Authors

  • Zilola Poʻlatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.110048

Keywords:

Lingvokultrologiya konsept non uzvi parema qadriyat mentalitet.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilida “non” so‘zi bilan bog‘liq frazeologizmlar lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Frazeologik birliklarning semantik guruhlanishi, ularning xalq madaniyati va mentaliteti bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada tilshunoslik, frazeologiya, etnolingvistika va madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan yondashilgan.

background image

24

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

OʻZBEK TILIDA “NON”KONSEPTI BILAN BOG‘LIQ FRAZEOLOGIZMLAR VA

ULARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Poʻlatova Zilola Maxmud qizi

BuxDPI Oʻzbek tili va adabiyoti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15592420

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tilida “non” so‘zi bilan bog‘liq frazeologizmlar

lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Frazeologik birliklarning semantik
guruhlanishi, ularning xalq madaniyati va mentaliteti bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.
Maqolada tilshunoslik, frazeologiya, etnolingvistika va madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan
yondashilgan.

Kalit soʻz: Lingvokultrologiya, konsept, non uzvi, parema, qadriyat, mentalitet.
Абстрактный. В данной статье с лингвокультурологической точки зрения

анализируются фразеологизмы, связанные со словом «хлеб» в узбекском языке.
Рассмотрена семантическая группировка фразеологизмов, их связь с национальной
культурой и менталитетом. К исследованию подходили с точки зрения языкознания,
фразеологии, этнолингвистики и культурологии.

Ключевое слово: Языковая культура, концепт, структура хлеба, парема, значение,

фразеология, менталитет.

Abstract. This article analyzes phraseologisms related to the word "bread" in the Uzbek

language from a linguocultural point of view. The semantic grouping of phraseological units,
their connection with folk culture and mentality are considered. The study is approached from
the points of linguistics, phraseology, ethnolinguistics and cultural studies.

Keywords: Linguo-culturology, concept, breadcrumb, better, value, phraseology,

mentality.

Frazeologizmlar har bir tilning madaniy va tarixiy xotirasini aks ettiruvchi muhim til

birliklaridan biri hisoblanadi. O‘zbek tilida “non” so‘zi bilan bog‘liq frazeologizmlar xalqning
dunyoqarashi, qadriyatlari va hayot tarzi bilan chambarchas bog‘liqdir. “Non” qadimdan
muqaddas ne’mat hisoblangan va unga nisbatan hurmat xalq tili va og‘zaki ijodida o‘z aksini
topgan.

O‘zbek tilida non uzvli frazeologizmlar salmoqli o‘rin tutadi:

nonini tuya qilmoq, noni

butun, noni yarimta, bitta noni ikkita bo‘lmoq, non yemas, non bermas, nonini halollamoq, non
topmoq, non gadoyi, non yemoq, non sindirmoq, birovning nonini yarimta qilib qo‘ymoq, non-u
qoq bilan kun kechirmoq, o‘z ko‘machiga kul tortmoq, suvga tushgan nondek shilqillab qolmoq,
non yemaslik, non ursin, non ko‘r qilsin, noni ko‘paysin, birov bilan non-qatiq bo‘lmoq, nonni
moy bilan yemoq, non qorinning ketidan yurmaydi, xamir uchidan patir, birovning noni qorin
og‘ritar, non-namak bo‘lmoq, nondan benasib bo‘lmoq

kabilar.

Non uzvli frazeologizmlarni ma’no ottenkasiga ko‘ra quyidagicha guruhlash mumkin:
1.

Ijobiy ma’nodagi non uzvli frazemalar:

noni ko‘paysin, noni butun, nonni moy

bilan yemoq, bitta noni ikkita bo‘lmoq, nonini halollamoq, non topmoq, non sindirmoq.

2.

