Authors

  • Sh. Qodirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113293

Keywords:

Alisher Navoiy taxallus transliteratsiya chigʻatoy adabiyoti orfografiya bibliografik standartlar madaniy identifikatsiya arab yozuvi oʻzbek lotin alifbosi ALA-LC ISO 9 VIAF.

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Navoiy” taxallusining dunyo tillaridagi yozilishi, transliteratsiya va fonetik moslashuv jarayonlari tahlil etildi. Tadqiqot doirasida taxallusning arab va fors alifbosidagi shakllari, rus, ingliz, nemis va oʻzbek tillaridagi orfografik va bibliografik qiyoslari oʻrganildi. Xalqaro bibliografik tizimlarda (Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF va boshqalarda) Navoiy taxallusining turlicha qayd etilishi uning ilmiy tadqiqotlarda identifikasiyasiga ta’sir koʻrsatishi qayd etildi. Maqolada transliteratsiyaning turli standartlari — ALA-LC, ISO 9, BGN/PCGN va milliy oʻzbek lotin alifbosi asosida taxallus shakllarining farqlari va ularning madaniy hamda adabiy qabul qilinishi tahlil qilindi. Shu bilan birga, transliterasiya va tarjima oʻrtasidagi farq, taxallusning semantik yuki va uning turkiy madaniy merosdagi ramziy ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Taxallusning xalqaro miqyosda yagona yozuv shaklida qayd etilishi zarurligini ilgari surilgan va uning bibliografik tizimlarda standartlashtirilishi yuzasidan takliflar berishga intilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1265

DUNYO TILLARIDA “NAVOIY” TAXALLUSINING YOZILISHI

Sh. Qodirov

Tayanch doktorant

Toshkent davlat

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti

.

Toshkent, O‘zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734456

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Navoiy” taxallusining dunyo

tillaridagi yozilishi, transliteratsiya va fonetik moslashuv jarayonlari tahlil etildi. Tadqiqot
doirasida

taxallusning arab va fors alifbosidagi shakllari, rus, ingliz, nemis va oʻzbek tillaridagi

orfografik va bibliografik qiyoslari oʻrganildi. Xalqaro bibliografik tizimlarda (Library of

Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF va boshqalarda) Navoiy taxallusining turlicha

qayd etilishi uning ilmiy tadqiqotlarda identifikasiyasiga ta’sir koʻrsatishi qayd etildi. Maqolada

transliteratsiyaning turli standartlari

ALA-

LC, ISO 9, BGN/PCGN va milliy oʻzbek lotin

alifbosi asosida taxallus shakllarining farqlari va ularning madaniy hamda adabiy qabul

qilinishi tahlil qilindi. Shu bilan birga, transliterasiya va tarjima oʻrtasidagi farq, taxallusning
semantik yuki va uning turkiy madaniy merosdagi ramziy ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Taxallusning xalqaro miqyosda yagona yozuv shaklida qayd etilishi zarurligini ilgari

surilgan va uning bibliografik tizimlarda standartlashtirilishi yuzasidan takliflar berishga
intilingan.

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, taxallus, transliteratsiya, chigʻatoy adabiyoti, orfografiya,

bi

bliografik standartlar, madaniy identifikatsiya, arab yozuvi, oʻzbek lotin alifbosi, ALA

-LC, ISO

9, VIAF.

SPELLING OF THE PEN NAME “NAVAI” IN WORLD LANGUAGES

Abstract

.

This article examines the orthographic representations of Alisher Navoi’s pen

name Navoi(y) in various world languages. The study explores the forms of the name in Arabic
and Persian scripts and compares its transliteration in Russian, English, German, and Uzbek
languages. Particular attention is given to bibliographic and linguistic inconsistencies found in
international cataloging systems such as the Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek,

and VIAF, which affect the academic identification and indexing of Navoi’s works. The paper

analyzes multiple transliteration standards including ALA-LC, ISO 9, and BGN/PCGN in
comparison with the official Uzbek Latin script, highlighting phonetic and semantic implications
of each form. Furthermore, the symbolic and cultural significance of the pen name within the
Turkic literary heritage is discussed, emphasizing the distinction between transliteration and
translation. The study concludes with a call for standardized representation of the pen name in
global bibliographic databases to ensure consistency and scholarly accessibility.

Keywords:

Alisher Navoi, pen name, transliteration, Chagatai literature, orthography,

bibliographic standards, cultural identity, Arabic script, Uzbek Latin alphabet, ALA-LC, ISO 9,
VIAF.

