Authors

  • Xasan Kenjayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113298

Keywords:

Parkent tumani mahalliy ijodkorlar adabiy muhit adabiyot rivoji badiiy ijod tarjima badiiy adabiyot.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Parkent tumani mahalliy ijodkorlarining adabiy muhitni rivojlantirishdagi o‘rni va hissasi tahlil qilinadi. Parkent adabiyotining tarixiy va madaniy konteksti, ijodkorlarning ilmiy, badiiy, tarjimonlik, tanqidiy va pedagogik faoliyatlari batafsil yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1297

MAHALLIY IJODKORLARNING PARKENT ADABIY MUHITINI

RIVOJLANTIRISHDAGI HISSASI

Kenjayev Xasan Mirxoshimovich

Toshkent amaliy fanlar universiteti 1-kusr magistranti.

Tel: +998-99-406-60-09

Email:

kenjayev.xasan.87@bk.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734621

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Parkent tumani mahalliy ijodkorlarining

adabiy muhitni rivojlantirishdagi o‘rni va hissasi tahlil qilinadi. Parkent adabiyotining tarixiy

va madaniy konteksti, ijodkorlarning ilmiy, badiiy, tarjimonlik, tanqidiy va pedagogik
faoliyatlari batafsil yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Parkent tumani, mahalliy ijodkorlar, adabiy muhit, adabiyot rivoji, badiiy

ijod, tarjima, badiiy adabiyot.

ИЗУЧЕНИЕ ПАДЕЖЕЙ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКОЗНАНИИ

Аннотация.

В статье анализируется роль и вклад местных писателей

Паркентского района Узбекистана в развитие литературной среды. Подробно
освещается историко

-

культурный контекст паркентской литературы, а также

научная, художественная, переводческая, критическая и педагогическая деятельность
писателей.

Ключевые слова:

Паркентский район, местные художники, литературная среда,

литературное развитие, художественное творчество, перевод, художественная
литература.

THE STUDY OF CASES IN UZBEK LINGUISTICS

Abstract.

This article analyzes the role and contribution of local writers of the Parkent

district of Uzbekistan to the development of the literary environment. The historical and cultural
context of Parkent literature, as well as the scientific, artistic, translational, critical, and
pedagogical activities of the writers are covered in detail.

Keywords:

Parkent district, local artists, literary environment, literary development,

artistic creation, translation, fiction.

Adabiyot har bir millatning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini saqlash, shakllantirish

va avlodlarga yetkazishda muhim vositalardan biridir. Taniqli adabiyotshunos olim Hotam

Umurov o‘zining “Adabiyotshnoslikka kirish” darsligida badiiy asar, uni o‘rganish, adabiy muhit
va jarayon haqida shunday yozadi: “Badiiy asarlar tabiatini o'rganish, o'z navbatida ijodiy

jarayon qonuniyatlarini, adabiy muhit va sharoit xususiyatlarini, yozuvchi obraz kitobxon

muammolarini ham o'rganishni kun tartibiga chiqaradi”

1

O‘zining noyob madaniy qadriyatlari, og‘zaki va yozma an’analari bilan ajralib turadigan

Parkent tumani adabiy muhiti O‘zbekiston madaniy maydonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.

Parkentda faoliyat yuritayotgan mahalliy ijodkorlar adabiy muhitning rivojlanishida faqat

badiiy ijod orqali emas, balki ilmiy, tarjimonlik, tanqidiy va pedagogik faoliyatlari bilan ham

1

H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 2004, 264-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1298

katta hissalar qo‘shmoqda. Ularning asarlari ijtimoiy hayotdagi muammolarni yoritishda, milliy
va umumbashariy qadriyatlarni targ‘ib qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hozirda Parkent tumani, uning bugungi istiqboli haqida gap ketar ekan, ko‘p sohalarda

o‘sish, rivojlanish bo‘layotganini eslash zarur. Xususan, yaqinda –

18-iyun kuni mamlakatimiz

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga tashrif buyurib, tumanda bo‘layotgan
o‘zgarishlar, kelajak istiqbol rejasi, tumanning turizm salohiyati, bog‘dorchiligi bilan tanishdi.

