Authors

  • Zebo Jo'rayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113140

Keywords:

rayonlashtirish rayon oʻlka provinsiya kichik provinsiya okrug landshaft taksonamik birliklar zonallik azonallik tizim struktura kompleks.

Abstract

Maqolada geografik rayon, rayonlashtirish tushunchalari, rayonlashtirishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, mohiyati, tarixi, metodlari, muammolari, taksonomik qiymati, geografik birliklari O`rta Osiyo, O`zbekiston hududi misolida tizimli tahlil yondoshuvi asosida tahlil qilingan.

background image

1203

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH, NAZARIY ASOSLAR VA TIZIMLI

YONDASHUV

Jo'rayeva Zebo Xolmirza qizi

Qarshi davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15730626

Annotatsiya.

Maqolada

geografik

rayon,

rayonlashtirish

tushunchalari,

rayonlashtirishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, mohiyati, tarixi, metodlari, muammolari,
taksonomik qiymati, geografik birliklari O`rta Osiyo, O`zbekiston hududi misolida tizimli tahlil
yondoshuvi asosida tahlil qilingan.

Kalit soꜥzlar:

rayonlashtirish, rayon, oʻlka, provinsiya, kichik provinsiya, okrug,

landshaft, taksonamik birliklar, zonallik, azonallik, tizim, struktura, kompleks.

ГЕОГРАФИЧЕСКОЕ РАЙОНИРОВАНИЕ, ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И

СИСТЕМНЫЙ ПОДХОД

Аннотация.

В статье проанализированы понятия географического района,

районирования, цель, задачи, содержание, сущность, история, методы, проблемы
районирования, таксономическое значение, географические единицы на основе
системного подхода на примере территории Средней Азии, Узбекистана.

Ключевые слова:

районирование, район, край, провинция, малая провинция, округ,

ландшафт, таксономические единицы, зональность, азональность, система, структура,
комплекс.

GEOGRAPHICAL ZONING, THEORETICAL FOUNDATIONS AND A SYSTEMATIC

APPROACH

Annotation.

The article analyzes the concepts of geographical area, zoning, purpose,

objectives, content, essence, history, methods, problems of zoning, taxonomic significance,
geographical units based on a systematic approach on the example of the territory of Central
Asia, Uzbekistan.

Keywords:

zoning, district, region, province, small province, district, landscape,

taxonomic units, zonality, azonality, system, structure, complex.

Hududiy rivojlanishning ilmiy asoslarini belgilashda geografik rayonlashtirish muhim

metodik vosita hisoblanadi. Har qanday hududning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy

xususiyatlarini o‘zaro bog‘liq holda baholash, resurslar va potensialdan samarali foydalanish
yo‘llarini aniqlashda rayonlashtirish printsiplarining ahamiyati beqiyosdir. Geografik

rayonlashtirish

bu hududlarni ularning umumiylik va farqlilik jihatlariga ko‘ra ilmiy mezonlar

asosida tahlil qilish va tizimlashtirish jarayonidir.

Har qanday hududni o'rganish muqarrar ravishda "joydan joyga" hududiy farqlarni

ajratishga olib keladi. Bundan tashqari, har bir geografik voqea va hodisalar butun geografik
qobiq doirasida emas, balki uning bir qismini

kichik hududini hamda hudud ichidagi alohida

qismlarini to'liq yoki vaqtinchalik qamrab olishi mumkin. Shu hududni (akvatoriyani) ma'lum bir
voqea va hodisalarning asosiy birlamchilik (hukmronlik) darajasiga ko'ra ajratish keng ma'noda
rayonlashtirish hisoblanadi.

Rayonlashtirish geografiyaning sintez shakllaridan biridir. Rayonlar birinchi navbatda

hududiy tizimlar hisoblanadi, ular obyektiv ravishda mavjud bo'lib, rayonlashtirish jarayonlari
natijasida shakllanadi.


background image

1204

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Shuning uchun tadqiqotchining vazifasi ularni egallab turgan hududini (akvatoriya) va

chegaralarini aniqlash hisoblanadi, bu jarayonda rayonlashtirishning maqsadi hal qiluvchi
ahamiyatga ega emas.

