ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1291
ULUG‘BEK HAMDAMNING “OTA” ROMANIDA OTA OBRAZI ORQALI IJTIMOIY
MUAMMOLAR YORITILISHI
Ubaydullayeva Gulbahor
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti magistranti.
X.Q. Hamroqulova
Ilmiy rahbar: DSc, prof.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734531
Annotatsiya.
Mazkur maqolada, Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani milliy chizg'ilar
nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Romanning asosiy mavzulari, syujeti, personajlari va til
xususiyatlari orqali, uning milliy o'ziga xosligini, adabiy an'analar va zamonaviy ta'sirlar
o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish maqsad qilindi. Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani o'zining
milliylikni o'zida aks ettirgan hikoyasi orqali zamonamizning ijtimoiy va ma'naviy muammolarini
yoritadi.
Kalit so'zlar:
Ulugʻbek Hamdam, Po‘lat ota obrazi, ijtimoiy muammolar, tasvir
mahorati, zamonaviy o'zbek adabiyoti, an'anaviy va zamonaviy uslub.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Ulug‘bek Hamdam o‘zining
badiiy va ilmiy faoliyati bilan adabiyot maydonida alohida o‘rin egallaydi. Uning nasriy va
publitsistik asarlarida inson, vijdon, ota-
ona, oila, millat va ma’naviyat kabi mavzular chuqur
falsafiylik bilan yoritiladi. Ulug‘bek Hamdam ijodi orqali o‘zbek adabiyotiga chuqur
mushohada, falsafiy izlanish va milliy ruh uyg‘un holda kirib keldi.
Ulugʻbek Hamdam –
o'zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo'lib, uning asarlari
o'zbek milliy adabiyotiga yangi nafas olib kirgan. "Ota" romani uning eng mashhur asarlaridan
biri sifatida adabiyotshunoslar tomonidan katta e'tibor bilan o'rganilmoqda. Ushbu roman,
o'zining o'ziga xos milliy chizg'ilar bilan ajralib turadi. "Ota"da obrazlar, voqealar rivoji,
shuningdek, tili va uslubida milliy adabiy an'analar va zamonaviy yo'nalishlarning
uyg'unlashganini ko'rishimiz mumkin.
Xususan Ota romani haqida Umarali Normatov fikricha: Mavzu-mundarija, tasvir, talqin
jihatidan avvalgi asarlarning birortasini takrorlamaydigan bu romandagi ikkinchi jahon urushi
voqealaridan tortib bugungi kunimizga qadar sodir bo‘lgan ham vahshatli,
ham quvonchli
lavhalar o‘quvchi ko‘zi oldida baralla gavdalanadi. Bir ixcham roman bag‘rida yigirmadan ortiq
turfa tirik siymolarning ham chigal ham quvonchli kunlari, g‘aroyib qismati bilan tanishgan
kitobxon hayratdan yoqa ushlaydi. Adabiyotimiz,jumladan romanchiligimiz falaj holatga tushib
qolgan hozirgi sharoitda bu asar roman janriga qayta jon ato etdi.
romanlaridan biri
—
"Ota" asaridir. Bu roman o‘zbek nasrida kam uchraydigan mavzuni —
otalik konseptini markazga olgan. Asarda bosh qahramon Po‘lat Otaning ruhiy kechinmalari,
jamiyatda tutgan o‘rni, oilaviy iztiroblari orqali erkaklik, vijdon, sabr va mas’uliyat
tushunchalari talqin etiladi. Asarda oddiy bir inson hayoti orqali butun jamiyatning ma’naviy
portreti chiziladi.
1
Ota:roman / Ulug‘bek Hamdam.So‘z boshi muallifi:U.Normatov.
-Toshkent:Yangi asr avlodi,2024.-208 b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1292
"Ota" romani g‘oyaviy
-
falsafiy asar sifatida insoniy qadriyatlarni, ma’naviy halollik va
ichki poklikni targ‘ib qiladi. Po‘lat ota obrazida befarzandlik dardini chekayotgan, ammo
insoniylikni yo‘qotmagan, o‘zini jamiyatdan chetga olmay, aksincha, unga ezgulik ulashishga
urinayotgan qahramon timsoli gavdalanadi. Asar orqali o‘quvchi otalik nafaqat biologik, balki
axloqiy va ruhiy mas’uliyat ekanini anglaydi. Yozuvchining badiiy uslubi ramziylik, falsafiylik,
ichki monologlar, chuqur psixologik tafakkur bilan ajralib turadi. U hikoyalarida ham katta
hayotiy haqiqatlarni jamlay olgan. Har bir hikoyasida ruhiy jarayon, hayotiy iztirob, jamiyatda
yashayotgan insonlar kechinmasi mujassam.
Ulug‘bek Hamdam adabiyotda milliylik va
zamonaviylik uyg‘unligini yaratishga intilgan. “Ijodkor o‘z asarlari orqali o‘quvchini Hazrati
Inson bo‘lishga chaqirmog‘i kerak.
Shundagina u taqdir tomonidan yuklatilgan muqaddas
vazifani ado etgan bo‘ladi”
[Ulug‘bek Hamdam,2019.] Uning ijodida ma’naviyat, va ruhiy
uyg‘onish asosiy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Ulug‘bek Hamdam zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng yorqin
namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlari bugungi o‘zbek o‘quvchisining ma’naviy
ehtiyojlariga javob beradi. U yozuvchi sifatida nafaqat jamiyat
muammolarini ko‘rsatadi, balki
ularni ruhiy nuqtai nazardan hal qilish yo‘lini ham ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Ulug‘bek
Hamdam ijodi adabiyotshunoslikda alohida ilmiy o‘rganishni talab qiladi.
