Authors

  • Sohiba Berdimurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113297

Keywords:

Polifunksionallik til birliklari kontekst til funksiyalari ko‘p ma’nolilik leksema polisemiya frazeologik morfemik sintaktik.

Abstract

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Til birliklarining bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani bajarish xususiyati lingvistik tizimning murakkabligini, ijtimoiy-kommunikativ muhitga moslashuvchanligini ifodalaydi. Maqoladagi polifunksionallik tushunchasining mohiyati, turli til darajalarida namoyon bo‘lishi, kontekst bilan bog‘liqligi va amaliy tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, bir qator olimlarning polifunksionallik haqidagi nazariyalari tilga olinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1293

TILSHUNOSLIKDA POLIFUNKSIONALLIK MASALASI

Berdimurodova Sohiba

TAFU 1-

bosqich magistranti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734564

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy

jihatdan ko‘rib chiqiladi. Til birliklarining bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani bajarish

xususiyati

lingvistik

tizimning

murakkabligini,

ijtimoiy-kommunikativ

muhitga

moslashuvchanligini ifodalaydi. Maqoladagi polifunksionallik tushunchasining mohiyati, turli til

darajalarida namoyon bo‘lishi, kontekst bilan bog‘liqligi va amaliy tilshunoslikdagi ahamiyati

yoritiladi. Shuningdek, bir qator olimlarning polifunksionallik haqidagi nazariyalari tilga
olinadi.

Kalit so‘zlar:

Polifunksionallik, til birliklari, kontekst, til funksiyalari, ko‘p ma’nolilik,

leksema, polisemiya, frazeologik, morfemik, sintaktik.


Kirish.

Zamonaviy tilshunoslikda tilning funksional imkoniyatlari alohida e’tibor markazida

turadi. Til faqat aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy
faoliyatining ajralmas qismi sifatida ham o‘rganiladi. Shu jihatdan, til birliklarining

polifunksionallik xususiyati lingvistik tahlilning markaziy tushunchalaridan biri bolib qolmoqda.

Tilshunoslar fikricha, har qanday til birligi ma’lum bir kontekstda bir necha vazifani

bajarishi mumkin. Bu holat lingvistik birliklarning semantik, pragmatik va stilistik ko‘lamini

kengaytiradi.

Tilshunoslikda polifunksionallik terminining qo‘llanilishi Roman Yakobsonning til

funksiyalari haqidagi g‘oyalari bilan bevosita bog‘liq. Uning fikricha, til kamida olti asosiy

funksiyani bajaradi: referensial (axborot uzatish), ekspressiv (emotsional holat ifodasi), konativ

(ta’sir o‘tkazish), fatik (aloqani ushlab turish), metalingvistik (til haqida fikr bildirish) va poetik

(badiiy ifoda). Til birliklarining bitta matnda ushbu funksiyalarning bir nechtasini bajarishi
mumkin, bu esa polifunksionallik hodisasining mohiyatini belgilaydi. Leksemaning birdan ortiq

ma’no anglatish hodisasi ko‘p ma’nolilik yoki polisemiya deyiladi. Birdan ortiq ma’no anglatadigan
leksema esa ko‘p ma’noli, polisemem, polisemantik leksema sanaladi.

Polisemiya har qanday tilda salmoqli o‘rin tutadi. Til boyligi faqat ibora, maqollar bilan

emas, balki so‘zlarning leksik (lug‘aviy) ma’nolari bilan ham o‘lchanadi. So‘z ma’nolarining rang

-

barangligi, ya’ni so‘zlarning ko‘p ma’noliligi –

polisemiya til boyligida o‘z o‘rniga ega.

Tildagi polisemiya hodisasi juda qadimdan olimlar diqqat markazida bo‘lgan. Mashhur

leksikograf Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk” kitobida turkiy polisemantik so‘zlarni qayd
etadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ham “Muhokamat ul

-

lug‘atayn” asarida so‘z ma’nolariga

alohida to‘xtaladi: ularni ona tilining boyliklaridan biri, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy ko‘p
ma’noli (polisemantik) so‘zni omonimdan farqlaydi, shuningdek, bir so‘zning ichidagi turli ma’no

nozikliklari haqida alohida fikr yuritadi

1

.

1

Hakimova M. Semasiologiya.

Toshkent, 2008.

B. 33.

100 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1294

Polisemiya hodisasiga sof lingvistik nuqtai nazardan yondashish fransuz semasiologi

M.Brealdan boshlandi. Shundan keyin bu hodisa haqida turli qarashlar yuzaga kela boshladi.