Ikkinchi holda, rayonlashtirish geografik ma'lumotlarni maxsus geografik

yondoshuvlardan foydalangan holda maqsadli tizimlashtirish metodi sifatida ko'rib chiqiladi, bu
esa rayonlarni mintaqa, zona, areal va boshqa taksonomik birliklar shaklida ajratishga olib
keladi

.

Rayonlashtirish - bir-biridan tabiiy, tarixiy, iqtisodiy xususiyatlari, odamlarning yashash

sharoitlari bilan farq qiladigan hududlarni qismlarga ajratish hisoblanadi.

Rayonlashtirish - geografik fanlarda keng qo'llaniladigan hududni tizimli tahlil asosida

o`rganish metodidir. Rayonlashtirish metod sifatida hududiy boshqaruv va hudud muammolarini
hal qilish, optimallashtirish va boshqalar uchun katta ahamiyatga ega. Y.G. Saushkinning
fikricha, rayonlarni ajratish va tavsiflash geografiya fanining nazariy salohiyatini va amaliy
ahamiyati belgilovchi mezon bo`lib xizmat qilsa, rayonlar haqidagi ta'limot geografiya
fanlarining yadrosi ekanligini ta'kidlagan.

Rayonlashtirishning ko'plab metodlari mavjud, ularning asosiylari kartografik, statistik,

matematik, kompleks rayonlashtirish va boshqalar.

Rayonlashtirish jarayonining mohiyati bu

makon va zamondagi o'ziga xos hududiy tuzilmalarni va ularning chegaralarini aniqlashdan
iborat. Ma`lumki geografik qobiq bir-butunlikka ega bo`lsada, u mahalliylikka ham ega, ya`ni
tabaqalanadi. Rayonlar qamrab olgan hudud masshtabi bo'yicha ham mikro, mezo, makro, ba'zan
megarayonlarga ajratiladi. Har bir rayonlashtirish darajasi o'ziga xos rayonlashtirish metodlarini
ishlab chiqishni talab qiladi.

A.N. Nig`matov (2004) - Umumiy geografik rayonlashtirishning ilmiy asosi, geografik

qobiq doirasida, muayyan geografik hududda tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabat
qonuniyatlari va qonunlari namoyon bo`lishini aniqlashdir, - deb ta`kidlaydi.

Tabiiy geografik rayonlashtirish bu geotizimlarni ajratish va umumlashtirishdir, - deb

yozgan edi, A.G. Isachenko.

L.S.Berg esa rayonlashtirishga shunday tarif bergan -

Tabiiy rayonlarga bo‘lmasdan

o‘rganilgan mamlakatni tabiiy geografiyasi chinakam geografik asar emasdir

.

Tabiiy geografik rayonlashtirish iborasi 1897-yilda G.I. Tanfilyev tomonidan birinchi bor

fanga kiritilgan va amalga oshirilgan bo`lsada, bu mavzu hanuzgacha o`z dolzarbligini yo`qotgan
emas

Geografik rayonlashtirish tarixi, nazariyasi va muammolari bilan turli davrlarda A.A.

Grigorev, G.D. Rixter, N.A. Gvozdetskiy, N.I. Mixaylov, D.L. Armand, N.A. Solnsev, V.S.
Preobrajenskiy, V.I. Prokayev, F.N. Milkov, S.Ya. Nimmik, M.D. Sharigin, T.M. Kalashnikova,
K.I. Ivanovlar

O‘zbekiston hududini geografik rayonlashtirishda L.S. Berg R.I Abolin, V.N.

Chetirkin, L.N Babushkin, N.A. Kogay, M. Qoriyev, Z.A. Akromov, K.N. Berdinsev, N.G.
Sapenko, Sh.S. Zokirov, A. Soliyev, P. Musayev, Q. Zokirov, A. Rafiqov va boshqalar

shug‘ullanishgan.

