Authors

  • Zilola Poʻlatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75069

Keywords:

Lingvokultrologiya konsept non uzvi parema qadriyat.

Abstract

Xalqimiz juda koʻp yuksak insoniy xislatlarni non uzvli maqollar vositasida ulugʻ ne’matlarga ishora qilish, qiyoslash asnosida uqtiradi. Maqolada oʻzbek tilida non uzvli maqollarning koʻpligi boshqa xalqlar qatori oʻzbeklarda ham qadim-qadimdan nonni eng aziz, eng muqaddas, eng ulugʻ, eng bebaho ne’mat sifatida qadrlanishi aytib oʻtiladi. Non uzvli maqollarning lingvomadaniy xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

background image

1601

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

OʻZBEK XALQI LINGVOKULTUROLOGIYASIDA NON KONSEPTI

Poʻlatova Zilola

BuxDPI O‘zbek tili va adabiyoti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15106259

Annotatsiya. Xalqimiz juda koʻp yuksak insoniy xislatlarni non uzvli maqollar vositasida

ulugʻ ne’matlarga ishora qilish, qiyoslash asnosida uqtiradi. Maqolada oʻzbek tilida non uzvli

maqollarning koʻpligi boshqa xalqlar qatori oʻzbeklarda ham qadim-qadimdan nonni eng aziz,

eng muqaddas, eng ulugʻ, eng bebaho ne’mat sifatida qadrlanishi aytib oʻtiladi. Non uzvli

maqollarning lingvomadaniy xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Kalit soʻz: Lingvokultrologiya, konsept, non uzvi, parema, qadriyat.

В ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА КОНЦЕПТ XЛЕБА

Аннотация. Наш народ проявляет многие высокие человеческие качества,

упоминая и сравнивая великие блага с помощью пословиц. В статье упоминается, что в

узбекском языке существует множество пословиц о хлебе, и что узбеки, как и другие

народы, издревле ценят хлеб как самое дорогое, самое священное, самое большое, самое

бесценное благо. Особое внимание уделено лингвокультурным особенностям несвязных

пословиц.

Ключевое слово: Языковая культура, концепт, структура хлеба, парема,

ценность.

THE CONCEPT OF BREAD IN THE LINGUISTIC AND CULTURAL STUDIES OF

THE UZBEK PEOPLE

Abstract. Our people show many high human qualities by referring to and comparing

great blessings with the help of proverbs. The article mentions that there are many proverbs

about bread in the Uzbek language, and that the Uzbeks, as well as other peoples, have valued

bread as the most precious, the most sacred, the greatest, the most priceless blessing since

ancient times. Special attention is paid to the linguistic and cultural features of non-joined

proverbs.

Keyword: Linguistic culture, concept, bread structure, parema, value.

Kishilar, xalqlar, mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy

aloqalar, xalqaro- madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning oʻzaro

munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy oʻziga xos koʻrinishi kabi qator masalalarni

kun tartibiga qoʻymoqda. Bu esa tilshunoslik va madaniyatshunoslik oʻrtasidagi alohida, oʻz

yoʻnalishi va predmetiga ega boʻlgan yangi soha – lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga

sabab boʻlmoqda.


background image

1602

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Oʻzbek milliy qadriyatlarida non, mehmondoʻstlik va samimiylik ramzi sifatida, oilaviy

va ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. Non, Oʻzbek tarixida oziq-ovqat manbai boʻlish bilan

birga, turli marosimlar va bayramlarda muhim rol oʻynaydi, an’anaviy qadriyatlarni saqlaydi.

Oʻzbek madaniyatida non, maqollar va xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalgan ramz sifatida,

hayotdagi muhim tushunchalarni ifodalaydi va qadriyatlarni namoyon etadi.