2

Polisemiyani baholash tilshunoslar orasida ziddiyatli fikrlarga sabab bo‘ldi. Ba’zi

olimlarning fikricha, “ideal” tilda so‘z faqat bitta ma’noga ega bo‘lishi va har bir ma’no alohida
nomga ega bo‘lishi kerak. Biroq bu bir qarashda qulay ko‘rinishi mumkin, aslida so‘zlarning
“biryoqlamaligi” til imkoniyatlarini pasaytirib, uni milliy o‘zlikdam mahrum etadi. Ko‘pchilik
olimlar haqli ravishda so‘zlarning noaniqligini tilning zaifligi emas, balki til boyligining bir
ko‘rinishi deb biladilar. Ko‘p ma’nolilik tilning cheksiz imkoniyatlarini e’tirof qiladi, chunki so‘z
boyligi nafaqat so‘zlar, balki ularning qiymatlarining xilma

-

xilligida, so‘zlarning yangi semantik

farqlarni olish qobiliyatidir. So‘zdagi yangi ma’nolarning rivojlanishi til leksik resurslaridan ijodiy
foydalanish ko‘lamini beradi.

3

M.Mirtojiyev polisemiya bilan chalkashlikni yuzaga keltiruvchi

yondosh hodisalar sifatida konversiya, omonimiya, frazani ko‘rsatadi. Polisemiya va ular asosida
hosil bo‘lgan omonimlarni farqlashda ichki semantik bog‘liqlikning xiralashganligiga asoslanish
kerak bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, M.Mirtojiyev polisemiya hodisasini monografik planda
tadqiq qilgan. Olim polisemiyani quyidagicha guruhlab o‘rgandi:

1.Polisemiya va unga yondosh hodisalar.
2.Polisemiyaning yuzaga kelishi.
3.Polisemiya klassifikatsiyasi.

4.Polisemiyada so‘z strukturasi.

R.Sayfullayeva va bir qator olimlar tomondan yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”

darsligida polisemiyaning leksik, frazeologik, morfemik, sintaktik turlari ajratiladi. Darslikda bir

ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar formal tilshunoslikda farqlanganligi, nazariy leksikologiyada esa
bir sememali va ko‘p sememali leksema farqlanishi alohida ta’kidlanadi.

Polifunksionallikning til birliklariga xosligi olimlarga ma’lum bo‘lib kelgan. Ammo turli

davrlarda bu haqiqatga munosabat boshqa bo‘lgan. Xususan, rus tilshunosligida polisemiyaning til
harakatidagi muhim o‘rni doim an’anaviy yo‘nalish doirasida tan olingan; aksincha, strukturalistik
tushunchalarda so‘zning noaniqligi asabiylashtiruvchi holat sifatida e’tiborga olinmaydi. Shu sabali
tilda har doim mavjud bo‘lgan ko‘p funksionallik tilshunoslar orasida noaniq fikrlarni keltirib
chiqaradi. Ayrim so‘zlardan leksik ma’no izlash, so‘zlar polifunksionalligini polisemiya bilan
adashtirish va ba’zan polisemiyani omonimiyadan farqlamaslik xollarini yuzaga keltiradi. Ko‘p

lingvistik asarlarda polifunksionallik omonimiya hodisalariga nisbatan qaraladi.

4

Polisemiya ma’lum bir so‘zning bir necha leksik ma’noga ega bo‘lishidir. So‘zlar

polifunksionalligining yuzaga kelishi esa konversiya bilan bog‘liq. Konversiya ma’lum bir so‘zning
hech qanday affiks olmagan holda boshqa so‘z turkumi vazifasida kelish hodisasidir. Konversiyaga
ko‘ra ayrim so‘z leksik ma’nosi ikkinchi turkum vazifasini ham olib, qayd etilishi o‘sha so‘zning

polifunksional holda berilishidan kelib chiqadi.

Yaxshi notiq, yaxshin gapirdi

gapida

yaxshi

sifati

ham o‘z vazifasida qo‘llangan, ham ravish vazifasini olgan –

adverbializatsiya sodir bo‘lgan,

polifunksional so‘z yuzaga kelgan.

2

Mirtojiyev M. O‘zbek tilida polisemiya. –

Toshkent: Fan, 1984. - B. 14.

135 b.

3

Голуб И. Стилистика русского языка. Учеб. пособие

// http: www.hi-edu.ru

4

G.Sh.Kahramono

vna.O‘zbek tili semantik analizatorining lingvistik asoslari. –

Farg‘ona, 2022. –

143 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1295

Yana shuni aytish kerakki, fe’llarning ko‘makchi ma’nosi ham polisemantik so‘z tarkibini

tashkil qilmaydi. Aksincha, u grammatik vazifa bajaradi. Shunga ko‘ra aytish mumkinki, u ham
polifunksionallik uchun vosita bo‘ladi.

Polifunksionallik hodisasi grammatik omonimiya deb ham ataladi. V.V.Vinogradov

omonimiyani grammatik omonimiya (polifunksionallik) va leksik omonimiya (omonimiya)larga

ajratadi. A.T.Krivonosov shunday yozadi: “Agar biz an’anaga rioya qilsak, sinfdan sinfga o‘tishda

semantik invariantni saqlab qoladigan leksemalarni polifunksionl leksemalar, sinfdan sinfga

o‘tishda semantik invariantni saqlab qolamaydigan leksemalarni omonimik leksemalar, deb

hisoblashimiz mumkin.