Ko`p olimlar O`rta Osiyoni jumladan, O`zbekistonni regional tamoyiliga

asoslanib rayonlashtirganlar.

Geografik rayonlashtirish muammolarini atroflicha o‘rganish uchun avvalo

rayonlashtirish nima, uning tamoyillari, metodlari, tabiiy komplekslar tasnifi, taksonomik
birliklar, geografik rayonlashtirish va kartalashtirish kabi masalalarini chuqurroq bilishni talab
qiladi.

Tabiiy gеоgrafik rayоnlashtirishning mazmuni va mоhiyati tabiiy gеоgrafik fanlar

tizimidan kеlib chiqadi. U 2 хil ko’rinishda namоyon bo’lishi mumkin.


background image

1205

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Birinchisi

umumiy tabiiy gеоgrafik fanlarga оid rayоnlashtirish. Ikkinchisi –

хususiy

tabiiy gеоgrafik fanlarga оid rayоnlashtirish.

O`zbekiston hududida ham o`z navbatida xilma-xil tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa

xususiyatlari bilan ajralib turadigan geotizimlar mavjudki ularning salohiyatidan yanada samarali
foydalanish uchun muayyan hududni, turli

maqsadlarda, ma’lum bir ko’rsatkichlariga binоan

bo’linmalarga ajratish va nоmlash

qo'llaniladi ya`ni rayonlashtiriladi.

Geografik rayonlashtirishning asosiy vazifasi ma'lum bir hududning o'ziga xos bo'lgan

xususiyatlarini boshqalardan ajratib ko'rsatishdir. Rayonlashtirishda o'xshash xususiyatlarni
(iqlim, o'simlik, relyef, iqtisodiyot tarmoqlarining ixtisoslashuvi) hisobga olgan holda bir xillik
tamoyili va har xil o'lchamdagi hududlarni (yirik tumanlar, o'rta darajadagi hududlar, kichik
hududlar) ajratishni o'z ichiga olgan ko'p darajali tamoyil qo'llaniladi.

Mamlakatimizda ham geografik tadqiqotlarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib,

rayonlashtirishda har xil kattalikdagi har xil taksonomik qiymatga ega bo`lgan, genetik jihatdan
bir butunni tashkil qilgan tabiiy geografik birliklar ajratiladi va ularning tabiiy sharoitidagi
farqlar aniqlanadi. Masalan -

tabiiy-geografik (zonal va azonal) rayonlashtirish.

O`zbekistonda

hozirgi vaqtda ancha mukammal ishlangan landshaftlar tasnifi asosida regional tadqiqotlar olib
borilmoqda. Mamlakatimizda o`ziga xos kenglik tabiat zonalarining va ularga mos balandlik
mintaqalarining borligi respublika hududida 2 ta tekislik va tog` landshaftlari sinfini, 80 ga yaqin
landshaft xillarini ajratishga asos bo`lgan.

Taksonomik birliklar sistemasiga asoslanib ish ko`rilganda, albatta, qandaydir bir

faktorga asoslanish tabiiydir. Ya`ni bir faktorga asoslanmay turib geotizimlarni ajratish mumkin
emas. Tabiiy geografik rayonlashtirishning faktorlari va uslublaridagi yaxlitlik, genetik birlik,
komplekslilik, nisbiy bir xillik kabi faktorlardan foydalanilsa, uslublardan

tabiiy geografik

birliklarni bevosita dalada aniqlash, aerokosmik, yetakchi omil, taqqoslash, labarotoriya,
kartografik va boshqa uslublar qo`llaniladi. Zonal va azonal rayonlashtirishda maqola mualliflari
tomonidan komplekslilik faktori va regional dalada aniqlash uslublaridan foydalanish asosida
mamlakatimiz hududida tarkib topgan balandlik mintaqalarini har birini alohida tizim sifatida
o`rganish kerakligini, har bir balandlik mintaqasi (cho`l, adir, tog` va yaylov) tizim talablariga
mos kelishini, tizim strukturasidagi o`zgarishlarning qonuniy almashinishidagi quyidagi
bog`liqliklarni ham hisobga olish kerakligini taklif qilinadi. (1-Jadval)

