Authors

  • Kumushxon Sultonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.110143

Abstract

This article, based on the work of A.G. Nedvetsky, describes the reign of Emir Abdulahad, who ruled in Bukhara, and describes the social life of the state during his reign, as well as his policy with the Russian Empire. His services to Islam are also mentioned.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1174

AMIR ABDULAHAD HUKMRONLIK DAVRI

(A.G. NEDVETSKIY

-

“BUXORO HUKMDORLARI” ASARI MISOLIDA)

Sultonova Kumushxon

Shahrisabz davlat pedagogika institute.

Tayanch doktaranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15716290

Abstract.

This article, based on the work of A.G. Nedvetsky, describes the reign of Emir

Abdulahad, who ruled in Bukhara, and describes the social life of the state during his reign, as
well as his policy with the Russian Empire. His services to Islam are also mentioned.

Аннотация.

В данной статье на основе труда А.Г. Недвецкого описывается

правление эмира Абдулахада, правившего в Бухаре, и описывается общественная жизнь
государства в период его правления, а также его политика в отношении Российской
империи. Упоминаются его заслуги перед исламом.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada A.G. Nedvetskiy asarida asosida Buxoroda hukmronli

qilgan amir Abdulahad hukmronligi haqida aytib o

tilgan bo

lib, uning hukmronligi davrida

mamkatning ijtimoiy hayoti, shuningdek, Rassiya imperiyasi bilan olib borgan siyosati yozilgan.

Uning islom dini uchun qilgan xizmatlari ham aytib o‘tilgan.


Sayyid Abdulhad 1885-yildan 1910-yilgacha hukmronlik qilgan. U 1859-yil 26-martda

(ba’zi manbalarga ko‘ra —

1857-

yilda) Karmana shahrida tug‘ilgan. Onasi

- Shamshod ismli

fors millatiga mansub kanizak bo‘lib, zamondoshlarining ta’kidlashicha, o‘ta zukko ayol bo‘lgan

va amir Muzaffarning sevimli xotini hisoblangan.

U 1879-

yilda Karmana shahrida, o‘g‘li

- Abduahad huzurida vafot etgan. Shamsatning

o‘g‘lidan tashqari Soliha ismli qizi ham bo‘lgan. Amir Muzaffar uni o‘z jiyani Amonullohga

turmushga bergan.

Abduahad taxminan 14 yoshidan (ba’zi manbalarga ko‘ra —

18 yoshidan) boshlab

Karmana beki bo‘lib xizmat qilgan. Uni ziyorat qilgan rus sayyohlarining ta’kidlashicha, u oddiy
hayot tarziga ega bo‘lgan. 1882

-

yilda uning faqat bitta rasmiy xotini bo‘lgan, haram esa, asosan,

tashqi ko‘rinish uchun saqlangan. Yosh Abduahad chavandozlikka qattiq qiziqqan, u xonlikdagi
eng yaxshi chavandozlardan biri hisoblangan. Uning eng sevimli mashg‘ulotlari ot boqish, lochin
bilan ov qilish va otda o‘ynaladigan “kok

-

buri” (echkini talash) o‘yini edi. Ammo 1882

-yilda u

og‘ir kasallikka —

oyoqqa tushgan rishtaga chalingan va sevimli mashg‘ulotlarini tark etishga

majbur bo‘lgan. Bu kasallik bir necha yil davom etgan, ayniqsa har yili qish fasli oxirlarida

kuchaygan. Faqat 1892-

yilda rus shifokorlarining yordami bilan sog‘ligi tiklangan.

1

Abduahad yaxshi ta’lim olgan edi: u fors tilida bemalol so‘zlasha olgan, shuningdek, rus

va arab tillarini ham biroz bilgan. 1882-

yilda otasining buyrug‘i bilan Moskvaga yuborilgan va u

yerda Buxoro taxtining rasmiy vorisi sifatida tan olingan. Bu haqda imperator Aleksandr III

tomonidan amir Muzaffarga yozma xabar yuborilgan. Safar chog‘ida Abdulahadni otasining

sodiq amaldori Ostonaqulbek Kushbegi kuzatib borgan.

