ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1206
G’ARBGA HUJUM QILGAN TEMURIYLAR
Murodjon Koraboyev
Oriental universiteti
Tarix kafedrasi katta o’qituvchisi.
murodjonqoraboyev715@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15716614
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Amir Temur va uning avlodlari
–
Shohrux Mirzo hamda
Sulton Abusaid Mirzoning G‘arbiy hududlarga, xususan Ozarbayjon, Eron va Iroq
tomonlaridagi yurishlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Harbiy yurishlarning asosiy
sabablari, yurish jarayonidagi siyosiy voqealar, hududlar o‘zgarishi, hukmdorlar o‘rtasidagi
kurashlar va ularning natijalari tahlil qilingan. Temuriylarning Ozarbayjon ustidan olib borgan
siyosati va harbiy strategiyasi tarixiy bosqichlar asosida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar
: Amir Temur, Shohrux Mirzo, Sulton Abusaid, Ozarbayjon, Eron, G‘arbiy
yurishlar, Temuriylar, harbiy yurishlar, siyosiy kurash, tarixiy tahlil.
Аннотация.
В данной статье на основе исторических источников
рассматриваются западные походы Амира Темура и его потомков –
Шахруха Мирзы и
Султана Абусаида Мирзы –
в направлении Азербайджана, Ирана и Ирака.
Проанализированы причины военных кампаний, политические события,
происходившие в процессе походов, смена власти и борьба между правителями.
Представлена поэтапная характеристика темуридской политики и военной
стратегии на западных территориях.
Ключевые слова
: Амир Темур, Шахрух Мирза, Султан Абусаид, Азербайджан,
Иран, западные походы, тимуриды, военные кампании, политическая борьба,
исторический анализ.
Abstract.
This article explores the western military campaigns of Amir Temur and his
descendants
—
Shahrukh Mirza and Sultan Abu Said Mirza
—
towards Azerbaijan, Iran, and Iraq
based on historical sources. It analyzes the main causes of these campaigns, political
developments, territorial shifts, power struggles among rulers, and their outcomes. The study
presents a chronological overview of the Timurid policy and military strategy in the western
regions.
Keywords
: Amir Temur, Shahrukh Mirza, Sultan Abu Said, Azerbaijan, Iran, western
campaigns, Timurids, military expeditions, political conflict, historical analysis.
Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazm hududlarini o’ziga bo’ysundirgandan
so’ng asosiy harbiy harakatlarini mamlakat janubiy
-
g’arbiga qaratadi. Bundan ko’zlangan
maqsad mamlakat sarhadini kengaytirish va chegaralarni mustahkamlash edi. Dashti Qipchoq
lashkari To’xtamishxon boshchiligida 1385
-
yilning qishida bir haftalik janglardan so’ng Tabrizni
egallab, uni ikki kun talon-taroj qilgach, ortga qaytdi. Bu tarixda Amir Temurning uch yillik
urushlarini boshlanishiga sabab bo’ladi. Amir Temur 1386
-yili Turondan Eron tomonga
yuzlandi[1, 106 b]. Bu yurish davomida Sohibqiron qo’shinlari karvonlarni talon
-taroj qilganligi
uchun Luriston viloyatining bir qator kentlarini, ayniqsa Xurramobodda qaroqchi guruhlarni tor-
mor etib Ozarbayjon sari yurdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1207
Tabrizni Sulton Ahmad Jaloyir himoya qila olmay Bag’dodga chekindi va Ozarbayjon
poytaxti jangsiz Amir Temur davlati tarkibiga kiritildi.
Tabriz egallanganidan so’ng Amir Temur
qo’shinlari Armaniston va Gurjiston hududlariga kirib bordi. Shiddatli janglar bilan Gurjiston
poytaxti Tiflis (Tbilisi) shahri egallanib, ushbu mamlakat podshohi Buqrot asir olindi.
Sohibqiron qo’shinlari tog’larda joylashgan gruzin qal‘alarini birin
-ketin egallab, butun
mamlakatni zabt ettilar. Shundan so’ng Qorabog’ni o’z qarorgohiga aylantirgan Amir Temur
Buqrot Islom dinini qabul qilgach, uni yana o’z mamlakatinining hukmdori etib tayinladi. Shu
kunlarda Shimoliy Ozarbayjon ya‘ni Shirvon hukmdori amir Shayx Ibrohim ham o’z ayonlari
bilan kelib itoatga kirdi.