1-Jadval

O`zbekiston balandlik mintaqalarining tizimli xususiyatlari

Mintaqa

oblast

Mo`tadil

Kontinental shimoliy Turon
Tog`li Tyan - Shan

Subtropik

Kontinental janubiy Turon
Tog`li Pomir - Oloy

Cho`l tabiat zonasi

Tizim
xususiyatlarining
qonuniy o`zgarishi

Balandlik
mintaqalarining
nomi va dengiz
sathidan
balandligi
(metrda)

Tizim strukturalaridagi o`zgarishlar

1.Geologik

Yaylov

- firn chegarasining tarkib topishi


background image

1206

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

tektonik
o`zgarishlar;
2.Hududning
submeridional
joylashuvidagi
o`zgarishlar;
3.Geomorfologik
o`zgarishlar;
4.Iqlimiy
o`zgarishlar;
5.Gidrologik
o`zgarishlar;
6.Tuproq

hosil

bo`lish
jarayonidagi
o`zgarishlar;
7.O`simlik

va

hayvonot
dunyosidagi
o`zgarishlar;
8.Yonbag`irlar
ekspozitsiyasi bilan
bog`liq
o`zgarishlar;
9.Shamollar
yo`nalishiga
mosligi va qarama

qarshiligi

(baryerligi)

bilan

bog`liq
o`zgarishlar;
10.Okeanlardan
uzoqligi

bilan

bog`liq
o`zgarishlar;
11.Ekvatordan
uzoqligi

bilan

bog`liq
o`zgarishlar;
12.

Antropogen

ta`siri va tabiat
qonunlari asosida
ro`y

beradigan

o`zgarishlar.

(2700

2800 m

dan baland)

- antrpogen ta`sirning kamayib borishi
- landshaftlarda sifat o`zgarishlari
- ob-havo elementlarining o`zgarishi
- eroziyon jarayonlarning ortishi

Tog`

(1200

2700-

2800)

- gravitatsiya jarayonlarining ortishi
- ultrabinafsha nurlarining ortishi natijasida fotosintez
jarayonlarining faollashuvi
- havoda bakteriyalarning kamayishi
- nishablikning ortib borishi
- oqim miqdorining oshishi
- antropogen bosim (yuk) ning ortib borishi
- tabiiy geografik jarayonlarning kuchayishi (sel, karst,
o`pirilma, ko`chki, surilma)
- ekspozitsiyalarga bog`liq holda bulutlar harakati, bulutlilik
darajasining oshishi, vegetatsiya davrining qisqarib borishi
-

“markaziy”

- gumid tog` landshaftlarining shakllanishi

(namlik koeffitsiyenti 1 dan kichik), biota xilma-xilligi
- havo zichligining kamayishi
- havodagi suv bug`I va changlarning kamayishi
- tuproq unumdorligining ortib borishi
- qadimiy, endemik turlarning ko`payishi

Adir

(400-1000 1200

- 1600)

- yogin miqdorining ortib borishi
- transportirovka jarayonlarining kuchayib borishi
- havo massalari xususiyatining o`zgarishi
- relyef shakllarining o`zgarishi
- landshaft ekologik muammolarning ortishi
- geotexnikaviy tizimlar (akval antropogen landshaft)
bosimining ortishi
- biologik moddalarning almashinuvi
- Quyosh radiatsiyasining intensivligining oshib borishi (har 1
km balandlik oshganda 10%)
- jarlanish jarayonlarining kuchayishi
- kimyoviy elementlar migratsiyasining ortib borishi

Cho`l

(260-280

400-

500)

- balandlik oshgan sari bosimning kamayib borishi (har 1 km
balandlikda 100 mm)
- balandlik oshgan sari haroratning kamayib borishi (4 km
balndlikkacha har 100 m da 0.5