1

Семёнов А. А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их в средневековой

Бухаре. //Советское востоковедение, т. V. Москва. –

Ленинград. 1948

;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1175

1885-yil oktabr oyida otasining vafoti haqidagi xabarni olgach, Abduahad Karmana

shahrini tark etib, ming nafar chavandozdan iborat hay’ati bilan Buxoroga yo‘l olgan. Yo‘lda,
Malik qishlog‘ida u Rossiya imperiyasi vakili general

-leytenant Annenkov bilan uchrashgan.

General unga otasining boshqa o‘g‘illarining taxtga da’vogarligi tufayli yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgan siyosiy ziddiyatlarda Rossiya qo‘llab

-quvvatlashini bildirgan. Buxoroga

kirishdan avval Abduahad Bahovuddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilib, duoga qo‘l ochgan.

O‘sha kuni u otasining dafn marosimida ham ishtirok etgan. 1885

-yil 4-noyabrda

Buxorodagi Ark qal’asida taxtga chiqarish marosimi bo‘lib o‘tgan —

Abduahad rasmiy ravishda

amirlikni qabul qilgan. Shu tariqa, Buxoroning so‘nggi ikki hukmdoridan biri —

Sayyid

Abdulahadxonning uzoq va muhim voqealarga boy hukmronlik davri boshlangan.

2

Hukmronligining dastlabki yillarida amir asosan poytaxtda yashagan, biroq yilning yarmi

davomida Buxoroda qolgan, qolgan vaqtni esa Shahrisabz va Qarshi shaharlarida, yoz oylarini

esa Karmana shahrida o‘tkazgan. Buxoroga qaytganida ham Arkda emas, balki shahar yaqinidagi
Shirbudun bog‘ saroyida yashagan. 1894

-yilda Buxoro ulamolari bilan keskin kelishmovchilikka

borgach, u butunlay Karmanaga ko‘chib o‘tgan va o‘limiga qadar Buxoroga qaytmagan.

Amir sayohatni yaxshi ko‘rgan. 1882

-yilda ilk bor Rossiyaga borgach, keyinchalik

Moskva va Sankt-Peterburgga bir necha bor safar qilgan. 1893-

yilda u Rossiyaga o‘g‘li

Alimxonni olib borgan, 1896-

yilda esa imperator Nikolay II taxtga chiqishi sharafiga o‘tkazilgan

tantanalarda ishtirok etgan. 1893-yilda Sankt-

Peterburgda chiqqan “Rodina” jurnalida

quyidagicha yozilgan edi: “Zotli mehmon —

Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon, Imperator

hazratlarining e’tiboriga sazovor bo‘lgan, o‘ziga xos ko‘rinishga ega, chiroyli gavdali
qoramag‘iz erkak bo‘lib, yuz ifodasi juda ta’sirchan, soqoli esa qora va to‘liq. U va uning

yonidagi barcha kishilar rang-

barang buxorocha libos, salla va ko‘plab ordenlar taqib yurishadi.

Amirlik 3,5 ming geografik mil hududga ega, 1,5 million aholisi dehqonchilik va savdo bilan

shug‘ullanadigan Buxoro xonligiga boshchilik qiladi. Buxoro armiyasi 15 ming kishidan iborat.

3

1885-yil 4-

noyabrda u otasining to‘rtinchi o‘g‘li sifatida taxtni meros qilib olgan, chunki katta

akasi inglizlar tomonidan qo‘zg‘alonga undalgan, ammo rus qo‘shinlari yordami bilan yengilib,

Hindistonga qochgan. 1883-yilda Imperator Abdulahadni Buxoro taxtining vorisi sifatida tan

olish haqidagi Muzaffarning so‘rovini bajargan. Amir 13 yoshida uylangan, 18 yoshida esa
Karmana beki bo‘lgan. U o‘zining adolati va xalqchiligi bilan el orasida hurmat qozongan.

