1314
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
QOʻRBOSHILIK HARAKATI HAQIDA AYRIM FIKR
-MULOHAZALAR
SHERMUHAMMADBEK MISOLIDA
Gulyamov Dostonbek Umid oʻgʻli
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Tarix yoʻnalishi 2
- bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15752499
Annotatsiya
. Mazkur maqolada Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan
zoʻravonlik bilan tugatilishi natijasida, milliy ozodlik harakatining boshlanib ketishi hamda
qo‘rboshilarning bolsheviklarga qarshi mardonavor kurashlari,zafarlari,yo‘qotishlari va
oqibatlari Shermuhammadbek qoʻrboshi misolida yoritilgan.
Kalit soʻzlar
: Qoʻrboshilik harakati, Turk mustaqil jumhuriyati, Shermuhammadbek
qoʻrboshi, muhojirlik hayoti.
Аннотация:
В данной статье описывается начало национально
-
освободительного
движения в результате насильственного прекращения большевиками Туркестанской
автономии, а также доблестная борьба, победы, потери и последствия воинов против
большевиков, на примере солдат Шермухаммадбек.
Ключевые слова
: движение Корбоши, Турецкая независимая республика,
Шермухаммадбек Корбоши, иммигрантская жизнь.
Abstract
: This article describes the beginning of the national liberation movement as a
result of the violent termination of Turkestan autonomy by the Bolsheviks, as well as the valiant
struggle, victories, losses and consequences of soldiers against the Bolsheviks, using the example
of soldiers Shermuhammadbek.
Key words
: Korboshi movement, Turkish Independent Republic, Shermuhammadbek
Korboshi, immigrant life.
Xalqimiz 1917-
yilda sodir etilgan fevral oktabr oʻzgarishlariga katta umidvorlik bilan
koʻz tikkandilar. Biroq sovet hokimiyati oʻrnatilib, mustahkamlana borgan sayin bolsheviklar
dohiylarining ikkiyuzlamachilik, munofiqlik qiyofasi ham ochilib bordi. 1917-yil 26-28-
noyabrda Qoʻqon shahrida Butunturkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida
Turkistonga Muxtoriyat maqomi berildi. Oʻz oldiga katta maqsadlarni qoʻygan Muxtoriyat
faoliyati 1918-
yilning fevral oyida Qoʻqon shahrida musulmonlarning ommaviy qirgʻini bilan
ayanchli ravishda xotima topdi. Atiga 72 kun faoliyat yuritgan Turkiston Muxtoriyati 1918-yil
22-
fevralda bolsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik shartnomasi”ning imzolanishi bilan
tugatildi. Natijada yuz minglab millatparvar, vatanparvar yurt kishilarini qoʻlda qurol bilan
sovetlar zoʻravonligiga qarshi kurashi boshlanib ketdi.
Oʻlkada boshlangan Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatning dastlabki qaynoq
markazlaridan biri Fargʻona vodiysi boʻldi. Bu harakatga xalq orasidan yetishib chiqqan Katta
Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxoʻja Eshon, Islom Pahlavon, Rahmonqul,
Toʻychi, Aliyor qoʻrboshi singari taniqli rahnamolar yetakchilik qildilar.
Qo‘rboshilik harakatning yorqin namoyondalaridan biri Shermuhammadbek bo‘lib,
Shermuhammadbek Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi milliy ozodlik uchun kurashning
ilk bosqichidan boshlab jang maydoniga kirgan. U Katta Ergash ( tahminan 1882
–
1921 ) va
Madaminbek ( 1892
–
1920 ) kabi qoʻrboshilarning oʻrinbosari sifatida istiqlolchilarning tan
olingan yirik lashkarboshisi edi.[1.250-
b.] U Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi Garbuva (
Garbobo, Karbobo ) qishlogʻida beklar avlodidan boʻlgan Qoʻshoqboy Xoji xonadonida 1893 –
1315
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
yilda tugʻulgan. Qoʻshoqvoy xojining ota avlodlari Qoʻqon xonlari huzurida vazirlik, beklik
qilishgan boʻlsa, onasi Oydin ogʻocha Qoshgʻardan kelin boʻlib tushgan edi. Shermuhammadbek
dastlabki taʼlimni qishlogʻida keyin Margʻilonda olgan. Shermuhamnadbek kamgap va
adolatpesha shaxs edi, deb xotirlaydilar Fargʻona qariyalari.[2.4
-5-b.]
Madaminbek qizil armiyaga qarshi kurashdan chetlashgach, 1920
–
yil erta bahoridan
Shermuhammadbek Fargʻonadagi qurolli harakatning Oliy bosh qoʻmondoni qilib saylandi.
Anvar Posho (1881
–
1922) va Junaidxon (1857
–
1938) bilan uch tomonlama hamkorlik
oʻrnatildi. Shuningdek Shermuhammadbekning Sharqiy Buxoro qoʻrboshilari Ibrohimbek (1889
–
1932) va Fuzayl Mahdum bilan munosabatlari yaxshi boʻlgan. Afgʻoniston va Turkiya bilan
aʼloqalar jonlangan. Oltiariq tumanidagi Gʻoyibota (Gʻaribota) qishlogʻida 1920 –
yil 3
–
mayda
Fargʻona vodiysi qo‘rboshilarining navbatdagi qurultoyi boʻldi. Qurultoyda Turkiston turk
mustaqil islom jumhuriyati yoxud Turkiston muvaqqat hukumati tuzuldi. Ushbu qurultoyda
Shermuhammadbek hukumat raisi va Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilarning oliy bosh
qoʻmondoni qilib saylandi.[2.10
-b.]. Uning unvoni "Amir lashkarboshi Shermuhammadbek
gʻoziy boʻlgan. Shermuhammadbekning ukasi Nurmuhammadbek (taxminan 1899 –
1984) va
Oloy vohasidagi qirgʻizlarning yetakchisi Muhiddinbek (taxminan 1877 –
1922) uning
oʻrinbosarlari qilib tayinlandi.