0

C)

- vegetatsiya davrining uzoqligi
- arid va ekstroarid landshaftlar (namlik koeffitsiyenti 1 dan
kichik)
- suv, shamol eroziyasining faolligi
- eol jarayonlarning kuchayishi
- irrigatsiya eroziyasining rivojlanishi
- akkumulyatsiya relyef shakllarining hosil bo`lishi
- Inson xo`jalik faoliyati ta`sirida yangi landshaft (texnogen)
shakllarini vujudga kelishi
- Uzoq davr mobaynidagi sug`orish hamda texnika ta`sirida
tupoqlarda loyqa va berchlanishning kuchayishi


background image

1207

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Jadval adabiyotlar asosida mualliflar tomonidan tuzildi.


-

tabiiy hududiy rayonlashtirish

: Ushbu rayonlashtirishda, mamlakatimiz joylashgan

hududning qaysi materik, o`lka, kichik o`lka, tabiiy geografik rayonlar guruhi va geografik
rayonlarga ajratib o`rgatiladi: maktab darsliklarida mamlakatimiz hududi Yevrosiyo
materigining O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasi, Turon kichik o`lkasi, tog`li va tekislik
rayonlar guruhi tarkibidagi 5 ta tekislik tabiiy geografik okrugi 1). Ustyurt, 2). Quyi Amudaryo,
3). Qizilqum, 4) Quyi Amudaryo, 5) Orol, hamda tog`oldi va tog`li qismida 6 ta 1) Qashqadaryo,
2) Surxondaryo, 3) O`rta Zarafshon, 4) Mirzacho`l, 5) Chirchiq-Ohangaron, 6) Farg`ona tabiiy
geografik okruglariga ajratiladi [7].

Mamlakatimizning geografiya mutaxassisligi tayyorlanadigan oliy o`quv yurtlarida tabiiy

geografik rayonlashtirish mavzulari asosan Dunyoning Tabiiy Geografik Atlasi (FGAM 1964 y),
O`zbekiston Milliy Atlasi (2020 y) va boshqa adabiyotlarda () berilgan ma`lumotlar asosida
o`rganiladi.

Dunyoning Tabiiy Geografik Atlasi (FGAM 1964 y. 76 bet) da Yevrosiyo materigini 36

tа tаbiiy gеоgrаfik o`lka, 106 ta tаbiiy gеоgrаfik rаyоngа аjrаti

lgan. O`zbekiston joylashgan

hudud Yevrosiyo materigining XII. Kaspiy bo`yi Turon hamda XIII. Orta Osiyo va Markaziy
Osiyo tabiiy geografik o`lkasi, 27. Turon pasttekisligi, 28. Tyan-Shan, 29. Pomir-Oloy tog`lari
tabiiy geografik oblastlari tarkibida o`rganiladi. (2-Jadval)

Yevrosiyo materigining tabiiy geografik rayonlashtirilishida O`zbekiston hududining

joylashuvi jadvali

(FGAM 1964 y. 76 bet).

2-Jadval

Tabiiy geografik o`lkalari

Oblastlari

XII. Kaspiy bo`yi Turon o`lkasi

26.Kaspiy bo`yi pasttekisligi
27. Turon pasttekisligi


XIII. O`rta va Markaziy Osiyo

28.Tyanshan tog`lari
29.Pomir

Oloy

30.Hindikush


Olimlar tabiiy geografik rayonlashtirish sxemalarida materik doirasida mintaqa, sektor,

zona kabi birliklarni ajratadilar. O`zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishgan
O`zbekiston Milliy Atlasi (2020 y.221 bet)da L.N. Babushkin va N.A. Kogay esa materik
doirasida to`g`ridan to`g`ri o`lkani ajratishadi va o`lka tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik
birligi bo`lgan O`rta Osiyo o`lkasini o`ziga xos taksonomik birlik talablariga to`liq javob
berishini asoslab, o`lka doirasida provinsiya, kichik provinsiya, okrug, tabiiy geografik rayon
taksonomik birliklarini komplekslilik asosida tavsiflab beradilar.Ular tuzgan taksonomik
birliklari bo`yicha mamlakatimiz hududi O`rta Osiyo o`lkasining 2 ta Markaziy Qozog`iston va
Turon provinsiyasida, 2 ta tekislik va tog`oldi-tog` kichik provinsiyalarida, 11 ta okrug, 46 ta
tabiiy geografik rayonlarga bo`lib o`rganiladi. (3-rasm)