Uning eng katta ishtiyoqi

otlar, u Buxorodagi eng mohir chavandoz sifatida tanilgan”.

Sayyid Abduahad 1883-

yilda, hali Buxoro taxti vorisi bo‘lgan chog‘ida, Rossiyada bo‘lib

o‘tgan tantanali toj kiydirish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbari —

Imperator va butun

podsho oilasining ulug‘ e’tibori hamda Rossiyada ko‘rgan yuksak madaniyat va taraqqiyot,

kelajakdagi amir qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Natijada, u taxtga chiqqach, eng avvalo,

Rossiya madaniyatining o‘z yurtiga kirib kelishini ta’minlashga kirishdi.Amir Abduahad

Buxoroda qullikni bekor qildi, mamlakat moliyaviy yukini yengillashtirish maqsadida armiyani
qisqartirdi, yerosti zindonlari, qiynoqlar va shafqatsiz qatl usullarini tugatdi. Soliq tizimini isloh

qilish va savdoni rivojlantirish borasida ham ko‘plab chora

-tadbirlarni amalga oshirdi.

2

Мирза Салимбек. Тарих

-

и Салими (источник по истории Бухарского эмирата). Т: Академия, 2009

.

3

Епифанова.Рукописные источники по истории средней азии периода присоединения её к России.Т, 1965.

-

C.75


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1176

Uning faol va tirishqoq fe’l

-

atvori buxoroliklar orasida ajralib turar, o‘z rahbarlariga

nisbatan ularda hurmat va hayrat uyg‘otardi.

4

Peterburgga amir bilan birga uning o‘n yoshli o‘g‘li Sayyid Olimxon ham tashrif

buyurgan. Imperator roziligi bilan u Peterburgdagi harbiy o‘quv yurtlaridan biriga qabul qilindi.

Amirning elchilari tarkibida yetti nafar yirik amaldor, olti nafar davlat xizmatchisi,

Buxoro savdogarlari vakili hamda xizmatkorlar bo‘lgan. Tashrifda, xususan, uch nafar general
darajasidagi “parvonachi”lar ham bor edi: ikki nafari —

vazirlar Astapa Qulbek parvanchi va

Durbon Qumberg parvanchi. Shuningdek, To‘ralqul parvonachi, Maxalot Yunos Marahotbachi,

Hoji Abdullo va Mirza Ahad Munshiy ham amirning yaqin doirasida edi. Amir Buxorodan

ko‘plab qimmatbaho matolar, zargarlik buyumlari va otlarni sovg‘a sifatida olib kelgan bo‘lib,

ularning umumiy qiymati

bir qismi hali yozda yetib kelgan bo‘lishiga qaramay —

2 million

rublga baholangan.

Sayyid Abdulahadxon Peterburgga so‘nggi bor vafotidan oz fursat avval kelgan. Bu

tashrif uning Buxoro taxtiga chiqishining 25 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan. Shuningdek,

amir Kiyev, Odessa, Boku, Tiflis, Batumi, Sevastopol va Baxchisaroy kabi shaharlarda ham

bo‘lgan. Har yoz amir odatda Kavkazda —

Mineral suvlar hududida yoki Qrimda, Yaltada

hordiq chiqargan. Yaltada u o‘ziga saroy qurdirgan —

bu bino keyinchalik “O‘zbekiston” nomli

sog‘lomlashtirish muassasasiga aylantirilgan. Qrim gazetalarida Sayyid Abdul Ahadxon

quyidagicha tasvirlangan

:“Amir o‘rtacha bo‘yidan balandroq, ko‘rinishidan 45 yoshdan

oshmagan. Gavdasi to‘liq, baquvvat. Ovozi yoqimli, bariton. Oppoq sallasi ostidan porlab
turgan katta qora ko‘zlari, iyagida to‘liq soqoli bor. U mohir chavandoz, favqulodda jismoniy
kuch egasi.”

