1170
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
SHAHODAT ISAXONOVA ASARLARIDA QO‘LLANGAN FRAZEOLOGIK
BIRLIKLARDA XALQ MADANIYATINING AKS ETISHI
Erkaboyeva Feruza Muzaffar qizi
Fargʻona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15714960
Annotatsiya.
Maqolada til va madaniyatning kesishuvi, lingvomadaniyat termini va
Sh.Isaxonova asarlarida qo‘llangan frazeologik birliklar va ularning lisoniy tahlili, til va
madaniyat va uning namoyon bo‘lishida frazemalarning ahamiyati masalalari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
frazeologik birliklar, barqaror birikma, erkin birikma, lingvomadaniyat,
milliy qadriyat, somatik frazeologizmlar, struktur-semantik xususiyatlar, madaniy kod.
Abstract
. The article covers the intersection of language and culture, the term
linguocultural and phraseological units used in the works of Sh. Isakhanova and their linguistic
analysis, language and culture and the importance of phraseology in its manifestation.
Keywords:
phraseological units, stable combination, free combination, linguistic culture,
national value, somatic phraseologisms, structural-semantic features, cultural code.
Аннотация
. В статье рассматриваются взаимосвязь языка и культуры, термины
лингвокультурология и фразеологические единицы, используемые в трудах Ш. Исахановой
и их лингвистический анализ, язык и культура и значение фразеологии в ее проявлении
Ключевые слова:
фразеологические единицы, устойчивое сочетание, свободное
сочетание, лингвокультура, национальная ценность, соматические фразеологизмы,
структурно
-
семантические особенности, культурный код.
Til va madaniyatning o
‘
zaro bir nuqtada kesishuvi lingvomadaniyatning shakllanishida
asosiy omillardan biri bo
‘
lib xizmat qiladi. Madaniy qadriyatlar, axloqiy xususiyatlarni
ifodalashda lingvomadaniy birliklar muhim vazifani bajaradi. Lingvomadaniy tahlil masalalari
jahon tilshunosligida Vilgelm fon Gumboldning nazariy qarashlari bilan boshlangan bo
‘
lsa, u
moddiyat va ma
’
naviyatning tilda namoyon bo
‘
lishi, madaniyatning milliy xarakteri va xalq
ruhiyatini ifodalashdagi halqa ekanligiga diqqatini qaratgan
. (Телия В.Н.,Русская фразеология:
семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты.)
Keyinchalik Teliya, Sh.Balli, J.Vandriyez, Boduen de Kurtene F.Bakk, R.Vayntraub,
O.A.Kononova, E.S.Gasanova, I.U.Adjiyevalarning qarashlarida tahliliy ma
’
lumotlar bilan
bayon etilgan. (Batirxonova M. Somatik frazeologik birliklar tarjimasining lingvomadaniy va
pragmatik xususiyatlari.)
Jahon tilshunoslari o‘z lingvistik qarashlarida dastlab frazeologizmlarning badiiy
asarlardagi tadqiqiga e’tibor qaratishgan bo‘lsa, keyinchalik turli tillardagi iboralar va ularning
tarjima jarayonidagi xususiyatlari, barqarorligi va asar mohiyatini ta’minlashdagi roli
masalalariga to‘xtalib o‘tishgan.
Lingvomadaniyat o‘ziga xos lisoniy birliklar –
frazeologik birliklar, metaforalar va
maqollar bilan namoyon bo‘ladi. Millatga xos bo‘lgan milliy xususiyatlar asosan iboralar orqali
yuzaga keladi va maqollarda xalq tafakkurining namoyon bo‘lishi bilan voqealanadi. Ayniqsa,
frazeologik birliklar barqaror xarakterga ega bo‘lib, muayyan millatga xos belgilarni xalqning
dunyoqarashi, an’ana va urf
-odatlari bilan birgalikda yaxlit tarzda aks ettiradi.Tarixiy tafakkurni
belgilashda, mentalitetiga xos fazilat va xislatlarni aks ettirishda frazeologik birliklar alohida
o‘rin egallaydi.
