38
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
GLOBAL IJTIMOIY MEDIADA DOPINGGA QARSHI KURASHISH MAVZUSINI
YORITILISHI
Omonov Humoyun Rustamovich
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15592912
Annotatsiya. Аyni pаytdа, glоbаl mеdiа muhit vа ijtimоiy tаrmоqlаr оrqаli dоping bilаn
bоg‘liq mа’lumоtlаr judа tеz tаrqаlmоqdа. Bu ахbоrоtlаr nаfаqаt jаmоаtchilikning fikrini
shаkllаntirаdi, bаlki dоpinggа nisbаtаn munоsаbаtni hаm о‘zgаrtirishi mumkin.
Ushbu maqolada — dоpinggа qаrshi kurаshishdа оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri vа ijtimоiy
mеdiаning rоli qаndаy nаmоyоn bо‘lаyоtgаnini о‘rgаnish, shuningdеk, хоrijiy tаjribаlаr bilаn
qiyоsiy tаhlil аsоsidа dоpinggа qаrshi kurаshdа mеdiа vоsitаlаrining sаmаrаli fоydаlаnilishi
yо‘llаrini bеlgilаsh mаqsаd qilingаn.
Аннотация. В настоящее время информация, связанная с допингом,
стремительно распространяется через глобальные медиа и социальные сети. Эти
сведения не только формируют общественное мнение, но и способны изменить
отношение к самому явлению допинга.
В данной статье рассматривается роль средств массовой информации и
социальных медиа в борьбе с допингом, а также проводится сравнительный анализ с
зарубежным опытом с целью определения эффективных подходов к использованию медиа
в антинаркотической деятельности.
Abstract. At present, information related to doping is rapidly spreading through global
media and social networks. This information not only shapes public opinion but can also
influence attitudes toward doping.
This article explores the role of mass media and social media in the fight against doping,
and, through comparative analysis with international practices, aims to identify effective ways to
utilize media tools in anti-doping efforts.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy media, doping, sport, axborot, kurash, targ‘ibot.
Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan
Murojaatnomasida – “Sog‘lom avlod — mustahkam kelajak kafolati. Sport va jismoniy tarbiya
yoshlarimizni nafaqat jismonan, balki ma’naviy barkamol etib tarbiyalaydi. Doping kabi
illatlarga qarshi murosasiz kurashishimiz shart”, - deb alohida ta’kidlab o‘tgandi
1
.
So‘nggi yillarda xalqaro sport maydonlarida doping vositalarining qo‘llanilishi global
muammo sifatida tan olinmoqda. Sportda adolat, sog‘lom raqobat va halollik tamoyillariga rahna
soluvchi bu illat nafaqat sportchilarning sog‘lig‘iga, balki jamiyatda sportga bo‘lgan ishonchga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, bu illatga qarshi kurashishda axborot
texnologiyalari, xususan, global ijtimoiy media vositalarining ta’siri kuchaymoqda.
Ilmiy vа tibbiy nuqtаi nаzаrdаn qаrаlgаndа, dоping vоsitаlаri insоn оrgаnizmigа kuchli
tа’sir kо‘rsаtib, sоg‘liq uchun kаttа хаvf tug‘dirаdi. Gоrmоnаl buzilishlаr, ichki а’zоlаr
fаоliyаtining izdаn chiqishi, ruhiy muvоzаnаtning yо‘qоlishi kаbi jiddiy аsоrаtlаr bu vоsitаlаrdаn
uzоq muddаt dаvоmidа fоydаlаnishning оqibаtlаridir. Bu еsа nаfаqаt spоrtchilаrning spоrt
fаоliyаtigа, bаlki umumiy hаyоt sifаtigа hаm sаlbiy tа’sir kо‘rsаtаdi.
Bugungi kunda ijtimoiy media vositalari – Facebook, Instagram, Telegram, X (Twitter)
1
SH.Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi.
39
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
kabi tarmoqlar – axborot tarqatish, ijtimoiy ongni shakllantirish va ommaviy muhokamalar
uchun kuchli platformaga aylangan
2
. O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda faol siyosat yuritib,
keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda
3
. Ushbu maqolada aynan global
ijtimoiy media orqali olib borilayotgan antidoping targ‘ibot ishlari tahlil qilinadi va ular
O‘zbekiston tajribasi misolida baholanadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarda dopingga qarshi kurashish mavzusi
tobora dolzarblik kasb etmoqda. OAVga nisbatan ijtimoiy media tezkorlik, interaktivlik va
shaxsiy yondashuv bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda telegram va facebook orqali doimiy
ravishda e’lon qilinayotgan ogohlantiruvlar, videoroliklar va tushuntiruvchi materiallar orqali
jamoatchilik xabardorligi oshmoqda.
Adabiyotlar tahlili.
Avstraliyalik sotsiolog David Rowe – “Sport, Culture and the Media: The Unruly
Trinity” nomli kitobida sportdagi axloqiy masalalar, xususan doping holatlarini yoritishda
OAVning mas’uliyati va roli haqida so‘z yuritadi. Muallif media manipulyatsiyasi va sensatsion
yondashuvlar sportchilar imijiga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur tahlil qiladi
4
.