Amir Muzaffar arzimas xizmatlar evaziga ham mukofot berishga moyil bo‘lgan —

unga

ma’qul kelgan insonlarni ordenlar bilan taqdirlagan. Ayniqsa, Yaltaga tez

-tez kelib turganidan

so‘ng, shaharning ko‘plab taniqli shaxslari “Buxoro Oltin Yulduzi” ordeni bilan taqdirlangan.

Shunday kulgili holatlardan biri Yusupovlar oilasida yuz bergan: ular Yaltada amirni tez-tez
ziyorat qilgan, amir ham ularga Koreizdagi uylari orqali borib turgan.

Bir gal yosh avlod vakili

Feliks Yusupov Parijdan keltirilgan sigaralarni taklif etgan.

Amir va uning hamrohlarining sigarasi kutilmaganda yongan va yulduzsimon mushaklar otgan.
Boshida bu holatni suiqasd deb tushunishgan va vahima boshlangan. Ammo bir necha kundan

so‘ng amir bu voqeani hazil sifatida qabul qilgan va hatto Feliks Yusupovni olmos va yoqutlar

bilan bezatilgan orden bilan mukofotlagan. Amir Yaltada imperator oilasi joylashgan Livadiyaga
tez-

tez mehmon bo‘lgan. Shuningdek, u Olga Mixaylovna Solovyovaning dachasiga ham tez

-tez

borgan. Bu go‘zal joy (bugungi kunda “Artek” bolalar oromgohining bir qismi) amirni

shunchalik maftun qilganki, u bu hovlini sotib olishni xohlagan va egasiga 4 million rubl taklif

qilgan, biroq Solovyova uni sotishga rozi bo‘lmagan. Shundan so‘ng, amir Yaltaning o‘zida yer
sotib olib, u yerda bog‘ barpo etgan va saroy qurdirgan. Bu bino keyinchalik Qora dengiz
flotining dengizchilariga mo‘ljallangan sog‘lomlashtirish muassasasi binosiga aylantirilgan.
Boshida saroy loyihasi mashhur me’mor Nikolay Krasnovga topshirilishi rejalashtirilgan edi.

4

Мирза Абдалазим Сами. Таърих –

и салатин

-

и мангитиййа. –

Москва: Изд: Восточной литературы, 1962.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1177

Alupka saroy-

muzeyida saqlanayotgan hujjatlarga ko‘ra, Krasnov amir uchun ikkita

loyiha tayyorlagan: biri

italyancha villa, ikkinchisi

sharqona saroy bo‘lib, yoysimon

derazalar va sharqona naqshlar bilan bezatilgan. Ammo amir bu loyihalardan voz kechib,

Yaltalik me’mor Tarasovga ishni topshirgan. Qurilgan bino o‘zining gumbazlari, minoralari va
ayvonlari bilan Yaltani bezagan. Amir unga “Dilkash” (ya’ni “obro‘zli”, “maftunkor”) deb nom
bergan. Saroy amirning o‘limidan keyin ham saqlanib qolgan, hatto Fuqarolar urushining

talafotlariga ham dosh bergan, biroq 1944-yilda Gitlerchilar tomonidan yoqib yuborilgan.

Yaltada mavsumiy yashovchi sifatida Sayyid Abdulahad shaharning ijtimoiy hayotida

faol qatnashgan. U “Yaltadagi gimnaziyalarda o‘qiydigan muhtoj o‘quvchilar va o‘quvchilarga
yordam jamiyati” a’zosi bo‘lgan, “Qrimning janubiy sohilidagi kambag‘al tatarlar jamiyati”ga

xayriya qilgan, qadimiy yodgorliklar saqlanishi bilan qiziqqan, bir necha marta chorvachilik

ko‘rgazmalarida qatnashgan. Amir, yuqori maqomiga qaramay, qorako‘lchilikda ham mutaxassis
bo‘lgan —

uning qorako‘l qo‘ylari eng yaxshi zot hisoblangan, o‘zi esa bu mahsulotni xalqaro

bozorlarga yetkazib berar, jahonda ishlab chiqarilayotgan qorako‘lning uchdan bir qismini aynan
u ta’minlagan.

1910-

yilda amir o‘z mablag‘i hisobidan shahar aholisi uchun bepul shifoxona qurdirgan.

