1117
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
IJTIMOIY ISHNING AMALIY MODELLARINI AMALGA OSHIRI
SHINING O‘ZIGA
XOSLIKLARI
M.M. Abdurahmonova
Farg‘ona davlat universiteti
Ijtimoiy kafedrasi professori, Sotsiologiya fanlari doktori (DSc).
A.X. Boliboyev
Farg‘ona davlat universiteti (22.00.02 ixtisosligi) tayanch doktoranti
.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15714434
Annotatsiya.
Ushbu maqolada amaliy faoliyat hisoblangan ijtimoiy ishning turli xil
modellari, jumladan, tizimli, psixodinamik, ekologik, sotsiologik modellar hamda ularni
amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq masalalar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, ijtmoiy ishning
amaliy modellari tasniflanadi hamda chuqur tushuntiriladi.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy reabilitasiya, ijtimoiy korreksiya (yaxshilash, tuzatish), ijtimoiy
yo‘naltirilgan modellar, tizimli, ekologik, psixodinamik, sotsiologik, amaliy modellar,
kompleks
yo‘naltirilgan model
,
kuchli jihatlar va resurslar bilan ta’minlash nazariyasi
modeli.
Аннотация.
В данной статье представлен научный анализ различных
теоретических моделей социальной работы, включая системный, психодинамический,
экологический и социологический подходы. Детально рассмотрены теоретические
основы, сущность и особенности применения каждой модели на практике. Кроме того,
систематизированы практические модели и подходы, используемые в социальной работе,
с научным объяснением их классификации, преимуществ и ограничений.
Annotation.
This article presents a scientific analysis of various theoretical models of
social work, including systemic, psychodynamic, ecological, and sociological approaches. The
theoretical foundations, core concepts, and practical application features of each model are
thoroughly examined. In addition, practical models and approaches used in social work are
systematized, with their classification, advantages, and limitations scientifically explained.
Ijtimoiy munosabatlar individlarning jamiyatda bir -
biri bilan o’zaro ta’siri jarayonida
vujudga kelgan aloqalarini barqarorlashtiradi. O’zaro ijtimoiy aloqalar insoniyat ichki holati
ta’siri ostida o’zgaradi va uning o’rab turgan voqelikka bo’lgan egalik munosabatida ham
ifodalanadi. Shunining uchun ijtimoiy munosabatlar kishilarning ijtimoiy aloqalari, o’zaro
ta’sirida, o’zaro bog’likiklari, o’zaro hatti
-xarakatlarini tashkil etuvchi obyektiv omillar
hisoblanadi. Ijtimoiy ish uchun bir tomondan kishilarning hayot yo’llarini tiklanishi, individual
shaxsiy o’z jamoaviy hayot sharoitlari bilan bog’liq muammolari ni hisobga olish muhim
bo’lsa, ikkinchi tomondan aloqalar amalga oshishda sosiomadaniy muhitni o’zida
mujassamlashtiradi. Ijtimoiy aloqalarga esa ijtimosh yordam, ijtimoiy qo’llab
-quvvatlash,
ijtimoiy reabilitasiya, ijtimoiy korreksiya (yaxshilash, tuzatish), xayr-ehson va boshqalar
kiradi. Bu aloqalarni kuchaytirish - ijtimoiy ishning muhim vazifalaridan biridir.Ijtimoiy
ishni fan sifatida tushunish muyaun kishilar shunchaki jamiyatda emas, balki xamjamiyatda
yashayotganligini anglash muhimdir.
Odamlar doim o’zlariga monandlar qurshovida va doimo o’zaro ta’sir, holatida
bo’ladilar. Bu insonlar uchun tabiat, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat muxim omili sifatida ijtimoiy
voqelikka nisbatan mustaqil sohasini tashkil etuvchi juda ko’p xilma
-xil ijtimoiy aloqalar,
munosabatlarni keltirib chiqaradi.
1118
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Ijtimoiy ish mustaqil predmet, fan sifatida murakkab hayotiy vaziyatga tushib
qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan individ, shaxs, guruh yoki uyushma hayot
faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan munosabatlar va ular bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi
hamda tadqiq etadi. Ijtimoiy ish mo’taxassisining faoliyati inson hayotiy faoliyatida yuz
beradigan muammolarni hal etishga yo’naltirilgan maqsadli faoliyatdir. Ijtimoiy xizmatchining
aniq maqsadli faoliti shubhasiz mijozning xulqi va axloqli tashqi va ichki omillar bilan
bog’liqdigini, mijozning atrof
-
muhit bilan bo’llgan munosabatini yanada qulaylashtirishga
yo’naltirilgan o’z mohiyatiga ko’ra, mijozning xulqi va holatig’a boshqaruvni ta’sir etishdan
iborat bo’ladi.Shunday qilib, ijtimoiy ish nazariyasi kishilar hayotiy faoliyati jarayonida
yuzaga keluvchi ko’p qirrali ijtimoiy aloqa va munosabatlarini boshqarish bilan bog’liq
bilimlar tizimidir.
Demak, ijtimoiy ish nazariyasi - bu jamiyat obyektiv qonuniyatlariga va davlat
qonunlariga asoslangan odamlarni qiyin hayotiy vaziyatlarda tushib qolganda tumushi,
yo’lini tartibga solish zarurat tug’ilganda shaxs va uni o’rab turgan ijtimoiy muxitga aniq
maqsadli ta’sir etish orqali ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilishga yo’naltirilgandir.