KIRISH

Alisher Navoiyning ilmiy va adabiy merosi nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki butun turkiy

va islom olami madaniyati uchun muhim ahamiyatga egadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1266

Uning taxallusi “Navoiy” turli tillarda turlicha shakllarda yozilishi va talaffuz etilishi

ta’lifot va tarjima an’analari, transliteratsiya standartlari hamda fonetik oʻzgarishlar bilan
belgilanadi. Bu holat uning nomini xalqaro adabiyot va manbalarda izlash, targʻib etish yoki
tahlil etish jarayonlariga muayyan ta’sir koʻrsatadi.

Mazkur maqolada “Navoiy” taxallusining dunyo tillarida qanday yozilishi oʻrganiladi, bu

yozuv shakllarining shakllanishiga ta’sir etgan omillar tahlil qilinadi va ularning

manbashunoslik, lingvistik hamda madaniy jihatdan ahamiyati baholanadi.

Tadqiqot obyekti sifatida “Navoiy” taxallusining arab, fors, rus, oʻzbek, turk, ingliz,

nemis tillaridagi imloviy va fonetik shakllari tanlangan. Ushbu tadqiqotda fonetik yaqinlik,

transliteratsiya usullari, tarixiy yozuv an’analari hamda adabiy manbalardagi ishlatilish holati

asosiy mezon sifatida qabul qilinadi.

Maqsad “Navoiy” taxallusining koʻp tilli yozilish shakllari orqali uning xalqaro

miqyosdagi qabul qilinishi, ilmiy targʻib va standartlashuv jarayonidagi oʻrnini koʻrsatishdir.

Taxallusning kelib chiqishi va ma’nosi.

Adabiy taxallus sifatida “Navoiy” soʻzi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tomonidan oʻz

ijodiy faoliyati davomida muntazam ravishda qoʻllangan boʻlib, uning ma’naviy

-estetik

dunyoqarashi va san’at bilan bogʻliq ichki hissiyotlarini ifoda etuvchi ramziy bir nomga
aylangan. Bu taxallusning paydo boʻlishi va ma’no jihatidan shakllanishi Chigʻatoy adabiy
an’analari, arab va fors leksikasining ta’siri hamda Alisher Navoiyning shaxsiy san’atkorona
qarashlari bilan bogʻliqdir.

“Navoiy” soʻzi leksik jihatdan “navo” ya’ni “ovoz”, “kuy”, “ohang” ma’nolariga ega

boʻlib, unga

-

iy nisbat affiksi qoʻshilishi orqali “navolik”, “kuyga oid” yoki “ohangli”

ma’nolarini ifodalaydi. Chigʻatoy tilida

-

iy affiksi nisbat va sifat yasashda keng qoʻllanilgan.

Demak, “Navoiy” taxallusi lugʻaviy jihatdan “kuy

-

sado sohibi”, “navo bilan bogʻliq”

degan ma’nolarni anglatadi.

Ba’zi tadqiqotlarda “Navoiy” soʻzining forsiy “nava” (navo, kuy) soʻzi bilan uygʻunligi

ham qayd etilgan, bu esa uning fors adabiy an’analari bilan bogʻliqligiga ishora qiladi. Shu bilan
birga, Alisher Navoiyning sufiy va musiqiy madaniyatga boʻlgan aloqasi taxallus tanloviga ta’sir
qilgan boʻlishi ehtimoldan holi emas. Shuningdek, O’zbek tilining izohli lug’atida “navo”
so’zining kam ishlatiladigan ma’nosi sifatida “g’am

-

alamni ifoda etuvchi ayanchli ovoz” degan

ma’nosi ham keltirilgan bo’lib, bu Navoiyning o’ziga xos, di

niy va tasavvufiy qarashlarini ham

ifodalaydi.

Navoiyning oʻz asarlarida taxallusni qanday shaklda yozgani haqidagi tahlillar shuni

koʻrsatadiki, uning koʻplab qoʻlyozma nusxalarida “

ییاون

” (navoi) yoki ba’zi hollarda “

ىئاون

shakllarida uchraydi. Bunda a

rab alifbosidagi harf tanlovlari va shevalarning ta’siri hisobga

olinadi. Umuman, “Navoiy” taxallusi orqali shoir oʻzini musiqa, she’riyat va ruhiy jarayonlar
bilan bogʻliq shaxs sifatida namoyon etadi. Shu tariqa, taxallus nafaqat shaxsiy identifikatsiya
vositasi, balki ma’naviy

-estetik pozitsiyaning ifodasi sifatida ham xizmat qilgan.