Ikki qavatli bu katta binoda laboratoriyalar, xizmat xonalar, jarrohlik va ginekologiya

bo‘limlari, 100 kishilik kutish zali mavjud edi. Uning ochilishi arafasida u yana Livadiyada

imperator oilasiga tashrif buyurgan va davolash muassasasiga valiahd Aleksey sharafiga nom

berish ruxsatini so‘ragan. Ko‘p yillar davomida u Yaltaning saxovatli timsoli bo‘lib qolgan,
shuning uchun ham shahar kengashi uni “faxriy fuqaro” deb e’tirof etgan va shahar
ko‘chalaridan biriga uning nomini bergan.

5

Qrimdan tashqari boshqa ko‘plab shaharlarda ham Sayyid Abdulahadning xayrli ishlari

qadrlangan. Masalan, Peterburgda u Sobor masjidini qurdirgan

bu loyiha unga yarim million

rublga tushgan. 1905-yildagi Rus-Yapon urushi davrida amir harbiy kemaning qurilishi uchun

bir million oltin rubl xayriya qilgan. Kema “Amir Buxoriy” deb nomlangan. Uning taqdiri
murakkab va qisqa bo‘lgan: keyinchalik “Yakov Sverdlov” deb nomlanib, Qizil flot safiga
o‘tgan, Kaspiy dengizida jang qilgan va nihoyat 1925

-yilda metallsifatida parchalanib ketgan.

Sayyid Abdulahadxon hukmronligi davrida Buxoro amirligida qiynoqlar bekor qilindi,

o‘lim jazolari esa ancha cheklab qo‘yildi. Jumladan, eng vahshiyona jazo shakllari —

masalan,

mahkumni Buxorodagi eng baland bino

Kalon minorasidan tashlab yuborish

qat’iyan

taqiqlanib, bekor qilindi.

Shuningdek, Amirlikda sanoat yo‘nalishida ham jiddiy siljishlar yuz berdi: mis, temir va

oltin qazib olish yo‘lga qo‘yildi, temiryo‘llar va telegraf tarmoqlari barpo etildi. Savdo faol
sur’atda rivojlanayotgan edi. Amir Sayyid Abdulahad o‘zi shaxsan eng muhim eksport

boyliklaridan biri

qorako‘l savdosida faol ishtirok etgan bo‘lib, jahon bozorida bu sohada

hajm jihatidan uchinchi o‘rinni egallagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Davlat bankidagi
shaxsiy hisobida 27 million rublga teng oltin mablag‘ saqlangan, bundan tashqari, Rossiyaning
turli xususiy tijorat banklarida yana 7 million rubl atrofida mablag‘ga ega bo‘lgan.

5

Сухарева О. А. Бухара конца XIX –

начала XX в. –

Москва: Наука, 1966. –

328 с,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1178

1910-yil 3-

fevralda Peterburgda bo‘lib o‘tgan jome masjidining poydevorini qo‘yish

marosimida

Sayyid Abdulahadxon shaxsan ishtirok etdi. Suratlarda u bosh musulmon

ruhoniylarining vakili

ohun G. Bayazitov bilan birga tasvirlangan (muallif: K. Bulla).

Amir yoshligidan harbiy ishlarni muhim deb bilgan. Karmana beki bo‘lgan chog‘larida u

o‘z qo‘shinini shaxsan mashq qildirar, Kermindagi qal’ani doimo a’lo darajada saqlab turgani rus

ofitserlari tomonidan qayd etilgan. Bir safar amir rus elchisini kuzatib yurgan kazaklar

konvoyining saf tortishini ko‘rmoqchi bo‘lgan —

bu orqali u Rossiya tajribasini o‘rganmoqchi

edi. 1893-

yilda Rossiyadan qaytar chog‘ida Ashxobodda ruslar tomonidan o‘qitilgan turkman

askarlarini ko‘rib, kazaklar darajasida tayyorgarlikka ega ekanini tan oldi. O‘sha paytda amir o‘z
so‘zlariga ko‘ra, Buxoro qo‘shinini isloh qilish g‘oyasiga kelgan va bu fikrni ikki yil o‘tmay
amalga oshirgan. Keyingi yillarda ham u qo‘shinining jangovar salohiyati va qurollanish
darajasini oshirish ustida ko‘p ishlagan. Masalan, Rossiya hukumati Buxoroga otish qurollarini
olib kirishni taqiqlagani bois, amir bu qurollarni rus savdogarlari orqali aylanma yo‘llar bilan

sotib olgan.

