1301
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
ALISHER NAVOIY
–
ADABIYOT VA MA’NAVIYAT SOHASIDA BUYUK MEROS
EGASI
Isroilov Dilshodxoʻja Saidqosim oʻgʻli
Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti
Rus tili adabiyoti 193- 23 guruh 3- kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15738893
Annotatsiya.
Ush
bu maqolada buyuk o‘zbek mutafakkiri, shoir va davlat arbobi Alisher
Navoiyning hayoti, ijodi va ijtimoiy-siyosiy faoliyati keng qamrovda yoritilgan. Tadqiqotda
Navoiy shaxsining shakllanishi, uning yoshligidan boshlab she’riyatga bo‘lgan qiziqishi,
Samarqand va Hirot shaharlaridagi tahsili, mashhur zamondoshlari bilan aloqalari asosida
uning tafakkur olami tahlil etiladi. Maqolada Navoiy ijodidagi g‘azallar, dostonlar, diniy
-
axloqiy asarlar, falsafiy risolalar, “Xamsa” dostonlar to‘plami, “Xazoyin ul
-
maoniy” kabi
asarlarining adabiy va ma’naviy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek,
Navoiyning davlat arbobi sifatida Hirot shahrini ma’naviy va madaniy markazga aylantirish
borasidagi ishlari, ilm-
fan va san’at rivoji uchun amalga oshirgan bunyodkorlik faoliyati ham
tahlil qilingan. Maqolada ilmiy bilishning obyektivlik va mantiqiy izchillik metodlari asosida
tahlillar o‘tkazilgan bo‘lib, buyuk siymo Alisher Navoiyning nafaqat o‘z davrida, balki bugungi
kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etuvchi asarlari va g‘oyalari haqida muhim xulosalar
berilgan.
Kalit so‘zlar:
Alisher navoiy, adabiyot, ma’naviyat, g‘azal, devon, xamsa, hayrat ul
-
abror, insonparvarlik, axloq, ilm-
ma’rifat, davlat arbobi, husayn boyqaro, abdurahmon jomiy,
mashhad, hirot, samarqand, zullisonayn, o‘zbek tili, foniy, shoir, tarix, falsafa, diniy
-axloqiy
asarlar, bunyodkorlik, majolis un-nafois, muhokamat ul-
lug‘atayn, xazoyin ul
-maoniy.
Аннотация.
В статье всесторонне освещается жизнь, творчество и
общественно
-
политическая деятельность великого узбекского мыслителя, поэта и
государственного деятеля Алишера Навои. В исследовании анализируется формирование
личности Навои, его интерес к поэзии с юных лет, его образование в городах Самарканде
и Герате, а также его мировоззрение, основанное на его контактах с известными
современниками.В статье показан вклад произведений Навои, таких как газели, эпосы,
религиозно
-
нравственные произведения, философские трактаты, сборник эпосов
«Хамса», «Хазойин ул
-
маоний», в литературные и духовные ценности. Анализируется
также деятельность Навои как государственного деятеля по превращению города
Герата в духовный и культурный центр, его творческая деятельность по развитию
науки и искусства. В статье анализируются методы объективности и логической
последовательности научного познания, а также приводятся важные выводы о трудах и
идеях великого деятеля Алишера Навои, которые актуальны не только в его время, но и
сегодня.
Ключевые слова:
Алишер Навои, литература, духовность, газель, диван, хамса,
хайрат ул
-
аброр, человечность, мораль, наука и просвещение, государственный деятель,
Хусейн Бойкара, Абдуррахман Джоми, Мешхед, Герат, Самарканд, Зуллисонайн,
узбекский язык, фоний, поэт, история, философия, религиозно
-
нравственные
произведения, творчество, мажолис ун
-
нафаис, хабфат уль
-
лугайин, хазоин уль
-
маоний.