Prezidentimiz parkentlik ziyolilar bilan uchrashuv chog‘ida: “Bizning eng katta

boyligimiz

yurtimiz tinchligi, xalqimizning osoyishtaligi. Tinchlik barqaror bo‘lsa, mana

shunday barqarorlik bo‘ladi, rejalar amalga oshadi. Davlat tashkilotlarini safarbar qilib,

imkoniyatlarni yuzaga chiqarib, hamma hududlarni rivojlantirishga harakat qilyapmiz. Parkentga

ham istiqlol shabadasi, islohotlar natijasi yetib kelganini ko‘rib xursand bo‘ldim. Xalqimiz mana
shunday farovon sharoitda yashashga munosib”

2

,

degan fikrlarni bayon qildi.

Ushbu maqolada Parkent adabiy muhitining shakllanish jarayoni, uning asosiy

xususiyatlari va ayniqsa, mahalliy ijodkorlarning ushbu jarayonga qo‘shgan hissalari chuqur
tahlil qilinadi. Maqola ilmiy yondashuv asosida yozilgan bo‘lib, adabiyotshunoslik,
madaniyatshunoslik va sotsiologiya sohalaridan olingan ma’lumotlarni birlashtiradi.

Parkent tumani, O‘zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga

ega. Hududning madaniy hayoti, ayniqsa, adabiyot sohasida keng tarqalgan og‘zaki va yozma
ijodiy an’analari bilan ajralib turadi. Ushbu hududda yashovchi turli etnik guruhlar va ularning
madaniyati o‘zaro ta’sirlashib, o‘ziga xos madaniy qatlamni yaratgan. Parkentda adabiyot,
nafaqat, san’at, balki jamiyat hayotidagi ma’naviy va axloqiy muammolarni yechishda muhim

vosita sifatida xizmat qilgan.

Parkentning go‘zal tabiati va qadim tarixi ko‘plab ilm egalari va ijodkorlar, xususan,

Zahiriddin Muhammad Boburning ham nazariga tushgan. Bobur bu joyda bo‘lib, bir muddat
yashaganligini aytgan. Bu haqda taniqli shoir, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi,
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni sohibi Orif Odilxonov bu
haqida shunday yozadi: “Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga ketishdan oldin Parkent
vohasiga kelib, Samsarak yaqiniga kelib kuch to‘plaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.

Parkentda Zahiriddin Muhammad Bobur bilan Hofiz Ko‘hokiy uchrashib suhbat quradi”.

3

Tarixan xalq og‘zaki ijodi shaklida yashab kelgan badiiy ijod namunalari hududning

adabiy jarayonini belgilagan. XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yozma adabiyot
Parkent adabiy muhiti jadal rivojlandi. Bu davrda mahalliy yozuvchilar, shoirlar, tarjimonlar va

adabiyotshunoslar o‘z faoliyatlari orqali adabiyotning mustahkam poydevorini yaratish bilan
birga, uning zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarilishiga ko‘maklashdilar. Tuman gazetalari,
mahalliy jurnal va kutubxonalar ijodkorlar uchun muhim platformalar bo‘ldi. Shu bilan birga,
turli adabiy kechalar, tanlovlar va seminarlar adabiy muhitning yanada jonlanishiga turtki bo‘ldi.

Parkentda tug‘ilib, voyaga yetgan, shu hududning boy madaniy me’rosi, qolaversa,

o‘zbek adabiyotining yorqin siymolaridan ilhomlangan ijodkorlar talaygina.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb

-sayti. Davlat dasturi [Elektron resurs].

URL: https://president.uz

(murojaat qilingan sana: 2025.20.06).

3

O. Odilxonov.

“Parkent tarixi” T.: O‘zbekiston, 1989, 104

-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1299

Ulardan Mahmud Toir, Sharifa Salimova, Dilfuza Shomalikova, Xayriddin Sulton, Orif

Odilxonov, To‘lqin Alimov, Asom Ziyomatov, Gulnoza Turg‘unboyeva va boshqa shunday
ijodkorlarning har biri adabiyot sohasida o‘ziga xos yutuqlarga erishgan. Ularning ijodlari,

nafaqat, Parkent, balki butun respublika madaniy hayotida sezilarli iz qoldirib kelmoqda. Quyida
Parkent tumanida yetishib chiqqan ijod ahillari va ularning Parkentda adabiy muhit

shakllanishida qo‘shgan hissasi haqida gapirib o‘tamiz.