Salbiy ma’nodagi non uzvli frazemalar:

non ko‘r qilsin, non ursin, nonini tuya

qilmoq, noni yarimta, non yemas, non bermas, non gadoyi, birovning nonini yarimta qilib
qo‘ymoq, non-u qoq bilan kun kechirmoq, nondan benasib bo‘lmoq.

Non uzvli frazeologizmlarning har biri o‘ziga xos ma’no-mundarijasiga ega.

Non(i)ni tuya qilmoq

– mazkur ibora “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va boshqa


background image

25

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

lug‘atlarda qayd etilgan bo‘lib, “bo‘sh-bayovligidan foydalanib, birovga tegishli haqning ma’lum
qismini olmoq, o‘zlashtirmoq, aldab-suldab haqini o‘zlashtirmoq” ma’nolarini bildirib, salbiy
baho (uslubiy bo‘yoq) semasi bilan qoplangan, birikmaga teng, fe’l frazema.

“Bo‘shanglik

qilsam, nonimni tuya qilib berishlari aniq”,

o‘yladi Yo‘lchi.

(Ойбек, Танланган асарлар).

[1;146]

Non(i) butun

– (ot + sifat) ushbu ibora “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va “O‘zbek tilining

frazeologik lug‘at”ida qayd etilgan bo‘lib,

“tirikchilik, yashash uchun zarur narsalari but,

muhayyo, hech narsadan kamchiligi yo‘q, bekam-u ko‘st, to‘kis”

ma’nolarini bildirish bilan

birga ijobiy baho (uslubiy bo‘yoq) ham ifodalangan, birikmaga teng, sifat frazema.

Sartarosh u

dunyo, bu dunyo xor bo‘lmaydi. Hamma vaqt noni butun (dedi kampir Shodiga)

(Э.Раимов,

Ажаб қишлоқ).

Noni yarimta

mazkur ibora “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilgan bo‘lib,

“biror

sherik yoki raqobatchi tufayli topish-tutishi kamaygan, yetishmay qolgan”

[1;57]

degan ma’noni

anglatadi, birikmaga teng, sifat frazema. Varianti:

Non(i) yarimta bo‘ldi

biror sherik yoki

raqobatchi tufayli topish-tutishi kamaygan, yetishmay qolgan.

Bitta noni ikkita bo‘ldi

– mazkur ibora lug‘atlarda qayd etilmagan,

“tinmay mehnat

qilishi natijasida tirikchiligi yaxshilanmoq, ro‘zg‘ori but bo‘lmoq”

ma’nolari ijobiy baho

(uslubiy bo‘yoq) semasi bilan qoplangan, gapga teng, fe’l frazema.

Nima, Qobilov kelib, nonimiz

yarimta bo‘lib qoldimi, aksincha, qo‘lni- qo‘lga berib ishlasangiz, bitta noningiz ikkita bo‘ladi.

(С.Маҳкамов, Шогирд).

Non yemas –

xalqimizda

“pishiq, ziqna, ortiqcha sarf-harajatga toqati yo‘q inson”g

a

nisbatan mana shunday ibora qo‘llanadi. Frazemaning ifoda plani birikmaga teng, pishiq, ziqna
ma’nolari bilan birga salbiy baho (uslubiy bo‘yoq) ham ifodalangan, sifat frazema.

Avvalgi

rahbarlar bilan oramiz yaxshi edi. Bunisi yangi odam, o‘lgudek non yemas ko‘rinadi. O‘sha
kuniyam So‘poq damlab qo‘ygan oshga turmay ketdi-qoldi.

(Ў. Ҳошимов, Икки эшик ораси,

236-б.)

Non bermas -

ziqna, haddan ortiq pishiq insonga nisbatan aytiladi. Birikmaga teng,

salbiy baho semasi bilan ifodalangan, sifat frazema.