Abstract
. The article comprehensively covers the life, work and socio-political activities
of the great Uzbek thinker, poet and statesman Alisher Navoi. The study analyzes the formation
of Navoi's personality, his interest in poetry from a young age, his education in the cities of
1302
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Samarkand and Herat, as well as his worldview based on his contacts with famous
contemporaries. The article shows the contribution of Navoi's works, such as ghazals, epics,
religious and moral works, philosophical treatises, a collection of epics "Khamsa", "Khazoyin
ul-maoniy", to literary and spiritual values. It also analyzes Navoi's activities as a statesman to
transform the city of Herat into a spiritual and cultural center, his creative work on the
development of science and art. The article analyzes the methods of objectivity and logical
consistency of scientific knowledge, and also provides important conclusions about the works
and ideas of the great figure Alisher Navoi, which are relevant not only in his time, but also
today.
Keywords:
Alisher Navoi, literature, spirituality, ghazal, divan, khamsa, hayrat ul-abror,
humanity, morality, science and education, statesman, Hussein Boykara, Abdurrahman Jomi,
Mashhad, Herat, Samarkand, Zullisonayn, Uzbek language, fony, poet, history, philosophy,
religious and moral works, creativity, majolis un-nafais, khabfat ul-lugayin, hazoin ul-maoniy.
KIRISH
O’zbek xalqining buyuk farzandi, yirik mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi, adabiy
tilimizni kamolotga yetkazgan Amir Nizomiddin Alisher binni G’iyosiddin Navoiy hijriy yil
hisobi bilan “o’n yettinchi ramazon oyi sana 844
-
tovuq yili” (milodiy 1441
-yil 9-fevral) Xuroson
davlatining yirik shahri Hirotning Bog’I Davlatxona mavzeyida xizmatchi oilasida dunyoga
keladi.Alisher bolaligidanoq o’zining o’tkir zehni, ziyrakligi, xush xulqi va xushfahmliligi bilan
tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan. Bo’lg’usi shoir 1445
-yildan boshlab maktabga boradi
va she’r eshitish, she’r o’qish va yodlashga qiziqadi, she’riyatga mehr qo’yadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Alisher Navoiy
davlat arbobi va buyuk she’riyat mulkining sultoni bo’lganligi obyektiv ochib berildi. Davlatning
boshqarish tizimidagi adolatlilik va siyosatlilik jihati mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.
MUHOKAMA VA
NATIJALAR
Buyuk zotlar dunyoga kelishlaridan ilgariyoq ishq dardiga mubtalo bo’lar ekanlar. Bu
dunyoga kelgach, ularning amallari, xulqlari, deganlari va bitganlari ishq bilan yo’g’rilar, vafo
va sadoqat bilan ziynatlanar ekan.
Alisher Navoiy ham shunday buyuklardan biri. To’rt
-besh
yoshli go’dakning tojik shoiri Qosim Anvor g’azallarini yod aytishi, maktab yoshida Farididdun
Attorning “Mantiq ut
-
tayr” falsafiy dostonini yodlashi, yetti
-
sakkiz yoshidan g’azallar bitishi,
o’n ikki
-
o’n uch yoshlarida mamlakat bo’ylab shuhrat taratishi, hikmronlar e’tiborini qozonishi
Alisher Navoiyning dunyoga buyuk bo’lib kelganligi kafolatidir.
Davlatshoh Samarqandiy
“Tazkirat ush
-
shuaro” asarida yozadi: “Sulton Abulqosim Bobur (1422
-
1457) so’zamol va
hunarparvar podshoh edi. U ba’zi paytlarda ulug’ amir bitgan turkiycha, forsiycha she’rlarni
mutolaa qilar, ta’bining qudrati va sharofati so’zlarining shirinligidan hayratlanar, taajjubga
tushar, ziyrakligi, muloyimligi uchun ofarinlar o’qir edi”.Nizomiy Aruziy Samarqandiy “Majma’
un-
navodir” asarida yozishicha, u vaqtlarda shoir bo’lishni istagan kishi o’zidan oldin o’tganlar
ijodidan yigirma ming bayt, zamondosh shoirlar ijodidan o’n ming bayt she’rni yod olishi kerak
ekan. Navoiy Attorning “Mantiq ut
-
tayr” dostonidan tashqari (dostonni to’liq yod bilgan)
“Muhokamat ul
-
lug’atayn”da o’zi qayd etishicha, yigitlik yillarida o’zi sevgan shoirlarning
“shirin ash’ori va rangin ab’yotidin” ellik mingdan ortiq baytni yod bilgan ekan.1447
-1449-
yillarda Alisherlar oilasi Iroqning Taft shahrida yashaydi. Yosh Alisher Taftda buyuk tarixchi-
olim SHarafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.1449-yilda ular yana Hirotga qaytib keladi.