Mahmud Toir Parkent adabiyotining yetuk vakillaridan bo‘lib, uning she’rlari mahalliy

hayotning tafsilotlarini milliy ma’naviyat va ona tilining betakror go‘zalligi, Vatan manzaralari
orqali ifodalaydi. Mahmud Toir ijodida tarixiy va zamonaviylik ko‘rinishlari uyg‘unlashib,
millatning o‘zligini saqlashi muhimligi ta’kidlanadi. Uning ilmiy maqolalari, xususan, “Parkent
she’riyati: taraqqiyot va istiqbollar” asari, tuman adabiyotining tarixiy ildizlarini chuqur
o‘rganishga xizmat qiladi. Ushbu maqola Parkent adabiyotining o‘ziga xosligini, uning
rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashda ilmiy nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shoir she’riyati o‘ziga xos ohanglar bilan yog‘rilgan. Ayniqsa, Ona yurtga muhabbat,

o‘zi tug‘ilib

-

o‘sgan yurt madhi boshqacha suratlarda aks etadi:

Oy bizning qishloqda yerga yaqindir,

Quyosh ham tog‘larni o‘pib yuz ochar.

Parkent ko‘kida yulduz uchsa gar,

Qirlarning ko‘zidan uyqular qochar.


Tong ochar majitda azon hitobi,

Mudroq qalbingizga iymon uyg‘otar.

Duo bu

aslida dilning oftobi,

Tongda eshik zulfin farishta qoqar.

4

Shoirning “Ayt, endi yuragim”, “Biz nechun uchrashdik”, “Muhabbat shevasi”, “Oqib

ketgan armonlar”, “Barmoqlar bodasi”, “Haqni tanib”, “Yuz to‘rtlik”, “Qutlug' yillar sadosi”,
“Armon tuni”, “Yangi she'rlar” va “So'z saodati” kabi asarlari ham mavjud.

Mahmud Toirov

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Sharifa Salimova o‘zining qisqa hikoya va romanlari bilan Parkent adabiyotida proza

janrini yangi bosqichga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Uning “Bahor Nurida” romani yoshlar
muammolari, ijtimoiy adolat, ma’naviy tarbiya kabi mavzularni yoritishda ajralmas manbaa

hisoblanadi. Sharifa Salimovaning asarlari, nafaqat, mahalliy, balki respublika miqyosida ham

keng e’tirof etilgan bo‘lib, o‘zining badiiy uslubi va jamiyatga ta’sirchanligi bilan ajralib turadi.

Tuman maktablarida tez-

tez Sharifa Salimova bilan ijodiy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib

turadi. Bu parkentlik yoshlarning badiiy ijidga bo‘lgan havas va qiziqishlarini oshiradi.

Ijodkorning “Hayot zavqi”, “Mening bahorim” kabi she’riy to‘plamlari, “Xizr bulog‘i”

dostoni, “Giyohlar bilan tanishgan inson”, “Tongi qasam” kabi publitsistik maqolari, dunyoning

turli tillaridan tarjima qilgan asarlari barkamol ijodkor ekanligini belgilaydi. Sharifa Salimova

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo‘lgan.

4

Mahmud Toir. “Biz nechun uchrashdik”, T.: G‘ofur G‘ulom, 1992, 72

-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1300

O‘zbek bolalar adabiyoti va jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan

taniqli ijodkor Dilfuza Shomalikova ham Parkent farzandi. Uning “Onam yopgan non” va
“Tuproq o‘ynayotgan bola” kabi hikoyalar to‘plamlari

nashr etilgan. Shu jumladan,

“Yig‘layotgan qushlar” nomli asari mavjud. Dilfuza Shomalikova O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasining a’zosi bo‘lib, “G‘uncha” jurnalida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritib
kelmoqda. Dilfuza Shomalikova zamonaviy o‘zbek bolalar jurnalistikasi rivojida faol ishtirok

etayotgan jurnalist-hikoyachidir.