TADQIQOT METODLARI

Ushbu tadqiqotga “Navoiy” taxallusining turli tillardagi yozilish hamda transliteratsiya

hodisalari asos qilib olindi. Tadqiqot davomida ushbu taxallusning arab, fors, ingliz, nemis, rus

hamda o‘zbek tillaridagi yozuv standartlarida ifodalanishi, orfografiyasi o‘zaro solishtirildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1267

Tadqiqotning metodologik asoslari va nazariy-metodik usulini deskriptiv-lingvistik tahlil,

qiyosiy-analitik yondashuv, tarixiy-uslubiy tahlil, korpus-lingvistik kuzatuv, semiotik yondashuv

tashkil etadi. Tadqiqot doirasida taxallusning xalqaro ma’lumotlar bazalarida (Library of
Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF) qanday shakllarda ro‘yxatga olingani tahlil
qilindi. Bu borada metama’lumotlar tahlili, identifikatorlar bilan bog‘liq izchillik (VIAF ID,

ISNI) va avtoritet fayl standartlari muhim metodologik asos sifatida qaraldi.

NATIJALAR
Navoiy taxallusining turli tillardagi yozilish shakllari.
Arab va fors manbalarida.

A

rab va fors alifbosida “Navoiy” taxallusi asosan quyidagi shakllarda uchraydi:

ییاون

ىئاون

Kam hollarda:

يِئا َوَن

Bu shakllar, avvalo, arab alifbosining orfografik imkoniyatlari, shevaga xos farqlar va

manba mualliflarining til uslubi bilan belgilanadi. Arab alifbosi tovush belgilashda boʻgʻinli
emas, balki harfiy asosga ko’ra qurilgani tufayli, bir xil soʻz turlicha yozilishi mumkin. Masalan,

ىئاون

shaklidagi

ى

harfi fors tilida yakuniy “y” ni belgilasa,

ییاون

shaklida ikki

ی

harfining ketma-

ket kelishi Chigʻatoy tilidagi talaffuzni aniqroq ifodalash maqsadida qoʻllanilgan boʻlishi

mumkin.

Fors tilida “Navoiy” taxallusi koʻproq

ییاون

shaklida transliteratsiya qilinadi. Bu shakl

eronlik adabiyotshunoslar va matnshunoslar tomonidan rasmiy nashrlarda ham qoʻllanilgan. Fors
adabiy uslubida taxalluslarning ovozli (unli) harflar bilan koʻrsatilishi murakkab boʻlgani
sababli, talaffuzni tiklashda qoʻshimcha tahliliy ish talab etiladi. Arabcha manbalarda esa
(masalan, Muʿjam al

-

muʾallifīn va al

-

Aʿlām kabi ensiklopediyaviy toʻplamlarda) taxallus odatda

يِئا َوَن

tarzida, ya’ni xarakatlar bilan (fatha, domma, kasra) berilgan holda uchraydi. Bu shakl

koʻproq arab tili oʻquvchilariga moʻljallangan manbalarda uchraydi va talaffuzni osonlashtirishni
koʻzda tutadi.

Taxallusdagi -iy nisbat affiksi arab tilida ham, fors tilida ham keng tarqalgan grammatik

forma boʻlib, shaxsning bir hududga, sohalarga, yoki xususiyatlarga nisbatan aloqadorligini
koʻrsatadi. Bu nuqtai nazardan, “Navoiy” taxallusi nafaqat ovozga oid, balki muayyan estetik

fazoga mansublikni ham ifoda etadi.

Rus tilida Navoiy taxallusining yozilishi.

Rus tilshunosligi va sharqshunoslik an’analarida Alisher Navoiy nomi, asosan, ikki

asosiy shaklda uchraydi:

Navoi

Navoiy

Ushbu ikki shakl orasidagi farq fonetik va orfografik prinsiplarga, shuningdek,

transliteratsiya usullarining turli bosqichlariga bogʻliq.

1. “Navoi” shakli:

XX asrdagi koʻplab sovet manbalarda, jumladan, sharqshunoslik va adabiyotshunoslik

nashrlarida “Navoi” shakli keng tarqalgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1268

Bu shakl arab-

forscha imloni rus fonetikasiga yaqinlashtirish orqali hosil qilingan boʻlib,

oxiridagi “

-

iy” ni “

-

i” bilan soddalashtirib berish bilan tavsiflanadi. Bunday transliteratsiya

siyosiy va lingvistik zaruratlarga bogʻliq boʻlib, rus alifbosining talablari va oʻquvchining
talaffuz imkoniyatlarini hisobga olgan holda shakllangan. Shunday qilib, “Alisher Navoi”
shaklidagi yozuv ilmiy va ommaviy adabiyotlarda ancha vaqt davomida hukmron boʻlib keldi.