Oʻzbek xalqi asrlar davomida sayqal topib, rivojlanib, takomillashib, qadrlanib,

e’zozlanib kelayotgan bebaho, betakror, bardavom qadriyatlarga ega. Bular sirasiga non bilan

bogʻliq qadriyatlar ham alohida oʻrin tutadi. Tilimizda xalq hayoti bilan bogʻliq, ya’ni butun bir

xalqning madaniyati, milliyligi, orzu umidlari yoki tirikchilik manbai ekanligini belgilab

beruvchi bir nechta konseptlar mavjud. Ular suv konsepti, taom konsepti, osh konsepti, non

konsepti, tuz konsepti.

Konsept doimo shaxs bilan bogʻliq. Konsept oʻz ichiga soʻzning leksik ma’nosiga xos

ravishda intellektual, hissiy, estetik axborotni olishi, terminga xos ensiklopedik axborotni

qamrab olishi mumkin. Ammo konsept na leksik ma’no va na tushuncha emas. Uning farqini

quyidagi talqinda koʻrish mumkin. Konsept – bu alohida bir xalq, ijtimoiy sinf, alohida maktab

yoki aynan bir individning borliqdagi predmet yoki hodisaga boʻlgan qarashlari asosida yuzaga

kelgan mental hodisadir.

2

Nonga boʻlgan hurmat, ehtirom hissi va uni e’zozlash bilan bogʻliq oʻzbekona milliy

qadriyat hamda an’analarning ildizlari qadimiy davrlardan beri avloddan-avlodga, asrlardan-

asrlarga oʻtib kelmoqda. Bunday buyuk xislatlar qadimiy ma’naviy-ma’rifiy, madaniy merosimiz

xalq ogʻzaki ijodi namunalari, xususan, afsona va rivoyatlar, matal va maqollar, diniy manbalar,

yozma adabiyot namunalari asosida shakllangan. “Non toʻliq boʻlsa, hayot toʻliq” kabi an'anaviy

ifodalar, nonning hayotiy ahamiyatini ta'kidlaydi va oʻzbek xalqining qadriyatlarini aks ettiradi.

Oʻzbek tilida non konsepti eng qadimiy, eng ulugʻ, eng noyob, eng tanqis, eng muqaddas

ne’mat va u bilan bogʻliq tushunchalar, qadriyatlar majmuini ifodalashi bilan alohidalik kasb

etadi. Non konsepti zamirida oʻzbek xalqiga xos mehmondoʻstlik, mehnatkashlik, tantilik, oʻziga

xoslik, soddalik kabi odamiylik xislatlari, oʻzbekona urf-odatlar, an’analar bilan bogʻliq

qadriyatlar sirasi jamlanganki, bu oʻz navbatida, bir qator lingvomadaniy xususiyatlarga ham

ega.

Yer, bugʻdoy va nonga boʻlgan yuksak hurmat hamda ehtirom Sharq xalqlarida hamon

saqlanib qolgan. Nutqimizda faol qoʻllanuvchi ona-Zamin, ona- Vatan tushunchalari hamda

yerda yotgan bir burda nonni avaylab pokiza joyga olib qoʻyish, koʻzga surtish kabi an’analar

buning yorqin dalilidir.

Non rizq-u roʻzimiz, bizni balo-qazolardan asraydigan, har qanday kunimizga yaraydigan

eng arzon va eng buyuk ne’mat. Nonning madaniyatlararo munosabati shuni koʻrsatadiki, u


background image

1603

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, balki xalqlarni bogʻlovchi va ularning madaniy xususiyatlarini aks

ettiruvchi ramziy unsurdir. Non har bir madaniyatda oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlsa-da, uning

umumiy jihati – baraka, rizq va birlik ramzi sifatida qadrlanishidir. Shunday ekan, nonni

muqaddas bilish, uni asrash azal-azaldan ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelayotgan odatdir.

Odatgina emas, qadimiy, merosiy, an’anaviy va bardavom qadriyatdir.

Maqol, matal va aforizmlar tilshunoslikda paremalar deb yuritiladi.

Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, alohida ritmik-melodik xususiyatlarga ega,

xalq donishmandligi mahsuli boʻlgan barqaror birikmalar maqol sanaladi.