Uning ijodi bolalarning ijtimoiy va ma’naviy tarbiyasiga, jurnalistika sohasida yosh avlod

salohiyatini oshirishga qaratilgan. “Shuhrat” medali bila

n mukofotlanishi uning ilm-ijtimoiy

muvaffaqiyatlarining xalqimiz orasida tan olinishidir.

Xayriddin Sulton Parkent adabiyotining yetakchi ijodkorlaridan hisoblanadi. Journalist,

iste’dodli yozuvchi, mohir tarjimon va jamiyat va davlat arbobi hamdir. Badiiy adabiyotda
o‘zining nodir asarlari, takrorlanmas tarjimalari bilan aolhida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ijodkor
uzoq vaqtlardan beri O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasida mas‘ul lavozimda
xizmat qilib kelmoqda. “Quyosh barchaga barobar”, “Bir oqshom ertagi”, “Onamning yurti”,
“Umr esa o‘tmoqda”, “Boburning tushlari”, “Boburiynoma”, “To‘qchilik va yo‘qchilik”, “Saodat
sohili” kabi nasriy asarlari, “Sarhovuzning bo‘ylarida” dramatik asari adabiyotimizni sara asarlar
bilan bezagan. Ijodkor bir qator kinosenariylar muallifi hamdir. “Changak”, “Moziydan bir
sado”, “Mehrobdan chayon” videofilmlari va “Tushlarimda ko‘rib yig‘layman”, “Yolg‘iz
yodgorim” badiiy filmlari mavjud. Serqirra ijodkor A. Sent

-Eksyuperi, V. Shushkin, Y. Nagibin,

S. Aliksev kabi jahon adiblarining asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

Xayriddin Sultonov “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “O‘zbekistonda xizmat

ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchunorden” bilan taqdirlangan.

Gulnoza Turg‘unboyeva insonning ichki his

-

tuyg‘u va kechinmalarini o‘z she’riyati

orqali yangicha talqin etadi. Uning she’rlari go‘zallik, nafosat, ichi o‘y

-xayollar, tabiatga

oshiqlik, Vatanni sevish kabi mavzularda bo‘lib, insonni hayotni amglashga chorlaydi. Uning
ijodi Respublika miqyosida e’tirof etilib, “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti”ga loyiq ko‘rilgan.

To‘lqin Alimov –

parkentlik tarjimon va shoir. Uning ijtimoiy mavzulardagi asarlari

Parkentliklarning kundalik hayotidagi muammolarni ochib berishda mahorat bilan yozilgan.

To‘lqin Alimov tarjimonlik faoliyatida ko‘plab jahon adabiyotining yetuk asarlarini

o‘zbek tiliga mahurat bilan o‘girgan. “Venger adibi Bela Illeshning “Karpat taronasi”, Nigeriya
yozuvchisi Chinua AAchebening “Xalqdan chiqqan odam”, rus adaibasi Vera Ketlinskayaning
“Jasoart” romani, arman yozuvchisi Nairi Zaryanning “Dovud Sosuniy”, rumin yozuvchisi Petre
Selkudyanuning “Gumrog”, Georgiy Skrebitskiyning “Hayotning ilk saboqlari” romanlarini va
boshqa jahon mumtoz va hozirgi zamon adabiyotidan ko‘plab asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Shuningdek, ko‘pchilikning ko‘ngil mulkiga aylangan “Yo‘qolgan fil”, “Malina vinosi”,

“Garovdagi bek”, “Ilon ovlovchi”, “Oltin ma’buda”, “Ajdarni o‘ldiringlar”, “Insonga qanot va
najot”, “Hamtovoqlar”, “Muhabbat” kabi kinofilmlarni ham o‘zbek tiliga o‘girgan”

5

Orif Odilxonov

Parkent tumaning eng so‘lim maskanilaridan biri So‘qoq qishlog‘ida

tug‘ilib voyaga yetgan.