2. “Navoiy” shakli:

Ayniqsa, 1990-

yillardan keyin, oʻzbek tilidagi lotin alifbosiga oʻtish va milliy adabiy

merosni asl shaklda tiklash jarayonida “Navoiy” shaklidagi transliteratsiya rus tilidagi ba’zi
akademik va tarjimonlik matnlarida ham paydo boʻldi. Bu shakl oʻzbek tilidagi lotincha
“Navoiy” shaklini rus alifbosida aks ettirishga intiladi va shu tariqa ijodkorning milliy

identifikatsiyasini saqlashga xizmat qiladi.

Rus tilidagi ba’zi ensiklopediyalar (masalan, “Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya”) va

ta’lim resurslarida bugungi kunda ikkala shakl ham mavjud boʻlib, ular ma’lum kontekstlarga
bogʻliq holda qoʻllaniladi:

Ilmiy yoki an’anaviy tekstlarda: Navoi (Навои)

Milliy yozuvga sodiq qolgan nashrlarda: Navoiy (Навоий)

3. Talaffuz masalasi:

Rus tilida “iy” ovozlar ketma

-

ketligi koʻpincha bir “i” sifatida talaffuz etiladi. Shu

sababli, “Navoiy” shaklidagi yozuv har doim ham turkiycha “Navā’ī” ning toʻliq fonetik tusini
aks ettira olmaydi. Bu, oʻz navbatida, aslida chuqur madaniy

-

ezoterik ma’noga ega taxallusning

leksik-

qabul qilinishiga ta’sir koʻrsatishi mumkin.

Ingliz tilida Navoiy taxallusining yozilishi.

Ingliz tilli adabiyotlarda Alisher Navoiy taxallusining yozilishi bir necha shaklda

uchraydi. Bu shakllar, asosan, transliteratsiya an’analari, orfografik standartlar, va tarjimon yoki
muallifning til strategiyasi bilan belgilanadi. Quyida eng koʻp uchraydigan shakllar keltiriladi:

Navoi

Nawai

Navā’ī (sharqshunoslar va ilmiy nashrlarda)

Ali-

Shir Nava’i (toʻliq ism va taxallus birgalikda)

Alisher Navoi (ommaviy variant)

1. “Navoi” shakli

Eng keng tarqalgan va yengillashtirilgan shakl hisoblanadi. Bu forma ingliz tilidagi

yozuv qoidalariga moslashtirilgan boʻlib, fonetik soddalashtirish maqsadida oxiridagi –

iy (yoki

ī) ni oddiy “i” bilan ifodalaydi. Masalan, “Navoi” shakli Oxford Islamic Studies Online,
Britannica, hamda koʻplab ommaviy tahliliy maqolalarda qayd etilgan.

2. “Navā’ī” shakli

Bu shakl ilmiy tadqiqotlarda, xususan, turkologik va sharqshunoslik sohalaridagi

akademik nashrlarda uchraydi. Unda arabiy shakl

ىئاون

ning ilmiy transliteratsiyasi saqlab

qolingan. Bu yerda:

“ā” –

turkiy tilidagi uzun ovoz (

فلا

);

” –

hamzani belgilaydi (

ع

);

“ī” –

yakuniy “y” ni (

ى

) ifodalaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1269

Bu shakl Encyclopaedia of Islam, EI2, va JSTORdagi koʻplab ilmiy maqolalarda

ishlatiladi.

3. “Ali

-Shir Nava

’i” shakli

Toʻliq ism va taxallus birgalikda kelgan holatlarda koʻproq uchraydi. Bu shakl German

Vamberiy (Hermann Vambéry) kabi ilk yevropalik tarjimon va sharqshunoslar tomonidan
qoʻllangan boʻlib, ular arab alifbosidagi asl shaklni lotin alifbosiga aynan koʻchirishni maqsad
qilganlar. Bunda “Nava’i” yoki “Navaï” shakli, taxallusdagi yakuniy y ni uzun ī sifatida berishga

harakat qilinadi.

Talaffuz va uslubiy muammolar.

Ingliz tilidagi “Navoi” yoki “Navai” shakllari haqiqiy talaffuzni toʻliq aks ettirmaydi.

Masalan, "Navoi" ingliz oʻquvchisi tomonidan /ˈnævɔɪ

/ yoki /n

əˈ

v

ɔɪ

/ tarzida talaffuz

qilinishi mumkin, bu esa chigʻatoy tilidagi asl /navā’ī/ (navoyiy) ning ritmika va fonetikasini
yoʻqotadi. Shu sababli, ba’zi ilmiy nashrlarda diakritik belgilar (ā, ī, ‘) saqlanishi taklif etilgan.