Hozirgi zamon ingliz tilida polifunksionallik xususiyatiga ega so‘z turkumlari mavjud.

Ingliz tilida polifunksionallik muammosi so‘zlarning leksik va grammatik kategoriyaga

bo‘linishi bilan bog‘liq. Morfologik oppozitsiyalar tizimi yetishmaydigan, lekin rivojlangan,
sintaktik aloqalarning turlari har doim aniq belgilanmagan ingliz tilida, so‘zning u yoki bu nutq
qismlari nazariyada ham, amaliyotda ham qiyinchilikn tug‘dirishi mumkin. Demakki, jahon
tilshunosligida ham mazkur hodisaga turli nuqtai nazardan yondashilgan bo‘lib, yakdil ilmiy xulosa

mavjud emas.

Tilshunosligimizda polifunksionallik masalasiga doir qator ishlar amalga oshirilgan. Bu

muammo tahliliga bag‘ishlangan Y.Tojiyev, J.Eltazarov, N.Qodirova, G.Sulaymonova, T.Valiyev,

A.Botirova va boshqalarning tadqiqotlari alohida qimmatga ega.

M.Mirtojiyev “O‘zbek tili semasiologiyasi” kitobida polisemiya va unga yondosh hodisalar

haqida fikr yuritganda polifunksionalik masalasiga to‘xtalib o‘tadi. Polisemiya ma’lum bir so‘zning
bir necha leksik ma’noga ega bo‘lishi deb qaralsa, so‘zlar polifunksionalligining yuzaga kelishi esa
konversiya bilan bog‘liq. Tilshunos A.Hojiyev “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da
konversiyaga quyidagicha ta’rif beradi. Konversiya –

so‘zning fonetik va morfologik jihatdan

o‘zgarmay, bir so‘z turkumidan boshqa bir so‘z turkumiga o‘tishi, shu yo‘l bilan yangi bir so‘z hosil
bo‘lishi. Konversiyaga ko‘ra ayrim so‘z leksik ma’nosi ikkinchi turkum vazifasini ham olib, qayd
etilishi o‘sha so‘zning polifunksional holda berilishi bo‘ladi.

5

Ma’lum bo‘ladiki, til birliklarining polifunksionalligi masalasida turli fikr

-mulohazalar

ifodalangan. Ularni umumlashtirib, quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1) til birliklariga xos polifunksionallikni polisemiya doirasida o‘rganish;

2) polisemiya va omonimiya oralig‘idagi bog‘lovchi bo‘g‘in;

3)so‘z semantik strukturasidagi turli so‘z turkumlariga xos ma’nolarning sinkretizmi;

4)polisemantiklik xususiyati susaygan, biroq omonimlik darajasiga yetmagan birlik.

Xulosa.

Kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan til polifunksional xususiyatga egadir.

Haqiqatan ham, u faqat kommunikativ vazifa bajarmay, til egalarinining ob’yektiv olam

haqidagi bilimlarni o‘zida saqlab, kelajak avlodga yetkazuvchi, tinglovchiga ta’sir o‘tkazuvchi
hamda ma’lum axborot ob’yektiga baho berishi bilan xarakterlanadi. To‘g‘ri ta’kidlanganidek,
xalqaro sun’iy til o‘z sistemasining ba’zi afzalliklariga qaramay, kishilikning polifunksional tili

vazifasini bajara olmaydi. U tabiiy milliy tillarga nisbatan ikkilamchi, yordamchidir.

5

G.Sh.Kahramonovna.O‘zbek tili semantik analizatorining lingvistik asoslari. –

Farg‘ona, 2022. –

143 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1296

Ko‘rinadiki, ijtimoiy hodisa sifatida tilning o‘zi polifunksional tabiatga ega. Shunday ekan,

uning ichki tuzilish birliklari ham polifunksional xususiyat kasb etishi tabiiy xoldir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Hakimova M. Semasiologiya.

Toshkent, 2008.

B. 33.

100 b.

2.

Mirtojiyev M. O‘zbek tilida polisemiya. –

Toshkent: Fan, 1984. - B. 14.

135 b.

3.

Голуб И. Стилистика русского языка. Учеб. пособие

// http: www.hi-edu.ru

4.

G.Sh.Kahramonovna.O‘zbek tili semantik analizatorining lingvistik asoslari. –

Farg‘ona,

2022.

143 b.





References

Hakimova M. Semasiologiya. – Toshkent, 2008. – B. 33. – 100 b.

Mirtojiyev M. O‘zbek tilida polisemiya. – Toshkent: Fan, 1984. - B. 14. – 135 b.

Голуб И. Стилистика русского языка. Учеб. пособие // http: www.hi-edu.ru

G.Sh.Kahramonovna.O‘zbek tili semantik analizatorining lingvistik asoslari. – Farg‘ona, 2022. – 143 b.