Rossiyalik mualliflarning deyarli barchasi amirning xayriya ishlari

ni alohida

ta’kidlab o‘tishadi. 1892

-

yilda u Rossiyaning turli hududlarida ofatlardan zarar ko‘rganlar uchun

100 ming rubl ajratgan, 1904-yilda esa rus-yapon urushi davrida flot uchun 1 million rubl hadya
qilgan. Orenburgdagi 5-

kazak polkiga homiylik qilgan, u polkning generali bo‘lgan. Bir gal

Turkiston arxeologik to‘garagining kolleksiyasi uchun qadimiy oltin tangalar hadya qilgan. Amir
Turkiston xayriya jamiyatining faxriy a’zosi ham bo‘lgan.

Amir

islom dini va uning muqaddas maskanlari

Makka va Madina taqdiriga ham

yuksak e’tibor qaratgan

. U tomonidan ushbu shaharlar foydasiga vaqf qilinib topshirilgan

mulklar har yili 20 ming rublgacha daromad bergan. 1930-

yillar boshlarida esa Hijoz temiryo‘li

qurilishi uchun bir necha ming rubl oltin xayriya qilgan. Uning saroy a’zolari ham bu loyihaga

har biri 150 ming rublgacha xayriya qilgan.Amirlik davrida Buxorodagi

ulamo (islomiy bilimli

kishilar) soni 500 nafardan 1500 nafargacha ortgan

, ularning moddiy ta’minoti uchun alohida

vaqf mablag‘lari ajratilgan edi.

6

Sayyid Abdulahadxon

Peterburgdagi eng yirik musulmon masjidi

Sobor masjidi

qurilishida mutlaq markaziy rolni o‘ynagan

.

U bu qurilishga ruxsat olish uchun Rossiya

hukumatiga murojaat qilibgina qolmay, quriladigan yer maydonini sotib olish uchun 350 ming

rubl va qurilishning o‘ziga yana 100 ming rubl hadya qilgan. Bundan tashqari, u Buxorolik
savdogarlardan qurilishga pul yig‘ish ishlarini ham tashkil qilgan —

jami 200 ming rubldan

ziyod mablag‘ to‘plangan. Peterburg shahri va Rossiya musulmonlari bu saxovat va
g‘amxo‘rlikka minnatdorchilik sifatida

masjid poydevori qo‘yilishini amirning taxtga

chiqishining 25 yilligi bilan muvofiqlashtirishdi

. 1910-

yil “Niva” jurnali shunday yozadi: “3

-

fevral kuni poytaxt musulmonlari uchun katta bayram bo‘ldi: bu kuni birinchi masjid poydevori
qo‘yildi. Peterburgda minglab tatar va boshqa musulmonlar istiqomat qiladi, ammo ular

hozirgacha ibodat qilish uchun maxsus joyga ega emas edilar. Yillar davomida masjid orzusi

bilan yashadilar, biroq yer va bino sotib olish uchun mablag‘ yetishmas edi.

6

Семёнов А. А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их в средневековой

Бухаре. //Советское востоковедение, т. V. Москва. –

Ленинград. 1948;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1179

Butun Rossiya bo‘yicha ochilgan xayriya yig‘imlari ayrim yordam bergan bo‘lsa

-da,

yetarli bo‘lmadi. Faqat Buxoro Amirining saxiy hadyasi tufayligina bu ish olg‘a siljidi —

va

Peterburg musulmonlari poytaxt darajasiga mos ibodatxonaga ega bo‘ldilar.” Masjid Krylonskiy
viloyatidagi Troitskiy ko‘prigiga yaqin joyda barpo etildi. Poydevor marosimi uchun sharqona
uslubda maxsus chodir, kirish portiklari o‘rnatildi. Chodir atrofi bayroqlar bilan bezatildi.