Nemis tilli sharqshunoslik an’analarida Alisher Navoiy taxallusining yozilishi turli

transliteratsiya uslublari va grafik standartlarga koʻra shakllangan. XIX va XX asrda faoliyat
yuritgan german sharqshunoslari, xususan, Hermann Vambéry, Karl Foy, Annette Meakin, va
boshqalar taxallusning imlosini oʻz davridagi ilmiy metodlarga moslashtirgan holda qayd

etganlar. Ushbu imlo shakllari asosan quyidagicha:

Nawā’ī (klassik transliteratsiya)

Nava’i

Navoi

Kam hollarda: Navoiy, Navoy

1. “Nawā’ī” shakli

Bu shakl eng ilmiy asoslangan varianti hisoblanadi. Unda:

ā —

uzun “a” tovushini;

‘ —

hamza (

ع

) ni;

ī —

uzun “iy” tovushini bildiradi.

Hermann Vambéry oʻzining Cagataische Sprachstudien (1867) asarida taxallusni aynan

Nawā’ī tarzida qayd etgan. Bu nemis tilidagi sharqshunoslar tomonidan arab va chigʻatoy

alifbosi asosida amalga oshirilgan ilmiy transliteratsiya uslubiga asoslanadi.

2. “Nava’i” shakli

Ushbu shakl ham Vambéry va keyingi ba’zi sharqshunoslar asarlarida uchraydi. Unda ā

va ī diakritik belgilari olib tashlangan, ammo hamza (‘) belgisi saqlangan. Bu variantning
maqsadi ilmiylikni saqlagan holda oʻquvchi uchun imloni yengillashtirishdan iborat boʻlgan.

3. “Navoi” va “Navoiy” shakllari

XX asr oxirida va XXI asr boshi

dagi nemis tilidagi ba’zi ommaviy manbalarda “Navoi”

yoki “Navoiy” shakllari uchraydi. Bu shakllar asosan:

internet kataloglari (DNB, WorldCat);

oʻzbek lotin alifbosi ta’siri;

xalqaro standartlashgan avtor nomlari ta’siri ostida vujudga kelgan.

Nemis tilida -

iy ni “iy” yoki “i” deb yozish orqali anglatish uslubi turli matnlarda turlicha

qoʻllaniladi. Masalan, Alischer Navoi yoki Ali

-

Schir Nawā’ī kabi shakllar ham uchraydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1270

Imlo va standart muammolari.

Nemis tilida “Navoi” taxallusining imlosi uchun aniq standart mavjud emas. Deutsche

Nationalbibliothek va Gemeinsame Normdatei (GND) kabi rasmiy bibliografik tizimlarda

koʻpincha “Navoi, Alisher” yoki “Ali

-

Schir Nawā’ī” kabi shakllar mavjud. Bu holat nemis tilida

fonetik muvofiqlashtirish emas, balki standartlashgan bibliografik identifikatsiya talablariga

koʻproq bogʻliq.

Oʻzbek tilida, ayniqsa, lotin alifbosida Navoiy taxallusining yozilishi.

Oʻzbek tilida Alisher Navoiy taxallusining yozilishi turli tarixiy davrlarda har xil alifbo

va orfografik tizimlar ta’sirida shakllangan. Ayniqsa, XX asr davomida kirill, yangi oʻzbek
lotini, hamda transliteratsiya standartlarining oʻzgarishi “Navoiy” taxallusining imlosini turli
shakllarda keltirilishiga sabab boʻlgan.

1. Kirill alifbosida: “Navoiy”

Sovet davrida qabul qilingan oʻzbek alifbosida taxallus mutlaq ravishda “Navoiy” tarzida

yozilgan va bu shakl adabiyot, darsliklar, ilmiy nashrlar va ensiklopediyalarda ustuvor boʻlib
kelgan. Bu shakldagi yozuv chigʻatoy tilidagi

-

iy nisbat affiksini toʻliq saqlagan holda oʻzbekcha

grafik orfografiyada aks ettirilgan.

2. Lotin alifbosida: “Navoiy”

1993-

yilda oʻzbek tilida lotin alifbosiga oʻtish bilan birgalikda taxallus “Navoiy” tarzida

rasman qabul qilindi. Bu shaklda:

“Navo” –

asosiy ildiz soʻz;

“iy” –

oʻzbek lotin alifbosidagi y harfini ifodalovchi toʻplam.

Bu shakl Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Ensiklopediyasi, darsliklar, rasmiy hujjatlar va

OʻzR Fanlar akademiyasi nashrlarida ustuvor imlo sifatida foydalaniladi. Alisher Navoiy nomi
bilan ataluvchi koʻchalar, muassasalar, jamiyatlar va tadbirlar nomlarida ham aynan ushbu shakl
ishlatiladi (M, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti).