Ijtimoiy ishning asosiy
–
tushunchalari ijtimoiy ish nazariyasida kategoriya tushunchalar muhim
rol o’ynaydi. Ular yordamida ijtimoiy ishning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari va
tendensiyalari ochiladi, ya’ni o’ziga xos kalit rolini o’ynaydi.
Tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, bu mavzu bo’yicha
tadqiqot materiallari deyarli rus tilida bo’lganligi hamda ushbu mavzu bo’yicha o’zbek
tilida nihoyatda kam adabiyotlar mavjudligi umuman olganda bu mavzu bo’yicha keng
ko’lamda tadqiqotlar olib borilmaganligi ham bu mavzuni yoritishda ko’pgina qiyinchiliklarga
duch keldik.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, bu mavzu o’zining o’ta murakkab va keng
qamrovliligi bilan ajralib turadi. rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy ish sohasi bo’yicha
keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligi bizlarga ma’lum. Ammo ilmiy nuqtai nazardan
qilingan ishlar borasida tadqiqotlar yetarli darajada yoritilmagan. rivojlangan Sharq
mamlakatlarda ijtimoiy ish mo’taxassislarini tayyorlash bo’yicha o’rgansa arzigulik tajriba
mavjud. Biz o’z tadqiqotimizda imkon qadar rivojlangan Sharq mamlakatlarida ijtimoiy ish
sohasi hamda ijtimoiy ish nazariyasini yanada rivojlanayotganini hamda amalga oshirilayotgan
keng ko’lamli ibratomuz ishlarni ayrim jihatlarinigina yoritishga harakat qildik. Ushbu mavzu
bo’yicha xorij mamlakatlari olimlaridan M.Richmond
Sutyrin B.A
, Melnikov V.P. , Xolostova E.I
o’zbek olimlaridan G’aniyeva
M.X, Bekmurodov M, Axundjonova S, Nabiyev
, Jo’rayev
1
Рамзей Р. Социалная работа: наука
-
профессия. К развитию консепции. / Социалная
педагогика и социалная работа за рубежом,—
Социалная работа,—
Вып.6.—
М., 1991.
2
Тетерский Н.В. Ижтимоий ишга кириш. Т. 2006
3
Kuzmin K.V., Sutyrin B.A. Ijtimoiy ish tarixi (qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha) - 4-nashr. va
rev. - M., 2006 yil.
4
Melnikov V.P. , Xolostova E.I. Rossiyadagi ijtimoiy ish tarixi. - M., 1998 yil.
5
Firsov M.V. Ijtimoiy ish tarixi. - 2-nashr. - M., 2007 yil.
6
Xolostova E.I. Rossiyada ijtimoiy ishning genezisi. - M., 2006 yil.
7
Ғаниева
М. Ижтимоий иш асослари. Т.: 2010 йил
8
Набиев Ф. Ижтимоий сиѐсат. Т.: 2007й
1119
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
, Salimov Yu Sobirova D, Tadjiyeva S, Kim Lyudmila va boshqalarning ilmiy
asarlaridan ijodiy foydalanishga harakat qildik.
Ijtimoiy ish ilmiy asoslarining shakllanishi butun dunyoda uzluksiz munozaralar
jarayonida yuz bermoqda. Eng faol muhokama qilinayotgan muammolardan biri fan
sifatidagi ijtimoiy ishning predmeti, amaliy faoliyat sohasi va o’quv predmeti, asosiy bilim va
ko’nikmalar hajmi sifatidagi ijtimoiy ish mavqeyi haqidagi masaladir. Hozirgi davrda fan
sifatidagi ijtimoiy ishni qurish va bayon qilishning umum e’tirof etgan me’yorlari yo’q, bu
esa uning - yoshligi, ilmiy apparatining shakllanish va oyoqqa turish bosqichida ekani
to’g’risida guvohlik beradi. Ijtimoiy ish fanining predmeti, o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida
uni boshqa fanlar predmetlari, avvalo Sotsiologiya, psixologiya, konfliktologiya, ijti moiy tarix
predmetlari bilan qiyoslab so’z yuritish mumkin. Ijtimoiy ish ko’proq amaliy xususiyatga
ega.
U faqat nazariyadan iborat emas, balki o’z tarkibiga uzviy ravishda muayyan amaliy
tajribaning ma’lumotlarini ham hamrab oladi. Hayot bilan, aholi turli guruhlari va qatlamlari
hayotining muayyan shart- sharoitlari bilan mustahkam aloqa ijtimoiy ish sohasidagi ilmiy
tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirishdagi muhim shartdir.
Ushbu tadqiqot ishining obyektlari va predmeti Ijtimoiy ish modellarini o’rganish hamda
predmeti bo’lib esa, ijtimoiy ish nazariyasida mijozlar bilan ishlashda ijtimoiy ish modellaridan
foydalanishdni qo’llash, shuningdek, ijtimoiy ishning ekologik modellarini amaliyotga tatbiq
etish turadi.
Ijtimoiy ish ko’proq amaliy ko’rinishga ega bo’lganligi sababli uning nazariy jihatlarini
o’rganishda boshqa ijtimoiy fanlardan ham iqtiboslar olinadi hamda ijtimoiy ish nazariyasi
talqinida ko’rib chiqiladi. Shu munosabat bilan ijtimoiy ish modellarini ko’rib chiqishda
quyidagi metodlardan foydalanildi: analiz-sintez metodi, keys-stadi metodi, baholash metodi,
hujjatlarni tahlil qilish metodi, intervyu metodi, eksperiment metodi, tajriba-psixologik tadqiqot
metodlaridan foydalanildi.