1303
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
1452-1457-
yillarda otasi G’iyosiddin Kichkina podshoh Abulqosim Bobur saroyida
xizmat qiladi, uni podshoh Sabzavor shahriga hokim qilib jo’natadi. Alisher podshoh Abulqosim
Bobur homiyligida Mashhadda o’qishni davom ettirdi. Alisher o’n ikki yoshida (1455) otasidan
yetim qoladi va Xuroson podshosi Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi. Abulqosim
Bobur adabiyot va san’atni sevar, ijodkorlarni qadrlar, o’zi ham o’zbek va fors tillarida g’azallar
yozar edi. Ma’rifatparvar hukmdor Alisherni o’z tarbiyasiga oladi. Uning iqtidorini, qobiliyatini
e’zozlab, bilim olishi, ijod qilishi va shoirlik malakasini oshirishiga e’tibor qaratadi. 1456
-yil
Abulqosim Bobur o’z poytaxtini Xurosondan Mashhadga ko’chiradi va Alisherni ham o’zi bilan
olib ketadi. 1457-yil Abulqosim Bobur vafot etdi, Abu Sayd Mirzo Hirot taxtini egalladi. 1459-
1469-yillari Alisher Navoiy Samarqandda yashadi, unga Samarqand hokimi Ahmad Hojibek,
mashhur olim Fazlulloh Abulays rahnamolik qildi.
Alisher Mashhadda qolib o’qishni davom
ettirdi. U mantiq, falsafa, riyozat (matematika) kabi fanlar bilan birga shug’ullandi. Ayni vaqtda,
o’zbek va fors tillarida go’zal g’azallar bitib, el orasida zullisonayn shoir sifatida tanildi. Alisher
o’zbek tilidagi she’rlarida “Navoiy”, fors tilidagi she’rlarida “Foniy” taxallusini qo’llaydi.
Navoiy Mashhadda Sayid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammadlar bilan yaqin do’st
bo’ladi va bu ma’rifatparvar kishilar haqida keyinchalik “Holati Sayid Hasan Ardasher”, “Holati
Pahlavon Muhammad” kabi adabiy
-biografik asarlar yozadi. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida
Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Navoiyning bilim saviyasi, qobiliyati va she’riy iqtidoridan
xursand bo’lgan Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki
ulug’ shoir o’rtasidagi ustozlik va shogird munosabatlari yanada mustahkamlanib, hamkorlikka
aylanadi. Alisher 1466-yil Samarqandga keladi va u yerda dastlab moddiy qiyinchilikda
yashaydi. SHunga qaramay, Samarqand madrasalarida tehsil oladi, ilm-
fan, adabiyot va san’at
ahli bilan tanishadi. O’zining iqtidori, qobiliyati bilan tez orada obro’ va e’tibor qozonadi.