Mavjud parallel shakllar

Amaliyotda “Navoi”, “Navoy”, hatto “Nawai” kabi shakllar ham foydalanilishi

kuzatiladi. Bu shakllar asosan quyidagilarda qayd etiladi:

Xalqaro axborot bazalarida (masalan, Wikipedia, Google Scholar);

Turkiy davlatlar oʻrtasidagi nom moslashuvi (m: Turkiyada “Navoi”);

Imloviy savodxonlik darajasi past boʻlgan materiallarda.

Standartlashtirish zarurati

Hozirgi kunda oʻzbek tilida “Navoiy” shakli eng toʻgʻri va ilmiy asoslangan deb

hisoblanadi. Bu shakl nafaqat asl chigʻatoy orfografiyasini (

ىئاون

) fonetik jihatdan yaqin

ifodalashga urinadi, balki milliy yozuv standartlariga ham mos keladi. Oʻzbek lingvistikasida
taxalluslar yozuvi, ayniqsa, mashhur shaxslar nomini kirilldan lotinga toʻgʻri oʻtkazishda, davlat

orfografiyasi asosida standartlashtirilishi lozim.

Tarjima va transliteratsiya usullari tahlili.

Alisher Navoiy taxallusining turli tillarga transliteratsiya qilinishi va xalqaro ilmiy

manbalarda qayd etilishi murakkab lingvistik jarayonlar, bibliografik standartlar va siyosiy-

tarixiy omillar bilan uzviy bogʻliq.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1271

Bu jarayonda har bir transliteratsiya tizimi muayyan maqsad

fonetik yaqinlik,

orfografik aniqlik yoki sistemalashtirilgan identifikasiya

asosida shakllanadi.

Xalqaro bibliografik tizimlarda transliteratsiya
a) Library of Congress (LoC)
AQSh Kongressi kutubxonasining ALA-LC (American Library Association

Library of

Congress) transliteratsiya standartlariga koʻra, Navoiyning ismi Navā’ī, Alishir tarzida yoziladi.

Bu shaklda:

“ā” —

uzun ovoz (long vowel);

“‘” —

hamza (

ع

);

“ī” —

yakuniy “y” ovozi.

Bu shakl arab alifbosidagi

ىئاون

taxallusining orfografik moslashuvini aniq ifoda etadi.

b) Deutsche Nationalbibliothek (DNB)
Germaniya Milliy kutubxonasida (DNB) Navoiyning ismi asosan quyidagi shakllarda

qayd etilgan:

Navoi, Alisher

Ali-

Schir Nawā’ī

Bu yerda “Nawā’ī” shakli sharqshunoslik an’analariga mos, Ali

-Schir (Alisher) tarzida

yozilishi esa nemis tilining tarixiy fonetikasini aks ettiradi.

c) WorldCat va VIAF (Virtual International Authority File)
WorldCat va VIAF kabi global bibliografik kataloglarda Navoi, Alisher, 1441

1501 yoki

Nawa’i, Ali

-

Shir kabi shakllar mavjud. Ularda transliteratsiya turlicha boʻlsa

-da, har bir

identifikasiya unikal raqam bilan biriktirilgani sababli izlanishlarda noaniqlik yuzaga kelmaydi.

Transliteratsiya tizimlari va ularning xususiyatlari

Tizim nomi

Imlo namunasi

Izoh

ALA-LC (US)

Navā’ī

Ilmiy fonetik aniqlik, hamza va uzun ovozlar

saqlanadi

Iso 9 (Xalqaro)

Navoij

Kirilldan lotinga yozuvda umumiy standart

BGN/PCGN (UK/US)

Navoiy

Geografik va milliy nomlar uchun

GOST (Rossiya)

Навои → Navoi

Kirill alifbosidan oddiy transliteratsiya

O‘zbek lotini

Navoiy

Milliy orfografik standart

Tarjima va transliteratsiya oʻrtasidagi farq

Taxallus tarjimasi amalga oshirilmaydi. Masalan, “Navoiy” soʻzining “kuyli”, “ohangli”

kabi lugʻaviy ma’nolari borligiga qaramay, uning adabiy taxallus sifatida tarjima qilinishi man

etilgan. Bu uning shaxsiy va madaniy identifikasiyasiga zarar etkazishi mumkin. Ana shu nuqtai

nazardan, transliteratsiya (ya’ni alifbodan alifboga koʻchirish) jarayonida taxallusning asl
grafikasi, fonetikasi va madaniy konteksti e’tiborga olinishi shart.