3-rasm

O‘zbekistonning tabiiy

geografik rayonlashtirish sxemasi

(O`zbekiston Milliy Atlasi bo`yicha. 2020 y. 221 bet)

A. Markaziy Q

ozog‘iston provinsiyasi


background image

1208

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Tekislik kichik provinsiyasi

Tog‘oldi

tog‘

kichik

provinsiyasi

I.Ustyurt
okrugi

Ta

biiy

geo

gr

afik

ra

yo

nla

ri

=

1.Shimoliy Ustyurt

-

2. Markaziy Ustyurt
3. JanubiyUstyurt

II.Orol
okrugi

4. Qizilqumyoni

-

5. Sharqiy Orolqum
6. Janubiy Amudaryo deltayoni
7. Markaziy Orolqum
8. G`arbiy Orolqum
9. Ustyurtyoni

B.Turon provinsiyasi

Tekislik kichik provinsiyasi

Tog‘oldi –

tog‘

kichik provinsiyasi

III.Quyi
Amudaryo
okrugi

Tabii

y ge

ogra

fi

k

ray

on

lar

i

10. Chimboy-Q

o‘ng‘irot

VI.
Qashqadaryo
okrugi

Ta

biiy

geo

gr

afik

ra

yo

nla

ri

22. Qarshi

11. Belto

g‘

23.Kitob-Shahrisabz

12. Xorazm

24

. G‘uzor

IV.
Qizilqum
okrugi

13. Sulton Uv

aystog‘

VII.
Surxondaryo
okrugi

25.Quyi Surxondaryo

14. Shimoliy Qizilqum

26

.O‘rta Surxondaryo

15. Bo`kantov-Yetimtov

27.Yuqori
Surxondaryo

16. Janubiy Qizilqum

VIII

.

O‘rta

Zarafshon
okrugi

28.Katta-

qo‘rg‘on

17. Tomditov-Quljuqtov

29. Samarqand

V. Quyi
Zarafshon
okrugi

18. Gazli

30. Nurota

19 Buxoro-

Qorako‘l

31

. G‘allaorol

20. Sandiqli

32. Sangzor

21. Konimex

IX.

Mirzacho‘l

okrugi

33. Forish

34. Zomin
35

. Mirzacho‘l

X. Chirchiq-
Ohangaron
okrugi

36

. Sirdaryo bo‘yi

37.tog`oldi Chirchiq
38.Quyi Ohangaron
39.Yuqori Ohangaron
40

.Tog‘li Chirchiq

XI

. Farg‘ona

okrugi

41.

G‘

arbiy Oloy

42. Markaziy tekislik
43.

G‘o

vasoy

44.Chotqol

45..Farg‘ona

46.Sharqiy Oloy


-

ma'muriy-hududiy rayonlashtirish

Ushbu rayonlashtirishda mamlakatimiz hududi

oltita iqtisodiy rayonlar - Toshkent, Farg`ona, Mirzacho`l, Zarafshon, Janubiy, Quyi Amudaryo,
- 14 ta ma`muriy birliklar (

Toshkent shahri bilan

) va 170 ta tumanlarga ajratilgan.