1171
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Frazeologik birlik
–
struktur-
semantik jihatdan yaxlit ko‘rinishga ega bo‘lgan birlik
sifatida eng qadimgi davrlardan Avestodan boshlab bugungi kungacha olimlar uchun qimmatli
manbaa sifatida baholanadi. Bir tildagi frazeologik birliklar ifodasi so‘zlovchining jinsini,
ijtimoiy darajasini, ma’lumotini, dunyoqarashini, yoshini, yashash joyini ko‘rsatishda muhim
o‘rin tutadi.
Jumladan, Shahodat Isaxonova asarlarida qo‘llangan frazeologik birliklar tarixiy davr,
tarixiy sharoit va tarixiy shaxslarga xos belgilarni ko‘rsatib, turkiy xalqlarga xos
lingvomadaniyat belgilarini ifodalash bilan namoyon bo‘ladi.
“Do‘ppisini osmonga otmoq” iborasi aynan o‘zbek tiliga xos frazeologik birlik sifatida
xursand bo‘lmoq semasini ifodalaydi. Do‘ppi leksemasi asosan Markaziy Osiyo xalqlarida milliy
bosh kiyimi semasiga ega ekanligi bilan ifodalanadi. Qardosh xalqlar tilshunosligida ham bu
ibora ko‘tarinkilik, tantanavorlik semasiga ega bo‘lgan frazeologik birlik sifatida qo‘llanadi.
Og‘zining tanobi qochmoq, og‘zi qulog‘ida, chehrasi ochiq frazeologizmlari bilan
sinonimik holatda qo‘llaniladigan bu ibora kishilarga xos ruhiyatni ifodalashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Frazeologik birliklar orasida insonning tana a’zolari nomlarini ifodalovchi somatik
frazeologik birliklar ko‘p uchraydi. Bosh, ko‘z, og‘iz, qo‘l, burun leksemalari bilan ifodalangan
frazemalar asosan millat kishilariga xos bo‘lgan illat va fazilatlari ifodalashi bilan diqqatga
sazovor. Boshi osmonga yetdi, bosh irg‘adi, boshga tushganini ko‘rmoq, bosh
-
qosh bo‘lmoq,
boshi ketadi, kallasi ketadi, boshiga yetmoq, boshidan sovuq suy quygandek, boshini ikkita
qilmoq, bosh qo‘shmoq shaklida tarixiy vaziyat, tarixiy muhitni ifodalashda asos bo‘lib xizmat
qiladi. Bosh-
qosh bo‘ldi, boshini ikkita qildi iboralari asosan millatimizga xos xususiyatlarni aks
ettiradi. A.Blum ta’biri bilan aytganda, frazeologizmlardagi muayyan xalq xususiyatlarini ake
ettirish madaniy kodlar orqali ifodalanadi. Ana shu madaniy kodlar millat qiyofasini belgilaydi.
(Usmonova Sh., O‘zbek va turk tillaridagi somatik frazeologizmlar f. f. n diss. )
Ulug‘bek Mirzoning boshini ikkita qilish kerakligi yodiga tushdi
.
Bosh tana a’zosi sifatida frazeologik birikmalar ichida eng ko‘p qo‘llanilishi bilan ajralib
turadi. U xalq orasida frazemalarni yaratishda ham umumiy nuqta funksiyasini bajaradi. Xalq
oila qurishni ikki boshni birlashtirish tarzida tafakkur etganligi namoyon bo‘ladi. Bosh
qovushtirmoq, boshini ikkita qilmoq frazeologik birliklari “oila qurmoq” semasini ifodalashi
bilan diqqatga sazovor. Ma’lumki, inson fikrlaganda, boshqalar bilan maslahatlashib ish
yuritganda unumdorlik ortadi, ish sifati yuqorilaydi. Shunday ekan, yuqoridagi iboralarda ham
fikrdoshlik, maslakdoshlik, maslahatlashib barcha yumushlarni amalga oshirish uchun
yo‘ldoshlik mazmuni ifodalangan.