Qurilmaning asosi allaqachon tayyor bo‘lgan, u yerda ramziy birinchi tosh qo‘yish

marosimi uchun marmar g‘ishtlar, kumush plakat va maxsus bolg‘a va belkurak tayyorlangan
edi. Qurilish maydonining atrofi Qur’oni karimdan olingan yozuvli panolar bilan o‘ralgan edi.
Marosim Buxorodan kelgan Amir Sayyid Abdul Ahadxon ishtirokida o‘tkazildi. Dastlab
Peterburgdagi musulmonlar yetakchisi Ahun Bayazitov duoni boshladi. O‘z nutqida u shunday

degan:

“Alloh go‘zal va go‘zallikni sevar”, —

deydi Qur’on. Bizning masjid ham go‘zal bo‘ladi

va shaharning bezagiga aylanadi. Parijdami, Londondami

bu darajadagi masjid yo‘q. Ammo

bu masjid faqat tashqi go‘zalligi bilan emas, balki ma’naviy go‘zallik, axloqiy ulug‘lik timsoli
bo‘lishi kerak.”

Nutq tugagach,

amir Buxoriy rasmiy tarzda birinchi marmar g‘ishtni

joylashtirdi

. So‘ngra Peterburg, Kronstadt, Moskva, Kavkazdan kelgan musulmon jamoalari

vakillari qabul qilindi. Qurilish yaqinida esa bayramona tushlik bo‘lib o‘tdi —

shampan o‘rniga

limonad tortildi. Birinchi so‘zni amir rus tilida aytdi —

“Davlatimiz imperatori sharafiga!”,

degach, yig‘ilganlar “Ura!” deb hayqirdi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, amir Abdulahad davrida mamlakatda ichki va tashqi

siyosat yaxshi olib borgan bo‘lib, shu bilan birgalikda diniy masalalarda ham homiylik qilgan.

Bu amir shaxsiyati haqida yanada chuquroq izlanish olib borish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Мейендорф Е.К., Путешествие из Оренбурга в Бухару, М., 1975

2.

Андреев М.С., Чехович О.Д., Арк Бухары, Душанбе, 1972

3.

Бартольд В.В., История культурной жизни Туркестана, —

Сочинения, т.II, М., 1963

4.

Дониш, История мангитской династии, Душанбе, 1967

5.

Семенов А.А., Бухарский трактат о чинах и званиях и ио обязанностях их носителей
в средневековой Бухаре, —

Советское востоковедение, т.V, 1948

6.

Сухарева О. А. Бухара конца XIX –

начала XX в. –

Москва: Наука, 1966. –

328 с,

7.

Мирза Абдалазим Сами. Таърих –

и салатин

-

и мангитиййа. –

Москва: Изд:

Восточной литературы, 1962.

8.

Епифанова.Рукописные источники по истории средней азии периода присоединения
её к России.Т, 1965.

-C.75


References

Мейендорф Е.К., Путешествие из Оренбурга в Бухару, М., 1975

Андреев М.С., Чехович О.Д., Арк Бухары, Душанбе, 1972

Бартольд В.В., История культурной жизни Туркестана, — Сочинения, т.II, М., 1963

Дониш, История мангитской династии, Душанбе, 1967

Семенов А.А., Бухарский трактат о чинах и званиях и ио обязанностях их носителей в средневековой Бухаре, — Советское востоковедение, т.V, 1948

Сухарева О. А. Бухара конца XIX – начала XX в. – Москва: Наука, 1966. – 328 с,

Мирза Абдалазим Сами. Таърих – и салатин-и мангитиййа. – Москва: Изд: Восточной литературы, 1962.

Епифанова.Рукописные источники по истории средней азии периода присоединения её к России.Т, 1965.-C.75