1392-yilda Amir Temur mamlakat janubiy-
g’arbiya yana bir marta huum boshl
aydi. Bu
harbiy harakat tarixda besh yillik urush nomi bilan kirgan. Besh yillik urush natijasida 1393-
yilning yozida Ray, Ozarbayjon, Shirvon, Boku va Darband hududlar turk sultonligi y
е
rlarigacha
Mironshoh mirzoning suyurg’oli deb e‘lon qilindi. O’sha da
vr tili bilan aytganda Xulaguxon
taxtiga Mironshoh Mirzo o’tqazildi. Amir Temur 1393
-
yilda Bog‘dodni ham egalladi[2, 184 b].
Mironshoh Mirzo bu hududlarni o’g’illari bilan 1408
-yilgacha boshqaradi. 1408 yil 21
aprelda Mironshoh Ozarbayjonning Sardrud mavzesida turkman Qora Yusuf bilan bo’lgan
Shanbi G’azon jangida oʻldiriladi[3, 132 b] va Surhob tumaniga dafn qilinadi. Bir necha muddat
oʻtgach, Shams Gʻuriy nomli shaxs darvesh kiyimida Surxobga borib, yashirincha
Mironshohning suyaklarini olib. Movarounnahrga keltiradi va Shahrisabzda temuriylar
maqbarasiga dafn qilinadi.
Amir Temur vafotidan so’ng Shohruh Mirzo, dastlab, o’z suyurg’ol hududi hisoblangan
Xurosonda tinchlik o’rnatadi. 1409
-yilda Movarounnahrni egallaydi. Erondagi Temuriylar
o’rtasidagi kurashdan foydalanib, Temuriylar saltanatini asosiy qismini birlashtirgan.
Shohrux
mirzo 1413-
yili Ozarbayjonga harbiy yurish boshlashga qaror qilib, Mazondoron o’lkasiga yеtib
keldi va o’ziga Iskandar mirzo ham o’z qo’shini bilan kelib, qo’shilishini kutdi. Lekin turli
bahonalar bilan Iskandar mirzo oliy O’rdaga kelib qo’shilmad
i. Aslida Shohruxning bu vaqtda
Ozarbayjonga yurish boshlashi dargumon bo’lib, Iskandar mirzo Shohruxning harakatlarini
o’ziga qarshi qaratilgan harakat deb hisobladi. Iskandar mirzo Shohruxga rad javobi berish bilan
cheklanmay, Shohrux qo’lida bo’lgan Seyiston, Qandahor, Garmser kabi viloyatlarga choparlar
jo’natib, ularni Hirotga yurish qilishga chaqirdi va ularga umumiy g’alabadan so’ng katta
suyurg’ollar va‘da qildi. Natijada Shohrux mirzo ham yurishni to’xtatib, o’z viloyatlarida
tinchlikni ta‘minlashga e‘tibor qaratdi va o’g’li Boysung’ur mirzoni poytaxtni mustahkamlash
uchun Hirotga jo’natdi.
1414-yilning 5-aprel kuni Shohrux mirzo Iskandar mirzoga qarshi yurishini boshladi.
Natijada birin-
ketin butun Markaziy Eron shaharlari va viloyatlari Shohrux mirzo qo’liga
o’tdi. Shohrux Isfahonning Mirzo Rustamga, Hamadon va Luristonni Mirzo Boyqaroga,
Sherozni Mirzo Ibrohimga suyurg’ol qilib berdi. Lekin ko’p o’tmay Mirzo Rustam va Mirzo
Boyqarolar turli sabablar bilan suyurg’ollaridan ayrildilar va ularning yеrlari ham Shohrux
avlodlari qo’liga o’tdi. Shohrux Ozarbayjonga yurishlari to’xtatib, Hirotga qaytadi.
1421-
yili Shohrux mirzo Ozarbayjondan qaytganidan so’ng bu yеrda hokimiyat Qora
Yusufning o’g’li Amir Iskandar qo’liga o’tdi. U o’z hokimiyatini mustahkamlab olgach, 1428
-
29-
yillarda temuriylar davlatiga qarashli bo’lgan Sultoniya shahrini ham tortib oldi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1208
Natijada 1429-yili Shohrux mirzoning Ozarbayjonga ikkinchi yurishi boshlandi. 1429-
yilning 18-
sentyabrida Salmos[4, 316b] dashtida bo’lib o’tgan jangd
a yana turkman lashkari tor-
mor keltirildi. Sultoniya, Ozarbayjonning poytaxti Tabriz shaharlari egallandi. Shundan so’ng
Shohrux mirzo Ozarbayjonni boshqarishni Qora Yusufning boshqa o’g’li amir Abu Saidga
topshirib 1431-yili Hirotga qaytdi.
Lekin amir Abu Saidning hukmronligi uzoqqa bormadi. Bu yеrda hokimiyat yana amir
Iskandar qo’liga o’tgach, u temuriylar davlatining doimiy ittifoqchisi va vassali bo’lgan Shirvon
mamlakatiga hujum qila boshladi.
