ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1252
ELEKTR ENERGIYASI STOXASTIK MODELLARINING OPTIMALLASHTIRISH
USULLARI BILAN INTEGRATSIYASI
Gulayim Baymuratova Tajimurat qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
tayanch doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15732730
Annotatsiya.
Stoxastik modellashtirish elektr energiyasini samarali boshqarish va
prognozlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada elektr energiyasi iste’molidagi noaniqlik
va o‘zgaruvchanlikni hisobga oluvchi stoxastik modellar va ularning optimallashtirish usullari
bilan integratsiyasi yoritiladi. Jumladan, raqamli egri chiziqli rejalashtirish, real-vaqtli
stoxastik monitoring tizimlari va bu algoritmlarning energiya xavfsizligiga ta’siri muhokama
qilinadi. Maqola so‘nggi ilmiy manbalar asosida ilmiy
-amaliy yondashuvlarni qamrab oladi.
Kalit so‘zlar:
Stoxastik optimallashtirish, Elektr energiyasi, Real-vaqtli monitoring, Egri
chiziqli modellar, Energiya xavfsizligi.
Annotation
. Stochastic modeling plays a critical role in the efficient management and
forecasting of electric power systems. This article discusses the integration of stochastic models,
which account for uncertainty and variability in electricity consumption, with optimization
techniques. Specifically, it covers convex optimization, real-time stochastic monitoring systems,
and the impact of these algorithms on energy security. The paper draws on the latest scientific
sources and explores practical approaches.
Keywords:
Stochastic optimization, Electric power, Real-time monitoring, Convex
models, Energy security.
Kirish
Zamonaviy elektr energiyasi infratuzilmasi ortib borayotgan iste’mol, qayta tiklanuvchi
manbalar va sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv texnologiyalari bilan tobora
murakkablashmoqda. Bunday tizimlarda aniq deterministik yondashuvlar yetarli emas, chunki
ular o‘zgaruvchan va ehtimollik xususiyatlarini inobatga olmaydi. Shu sababli, stoxastik
modellar energetik tizimlarda noaniqlikni hisobga olish va qaror qabul qilishda dolzarb
ahamiyatga ega.
Maqolaning asosiy yondashuvi
elektr energiyasi tizimlaridagi noaniqlikni stoxastik
modellashtirish orqali aniqlab, bu noaniqlikni egri chiziqli optimallashtirish usullari orqali
samarali boshqarishdir. Ushbu yondashuvda real vaqtli monitoring tizimlari yordamida mavjud
energiya ma’lumotlari yig‘ilib, sun’iy intellekt algoritmlari bilan tahlil qilinadi va energiya
xavfsizligini oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu yondashuv energiya
infratuzilmasining barqarorligi va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan
.
Stoxastik optimallashtirish usullari bilan ishlovchi monitoring tizimlari elektr energiyasi
tarmog‘ining barqarorligini oshirish, uzilishlarni oldindan aniqlash va ularni minimallashtirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tizimlar energiyani samarali taqsimlash va ekspluatatsiya
xarajatlarini kamaytirishda keng qo‘llaniladi.
Stoxastik optimallashtirish va monitoring tizimlarining integratsiyalashuvi
.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1253
Stoxastik optimallashtirish - bu ehtimollik tabiatiga ega muammolarni yechishda maqsad
funksiyasini maksimal yoki minimal qilishga xizmat qiluvchi usuldir. Egri chiziqli yondashuv
(convex optimization) esa bu muammolarni soddalashtirib, global minimum/maksimumni
aniqlash imkonini beradi.
Ushbu modelning umumiy ko‘rinishi:
Bu yerda:
—
qaror o‘zgaruvchisi,
—
stoxastik parametr (masalan, talab, shamol tezligi, quyosh intensivligi),
—
xarajat funksiyasi,
—
kutilgan qiymat operatori.
Maqsad
–
kutilgan xarajatni minimallashtirish. Egri chiziqli (konveks) modellar bu
muammolarni yechishda aniq va samarali natijalar beradi.
Energiya tizimida, masalan, yuklama balansini ta’minlashda bu modellardan foydalanish
imkonini beradi. Bu orqali ortiqcha energiya ishlab chiqarish yoki taqchillik holatlarini
kamaytirish mumkin bo‘ladi.
Real-vaqtli monitoring va prognozlash tizimlari.
Real-vaqtli monitoring tizimlari esa
ushbu optimallashtirish modellariga real vaqtli ma’lumotlar bazasini taqdim etadi.