Boshqa bir muallif Brett Hutchins – “Digital Media Sport: Technology, Power and
Culture in the Network Society” nomli asarida raqamli texnologiyalar sport ijtimoiy tarmog‘ini
global miqyosda qanday shakllantirayotgani, ijtimoiy media orqali sportdagi ijtimoiy
kampaniyalar qanday olib borilayotganiga to‘xtaladi. Xususan, doping holatlari bo‘yicha ijtimoiy
tarmoqlarda tezkor xabarlar tarqalishi jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi
ta’kidlanadi
5
.
Ijtimoiy media imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali nafaqat axborot tarqatish,
balki sportchilarda ongli yondashuvni shakllantirish mumkinligi ayon bo‘ldi. Biroq, ayrim
holatlarda noto‘g‘ri yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarning tarqalishi ham kuzatilmoqda. Shu
bois, antidoping siyosatini yoritishda rasmiy manbalar, faktlar va ekspert fikrlariga tayangan
holda ishlash zarur.
Shuningdek, xalqaro tajribalarga tayanib, mahalliy ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yosh
sportchilar va ularning ota-onalarini muntazam ravishda ma’lumot bilan ta’minlash lozim.
Ijtimoiy media vositalari orqali olib borilayotgan antidoping targ‘iboti bir necha
jihatdan samarali ekani aniqlandi:
1.
Tezkorlik: rasmiy OAVga nisbatan tezroq axborot yetkaziladi.
2.
Interaktivlik: foydalanuvchilar savollar berishi, izoh qoldirishi va fikr bildirish
imkoniga ega.
3.
Erkinlik va ixtiyoriylik: kontent majburan emas, ixtiyoriy ravishda iste’mol
qilinadi. Shunga qaramay, ayrim hollarda noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi mumkin.
Sportda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash, giyohvandlik va doping vositalaridan
foydalanishni qat’iy cheklash orqali yoshlarning sog‘lig‘ini asrash davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir
6
.
Xalqaro tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, dopingga qarshi kurashda media savodxonligi,
raqamli madaniyat va ijtimoiy ong muhim omil hisoblanadi. Shu sabab, O‘zbekiston sharoitida
2
АИПС. "Руководство по освешчению антидопинга в СМИ". 2022.
3
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi rasmiy sayti: www.uznada.uz.
4
David Rowe – “Sport, Culture and the Media: The Unruly Trinity” 2004.
5
Brett Hutchins – “Digital Media Sport: Technology, Power and Culture in the Network Society” 2013.
6
30.10.2020-yildagi PF-6099-son.
40
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni doimiy ravishda ma’lumot bilan ta’minlash, raqamli
platformalarda mavzuga doir qiziqarli va interaktiv kontentlar yaratish muhimdir.
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Global sport va yoshlik”
forumi ochilishidagi nutqida ham “Sport – bu do‘stlik, sog‘lom turmush va halollik timsoli
bo‘lishi kerak. Biz sportda firibgarlik va dopingga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak”, -
degan g‘oya ilgari surilgan edi
7
.
Xulosa va takliflar.
➢
Multimediali kontentlar (video-podcast, animatsiya, infografika) orqali doping
mavzusini ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar auditoriyasiga moslashtirib yetkazish;
➢
Sport jurnalistlari va blogerlar uchun maxsus treninglar o‘tkazish – bu orqali
axborotni faktlarga asoslanib, xolis va axloqiy mezonlarga mos tarzda yoritilishi ta’minlanadi;
➢
“ADEL” platformasida o‘zbek tilida kontent hajmini oshirish va keng auditoriyani
qamrab oluvchi milliy onlayn marafonlar tashkil etish
8
;
➢
Ijtimoiy tarmoqlarda influencerlar orqali ijobiy sport qadriyatlarini targ‘ib qilish,
dopingdan voz kechish bo‘yicha shaxsiy motivatsion hikoyalarni kengroq yoritish;
➢
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 27-apreldagi sport sohasidagi
islohotlar bo‘yicha aytgan so‘zlariga tayangan holda, “Yoshlar sportda sog‘lom hayot falsafasini
qaror toptirishi kerak” degan g‘oya asosida ta’limiy kampaniyalarni kengaytirish
9
.
REFERENCES
1.
SH.Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan
Murojaatnomasi.
2.
АИПС. "Руководство по освешчению антидопинга в СМИ". 2022.
3.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi rasmiy sayti: www.uznada.uz.
4.
David Rowe – “Sport, Culture and the Media: The Unruly Trinity” 2004.
5.
Brett Hutchins – “Digital Media Sport: Technology, Power and Culture in the Network
Society” 2013.
6.
30.10.2020-yildagi PF-6099-son.
7.
SH.Mirziyoyevning 2023-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Global sport va yoshlik” forumi
ochilishida aytilgan nutqidan.
8.
WADAning antidoping ta’limoti bo’yicha yaratgan platformasi (https://adel.wada-
ama.org/learn).
9.
Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 27-apreldagi nutqi.
7
SH.Mirziyoyevning 2023-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Global sport va yoshlik” forumi ochilishida aytilgan
nutqidan.
8
WADAning antidoping ta’limoti bo’yicha yaratgan platformasi (https://adel.wada-ama.org/learn).
9
Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 27-apreldagi nutqi.