Non topmoq

(ot+fe’l) mazkur ibora lug‘atlarda qayd etilmagan, badiiy asarlarda uchraydi,

“mehnat qilib, ishlab, tirikchilik uchun pul topish”

semasiga ega, birikma shaklida, fe’l frazema,

frazemaning salbiy yoki ijobiy baho sema ifodalashi kontekst mazmunidan kelib chiqadi.
Varianti:

nonini topib yemoq. Eh- ha, bu bolalar qachon ulg‘ayadi-yu qachon o‘zining nonini

topib yeydigan bo‘ladi!

(Ғ. Ғулом, Менинг ўғригина болам).

Men bu yerga so‘filik qilib,

maktab tutib non topgani kelgan emasman, padari buzrukvorim o‘zlariga to‘q kishi. Men
qishloqqa ilm-ma’rifat urug‘ini sochgani kelganman.

(А. Қаҳҳор, Ўтмишдан эртаклар, 153-б.)

Non gadoyi

frazemasi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilgan. Varianti:

Non

gadoyi bo‘lib qolmoq.

“Nonga zor”, “kambag‘al-qashshoq” degan ma’nolari bilan birga salbiy

baho semasi bilan qoplangan, birikmaga teng, sifat frazema.

U yo o‘zini o‘ldirardi, yo xizmatkor

yigit bilan bir yurtga qochib, kambag‘allikda, non gadoyi bo‘lib yashardi.

(Ойбек, Танланган

асарлар).

Oqpodshohning urushi boylarga huzur-halovat keltirdi, lekin fuqaroni non gadoyi

qildi.

(Ойбек, Қутлуғ қон, 176-б.)

Non yemoq

frazemasi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va frazeologik lug‘atlarda qayd

etilgan. Ma’nosi:

“kim biror narsadan foydalanib tirikchilik o‘tkazmoq, kun kechirmoq”

.

Varianti:

nonini yemoq

.

“Oshnangiz ig‘vo bilan non yeb yurgan mansabparast bir odam”, - dedi

Shukurjon.

(О.Ёқубов. Ота изидан)


background image

26

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Non sindirish (ushatish)

mazkur frazema ‘O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilgan.

Nikoh to‘yi marosimlarining bir qismi: qiz tomon, ya’ni uning ota- onalari sovchi yuborgan
tomonga o‘z roziligini bergach, sovchilar keltirgan dasturxon ochilib, shu rozilik belgisi sifatida
non sindirilishi va to‘y bilan bog‘liq masalalarning belgilanishi, hal qilinishi.

Ha-a, mening

qizimni aytayapsizmi? Keldi, keldi, hali-hozircha eskichasiga non sindirib qo‘ydik. – Non
sindirdilaringizmi?

(Т. Мурод, Отамдан қолган далалар, 129-б.)

Birovning nonini yarimta qilib qo‘ymoq

frazemasi “Ruscha-o‘zbekcha frazeologik

lug‘at”da qayd etilgan.

“ishini, daromadini tortib olmoq”

ma’nosiga teng. Fe’l frazema,

kengaygan birikma.

Dadam ketmonni tez va yaxshi peshlashi ustiga xat bilishi, nazarimda,

bozorboshidagi usta Turdialining nonini yarimta qilib qo‘ydi.

(А.Қаҳҳор, Ўтмишдан эртаклар,

107-б.)

Non-u qoq bilan kun kechirmoq

frazemasi “Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘at”da qayd

etilgan bo‘lib, so‘zlashuv uslubida qo‘llanadi. Ushbu frazemaning mazmun planida

“ro‘zg‘orini

zo‘rg‘a tebratmoq”, “qiyinchilikda, qattiqchilikda yashamoq”

ma’nolari ifodalangan, fe’l

frazema.

Bizning xorimizda faqat Motining ahvoli durustroq xolos, chunki u boy xo‘jayinning

qo‘lida turadi, qolgan hammamiz non-u qoq bilangina yashaymiz.

Ўзбек тилининг изоҳли

луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 3-ж. – Б. 57.

Suvga tushgan nondek shilqillab qolmoq

frazemasi lug‘atlarda qayd etilmagan, uning

mazmunida

“bo‘shashmoq”

ma’nosi ifodalangan, birikmaga teng, fe’l frazema.

Bir necha

kunlardan beri Safar bo‘zchi xursand edi. Mulla Abdurahmonning xizmatidan chiqishga o‘zim
sababchi bo‘ldim, deb o‘ylar; o‘z so‘zi bilan mulla Abdurahmon kabi bir kishining suvga
tushgan nondek shilqillab qolishiga “Ko‘rpangga qarab oyoq uzat, mullavachcha!” deb o‘zicha
kulib qo‘yar edi.

(А. Қодирий, Меҳробдан чаён, 154-б.)

Non ursin

iborasi “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati”da qayd etilgan bo‘lib, nonni

o‘rtaga solib qasam ichishni bildiradi. O‘zbek xalqi orasida qasam ichish yoki qarg‘ash hollarida
nonni o‘rtaga qo‘yishadi, chunki u muqaddas, undan yuqori ne’mat yo‘q ekanligini hamma
birday tushunadi. Non lafzi halollik, to‘g‘rilik, iymonu vijdon ramzi hamdir. Non qo‘yilgan
joyda yolg‘on so‘zlamaslik, nonni ushlab ichilgan qasamga xiyonat qilmaslik buning isbotidir.

Nima qilay, -dedim jiqqa yosh to‘la ko‘zlarimni ko‘ziga qadab. – Ont ichaymi! Non ursin!
Kutmasam, non ko‘r qilsin, Kimsan aka!

(Ў. Ҳошимов, Икки эшик ораси, 90-б.)

Noniga sherik bo‘lmoq

iborasi lug‘atlarda qayd etilmagan. Badiiy matnlarda uchraydi.

Usta Mo‘minning o‘zi besh jon, biz to‘rt jon. Bularning noniga sherik bo‘lishimiz na ammamga,
na uning eriga hech qanchalik malol kelmasa ham, “mehmonning izzati uch kun”.

(А. Қаҳҳор,

Ўтмишдан эртаклар, 164-б.)

Gadoydan non tilaydigan

frazemasi lug‘atlarda uchramaydi, badiiy matnda kuzatishimiz

mumkin. Gadoydan non tilaydigan frazemasining semantik tarkibida

“qashshoq, haddan

tashqari kambag‘al”

ma’nolari salbiy baho (uslubiy bo‘yoq) semasi bilan qoplangan, birikmaga

teng, sifat frazema.

Qiziq ekansan, oyog‘idagini yechib beradimi, bu yerdagilar hammasi –

gadoydan non tilaydigan qashshoqlar; – juftingni qanoting ostiga olib ucha ket, lochin!

(Ойбек

Қутлуғ қон, 228-б.)

Birov bilan non-qatiq bo‘lmoq – m

azkur ibora “Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘at”da

qayd etilgan bo‘lib,

“kim bilandir yaqin tanish bo‘lib ketmoq, do‘st bo‘lmoq”

ma’nolarini

ifodalaydi.

Nonni betashvish yemoq

frazemasi lug‘atlarda uchramaydi, badiiy matnda kuzatishimiz

mumkin,

“hotirjamlikda yashamoq, tinchlikda hayot kechirmoq”

mazmuniga ega, fe’l frazema.


background image

27

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Manzura shubhasiz, qaynona-qaynotasining umri o‘tgan, erining kindik qoni to‘kilgan shu eski
hovlini, bir tishlam nonni betashvish yemoq baxtini tanlagan bo‘lardi.

(Т.Малик, Шайтанат, 4-

жилд, 284-б.)

Non-namak bo‘lmoq – suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda,

mehmonda birga bo‘lmoq

.

Non-u qoqqa bog‘lamoq

– mazkur frazema “Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘at”da

keltirilgan bo‘lib “o‘zini yeyishdan, ichishdan siqmoq” degan mazmunga teng.