O’rganilayotgan mavzuning yangiligi shundan iboratki, bugungi kunda ijtimoiy ish
nafaqat amaliy faoliyat sifatida rivojlanib bormoqda balki, ijtimoiy ishning nazariy jihatlari ham
rivojlanib ijtimoiy fanlar qatorida alohida o’ringa ega bo’lmoqdaki, bu esa boshqa ijtimoiy fanlar
ham ijtimoiy ishning modellari, nazariyalari, texnologiyalaridan foydalanayotganliklarini
ta’kidlash mumkin.
Ijtimoiy ishning psixo-orientir modeli, Ijtimoiy ishning kompleks-orientir
modelining o‘ziga xosligi (sotsial
-pedogogik model, kognitiv model, V.G.Bocharovning ijtimoiy
xizmat tizimlar modeli, S.I.Grigorevning vital-orientir modeli va b.) Ijtimoiy ishda xorij
modellarining o‘ziga xosligi (Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh va b.
Mamlakatlar misolida) ko’rib chiqildi.
Istalgan kasb puxta umumiy va maxsus tayyorgarlik, tajriba orttirish natijasida inson
erish bir kator maxsus bilimlarni va muayyan ko‘nikmalarni nazarda to’tadi. «Kasb» termini
odatda keng ma’noda ishlatiladi: ishdagi kasb, pro
fessional duradgor, professional tarbiyalovchi,
vrachlik kasbi.
9
Жўраев Л. Ижтимоий иш бўйича изоҳли луғат. Самарқанд. 2010й
10
Spravochnoye posobiye po sosialnoy rabote / Pod red. A.M. Panova, Ye.I. Xolostovoy.
—
M.: Yurist’,
1997.
1120
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Ingliz tili lu
g‘
atlarida kasb (profession) yuqori darajada texnik va intellektual chuqur
bilimga egaligi bilan ifodalanadigan
o‘
rta sinf vakillarining ishi (occupation) sifatida keltiriladi
Professional faoliyatning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, texnik turlari mavjud.
Ijtimoiy ish faoliyatning an’anaviy turlariga taallu
qli emas. Ijtimoiy ish faoliyatning
asosiy turidir. U
o‘
ziga xos b
o‘
lib, aholining turli qatlamlariga yordam k
o‘
rsatishga qaratilgan.
Ijtimoiy ish
o‘
ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida uch tur kasb, fan
o‘q
uv fani bilan
ifodalanadi.
Kasb sifatida u alohida shaxslarga, kishilar guruhiga yordam k
o‘
rsatish orqali shaxsiy va
ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan; fan sifatida u shaxs hayotiy faoliyatiga,
aniq ijtimoiy guruqga va jamiyatga bevosita aloqador ijtimoiy jarayonlarni va ijtimoiy xodim larni
o‘
rganadi. Ijtimoiy ish
o‘
kuv fani sifatida k
o‘
p
o‘
irrali xususiyatga ega va turli tipdagi
o‘
kuv
yurtlarida
o‘q
itiladi.
Ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy y
o‘naltirilgan kasablar bo‘lgan
va psixolog, pedagog
singari boshqa
o‘
xshash kasblardan farq qiladigan belgilarga ega. Ijtimoiy xodim va mijoz
o‘rtasida o’zaro hamkorlik xususiya
tining
o‘z
i asosiy farq qiladigan xususiyatlardan biri
hisoblanadi. Yordam beradigan boshka kasblarga xos bo‘lgan subyektiv
-obyektiv
munosabatlardan farqli ravishda postindustrial jamiyatning ijtimoiy ishida ishonch asoslangan
subyekt-subyekt munosabatlari ustunlik qiladi. Bunday sharoitda mijoz qaror qabul qilish
xuquq
ini yoki ustunlikni o’zida saklab koladi.
Ijtimoiy ishning
eng umumiy ta’rifi
- bu shaxs, guruhlar va hamjamiyat hayotida ijobiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha professional faoliyat. Buyuk Britaniya ijtimoiy
xodimlari uyushmasi ijtimoiy ishning q
uyidagi ta’rifini berdi: ijtimoiy ish
-
bu ularga ta’sir
qiladigan shaxsiy, ijtimoiy va vaziyatga bo
g‘
lik qiyinchiliklarni belgilashda kishilarga va
h
amjamiyatlarga yordam beradigan mas’uliyatli kasbiy faoliyatdir.
2002-yil iyulda Jenevadagi Xalqaro ijtimoiy xodimlar Federatsiyasining har yillik
uchrashuvida qu
yidagi ta’rif
qabul qilindi: ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy
o‘
zgarishlarga, kishilar
o‘
rtasidagi muammolarni xal qilishga, mobillashtirishga va individlar va guruhlarning
xotirjamligini kafolatlash uchun ularni safarbar etishi va ozod qilishga yordam beradi,
Ijtimoiy ish inson hulq-atvori va ijtimoiy tizimlar nazariyasini
qo‘
llab, odamlarning ular
atrofidagi kishilar bilan munosabatlariga aralashadi. Inson xuquqlari va ijtimoiy adolat
tamoyillari ijtimoiy ish uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy ish
qo‘
llab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish va reabilitatsiya qilish vositasida
qiyinchiliklarni yengib
o‘
tishda ularga yordam beradi. Bu tashxis k
o‘
yish uchun yuborilgan
huquqbuzarliklarni tuzatish va nazorat qilish bilan bo
g‘
lik patronaj, ijtimoiy yordam, ijtimoiy
ta’minot, ijtimoiy ta’lim faoliyatidir.
Kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ish uch sohani
o‘
z ichiga qamrab oladi. Birinchidan, bu
shaxsiy va oilaviy darajalardagi ijtimoiy terapiyadir. Ikkinchidan, bu turli tasnifdagi guruh bilan
olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir. Va, uchinchidan, bu jamoada, yashash joyida olib
boriladigan ijtimoiy faoliyatdir.
Individni ijtimoiy moslashtirish va hayotga qayta tayyorlash, uning hayotida r
o‘
y
berayotgan nizolarni hal qilish yakka tartibda ishlashning asosiy maqksadi hisoblanadi.
11
Аберкомби Н. и др. Социологический словарь.
-
Казань: Изд
-
во Казан. Ун
-
та, 1997; Джер Д.,
Джери Дж. Большой толковый социологичекий словарь (Коллинз): В 2
-
х т. | Пер. с англ. М: Вече,
ACT, 1999.
1121
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Misol uchun, oilada bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti ota-onalarning ijtimoiy-
madaniy va moddiy maq
omiga, ularning bolalarga keraklicha e’tibor berishga
qodirligi yoki
qodir emasligiga, mazkur oila q
aerda yashashiga, ta’lim resur
slarining qulayligiga bo
g‘
lik.
Barcha sanab
o‘
tilgan xolatlarda qonunlarda mustahkamlangan qoidalardan foydalanish
uchun ularning ota-onalariga ham malakali yordamchilarning k
o‘magi zarur. Ijtimoiy ish e’lon
qilingan huquqlarni amaliyotga tatbiq qilinishi uchun kerak b
o‘
lgan ijtimoiy mexanizm
hisoblanadi. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni aniqlashi, mijozni
qo‘
llab-quvvatlashga qartilgan
ijtimoiy resurslar manbalariga murojaat qilishda oilaga va individga yordam berishi mumkin.
Ijtimoiy yordam va k
o‘
mak zarur b
o‘
lgan guruhlar yoshiga qarab bolalar, yoshlar, keksa
fuqarolarga tasniflanishi mumkin. Boshqa tasnif gender, madaniy yoki
o‘xshash
muammolar
bo‘yicha amalga oshiriladi, ya’ni diniy guru
hlar, yol
g‘
iz ota-onalar, yol
g‘
iz onalar birlashmasi,
sobiq alkogoliklar yoki giyohvandlar guruhlari. K
o‘
pincha ijtimoiy xodimlar ijtimoiy illatga
aylangan yoki xatto jinoiy xususiyatga ega b
o‘
lgan guruhlar - bolalar yoki
o‘
smirlar
jinoyatchiligi, darbadarlik, uyushgan foxishabozlik, aksilijti-moiy y
o‘
nalishli guruhlar bilan
ishlashiga tu
g‘
ri keladi.
Yashash joyi b
o‘
yicha va jamoalarda faoliyat olib borish ijtimoiy xodim faoliyatining
muhim sohasi hisoblanadi. U odamlar zich b
o‘
lib yashaydigan joylarda ijtimoiy xizmatlar
ta
’
motini kengaytirishga, ijtimoiy aloqa-larni mustahkamlashga, qulay ijtimoiy-ruhiy iqlim
yaratishga, shuningdek, turli mahalliy tashabbuslar,
o‘
zaro yordam beruvchi guruhlarni tashkil
etishga qaratilgan. Bu sohada
O‘
zbekistonning
o‘
ziga xos ijtimoiy tashkiloti -
mehnatining
ulkan
salohiyatidan va imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Yetimxonalar, internat xodimlari; tibbiy muassasalar tizimidagi, ijtimoiy xodimlar;
nogiron bilan ishlaydigan mo’taxassislar va bu ijtimoiy xodimlar kasbiy faoliyat turlarining
to‘liq ro‘yhati emas, uni yana davom ettirish mumkin.
Shunday qilib, ijtimoiy ishning mazmun-mohiyatini individlar, oilalar, guruhlarning
ijtimoiy huquqlarini ro‘yobga chiqarishda va to‘laqon ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga tusqinlik
qiladigan jismoniy, ruh intellektual, ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni hal qqilishda ularga
yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat sifatida ta’riflash mumkin. Ijtimoiy ishning mazmun
-
mohiyatini faoliyatning o‘ziga xos turi, inson hayotining madaniy, ijtimoiy va moddiy darajasini
ta’minlash maqsadida unga davlat tomonidan va nodavlat ko‘mak berish, insonga, oilaga yoki
shaxslar guruh yakka tartibda yordam berish sifatida ta’riflash mumkin
1
.
