24-06-2025
430-433
47
7
KOMPONENTLI YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Mazkur tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy shakllanish jarayonida komponentli yondashuvdan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Komponentli yondashuv o‘qituvchi tayyorlashda kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma, kommunikativ, innovatsion va axloqiy-psixologik komponentlarning uyg‘un rivojlanishini nazarda tutadi. Tadqiqotda ushbu yondashuv asosida kasbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirish texnologiyalari, o‘quv jarayonini loyihalash, interaktiv metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan.
Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil ta’lim olish, muammoli vaziyatlarni hal etish, ijodiy fikrlash va kasbiy refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari o‘rganilgan.
Natijada, komponentli yondashuv asosidagi kasbiy shakllanish modeli ishlab chiqildi va uning samaradorligi amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.