Hozirgi vaqtda geografik rayonlashtirilayotgan hudud ma`muriy chegaraga barcha

tadqiqotlarda ham mos tushmasligi asosiy muammolardan biri hisoblanadi bu esa tadqiqotchi
tomonidan aniqlangan ilmiy masalani ijobiy bartaraf etishda javobgarlikni bo`yniga oladigan

“ega” ni topa olmaslik

ka olib keladi.


background image

1209

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Keyingi muammolardan yana biri bu geotizimlarning dinamik harakati (tabiiy,

antropogen) bo`lib, bu ham o`z navbatida hudud chegaralarining murakkablashib, takomillashib
o`zgarib borishiga olib keladi. Ayniqsa antropogen yukning kun sayin ortib borayotganligi
tufayli landshaftlar jadal sur`atda o`zgarib masshtabi kengaymoqda va ularning yangidan yangi
turlari paydo bo`lmoqda. Shuning uchun ham ko`pgina taniqli geograf olimlar rayonlashtirshni
(A.G. Isachenko, 1965, N.A. Kogay, 1969, F.N.Milkov, 1966) geografiyaning asosiy muammosi
deb e`tirof etishadi.

Hozirda mamlakatimizni turli maqsadlarda rayonlashtirish ishlari kichik hududlar

miqyosida olib borilmoqda, bu borada mamlakatimiz geograflar oldiga hal qilinishi lozim
bo`lgan talaygina ishlar mavjud: geoekologik, tabiiy resurs, agroekologik, tabiiy-xo`jalik,
rekreatsion, antropogen, rekultivatsion, geomorfologik, landshaft-ekologik, iqlimiy, meliorativ,
zoogeografik, biogeografik, geotizimli rayonlashtirish va boshqalar.

Xulosa o‘rnida shuni qayd qilish joizki, geografik rayonlashtirish borasidagi izlanishlar

ham nazariy, ham amaliy ahamiyatiga ega. Unda ko‘zda tutilgan bo

sh maqsad hududlar

geografiyasini mukammal o‘rganishni asoslarini ishlab chiqishdir. Boshqacha qilib aytganda,

"tabiat-aholi-

jamiyat" uchbirligi koevolyutsiyasini (uyg‘un rivojlanishini) hududlarda oqilona

tashkil qilishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayev S. I., Murtazayev B. C. Ziyorat turizmi va sakral geografiyaning vazifalari

//Ўзбекистон География Жамияти Х съезди материаллари (Тошкент шаҳри, 2019 йил

6-

7 декабрь. 22

-24

б

.

2.

Абдуллаев

С

.

И

.,

Муртазаев

Б

.

Ч

.,

Назаров

М

.

Г

. The natural potehtial of the landscape

//Life Sciences and Agriculture.

2021.

№. 1. –

С

. 135-140.

3.

Бабушкин Л.Н., Когай Н.А. Вопросы географического районирования Средней Азии
и Узбекистана. Научние труды ТашГУ, Ташкент, 1964,

4.

Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси.

-

Т., Ўқитувчи, 1996

5.

Baratov P., M. Mamatqulov., A. Rafiqov. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasiʼʼ Toshkent,
Oʻqituvchiʼʼ 2002.

6.

Гвоздецкий Н.А. Основние проблемы физической географии.

-

Москва, «Высшая

школа», 1979, 222 сгр

7.

Geografiya. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 7-

sinf darsligi. “o`qituvchi” Toshkent

-

2017

8.

Жекулин В.С. Введение в географию. Ленинград, Изд. Ленинградского
университета, 1989, 272 стр.

9.

Зокиров Ш. Кичик ҳудудлар географияси. Тошкент, "Университет", 1999,120

-

бет.

10.

Зокиров Ш.С. Ланшафтшуносликдаги энг кичик бирлик ҳақида. Жанубий
Ўзбекисгонда география мактабининг шаклланиши ва ривожланиши. Термиз, 2006,

28-29-

бетдар.

11.

Исаченко А.Г. Ландшафтоведение и физико

-

географическое районирование.

Учебник. Москва, «Высшая школа», 1991, 366 стр.

12.

Муртазаев Б. Ч. К вопросу изучения физико

-

географических процессов Юго

-

Западного Гиссарского хребта на примере Яккабогского лесничества //Экономика и
социум. –

2022.