Pulga non topilmaydigan

iborasi lug‘atlarda qayd etilmagan, badiiy matnda uchraydi.

“Qiyin zamon, og‘ir sharoit”

degan ma’noni bildiradi.

Narx-navo ko‘tarilib ketdi. Qimmatchilik

hademay pulga non topilmaydigan qahatchilikka aylandi.

(А.Қаҳҳор, Ўтмишдан эртаклар,132-

б.)

Non(i)ni halollamoq

iborasi lug‘atlarda ko‘rsatilmagan.

“Topgan pulini, yoki birovdan

ko‘rgan yordami evaziga mehnati bilan javob qaytarish”

kabi ma’nolarni bildiradi. Birikmaga

teng, fe’lli birikma.

Non yemaslik –

ushbu frazema lug‘atlarda keltirilmagan. Badiiy mantda kuzatiladi.

Anvar ikki muftining g‘iybatlarini yaxshi bilsa ham, Abdurahmonning bu g‘iybatida ishtiroki
borligini sezmas edi. Faqat yaqindan beri Sultonali mirzo Abdurahmonning bunda ishtiroki
borligiga voqif bo‘ldi. Hatto shu to‘g‘rida Anvarga ba’zi so‘zlarni ham aytdi. “Mulla
Abdurahmondan non yemaymiz, sizga qarshi qattiq quturgan ikki itimiz bor edi, endi
uchinchisini o‘zingiz keltirganga o‘xshaysiz…”.

(А.Қодирий, Меҳробдан чаён, 146-б.)

Non-tuzini yemoq

– biror joyda mehmon bo‘lib, non, tuz yeb o‘sha joy bilan o‘zaro

aloqada bo‘lgan kishilarni ifodalaydi. Oybekning Navoiy romanida “Men bu yurtning non-tuzini
yeganman, Alisherbek. Bu xalqni dardida dardim, quvonchida quvonchim bor…” Bu misolda
“non tuzini yemoq” iborasi xalq bilan birga yashash, unga sadoqatli bo‘lish, xizmat qilish
ma’nosida qo‘llangan.

Non topmoq

– bu frazeologizm o‘z tirikchiligini o‘tkazish uchun ish topish yoki o‘z

daromadini rivojlantirish, hayotda o‘z o‘rnini topish semasida qo‘llanadi.

Noniga sherik bo‘lmoq

– kambag‘al yoki mehnatkash insonning tirikchiligi yoki rizqiga

ortiqcha aralashish shuningdek hamdardlik saxiylik va insoniylik ma’nolarida ishlatiladi.
“O‘tgan kunlar” romanida “Otabek kambag‘allar holidan xabardor edi, u doimo yordam berishga
tayyor turar edi. Ayniqsa qishloqqa chiqqanida, faqir bir kampirga non tutqazib: “Nonimga
sherik bo‘l, ona” derdi. Bu yerda: “Nonimga sherik bo‘l” deyish orqali Otabekning saxiyligi,
mehribonligi va insonparvarligi ifodalangan. Bu ibora obrazni ijobiy ma’noda ochishga xizmat
qilgan.

Noni qattiq

– o‘z rizqi uchun ko‘p mehnat qiladigan, qiyinchilik bilan tirikchilik

qiladigan odamni ifodalaydi. Asqad Muxtorning “Dunyo bolalari” to‘plamidagi hikoyalarida
bolalarning og‘ir hayoti, qashshoqlik va mashaqqatli mehnatlari tasvirlangan.

Nonini qo‘ldan bermoq

– o‘z ishini yo‘qotmoq, rizqidan ayrilmoq ma’nosida ishlatiladi.

Nonga zor bo‘lmoq

– qattiq qashshoqlikka tushmoq, rizqidan ayrilmoq ma’nosida

ishlatiladi.

Nonni ko‘zga surtmoq – minnatdorchilik bildirish, qadrlash ma’nosida ishlatiladi
Nonni oyoq osti qilmoq – qadrsizlantirmoq, hurmatsizlik qilmoq ma’nosida ishlatiladi.
Bu frazeologizmlar o‘zbek tilining boyligini va nonning o‘zbek xalqining hayotida

qanchalik muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Non so‘zi nafaqat o‘zbek tilida balki ko‘plab
xalqlarda ham juda chuqur kulturologik ma’noga ega. U nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, balki


background image

28

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

hayotiy qiymat va mehnatning ramzi sifatida qabul qilinadi. Nonning lingvokulturologik tahlili
uning madaniy diniy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
Frazeologizmlarning semantik va lingvokulturologik tahlili, xalqning o‘ziga xos dunyoqarashi va
mentalitetini tushunishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu iboralar xalqning madaniy va
axloqiy qadriyatlarini aks ettirib, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.

REFERENCES

1.

Кошғарий М. Девону луғотит – турк (Туркий сўзлар девони). Нашрга тайёрловчи
Қ. Содиқов. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017.
–482 б.

2.

Raxmonov S., “O‘zbek marosimlarining ildizlari”, T.: Akademnashr, 2015, 112-bet

3.

O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2016. – 511 b.

4.

Ўзбек халқ мақоллари: (Тўплам). / (Редкол.: К.Имомов ва бошқ.;

5.

Тўпловчилар: Т.Мирзаев, Б.Саримсоқов, А.Мусоқулов). – Тошкент: Адабиёт ва
санъат нашр., 1989

6.

Sharipova,

M.

(2023).

O

‘ZBEK

FOLKLORSHUNOSLIGIDA

ALPOMISHSHUNOSLIK TA’LIMOTI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

44

(44).

7.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING
IJODIY

QOBILIYATLARI

VA

UNI

SAMARALI

RIVOJLANTIRISH

OMILLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

8.

Sharipova,

M.

(2023).

MAKTABGACHA

TA’LIM

TASHKILOTIDA

SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

9.

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

10.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI
ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI.

Journal of Research and

Innovation

,

1

(10), 45-52.

11.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI
MAROSIMINING BADIIY TALQINI.

Научный Фокус

,

1

(2), 1091-1095.

12.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH
BOSQICHLARI, METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI.

Научный Фокус

,

1

(2),

1096-1100.

13.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY
TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

35

(35).

14.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI
NUTQNING

IJTIMOIY-PEDAGOGIK

FUNKSIYALARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

32

(32).

15.

Sharipova, M., Ro’ziboyeva, Z., & Yovqocheva, H. (2024). FEATURES OF
ACHIEVEMENT OF A CAREER IN PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM.

Modern

Science and Research

,

3

(5), 1370-1376.


References

Кошғарий М. Девону луғотит – турк (Туркий сўзлар девони). Нашрга тайёрловчи Қ. Содиқов. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017. –482 б.

Raxmonov S., “O‘zbek marosimlarining ildizlari”, T.: Akademnashr, 2015, 112-bet

O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2016. – 511 b.

Ўзбек халқ мақоллари: (Тўплам). / (Редкол.: К.Имомов ва бошқ.;

Тўпловчилар: Т.Мирзаев, Б.Саримсоқов, А.Мусоқулов). – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашр., 1989

Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK TA’LIMOTI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI. Journal of Research and Innovation, 1(10), 45-52.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI MAROSIMINING BADIIY TALQINI. Научный Фокус, 1(2), 1091-1095.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH BOSQICHLARI, METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI. Научный Фокус, 1(2), 1096-1100.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI NUTQNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).

Sharipova, M., Ro’ziboyeva, Z., & Yovqocheva, H. (2024). FEATURES OF ACHIEVEMENT OF A CAREER IN PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM. Modern Science and Research, 3(5), 1370-1376.