5

S. Husomiddinov, M. Shermatov.

“Parkent tumani” T.: O‘qituvchi, 2006, 156

-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1301

U adabiyot sohasida yoshlarni tarbiyalash va ilmiy ishlarni rivojlantirishda faol ishtirok

etadi. Asl kasbi qishloq xo‘jaligi sohasi –

agronomiya bo‘lishiga qaramasdan bolalik vaqtlaridan

badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi hech so‘nmagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak o‘zbek
adabiyotida o‘ziga xos iz qoldirdi.

Shoir uzoq vaqt So‘qoq dam olish uyida rahbarlik qildi, Xalqaro Cho‘lpon nomidagi

davlat mukofoti va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga loyiq
ko‘rildi. Bu ijodkorni parkentliklar chuqur hurmat bilan tilga olishadi.

Yuqori Chirchiq, Parkent, Bo‘stonliq tumanlari birlashgan kezlari “Sur’at” gazetasi

qoshida tashkil etilga adabiyot to‘garagini tashkil etib, unga bevosita rahbarlik qilgan. Parkent va
Yangibozor orasi yaqin bo‘lganligi sababli to‘garakka ko’proq parkentlik yoshlar qatnashgan.

Shuning uchun bo‘lsa kerak Orif Odilxonovning badiiy ijodi Parkent adabiyotshunoslik

maktabining shakllanishiga xizmat qiladi. Shoir “Bahor atri”, “Tog‘da bir chashma”, “Bodom
gullari”, “Umid yulduzlari”, “So‘nmagan sevgim”, “Qo‘shiq kuylasam”, “Tog‘lar taronasi” va
“Saylanma” kabi o‘nga yaqin she‘riy to‘plamlar va “Parkent tarixi” nomli kitoblar muallifi.

Uning 100 ga yaqin she’rlarini yurtimizning taniqli qo‘chiqchilari kuyga solib, mahorat

bilan bilan ijro etishgan. O‘zbekiston xalq artisti Oriq Otajonov shoirning “Ota

-

onang” she’ri

asosida go‘zal bir qo‘shiq kuylagan.

Mehrini aylab quyosh
Mehribon ota-onang,
Boshing uzra nur sochar
Har qachon ota-onang.
Sen yiroq ketsang agar,

Yo‘llarinnga intizor,

Doimo bo‘lsin degay

Sog‘

-omon ota-

onang…

6

Hayotlik chog‘larida dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga safar qilgan shoir sayohatlari

natijasida “Ona yer mehri” deb nomlangan doston yaratgan. Ijodkorni ko‘pgina shoir va
yozuvchilar ilk fikrlar bilan tilga olishadi. Taniqli shoir Mahmud Toir o‘ziga ustoz deb biladi.

O‘zbekiston fanlar akademiyasining muxbir a‘zosi Matyoqub Qo‘shjonov shoirning

“Saylanma” to‘plamiga yozgan so’zboshisida ijodkorni “Tog‘lar kuychisi” deb atab shunday
yozgan “O‘zbekistonda so‘lim joylar ko‘p. biroq bir joy borki, uni xalqimiz alohida ehtirom

bilan tilga oladi. Bu

tog‘ tizmalari bag‘rida joylashgan So‘qoq qishlog‘i. Orif Odilxonov shu

qishloqda tug‘ilgan, o‘sgan, ulg‘aygan. Hozir ham shu qishloqda turib faqat ijod bilan emas,

balki tashkilotchilik, mehnat-

u qobilyati bilan el xizmatida. Uning tog‘

-

u toshlarga, jo‘shqin

buloqlarga, qushlar navosiga, yuksakliklarga muhabbati shu so‘lim qishloq muhiti bilan
bog‘liqdir ”

7

Asom Ziyomatov

Parkentning Changi qishlog‘idan yetishib chiqqan bolalar shoiri.

Uzoq yillar qishloqdagi 11-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan dars beradi. Umrini

yosh avlod tarbiyasi va ta’limiga baxsh etgan shoir Parkent adabiy muhitida o‘ziga xos o‘ringa

6

O. Odilxonov. “Saylanma”, T.: Sharq, 1999, 400

-b

7

O. Odilxonov. “Saylanma”, T.: Sharq, 1999, 400

-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1302

ega bo‘lgan ijodkordir. Uning “Qushcha va g‘uncha”, “Ertak sehri”, “Tong Qo‘ynida”, “Ishchan
arilar” kabi she’riy to‘plamlari bola ruhiyati va ichki dunyosining go‘zalligini ifoda etadi.