Natijada Shohrux mirzo uchinchi marta Ozarboyjon yurishini boshlashga qaror qildi. Bu
yurish 1434-yilning 5-
noyabridan boshlandi. Rayda qishlovni o’tkazgan lashkar 1435
-yilning
bahorida Ozarbayjon yurti tomon harakatni davom ettirdi. Bu vaqtda Shirvon hokimi Xaliluloh,
amir Qora Yusufning farzandlaridan Jahonshoh kabi yirik sarkarda va hokimlar Shohrux
mirzoga kelib qo’shildi hamda itoat izhor etdi. Bu vaqtda Shohruxning o’g’li Ibrohim mirzoning
to’satdan vafot etishi yurishni biroz kechiktirdi. Bu safar deyarli yirik janglar bo’lmadi. Amir
Iskandar qochib ketgach, Shohrux qo’shini butun Ozarbayjonni egalladi. Shohrux turk sultoni
Murodga elchi yuborib, agar Iskandar qochib borsa, tutib o’ziga yuborishni so’radi. Gruziya
podshosi Aleksandr bo’ysunganligini bildirib, boj va xiroj to’ladi va o’z o’g’li Dimitriyni
Gruziyadagi asir musulmonlar ozod etilgunga qadar Shohrux mirzo huzuriga jo’natdi. 1436
-yili
Hirot qaytish oldidan Ozarbayjonni boshqarish Qora Yusufning o’g’li Amir Jahonshohga
topshirildi. Shunday qilib Ozarbayjon Shohrux mirzo tomonidan uchinchi marta bo’ysundirildi.
Movarounnahr, Xuro
son, Kobul, Gʻazni, Qandahor va Xorazmda o’z hokimiyatini
mustahkamlab olgan Sulton Abusaid mirzo Fors, Iroq va Ozarbayjonda temuriylar hukmronligini
tiklashni orzu qilardi. Amir Jahonshohning o’z o’g’li Pirbudoq bilan nizolashib qolishi natijasida
Ozarbay
jonda ham porakandalik yuz berdi. Ko’p o’tmay Amir Jahonshoh o’zining ashaddiy
raqibi yana bir tukrman amiri Hasanbek tomonidan tor-mor keltirildi.
Ozarbayjondagi vaziyatni kuzatib borayotgan Sulton Abusaid mirzo Gʻarb tomon yurish
qilish uchun qulay vaziyatdan foydalanib qolishga qaror qildi. Chunki 1468-yili
Abulxayrxonning vafot etishi natijasida ko’chmanchi o’zbeklar davlatida ham inqiroz
boshlangan, Mo’g’ulistonda esa Sulton Abusaid mirzo yordamida hokimiyatni egallagan
Yunusxon hukmronlik qilayotgan edi.
1468-yilning 24-mart kuni Ozarbayjon yurishi boshlandi. Oq quyunli turkmanlar sardori
Amir Hasanbek (Uzun Hasan)dan elchi kelib, Qora Yusuf avlodlariga qarshi birgalikda
kurashish va ularni butunlay hokimiyatdan yo’qotish uchun birgalikda kurashishni taklif qildi.
Uning elchisi rozilik javobi va katta sovg’a
-
salomlar bilan qaytarildi. Ko’p o’tmay Mirzo
Jahonshohning o’g’li Husayn Alining elchisi yеtib kelib, Ozarbayjondagi hokimiyatni o’z
qo’liga olganligini va unga sodiq xizmat qilishga bel bog’laganli
gini bildirdi. Husayn Alining
maqsadi vaziyat nochor bo’lgan vaqtda Mirzo Sulton Husaynga bo’ysunish orqali, uning
yurishini oldini olish va o’z hokimiyatini saqlab qolish edi.
1469-
yilning yanvar oyida Sulton Abusaid mirzo qo’shini to’liq porakandalikka uchradi.
Natijada asir olingan Sulton Abusaid mirzo 1469-yilning 5 fevral kuni Yodgor mirzo tomonidan
qatl qilindi[4, 632 b]. 1468-
yili zabt etilgan Gʻarbiy va Markaziy Eron hududlari yana temuriylar
davlati tarkibidan chiqdi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1209
Foydalanılgan adabıyotlar ro’yxatı
1.
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent
–
Sharq, 1997 y
2.
Nızomıddın Shomi. Zafarnoma. Toshkent –
O’zbekiston, 1996 y
3.
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. Toshkent –
O’zbekiston,
2008 y
4.
Xondamir. Habib us-siyar. Toshkent
–
O’zbekiston, 2013 y