Bosh-
qosh bo‘ldi frazeologik birligi bosh va qosh leksemalarining birikuvidan hosil
bo‘lgan bo‘lib, birgalikda amalga oshirmoq, birlashmoq semalarini ifodalaydi. Turkiy xalqlar
azaldan ittifoq bo‘lib, o‘zaro mulohaza va mushohada bilan barcha ishlarni amalga oshirishi,
ahillik birdamlik fazilatlarini aks ettirishi, har bir ishni amalga oshirishda avvaldan biriktirilgan
yoshi ulug‘ kishilar bilan hamjihatlikda amalga oshirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Boshiga yetmoq somatik frazeologik birikma ham erkin birikma bilan sinonimlik hosil
qiladi va til sistemasida alohida o‘rin egallaydi.
Endi Sulton Qozonxon bilan yovlashgan va oxiri boshiga yetib tinchigan hovliqma va
guppi amir Qazag‘anni Xonlar begim azaldan yoqtirmasdi.
(Daryoning boshiga yetganda xayollari to‘zidi
.
Shahodat Isaxonova.Bibixonim.)
1172
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Do‘mbirasiga o‘ynamoq frazeologik birligi leksik
-frazeologik sinonim sifatida namoyon
bo‘ladi. Do‘mbira asosan tanbura leksemasidan kelib chiqqan bo‘lib, torli chertma xalq musiqa
cholg‘usi hisoblanadi. (http s// uz,vikipedia.uz) Do‘mbira va o‘ynamoq leksemalarining
birikuvidan hosil bo‘lgan bu birlik erkin birikma sifatida ham qo‘llanadi. Frazeologik birlik
sifatida kimningdir ta’siri ostida bo‘lish, mustaqil fikrlay olmaslik semalariga ega.
Shahzoda qadrdon o‘yinchog‘ini qizg‘onayotgan bola holiga tushgan, sevimli
qo‘g‘irchog‘i allaqachon uni do‘mbirasiga o‘ynatayotganini anglamas edi.
(Shahodat
Isaxonova. Bibixonim. Toshkent.)
Xulosa sifatida shuni aytish o‘rinliki, Shahodat Isaxonova serqirra ijodkor. Uning asarlari
orqali nafaqat, bugungi kun, balki madaniyatimiz shakllanishining dastlabki paytlari Amir
Temur va temuriylar davriga xos madaniy kodlarni uchratish mumkin. Madaniy hayot va tilning
kommunikativ, estetik, yig‘uvchanlik xususiyatlari aynan barqaror birliklar orqali yuzaga kelishi
madaniyat va tilning muhim bo‘lagi sanaladi. Til taraqqiyotining muhim, ajralmas qismi sifatida
xalq tafakkuri va ma’naviy kamolotini namoyon etishda muhim o‘rin tutadi. Har qanday tilda
frazeologik birliklar milliy xarakterga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Телия
В.Н.
Русская
фразеология:
семантический,
прагматический
и
лингвокультурологический аспекты. –
М.: 1996
2.
Batirxonova M. Somatik frazeologik birliklar tarjimasining lingvomadaniy va pragmatik
xususiyatlari.Andijon, 2022
3.
Usmonova Sh. O‘zbek va turk tillaridagi somatik frazeologizmlar f. f. n diss.
-
Toshkent,1998. B-136
4.
Shahodat Isaxonova.Bibixonim. Toshkent,2011. 292-bet
5.
Йўлдошев Б. Фразеологик услубият асослари.
-
Самарқанд
, 1999. 27-
бет
6.
Ganiyeva Sh. Frazeologik birliklarning sintagmatik tadqiqi.
–
Farg‘ona, 2023. B
-35.