Transliteratsiyada uchraydigan muammolar

Harf mos kelmasligi: “ʻAyn” (

ع

) va “ālif maqṣūra” (

ى

) kabi harflarni lotin alifbosida

ifoda etishda noaniqliklar boʻladi.

Fonetik qarama-

qarshiliklar: ba’zi tillarda “Navoi” turlicha talaffuz qilinishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1272

Bir shaxs

koʻp yozuv shakli: turli ma’lumot bazalarida bitta muallif bir necha xil

shaklda qayd etilgan boʻladi (Navoi, Navā’ī, Nawa’i).

MUHOKAMA

Alisher Navoiy taxallusining turli tillarda turlicha yozilishi uning adabiy merosining

xalqaro miqyosda qabul qilinishi, izlanishi va anglanishiga bevosita ta’sir koʻrsatgan. Bu ta’sir,

avvalo, madaniy identifikasiya, bibliografik izlanish imkoniyatlari, hamda adabiy merosning

targʻiboti kabi yoʻnalishlarda namoyon boʻladi. “Navoiy” taxallusi nafaqat shaxsiy mualliflik
belgisi, balki turkiy ma’naviy merosning simvoli sifatida qaraladi. Bu taxallusni har xil tilda
qanday yozilishining oʻzi ham uning transmilliy tabiati va universal ma’naviy meros sifatida

qabul qilinishiga ishora qiladi.

Masalan:

Oʻzbekistonda “Navoiy” —

milliy madaniyat, tarix va davlat ramzlarida markaziy oʻrin

egallasa;

Turkiyada “Ali Şir Nevai” —

turk adabiyotining bir qismi sifatida oʻrganiladi;

Evropa va AQShda “Nawā’ī” —

ilmiy manbalarda Sharqiy poetik merosi sifatida

koʻriladi.

Bunday keng qamrovli madaniy mulk sifatida taxallus shakllarining orfografik aniqligi va

standartlashuvi umummadaniy ongdagi Navoiy obrazini mustahkamlaydi.

Taxallusning har xil shaklda yozilishi ayrim hollarda ilmiy tavsiyalarning farqli boʻlishi,

tarjimon tanlovlari, va ommaviy anglash murakkabliklarini keltirib chiqargan. Masalan:

“Navoi” –

fonetik yengilroq, ammo ma’naviy yuki kamroq;

“Nawā’ī” –

orfografik toʻliqlikka ega, lekin ommaviy oʻquvchi uchun noodatiy;

“Navoiy” –

milliy standartga mos, lekin xalqaro bazalarda har doim ham tan olinmaydi.

Adabiy asarlarning tarjimalarida taxallusning asl ma’nosini tushunish ham muhim

ahamiyat kasb etadi. “Navoiy” taxallusidagi “navo” —

sado, kuy, musiqa singari ma’nolar

shoirning ruhiy-

estetik tabiati bilan bogʻlangan boʻlib, bu mazmun tarjima mualliflari tomonidan

anglash va qayta yaratish talabini qoʻyadi.

Taxallusning bir necha yozuv shakllariga egaligi ilmiy tadqiqotchi uchun ma’lum

muammolar keltirib chiqaradi:

Ma’lumotlar tarqoqligi: bir kitobda “Navoi”, boshqasida “Navā’ī”, yana boshqasida

“Nawa’i” shaklida qayd etilishi natijasida ma’lumotlar yagona indeksatsiyada toʻplanmaydi.

Qidiruvda noaniqlik: elektron axborot bazalarida bitta muallifning bir necha “sinonim”

shakldagi taxalluslari boʻlishi natijasida ma’lumotga yetishish murakkablashadi.

Ilmiy iqtiboslarda ixtilof: asar nomi va taxallus yozilishida standart yoʻqligi tufayli

iqtiboslar notoʻgʻri qayd etilishi mumkin.

Ayrim hollarda taxallusning yozilishi ideologik anglashuvlarga ham bogʻliq holda

shakllangan:

Sovet davrida “Navoi” (Navoi) shakli soddalashtirilgan holda qabul qilingan boʻlsa,

Milliy uygʻonish jarayonlarida “Navoiy” shakli qayta tiklangan va etnomadaniy simvol

sifatida mustahkamlangan.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1273

XULOSA.

Alisher Navoiyning taxallusi “Navoiy” uning shaxsiy ijodiy dunyoqarashi va turkiy

madaniy merosning poetik ramzi sifatida qabul qilinadi. Ushbu taxallusning turli tillardagi
yozilish shakllari, uning orqali anglashuvi va xalqaro ilmiy muomaladagi holati lingvistik,
bibliografik va madaniy nuqtai nazardan tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelinadi:

1. Taxallusning ma’nosi va etimologiyasi chigʻatoy tili, fors va arab tillari leksikasi bilan

bogʻliq boʻlib, u “ovoz”, “navo”, “ohangli” kabi ma’nolarni ifoda etadi. Bu esa Navoiy

poetikasining musiqaga moyil estetikasini bildiradi.