Real-vaqtli
monitoring tizimlari sensorlar va IoT qurilmalaridan kelayotgan ma’lumotlar asosida monitoring
tizimi tizim holatini baholaydi,
to‘plangan ma’lumotlarni onlayn tarzda qayta ishlash, tahlil
qilish va stoxastik algoritmlar yordamida qaror qabul qilish imkonini beradi. Monitoring
tizimlarida filtratsiya algoritmlari (Kalman filtri, Particle filter) qo‘llaniladi:
Stoxastik optimallashtirish modellarining monitoring tizimlari bilan integratsiyasi,
tizimga nafaqat nazariy, balki amaliy yondashuvni taqdim etadi. Real vaqtli o‘lchovlar asosida
optimallashtirish yechimlari doimiy ravishda moslashtiriladi va yangilanadi. Prognozlash
modellarining aniqligi tizimni barqarorlashtirishga yordam beradi. Energiyani ishlab chiqarish va
iste’mol qilishdagi real vaqtli moslashuvchanlikni ta’minlash uchun AI algoritmlari bilan birga
ishlovchi stoxastik modellar yanada dolzarb bo‘lmoqda. Ular uzluksiz ravishda muhit
o‘zgarishlariga moslasha oladi, bu esa energiya samaradorligi va ishonchliligini ta’minlaydi.
Energiya xavfsizligi, barqarorlik va strategik yondashuvlar
Energiya xavfsizligi
—
bu uzluksiz, barqaror va ishonchli elektr ta’minotini kafolatlash
bo‘yicha chora
-
tadbirlar tizimidir. Stoxastik yondashuvlar, ayniqsa xavfga yo‘naltirilgan
optimallashtirish orqali tizimda yuz beradigan noaniqliklarga qarshi barqaror strategiyalarni
ishlab chiqishda qo‘llaniladi:
Bu yerda
xavf sezgirlik koeffitsienti. Bunday yondashuvlar energiya ishlab chiqarish,
uzatish va iste’mol qilish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni
minimallashtirishga xizmat qiladi. Elektr ta’minotining uzilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan
hududlarda alternativ energiya manbalariga avtomatik o‘tish mexanizmlarini ishlab chiqish bu
yondashuvning amaliy natijasi hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1254
Monitoring tizimlaridan kelayotgan real vaqtli tahlillar yordamida ishlab chiqilgan
optimallashtirish algoritmlari, zaxira quvvatlarni boshqarish, tariflarni muvofiqlashtirish,
energiya omborlarini to‘g‘ri rejalashtirish kabi jarayonlarga ham yordam beradi. Shu bilan birga,
sun’iy intellekt texnologiyalari bilan integratsiyalashgan tizimlar yordamida tizim doimiy
ravishda o‘zini optimallashtiradi.
Xulosa
Stoxastik modellarni optimallashtirish usullari bilan integratsiya qilish elektr energiyasi
tizimlarining samaradorligini va barqarorligini sezilarli darajada oshiradi. Egri chiziqli
yondashuvlar yordamida ishlab chiqilgan algoritmlar real vaqtli monitoring orqali yangilanib,
muqobil energiya manbalari va yuklamalarni balanslashda ishonchli asos yaratadi.
Ushbu yondashuvlar elektr xavfsizligini ta’minlashda, resurslarni tejamli boshqarishda va
ekologik barqarorlikda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Kelajakdagi energiya tizimlari uchun
sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan stoxastik algoritmlar yanada keng qo‘llanilishi
kutilmoqda.
Energiya ta’minotidagi xavflarni kamaytirish, aniq prognozlar qilish va rejalashtirishni
moslashtirish uchun bu yondashuvlar muhim hisoblanadi. Bu esa nafaqat texnik jihatdan, balki
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka ham xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘
yxati
1.
Zhou, J., & He, Y. (2025). Recognition of household electricity consumption pattern in
smart
grid.
Journal
of
Building
Engineering
,
112467.
https://doi.org/10.1016/j.jobe.2025.112467
2.
Langer, L. et al. (2025). Ensuring low-emission electricity purchasing requires a broader
systems perspective.
iScience
, 112349. https://doi.org/10.1016/j.isci.2025.112349
3.
Wu, G. et al. (2025). A novel model averaging forecasting method for electricity
consumption.
Energy Reports
, https://doi.org/10.1016/j.egyr.2025.03.024
4.
Yu, X., Song, Y., & Sun, R. (2025). Distributed cooperative electricity-carbon trading.
Sustainable
Energy,
Grids
and
Networks
,
101683.
https://doi.org/10.1016/j.segan.2025.101683
5.
Hussain, F. et al. (2025). Multivariate machine learning algorithms for energy demand
forecasting.
Energy
Conversion
and
Management:
X
,
100903.
https://doi.org/10.1016/j.ecmx.2025.100903
6.
Yoon, P. R. et al. (2025). Evaluation of electricity use and carbon emissions for
agricultural
water
supply.
Agricultural
Water
Management
,
109446.
https://doi.org/10.1016/j.agwat.2025.109446