Parkent tumanida mahalliy matbuot, ya’ni gazetalar va jurnallar ijodkorlar uchun asosiy

platforma hisoblanadi. Ushbu nashrlarda ijodkorlarning badiiy va ilmiy asarlari muntazam chop

etiladi. Bu esa ularning asarlarini keng auditoriyaga yetkazishda, yangi o‘quvchilarni jalb

qilishda muhim ahamiyatga ega. Nashriyotlar faoliyati Parkent adabiyotining ommalashuvi va

taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Parkent markazida tashkil etilgan adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va seminarlar

ijodkorlar va o‘quvchilar o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatishga yordam beradi. Bu tadbirlar
ijodiy jarayonlarni qo‘llab

-

quvvatlaydi, yangi g‘oyalar, loyihalar va hamkorliklarni yuzaga

chiqaradi. Ularning ta’siri natijasida mahalliy adabiyot yanada rivojlanib, yanada kengroq
ijtimoiy qatlamlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Parkent ijodkorlari yoshlarni adabiyotga jalb qilishda pedagogik faoliyatning ahamiyatini

chuqur anglaydilar. Ular maktab va oliy o‘quv yurtlarida dars berish bilan birga, ijodiy
to‘garaklar va seminarlar tashkil qiladi. Bu esa yosh avlodning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini
oshirib, ularni ijodiy faoliyatga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Mahalliy ijodkorlarning faoliyati Parkentda, nafaqat, badiiy, balki ijtimoiy-

ma’naviy

sohada ham chuqur ahamiyatga ega. Ularning asarlari jamiyatdagi dolzarb muammolarni ochib

beradi, ijtimoiy adolat, milliy qadriyatlar, ma’naviy tarbiya masalalarini keng yoritadi. Shu bilan
birga, Parkentning boy madaniy merosini yangi avlodga yetkazishda ular markaziy rol o‘ynaydi.

Mahalliy ijodkorlar orqali adabiyot faqat san’at emas, balki millatning ma’naviy

sog‘lig‘ini ta’minlovchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

Parkent tumani adabiy muhitining rivojlanishida Mahmud Toir, Sharifa Salimova,

Dilfuza Shomalikova, Xayriddin Sulton, Gulnoza Turg‘unboyeva, To‘lqin Alimov, Orif

Odilxonov va Asom Ziyomatov kabi ijodkorlarning roli beqiyosdir. Ularning ilmiy, badiiy va
pedagogik faoliyati nafaqat mahalliy adabiyotning yuksalishiga, balki ijtimoiy-

ma’naviy

muhitning sog‘lomlashishiga xizmat qiladi. Kelajakda Parkent adabiyotining rivojlanishini
yanada chuqurroq o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar orqali yoritish zarur. Shuningdek, mahalliy
ijodkorlarning asarlarini keng targ‘ib qilish, ularni yosh avlodga yetkazish bo‘yicha tizimli

ishlarni amalga oshirish muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb

-sayti. Davlat dasturi [Elektron resurs].

URL: ttps://president.uz (murojaat qilingan sana: 2025.20.06).

2.

H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik T.:
A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004, 264-b

3.

O. Odilxonov. “Parkent tarixi” T.: O‘zbekiston, 1989, 104

-b

4.

Mahmud Toir. “Biz nechun uchrashdik”, T.: G‘ofur G‘ulom, 1992, 72

-b

5.

S. Husomiddinov, M. Shermatov. “Parkent tumani” T.: O‘qituvchi, 2006, 156

-b

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti. Davlat dasturi [Elektron resurs]. – URL: ttps://president.uz (murojaat qilingan sana: 2025.20.06).

H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004, 264-b

O. Odilxonov. “Parkent tarixi” T.: O‘zbekiston, 1989, 104-b

Mahmud Toir. “Biz nechun uchrashdik”, T.: G‘ofur G‘ulom, 1992, 72-b

S. Husomiddinov, M. Shermatov. “Parkent tumani” T.: O‘qituvchi, 2006, 156-b