Xalq maqollari ajdodlarimizning badiiy tafakkuri samarasi boʻlib, muayyan voqelikdan

chiqargan hukm-xulosalarini ifoda etishda turli badiiy obrazlardan, usul va vositalardan

foydalanganlar. Maqollar poetikasi masalasi muhim va murakkab boʻlib, bu janrning ixcham

shaklga ega boʻlishi, biroq ijtimoiy-falsafiy mazmuni chuqur ekani bilan belgilanadi. Bu

murakkablik ixcham shaklda chuqur mazmunni ifodalash bilan bogʻliqdir.

Non

uzvli maqollarni tavsiflash va tasniflash xalq dunyoqarashi va qadriyatlarini, milliy

tilning milliy-mental xususiyatlarini oʻrganishda muhimdir. Xalq paremalarida non

leksemasining leksik-semantik munosabati asosan ramziy, amaliy va axloqiy-falsafiy

tushunchalar bilan bogʻliq. Non oʻzbek tilidagi paremalarda nafaqat tirikchilikning asosiy

manbasi sifatida, balki halollik, baraka, birlik, doʻstlik va sadoqat kabi ma’naviy qadriyatlarni

ifodalovchi vosita sifatida namoyon boʻladi. Ushbu paremalarda nonning leksik-semantik

munosabatlarini quyidagi jihatlar asosida tahlil qilish mumkin:

1.

Non – tirikchilikning asosi.

Non insonning asosiy oziq-ovqat manbalaridan biri boʻlib, hayot uchun zarur energiya va

oziq moddalarni ta’minlaydi. Paremalarda non inson mehnatining natijasi sifatida tasvirlanadi, u

insonning mashaqqatlari va tirikchilik jarayonini ifodalaydi. Bunday maqollar sirasiga

quyidagilarni kiritish mumkin: Non topish oson emas; Non bilan birga baraka kiradi; Rizq-roʻzni

non bilan bil.

2.

Non – mehmondoʻstlik timsoli. Oʻzbek xalqining mehmondoʻstligi va

saxovatining ramzi non sanaladi. Mehmon kutish, hurmat va insoniy qadriyatlarni ifodalashda

non muhim rol oʻynaydi. Non tuz haqqi paremalarda insonlar oʻrtasidagi ishonch, doʻstlik va

hurmatni ifodalaydi. Nonni birga iste’mol qilish insonlar oʻrtasida mustahkam aloqalarni

anglatadi. Quyidagi maqollarda non mehmondoʻstlik timsoli sanaladi: Non, tuz haqqi

unutilmaydi; Non sindirgan bilan yomon boʻlma; Nonning haqqi – insonning oʻz vijdoni.

3.

Non – oila va jamiyatni birlashtiruvchi omil. Non nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, balki

insonlarni birlashtiruvchi muhim qadriyat hamdir. Oʻzbek xalqida non hurmat qilinib, u oila

barqarorligi va jamiyat birdamligini mustahkamlovchi ramz hisoblanadi. Har bir oila dasturxon


background image

1604

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

atrofida jam boʻlib, birga nonushta yoki kechki ovqatni iste’mol qilish orqali oʻzaro mehr-

oqibatni mustahkamlaydi. Bunday maqollarni juda koʻplab keltirish mumkin: Halol non halol

mehnatning mevasi; Noning halol boʻlsa, hayoting toʻgʻri boʻladi; Harom non yegan oxir-oqibat

qashshoqlanadi; Non boʻlgan joyda urush boʻlmaydi; Non xalqning boyligi.

“Avval – non, keyin – in’om”, “Boyning jon bergani bilinmas, kambagʻalning – non

bergani”, “Butun non – azobi jon, yarim non – huzuri jon”, “Yaxshi joningga oʻrtoq, yomon –

noningga”, “Yaxshi qiz erta turib soch tarar, yomon qiz erta turib non soʻrar”, “Kambagʻal non

deydi, boy – qon”, “Mehnatli non – shakar, mehnatsiz non – zahar”, “Och oʻlganning qoʻynidan

toʻq toʻqoch qidirar”, “Gʻayratliga – buyuk oʻlja, gʻayratsizga kuyuk kulcha”, “Boyning koʻzi