№. 11

-2 (102).

С. 518

-529.


background image

1210

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

13.

Nazarov I., Toshev X. Tabiiy geografik rayonlashtirishning metodologik asoslari va
amaliyot. Tabiiy va iqtisodiy geografik rayonlashtirishning dolzarb muammolari. Ilmiy-
amaliy konferensiya materiallari. T.: 2004

14.

Назаров М., Муртазаев Б., Якшибоев Б. Антропоген ландшафтларни тадқиқ

-

этишнинг илмий ва назарий асослари //Экономика и социум. –

2022.

№. 3

-2 (94).

С. 726

-731.

15.

Прокаев В.И. Физико

-

географическое районирование. Москва, 1983,176 стр.

16.

Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot.

Toshkent, “Kamalak”

nashriyoti 2013y.

17.

Танфильев Г.И. «Физико

-

географические области Европейской России». Трудн

Вольного экономического обшества. 1987, №1 стр. 1

-30.

18.

Физико

-

географический атлас мира. Москва 1964.

19.

O’zbekiston Milliy Atlasi ʼʼ I

-II- jild.-Toshkent., 2020

References

Abdullayev S. I., Murtazayev B. C. Ziyorat turizmi va sakral geografiyaning vazifalari //Ўзбекистон География Жамияти Х съезди материаллари (Тошкент шаҳри, 2019 йил 6-7 декабрь. 22-24б.

Абдуллаев С. И., Муртазаев Б. Ч., Назаров М. Г. The natural potehtial of the landscape //Life Sciences and Agriculture. – 2021. – №. 1. – С. 135-140.

Бабушкин Л.Н., Когай Н.А. Вопросы географического районирования Средней Азии и Узбекистана. Научние труды ТашГУ, Ташкент, 1964,

Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси.-Т., Ўқитувчи, 1996

Baratov P., M. Mamatqulov., A. Rafiqov. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasiʼʼ Toshkent, Oʻqituvchiʼʼ 2002.

Гвоздецкий Н.А. Основние проблемы физической географии. - Москва, «Высшая школа», 1979, 222 сгр

Geografiya. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 7-sinf darsligi. “o`qituvchi” Toshkent-2017

Жекулин В.С. Введение в географию. Ленинград, Изд. Ленинградского университета, 1989, 272 стр.

Зокиров Ш. Кичик ҳудудлар географияси. Тошкент, "Университет", 1999,120-бет.

Зокиров Ш.С. Ланшафтшуносликдаги энг кичик бирлик ҳақида. Жанубий Ўзбекисгонда география мактабининг шаклланиши ва ривожланиши. Термиз, 2006, 28-29-бетдар.

Исаченко А.Г. Ландшафтоведение и физико-географическое районирование. Учебник. Москва, «Высшая школа», 1991, 366 стр.

Муртазаев Б. Ч. К вопросу изучения физико-географических процессов Юго-Западного Гиссарского хребта на примере Яккабогского лесничества //Экономика и социум. – 2022. – №. 11-2 (102). – С. 518-529.

Nazarov I., Toshev X. Tabiiy geografik rayonlashtirishning metodologik asoslari va amaliyot. Tabiiy va iqtisodiy geografik rayonlashtirishning dolzarb muammolari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T.: 2004

Назаров М., Муртазаев Б., Якшибоев Б. Антропоген ландшафтларни тадқиқ-этишнинг илмий ва назарий асослари //Экономика и социум. – 2022. – №. 3-2 (94). – С. 726-731.

Прокаев В.И. Физико-географическое районирование. Москва, 1983,176 стр.

Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot. Toshkent, “Kamalak” nashriyoti 2013y.

Танфильев Г.И. «Физико-географические области Европейской России». Трудн Вольного экономического обшества. 1987, №1 стр. 1-30.

Физико-географический атлас мира. Москва 1964.

O’zbekiston Milliy Atlasi ʼʼ I-II- jild.-Toshkent., 2020