1469-
yili Husayn Boyqaro taxtni egallagach, Alisher Navoiyni Hirotga, o’z yoniga taklif
etadi.Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan “Hiloliya” qasidasini
bitadi.“Ixlosiya” madrasasi, “Xalosiya” xonaqohi, “SHifoiya” tabobatxonasi, Jome’ masjidi,
“Dorul
-
huffoz” (qiroatxona) va shunga o’xshash boshqa o’nlab binolar, rabotlar qurdiradi,
kanallar qazdiradi.Alisher Navoiy 1472-1476-
yillar birinchi she’riy devoni “Badoye ul
-
bidoya”,
1486-
yilda ikkinchi devoni “Navodir un
-
nihoya”ni yaratdi.1483
-1485-
yillar davomida “Xamsa”
asari yaratildi. 1491-1492-
yillarda u o’zbek tilida yozgan hamma she’rlaridan yaxlit bir devon
tuzishga kirishadi. Devon ustidagi ish 1498-1499-
yillargacha davom etdi. U to’rt qismdan iborat
bo’lib, har qaysisi tugal bir devon edi. Unga shoir “Xazoyin ul
-
maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”)
deb nom beradi. Bu devon xalq orasida “Chor devon” nomi bilan ham mashhur.
Alisher Navoiy
“Tarixi muluki Ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, 1491
-
yilda “Majolis un
-
nafois” tazkirasini,
1492-
yil adabiyot nazariyasiga oid “Mezon ul
-
avzon” risolasini, 1495
-1496-
yillarda “Nasoyim
ul-
muhabbat”, 1498
-1499-
yillarda “Lison ut
-
tayr”, 1499
-
yil “Muhokamat ul
-
lug’atayn”, 1500
-yil
“Mahbub ul
-
qulub” kabi bir qancha asarlar yaratdi.
Alisher Navoiy 1501-yil 3-
yanvarda og’ir
betoblikdan so’ng hayotdan ko’z yumdi. Husayn Boyqaro buyrug’iga ko’ra butun mamlakatga
motam e’lon qilindi.
Xulosa
Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy
-
ma’rifiy merosi, yuksak adabiy iste’dodi, chuqur
ijtimoiy tafakkuri va davlat boshqaruvidagi oqilona siyosati bilan nafaqat o‘z davrida, balki
butun Sharq olamida bebaho iz qoldirgan buyuk siymodir. Uning asarlari o‘zbek adabiy tilining
shakllanishi, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy poklanish va komil inson tarbiyasida muhim
manba bo‘lib xizmat qiladi.
1304
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Navoiy asarlarida ilgari surilgan axloqiy, diniy, falsafiy va estetik g‘oyalar bugungi
jamiyatimiz uchun ham dolzarbdir. U inson qadrini ulug‘lagan, adolat, saxovat, ilmlilik,
kamtarlik, sadoqat va vatanparvarlik kabi qadriyatlarni targ‘ib etgan. Ayniqsa, yosh avlodni
ilmga, ma’rifatga, ezgulikka da’vat qilgan she’riy satrlari yillar o‘tishi bilan ahamiyatini
yo‘qotmayapti.
Alisher Navoiy nafaqat shoir, balki dono davlat arbobi sifatida ham tarixda
munosib o‘rin egallagan. Uning bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy adolat yo‘lidagi sa’y
-harakatlari,
ilm-
fanga qaratgan e’tibori bugungi taraqqiyot yo‘lidagi harakatlarimiz uchun ibrat maktabi
bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Abduroziq Rafiyev, Nazira G’ulomova. Ona tili va adabiyot. “SHARQ” NASHRIYOT
-
MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI. Toshkent-2013.
191-bet
2.
Abduroziq Rafiyev, Lobar Rafiyeva. O’zbek tili va adabiyoti. TOSHKENT “NISO
POLIGRAF” 2015. 120
-bet
3.
Pulatov, Sh., Madalimov, T., Mullajonov, I., Qodirov, M., & Valiyev, L. (2020). Some
Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal of Multidisciplinary
Research and Publications, 2(11), 47-49.
4.
Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI
RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.
5.
PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiysiyosiy
vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.
6.
Po‘latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm
-
ma’rifatga qo‘shgan хissasi.//
“SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136
-
144 P.
7.
Po‘latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari. //“SCIENCE
AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21
-27 P.
8.
Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi //
Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
9.
Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagiqarashlarida
jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021.
451-455 R.
10.
10.Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith
//International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE)
ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.