xonda – gʻaribning koʻzi – nonda”. Non uzvli paremalar oʻzbek xalqini milliy taomlari,

yeguliklari va ularni tayyorlashda faol qoʻllanadigan unsur hamda ular bilan bogʻliq milliy,

madaniy, etnik, ijtimoiy, axloqiy qarashlarini ifodalovchi lingvokulturologik birlikdir. Oʻzbek

tilidagi non konseptini ifodalovchi paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi oʻzbek

tilining lisoniy va madaniy oʻziga xosligini tadrijiy takomilini va yashovchanligini oʻrganishda

muhim ahamiyatga molikdir.

Barcha xalq maqollari kabi bu non uzvli maqollarda ham mazmuniy quymalik,

kenglik, purma’nolilik hamda badiiyat mujassam. Non leksemasi xalq paremalarida insonning

asosiy qadriyatlari – halollik, hurmat, baraka va mehnatga boʻlgan ehtiromni ifodalaydi. Bu esa

oʻzbek xalqi madaniyatining namoyondasi sanaladi. Paremalar orqali xalq rizqining muhimligi,

uni qadrlash va hurmat qilish lozimligini avloddan-avlodga oʻrgatib keladi. Nonning xalq

ijodidagi ramziy oʻrni xalqning dunyoqarashi va turmush falsafasining ajralmas qismi

hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Oʻzbek xalq maqollari. – Toshkent: Gafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,

2009. – 127b.

2.

Бердиёров Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати. – Тошкент:

Ўқитувчи, 1984.

3.

Жўраева Б. Мақолларнинг лисоний мавқеи ва маъновий-услубий қўлланилиши:

Филол.фанлари номзоди дисс. – Тошкент, 2002. – 136 б.

4.

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI

DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA

TUTGAN O‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

(Ilmiy

maqolalar

to’plami):

ABDUNAZAR

POYONOVNING

KUYLAGAN


background image

1605

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.

Buxoro davlat

pedagogika instituti jurnali

,

4

(4).

5.

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI

ORQALI

TALABALAR

MA'NAVIYATINI

YUKSALTIRISHNING

ILMIY-

NAZARIY ASOSLARI.

6.

Sharipova,

M.,

&

Jabborova,

D.

(2024).

COMMONALITIES

IN

THE

RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.

Modern Science

and Research

,

3

(9), 170-177.

7.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF

IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY

CULTURE.

Modern Science and Research

,

3

(9), 148-155.

8.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT

IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES.

Modern Science and Research

,

3

(9), 156-162.

9.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL

AGE. In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC

SOLUTIONS.

(Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

10.

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical

analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In

E3S

Web of Conferences

(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

11.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

12.

Sharipova,

M.

(2024).

EPOS

HAMDA

MAROSIM

MUNOSABATINING

QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

46

(46).

13.

Sharipova,

M.

(2024).

EPOS

HAMDA

MAROSIM

MUNOSABATINING

QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

46

(46).

14.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING

ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

44

(44).

15.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA

MAROSIMLARNING O‘RNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

30

(30).


background image

1606

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

16.

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).

17.

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING

IN THE CLASSROOM.

УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА

, (11), 69.

18.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR.

19.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR

O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

20.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".

MIDDLE

EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN

.

References

Oʻzbek xalq maqollari. – Toshkent: Gafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. – 127b.

Бердиёров Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1984.

Жўраева Б. Мақолларнинг лисоний мавқеи ва маъновий-услубий қўлланилиши: Филол.фанлари номзоди дисс. – Тошкент, 2002. – 136 б.

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA TUTGAN O‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA (Ilmiy maqolalar to’plami): ABDUNAZAR POYONOVNING KUYLAGAN “ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE. Modern Science and Research, 3(9), 170-177.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY CULTURE. Modern Science and Research, 3(9), 148-155.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES. Modern Science and Research, 3(9), 156-162.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA MAROSIMLARNING O‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),1(1).

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN THE CLASSROOM. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА, (11), 69.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish". MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN.