali...

Zal

(nem. Saal -

katta xona, bo‘lma)

bu so‘zning ikki ma’nosi tilimizda faol ishlatiladi,

O‘TIL da bu ma’nolar quyidagicha beriladi:

I.

Idora, korxona, muassasalarda turli marosimlar o‘tkaziladigan katta keng xona.

II.

Xususiy va ko‘p qavatli xonadonlardagi eng katta mehmonxona.

Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasida esa so‘zning ikkinchi ma’nosi qo‘llangan, bu

so‘z bizning tilimizga rus tili vositasida kirib kelgan:

…Tovush chiqarmay kuyunib yig‘ladi

-yu,

zalga otildi

[1;3].

Injener

bu so‘zi ko‘pincha fransuz tili orqali dunyoga tarqalgan bo‘lib, kelib chiqish

jihatdan lotinchadagi

ingenium

so‘ziga bog‘liq bo‘lib, “tug‘ma xislat, ijodkorlik, aql” degan

ma’nolarni anglatadi. Bu so‘zning leksik ma’nosi tilimizda hozirda ham ba’zi o‘rinlarda faol
iste’molda bo‘lgan, muhandis so‘ziga to‘g‘ri kelib, texnikaning ma’lum bir sohasi bo‘yicha oliy
ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis

4

ekanligini anglatadi, muhandis so‘zi ham bu so‘z

iste’molga kirib kelgunga qadar xuddi shu ma’noni bildirgan. Abdulla Qahhor ham zamon
o‘zgarishi natijasida muhandislik sohasining yangi qirralari ochilib, xalq o‘rtasida keng
tarqalayotganini ifodalash maqsadida mazkur so‘zdan foydalangan:

Men unga tog‘ injeneri

bo‘lgin desam, “yo‘q, dada, bilmaysiz, men uchuvchi bo‘laman”, deydi. (“O‘jar” hikoyasi).

Doktorlik

mazkur kasb nomi, yuqoridagi meditsina terminiga ham bog‘liq bo‘lib,

yuqorida aytilganidek, “tib” so‘zi bilan bog‘liq terminlar butun boshli davolash tizimini
anglatgan, bu so‘z o‘rnida hozirda ma’no ko‘lami anchagina qisqargan

tabiblik

so‘zi qo‘llangan,

soha esa umumiy tarzda tabobat deb nomlangan, “shifokor; vrach kasbi”

5

. Abdulla Qahhor

ijodida esa bu so‘z tibbiyot oliygohida o‘qishni ta’kidlash maqsadida qo‘llangan: Norbo‘taning
qizi doktorlikka o‘qiydi, mingta oshnasi bor desang

-chi.

(Mayiz yemagan xotin” hikoyasi).

1

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023

2

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023

3

Oxford dictionary. Great Britain. Web-site

4

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI tomlik.

-Toshkent, 2023. 515-bet.

5

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI tomlik.

-Toshkent, 2023. 890-bet.


background image

197

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Artist

(lot. ars, artis -

kasb, hunar; san’at)

bu san’at asarlarini tomoshabinlar uchun

namoyish qiluvchi ijrochi

6

. Artist so‘zi o‘zi aslida dunyo miqyosida, asosan, har qanday san’at

vakiliga ishlatiladi. Masalan, ingliz tilida rassomlarga nisbatan ham bu so‘z qo‘llanilish holatlari
uchraydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri rassom ma’nosini beruvchi painter so‘ziga sinonim hisoblanadi
hamda san’atkor so‘ziga yaqin turadi. Asarda esa bu san’atkor

-

aktrisa ma’nosida qo‘llangan.

Bundan tashqari Abdulla Qahhorning boshqa hikoya va qissalari, Said Ahmad ijodida

ham bu so‘zni artistka shaklida ayollarga nisbatan ishlatilishini ham ko‘rishimiz mumkin.

Chunki ikki ijodkor o‘z ijodida ham yangi tuzumga o‘tish va rivojlanish bosqichlarini

tasvirlash maqsadida xotin-

qizlarga alohida e’tibor, ularning haq

-

huquqlarini ko‘rsatib berishga

intilganlar.

Ayniqsa, Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyasi e’tiborga molikdir:

Izzatillaning singlisi artist - xaloyiqqa qarab muqom qiladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Abdulla Qahhor so‘z zargari har bir so‘zni

soatning kichik mexanizmlari kabi o‘rinli qo‘llay oladi, uning ijodida o‘rinsiz mubolag‘a,

ortiqcha jumla kabi asar saviyasini tushuradigan holatlarni uchratmaymiz. Abdulla Qahhor

asarlarini o‘qib shunday fikrga keldimki, aynan, mazkur sevimli yozuvchimiz birinchilardan
bo‘lib, o‘zbek tilida internatsional yoki baynalmilal so‘zlarni hech qanday kamchiliksiz qo‘llash
mumkinligini isbotladi, tilimizning o‘z qatlami doirasida cheklanib qolishi emas, balki uni
yanada yangi so‘zlar bilan boyishi lozimligini anglatdi.

REFERENCES

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023.

2.

Shoabdurahmonov Sh va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980.

3.

Qahhor A. Anor. Qissa va hikoyalar. Toshkent, 2005.

4.

Oxford Dictionary. Oxford University. UK

6

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI tomlik.

-Toshkent, 2023. 142-bet.

References

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023.

Shoabdurahmonov Sh va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980.

Qahhor A. Anor. Qissa va hikoyalar. Toshkent, 2005.

Oxford Dictionary. Oxford University. UK