Turli mamlakatlarda ijtimoiy xodimlarni ish bilan ta’minlash xolatiga turlicha
yondashuvlar mavjud. Bir qator mamlakatlarda, masalan Shvesiyada - bu kasb ijtimoiy himoya
va sog‘liqni saklashni birlashtiradigaщn sohaga taalluqli. Irlandiyada esa ijtimoiy xodimlar
(social workers) sog‘liqni saqlash tizimiga mansub. Ular kasalxonalarda, turar joylaridagi
salomatlik markazlarida ishlaydi, k
ishilarni ruhiy qo‘llab
-
quvvatlaydi. Ijtimoiy ta’minot sohasida
odamlarga yordam beruvchilar (welfare workers! ijtimoiy himoya qilish sohasida ishlaydi.
Bundan tashqari, Irlandiyada yoshlar bilan ishlaydigan mo’taxassislar (youth workers)
mavjud.
Ushbu mutaxassislar, u yoki bu darajada bir-
birlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi,
ko‘ngillilarni va turli hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarni hamkorlikka taklif etadi.
AQShda ijtimoiy xodim ijtimoiy xizmatlar bo‘limlaridan tashqari tibbiyot muassasalarida
ham faolsh ko‘rsatishi mumkin. Mijozni ham davolash jarayonida, ham uyiga qaratishga
tayyorlashda yetarlicha tibbiy va ruhiy qo‘llab
-quvvatlash uning vazifasi hisoblanadi.
1122
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Rossiyada ijtimoiy xodimlar ijtimoiy ta’minot, ta’lim (ijtimoiy pedagoglar), ish bilan
ta’minlash xizmati, armiyada faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda o‘am ijtimoiy xodimlar shunga
o‘
xshash sohalarda faoliyat olib boradi.
Moliyalashtirish manbai ijtimoiy ish dasturlaridagi asosiy tafovutlardan biridir. Ushbu
tamoyil bo‘yicha dasturni ikkita shaklga ajratish mumkin. Bular soliqlar hisobiga faoliyat
ko‘rsatadigan davlat shakli hamda va ixtiyoriy xayr
-ehsonlarga asoslangan xususiy shakl. Biroq
ko‘pincha xususiy xizmatlar davlat qarzisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. G‘arbdagi ko‘plab xususiy
agentliklar davlat institutlari tomonidan boriladigan pullar, gonorarlar, xizmatlar evaziga
tushadigan pullar. cherkov ulushlari va boshqka omonatlar, meros qilingan pullar, yillik rentalar,
omonatlar foizlari singari moliyalashtirishning turlarini biriktirish hisobiga faoliyat olib boradi.
Ijtimoiy dasturlarning davlat tomonidan
qo‘
llab-quvvatlanishi normal hodisa.
Jamiyatning bir qismi b
o‘
lgan ijtimoiy muassasalar uning k
o‘
magisiz unumli va samarali faoliyat
ko’rsata olmaydi. Ijtimoiy muammolar jamiyat
hayotiy faoliyatining natijasidir, ularni hal qilish,
sarf-xarajatlarni qoplash kerak
Ijtimoiy ishning asosiy modellari uning turli xil maktablari evolyutsiyasini, ijtimoiy ish
mazmun-
mohiyatida va shakllaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Har bir model nazariy
qoidalarga ega, inson va jamiyat tug‘risidagi turli fanlar bilan bog‘lik, ijtimoiy ishning muayyan
mazmuniga ega.
Ijtimoiy ishga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning zamonaviy modellarini ijtimoiy
yo‘naltirilgan, psixik yo‘naltirilgan va kompleks yo‘naltirilgan modellarga bo‘lish an’anaga
aylangan.
Unga eng kuchli ta’sir qilgan va ta’sir ko‘rsatayotgan turdosh fanlarga nisbatan ijtimoiy
ish sohasidagi nazariy yondashuvlarning taxlili bunday tasniflashning asosi hisoblanadi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan modellar
sotsiologik konsepsiyalar bilan uzviy bog‘lik, ijtimoiy
rivojlanish qonuniyatlarini bilishga, jamiyatni tarkibiy to’zishga, uning ijtimoiy instito’tarining
o‘zaro aloqalariga tayanadi.
Zamonaviy ijtimoiy yo‘naltirilgan modellar orasida quyidagilar ko‘proq tanildi:
ekologiya nazariyasi («hayot modeli»); ijtimoiy
-radikal model; tizimli model.
Ijtimoiy ishda hayot modeli
kategoriyasi ekologiya tizimlari nazariyasining
asosiy
tushunchasiga aylandi. Hayot modeli odamlarni borliqning ko‘p qirrali shart
-sharoitlariga doimiy
ravishda moslashib boradigan hayot faoliyatining subyektlari sifatida qaraydi, hayotiy tizimlar
(kishilar, ularning birlashmalari) o‘z muhiti bilan yaxshi muvozanatni saqlashga harakat
qilishlari kerak. Ushbu nuqtai nazardan odamlarning moslashuvchanlik qobiliyatlarini
kuchaytirish, shuningdek ularning muhitiga ta’sir qilish ijtimoiy ishning bosh maqsadi
hisoblanadi. Tizimli ekologik yondashishi aholini ijtimoiy ta’minlash va qo‘llab
-quvvatlash
tizimi faoliyatini tashkil etishda keng ko‘lamda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ishni nazariy asoslashning ijtimoiy-radikal modeli
asosida inson huquki uchun
harakat qilish yotadi. Mazkur yondashuv doirasida quyidagi qoidalar e’lon qilinadi. Birinchidan,
ba’zi guruhlar (masalan, yoshlar, ayollar) ijtimoiy ekspluatatsiya kilinadigan guruhlar
hisoblanadi. Ikkinchidan, xukmron iqtisodiy va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari ushbu
guruhlarni marginallashtiradi va ularning hayotiy imkoniyatlarini kamaytiradi. Uchinchidan,
ijtimoiy institutlar o‘z shakli, konunlari va boshqarish asoslarini o‘zgartirmaguniga qadar barcha
odamlar uchun imkoniyatlarning tengligiga erishib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy ishning qatiy
modeli turli ijtimoiy guruhlar vakillari ongini himoya qilish va
rivojlantirish modeli sifatida quriladi, u «vakolatlar berish», ijtimoiy advokatura singari shakllari
1123
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
asoslanadi
hiimoya qilish va «vakolatlar berish» texnologiyasi jabrlangan, yuz o‘girilgan
guruhlarga kiradigan mijozlarning ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan, boz ustiga
xokimiyat to’zilmalarining ta’sirini sinfiy mansublikni hisobga olishga urg‘u beriladi.
Tizimli model
.
Qiyin hayot sharoitiga tushib qolgan odamlar ijtimoiy tizimning o‘ziga
xos elementlari hisoblanadi. Binobarin, insonning ijti moiy himoya qilish va qo‘llab
-quvvatlash
muammosini xal qilish acocan tizimlarni takomillashtirishga va isloh qilishga asoslanishi kerak.
Mazkur nuqtai nazardan ijtimoiy xodimning vazifalari ikki guruhga bo‘linadi bir
tomondan, ular odamlarning muammolarini hal qilishda ularga yordam berishga qodir bo‘lgan
tashkilotlar va idoralar faoliyatini tartibga solish bilan bog‘lik, boshqa tomondan, o‘zini o‘zi
tartibga soladigan tizim sifatida inson salohiyatini faollashtirish xaqida so‘z bormoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, tizimlar nazariyasida ikkita katta yo‘nalishni ajratib
ko‘rsatish mumkin. Bular: asosan mijozga yordam berishga yo‘naltirilgan funksionalizm hamda
ijtimoiy xodim va mijoz o‘rtasida yuzaga keladigan va mijozning shaxsiy kamol topishiga
ko‘maklashadigan ijobiy munosabatlarga muhim rol o‘ynaydigan konstruktivizm
1
. Bunda
ijtimoiy ish yaxlit tizim sifatida qaraladi. Uning elementlari avtonom mavjud bo‘lgani holda
birmuncha yaxlitlikni xosil qiladi. Mijozning ijtimoiy muhiti shunday elementlardan biri
hisoblanadi. Shu sababli tizimlar nazariyasida ekologiya modeli deb nomlangan ijtimoiy ish
modeli ajratib ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy ishning
psixologik yo‘naltirilgan modeli
psixologik bilimlarga, insonning
psixologik maqomi va kamol topishi qonuniyatlari hisobga olinishiga tayanadi. Ushbu guruh
orasida psixodinamik model va kognitiv-bixevioral modelni ajratib k
o‘
rsatish mumkin.
Ijtimoiy ishda psixodinamik model
3.Freydning klassik psixoanaliz nazariyasi
g‘oyalariga borib taqaladi.
Bunda g
an psixika to’zilmasi to‘g‘
risida, bolaning ruhiy kamol
topishi tu
g‘
risida, ruhiy kasalliklar va ularni davolash tu
g‘
risida boradi. Psixoanaliz nazariyasi
yakka tartibda ijtimoiy ish olib borishning mijozni individuallashtirish, yuzaga kelgan muammo-
larni baxolash, unga tashxis
qo‘
yish, yordamning terapevtik texnologiyalaridan foydalanish
singari tamoyillariga asos soldi va yakka tartibdagi xolatlarni
{casework)
kurib chikishning
asosiga aylandi.
Ijtimoiy ishning psixodinamik modeli, birinchidan, mijozning ichki dunyosiga ta’sir etish
vositasida uning hulq-atvori, qarashlari, munosabatlarini tuzatishga yordam beradi. Ikkinchidan,
mijozning ijtimoiy-iqtisodiy xolatini, uning ijtimoiy-ierarxik guruhlar tizimidagi maqomini,
asosiysi aloqa qilinadigan guruhdagi munosabatlar dinamikasini, mijozning yashash muhitini
hisobga oladi. Uchinchidan, aniq yordam berish jarayonida foydali bo‘lib chiqadi.
Ijtimoiy xizmatlardan unga ehtiyoj sezadigan barchaning foydalanishi ijtimoiy ishning
kognitiv-bixevioral modelining
asosiy tamoyilaridan biri hisoblanadi. Ushbu model insonning
kuzatiladigan hulq-
atvoriga, uning ijtimoiy muhitga nisbatan faolligiga e’tiborni qaratadigan
o‘rganish nazariyasiga asoslanadi.
Ushbu nazariya nuqtai nazaridan insonni
o‘
rgatish y
o‘
li bilan
istalgan tajribani amalga oshirish mumkin.
Ijtimoiy xodim oldida xalos bo‘lish kerak bo‘lgan hulk
-atvorni aniqlash, xohlangan yangi
hulq-atvorni aniqlash va inson hulq-atvorini shakllantiradigan, uni mustahkamlash imkonini
beradigan rejimlarini aniqlash vazifasi turadi. Moslashish yoki ijtimoiy hohlangan hulq-atvorga
rioya qilganda inson «yaxshi hayotga» erisha oladigan muhit yaratilgan taqdirda ushbu
vazifalarni bajarish mumkin
12
Хьелл Л., Зиглер Д. Теории личности
-
СПб: Питер, 2000, С. 358.
1124
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Ta’sir ko‘rsatish esa shart
-
sharoitlarni uzgartirishga, sa’y
-harakatning yangi shakllarini
o‘rganishga va tajribani tushunishga yo‘naltirilishi kerak. Ijtimoiy xodim, ham mijoz uchun
batafsil ishlab chiqilgan sa’y
-harakatlar tizimi yordamida texnologik jihatdan bunga erishish
mumkin.
Ijtimoiy ishning
kompleks yo‘naltirilgan modellari
biopsixo-ijtimoiy mavjudot sifatida
insonni himoya qilish va uning hayotiy kuchlarini qo‘llab
-quvvatlash muammolarini yaxlit
qurishga qaratiladi. Psixologik va sotsiologik bilimning integratsiyasi asosiga qurilgan rolli
model
ushbu modelga misol b
o‘
la oladi (Ya. Moreno, J.G. Mid). Ushbu yondashuv, eng avvalo,
shaxsni tushunishga asoslanadi, mijozni
o‘
tgan tajribani hisobga olgan holda
o‘
zini qanday
to’tish va kamol topishga o‘
rgatadi, hayotdagi
o‘
z
o‘
rni tu
g‘
risida tasavvur uy
g‘
otadi.
Kuchli jihatlar va resurslar bilan ta’minlash nazariyasi
modeli o‘zgarishga va o‘z
resurslarini faollashtirishga yordam berish uchun insonning kuchli tomonlaridan foydalanadi,
ijtimoiy xodimga hamkor rolini beradi, mijoz va ijtimoiy xodim o‘rtasidagi to‘siqni kamaytirish
imkonini beradi, mijozlar ishlatadigan stigmatizimlangan terminologiyadan foydalanishning
oldini oladi.
Ijtimoiy ishga nazariy yondashish bilan amaliyot o‘rtasidagi tafovutga qaramay, eng
avvalo, turli modellarning umumiy xususiyatlarini aniqlaydi. Ijtimoiy ishning u yoki bu nazariy
poydevori ijtimoiy ish mazmun-
mohiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, ishonchli ijobiy natijalar berishi
mumkin. Ijtimoiy xodim uz shaxsi va amaliyotining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda o‘zi
amalga oshiradigan ishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq: yondashuvlar mos kelishini yaxshi bilishi
kerakligi buning asosi hisoblanadi.
Xulosa
Ijtimoiy ish
–
bu tizimli va maqsadga qaratilan faoliyatdir. Mazkur amaliy faoliyat
hodisalar, vaziyat va jaranlarni tahlil qilishga (tushuntirish va anglab yetish) yordam
beruvchi bir va bir qancha nazariyalarga asoslanadi. Insoniyat va guruhda o’zgarishlarning
ehtimolligi, shuningdek nazariy asoslangan intervensiyalar haqidagi nazariy tasavvurlarga
ega bo’lish katta ahamiyatga ega.
Barchasini inobatga olgan holda aytish mumkinki, nazariya ijtimoiy ishchiga:
1) tahlil qilishga, ya’ni tushunish va tushuntirishga;
2) faoliyat yuritish, o’zgarishlarni amalga oshirgan holda ishlashga yordam beradi.
Nazariy bilimlar yordamida ijtimoiy ishchi mijozning muammosini tushuntirib bera
olishi va terapevtik jarayonning mohiyatini tushuna olishi, mijozni,hamda mijoz bilan
o’zaro munosabatlarga kirishish mobaynida o’zligini tushunish imkoniyaga ega bo’ladi. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, bu nazariya bir qancha psixologik, sotsiologik va boshqa
nazariy
alarning kombinatsiyasidan iborat bo’lmay, balki ijtimoiy ishga tegishli nazariyalardan
biri bo’lishi lozim. Ҳ
aqiqatda ham bu turli xil nazariyalarni mujassamlashtirmoq birmuncha
mushkul bo’lar edi.
Zero ularning ba’zilari faqat nazariy tahlilga yaroqlik bo’lsa, boshqalari –
amaliy faoliyat uchun qo’l keladi. Ba’zan shunaqa ham bo’ladiki, turli xil nazariyalar turli
darajada qo’llanilishi mumkin: biri inson shaxsini tushunish uchun bo’lsa, boshqasi –
oilani,
yana uchinchisi esa
–
qo’llab
-
quvvatlash tizimini, ijtimoiy institut va to’zilmalarni
tushunishda yordam beradi. Ijtimoiy ishda “inson o’zining vaziyatida” degan
iboranitushunish uchun kompleks tahlilni olib borish hamda ichki va tashqi muammolar
o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni tushunishga qaratilgan amaliy faoliyatlarning kompleks
strategiyasini amalga oshirish uchun nazariy yondoshuvlarning paydo bo’lish davri kechgan.
1125
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Lisbet va professor Gunnar Bernler (Geteborg universiteti, Shvesiya) psixoijtimoiy deb
nom olgan nazariyani ishlab chiqish ustida ishlaganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Рамзей Р. Социалная работа: наука
-
профессия. К развитию консепции. / Социалная
педагогика и социалная работа за рубежом,—
Социалная работа,—
Вып.6.—
М.,
1991.