2. Taxallusning yozilish shakllari tillar oʻrtasida farq qiladi. Masalan, arab va fors

alifbosida

ىئاون

, rus tilida Navoi/Navoiy, ingliz tilida Navoi/Nawā’ī/Nava’i, nemis tilida

Nawā’ī/Navoi, oʻzbek tilida esa rasman Navoiy tarzida qabul qilingan.

3. Xalqaro bibliografik tizimlarda turli transliteratsiya standartlari qoʻllanilishi natijasida

bitta muallif nomining bir nechta shakllarda qayd etilishi kuzatiladi. Bu holat ma’lumotlarni

izlash, guvohliklarni standartlashtirish va iqtibos olishda muammolar keltirib chiqaradi.

4. Taxallusning madaniy ta’siri milliy va xalqaro miqyosda turlicha namoyon boʻladi:

oʻzbek tilida davlat va madaniyat ramzi sifatida, boshqa tillarda esa koʻproq adabiy meros

sifatida qabul qilinadi.

Shuningdek, xalqaro transliteratsiya standartlari boʻyicha yagona yondoshuv ishlab

chiqilishi, masalan, ALA-LC yoki BGN/PCGN standartlaridan biri tanlab, turli tillardagi

manbalarda sharqona taxalluslar bir xilligini ta’minlash, Oʻzbekistondagi elektron kitobxonalar,
bibliografik ma’lumot bazalari va ilmiy portallarda taxalluslarni yagona identifikator (ID, DOI,
VIAF ID) asosida toʻplash va indekslash tizimini joriy etish, taxalluslarning orfografik tahlillari
va fonetik transkripsiyasi boʻyicha maxsus lugʻat va manbashunoslik qoʻllanmalarini nafaqat
o‘zbek olimlari, balki chet tillarida Navoiy va turkiy xalqlar ijodi bilan tanishishni istagan

auditoriya uchun ham tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarda taxallus tarjima qilinmasligi, balki fonetik

yaqinlikni saqlagan holda transliteratsiya qilinishi hamda koʻp tilli korpus yaratilishi: sharqona
taxalluslarning qanday yozilishini koʻrsatuvchi korpus —

koʻp tilli elektron baza yaratilishi,

unda barcha asosiy yozuv shakllari, ularning manbalari va kontekstlari qamrab olinishi bugungi
kun manbashunosligining dolzarb vazifalaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

ALA-LC Romanization Tables. (1997). Washington, D.C.

2.

Bobojon, G‘. (2004). Alisher Navoiy lug‘ati. Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi.

3.

Navoi, A. (1963). Devon (G‘aroyib us

-

sig‘ar). Toshkent: Fan nashriyoti.

4.

Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Leiden: Brill.

5.

The Oxford Islamic Studies Online. (2023). Entry: Navā’ī, Alisher.

6.

Vambéry, H. (1867).

Cagataische Sprachstudien. Leipzig: Brockhaus.

7.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

(2000

–2005). 12 jildlik. Toshkent: “UzME”

nashriyoti.

8.

Library of Congress Authorities. (2024). URL:

https://id.loc.gov

(murojaat sanasi:

15.06.2025)


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1274

9.

Deutsche Nationalbibliothek (DNB). (2024). URL:

https://d-nb.info

(murojaat sanasi:

15.06.2025)

10.

ISO 9:1995. Information and documentation

Transliteration of Cyrillic characters into

Latin characters.

References

ALA-LC Romanization Tables. (1997). Washington, D.C.

Bobojon, G‘. (2004). Alisher Navoiy lug‘ati. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

Navoi, A. (1963). Devon (G‘aroyib us-sig‘ar). Toshkent: Fan nashriyoti.

Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Leiden: Brill.

The Oxford Islamic Studies Online. (2023). Entry: Navā’ī, Alisher.

Vambéry, H. (1867). Cagataische Sprachstudien. Leipzig: Brockhaus.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. (2000–2005). 12 jildlik. Toshkent: “UzME” nashriyoti.

Library of Congress Authorities. (2024). URL: https://id.loc.gov (murojaat sanasi: 15.06.2025)

Deutsche Nationalbibliothek (DNB). (2024). URL: https://d-nb.info (murojaat sanasi: 15.06.2025)

ISO 9:1995. Information and documentation – Transliteration of Cyrillic characters into Latin characters.