2.
Тетерский Н.В. Ижтимоий ишга кириш. Т. 2006
3.
Kuzmin K.V., Sutyrin B.A. Ijtimoiy ish tarixi (qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha) -
4-nashr. va rev. - M., 2006 yil.
4.
Melnikov V.P. , Xolostova E.I. Rossiyadagi ijtimoiy ish tarixi. - M., 1998 yil.
5.
Firsov M.V. Ijtimoiy ish tarixi. - 2-nashr. - M., 2007 yil.
6.
Xolostova E.I. Rossiyada ijtimoiy ishning genezisi. - M., 2006 yil.
7.
Ғаниева
М. Ижтимоий иш асослари. Т.: 2010 йил
8.
Набиев Ф. Ижтимоий сиѐсат. Т.: 2007й
9.
Жўраев Л. Ижтимоий иш бўйича изоҳли луғат. Самарқанд
. 2010
й
10.
Болибоев А. Х. Роль социальных институтов в реализации социальной политики
//актуальные проблемы социального развития. философские и социологические
исследования. –
2021.
–
с. 177
-182.
11.
Абдурахмонова, М. М. (2020). Ижтимоий иш касбий фаолиятининг мактабга
йўналтирилган соҳасини ривожланишида жаҳон амалиёти тажрибалари.
Журнал
Социальных Исследований
,
3
(6).
12.
Абдурахмонова, М. М. (2021). ТЕОРИИ МЕЖСЕКТОРАЛЬНЫХ ПОДХОДОВ К
ЗАЩИТЕ ДЕТЕЙ.
Человек. Наука. Социум
, (2), 62-74.
13.
Абдурахмонова,
М.
М.
(2021).
НЕОБХОДИМОСТЬ
ИЗУЧЕНИЯ
ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ ДЛЯ ПРИНЯТИЯ ЭФФЕКТИВНЫХ РЕШЕНИЙ В
ШКОЛЕ.
Человек. Наука. Социум
, (1), 33-46.
14.
Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). УЗБЕКСКАЯ МОДЕЛЬ
РАЗВИТИЯ МАЛОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА.
Ученый XXI века
, 62.
15.
Абдурахмонова, М. М., & Содикова, Д. Ш. (2020).
EFFICIENCY OF
MANAGEMENT OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS IN THE
PREPARATION OF QUALIFIED PERSONNEL.
Человек. Наука. Социум
, (2), 8-27.
16.
Абдурахмонова, М. М. (2021). МАКТАБЛАРДА САМАРАЛИ ҚAРOР ҚAБУЛ
ҚИЛИШ
УЧУН ЖAМOAТЧИЛИК ФИКРИНИ ЎРГAНИШ ЗAРУРИЯТИ.
Журнал
Социальных Исследований
, (SPECIAL ISSUE 1).
17.
Абдурахмонова, М. М., & Орипов, А. (2019). Основные направления и приоритеты
научной
актуализации
информационной
парадигмы
гражданского
общества.
Мировая наука
, (12), 56-59.
18.
Абдурахмонова, М. М., & Мирзажонов, Ж. (2020). Роль конституции в построении
правового государства и гражданского общества.
Теория и практика современной
науки
, (3), 9-11.
19.
Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016).
UZBEK MODEL OF SMALL
BUSINESS DEVELOPMENT.
Учёный XXI века
, (3-4 (16)), 58-63.
1126
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
20.
Mаdаliyеvа, F., & Abduraxmonova, M. (2021). O ‘ZBЕKISTОNDА MАKTАB
BITIRUVCHI O ‘QUVCHILАRINI KАSB
-
HUNАR BILАN TА’MINLАSHDА
IJTIMОIY ISH АMАLIYOTI.
Студенческий вестник
, (8-3), 94-95.
21.
Abduraxmonova, M., & A'zamova, Z. (2021). O’ZBEKISTONDA PENSIYA
TA’MINOTI
TIZIMINI
SHAKLLANTIRISHNING
MUHIM
JIHATLARI.
Интернаука
, (7-2), 91-93.
22.
Shаripоvа, K., & Abduraxmonova, M. (2021). O ‘ZBЕKISTОN MАKTАBLАRIDА
MЕHRIBОNLIK UYLАRI TАRBIYALАNUVCHISI BO ‘LGАN O ‘QUVCHILАR
BILАN IJTIMОIY ISH АMАLIYOTI ISTIQBОLLАRI.
Студенческий вестник
, (8-3),
82-83.
23.
Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). ROLE OF ETHICAL
CULTURE IN PREVENTING VIOLENCE AMONG SPUPILS.
Интернаука
, (11-2),
50-51.
24.
Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. (2020). Conceptual
aspects of the development of social work in the new social protection system of
Uzbekistan.
Chief Editor
, (5), 8.
25.
Abdurakhmonova, M. M. ugli Mirzayev, MA, Karimov, UU, & Karimova, GY (2021).
Information Culture And Ethical Education In The Globalization Century.
The American
Journal of Social Science and Education Innovations
,
3
(03), 384-388.
26.
Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. Conceptual aspects of
the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan. Chief
Editor.
27.
Abdurahmonova, M. (2020). World practical experience of developing a school-oriented
sphere of professional activity of social work.
Journal of Advanced Research in
Dynamical and Control Systems
,
12
(6), 1181-1186.