Shermuhammadbek va Nurmuhammadbekning xotiralari hamda Zakiy Validiy asarlariga
tayanib Boymirza Hayitning yozishicha hukumat tarkibiga quyidagi 6 kishi kiritilgan
"Sharmuhamnadbek
–
hukumat raisi va Oliy bosh qomondon; Mullajon Qori
–
xavfsizlik (ichki
ishlar) vaziri; Akbarjon Eshon
–
shayxulislom; Abdusalom Qori
–
hukumatning bosh kotibi;
Nazirjon -moliya vaziri; Mulla Xoji Niyoz
–
maxsus ishlar vaziri". Shermuhammadbek tashkil
qilgan 12 lar kengashi ham faoliyat koʻrsatgan boʻlib
-
kengash aʼzolari hukumatni boshqarish va
urushni olib borish masalalari yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini ishlab chiqishgan. Bundan
tashqari 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi tuzildi. Bu mahkama oʻz mashvaratlarida
harakatning boʻlgʻusi harbiy amaliyotlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni koʻrib chiqib
tegishli qarorlar qabul qilgan. Mulla Umar, Jamol, Abdulaziz va Abdusalom qozilardan iborat
qozixona mustaqil sud idorasi mahkamasi ham faoliyat koʻrsatgan. Shuningdek mustaqil sud
idorasiga qoʻshimcha ravishda 88 kishilik parlament –
Shoʻro ham tashkil qilingan boʻlib. Shoʻro
aʼzolari oʻqimishli va nufuzli kishilar hisoblangan. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Turkiston
turk mustaqil islom jumhuriyatining oʻz bayrogʻi boʻlgan. Shermuhammadbek aholidan olgan
soliqlar sovet hukumati oladigan soliqlar va tushumlardan bir necha marta kam boʻlib zaruriy
ehtiyojlar hamda qurol
–
yarogʻ sotib olish uchungina aholidan olingan xolos. Qoʻrboshilar va
yigitlarning oziq
–
ovqat taʼminoti esa ular joylashgan qishloqlar ahli zimmasida edi.
Qoʻshindagi yigitlarning salomatligiga margʻilonlik Mirzaxon va oltiariqlik Ergash tabib
boshchiligidagi xalq tabiblari javobgar boʻlgan. Shuningdek 200 dan ortiq yigit otlarni parvarish
qilish bilan maxsus shugʻullanib turgan.[3.328
-b.]
Shermuhammadbek qoʻshinida chiniqqan saralangan yigitlardan iborat alohida guruh
boʻlgan. Shuningdek uning qoʻshinida zambarak va miltiqlar yasash, oʻq dori ishlab chiqarish
hamda qurol yarogʻlarni tuzatish ishiga margʻilonlik miltiqsoz usta Axrorxoʻja Eshon va
Shahrixonlik Sulaymon Eshon, hamda Germaniya va Avstriyadan kelgan nemis mutaxasislari
rahbarlik qilgan. Shunday qilib, Shermuhammadbek rahbarligi ostida Fargʻona vodiysidagi
butun qoʻrboshilar yaxlit kuch boʻlib uyushdi. Oziq
-ovqat razvyotkasi natijasida Turkiston
ASSR MIK raisi Inomjon Xidiraliyevning taʼkidlashicha 1920 –
yil sentabrda, baʼzi
maʼlumotlarga qaraganda bosmachilar soni 70000 kishiga yetdi va bu holat kuchli sarosimalik
1316
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
tugʻdirgan. Andijon viloyati davlat arxivi hujjatlarida keltirilishicha, Fargʻona armiya gruppasi
inqilobiy harbiy kengashi (PBC) tomonidan 1920
–
yil 13
–
oktabrda chiqarilgan 55
–
buyruqda
Fargʻona vodiysidagi 22 ta qoʻrboshining boshi uchun katta miqdorda toʻlov belgilandi. Xususan
Shermuhammadbekni boshi uchun 15000 rubl belgilangan.[3.339-340-b.] Aynan ushbu holat
ham sovet rejimi qoʻrboshilarga qarshi shafqatsiz qatagʻon va terror siyosiy yoʻlini tutganligini
yaqqol koʻrsatadi. Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilar 1921 –
yanvar-sentabr oylaridagi janglarda
2500 yigitlaridan ajralishdi. Shu yil dekabr oyi boshlarida Shermuhammadbek Oloy vohasi
orqali Sharqiy Buxoroga oʻtdi va Ibrohimbek qoʻrboshi oʻrtasida ( keyinchalik Anvar Posho
bilan ham ) muloqotlar boʻlganligini ayrim tarixiy adabiyotlar tasdiqlaydi. Lekin Qorategin
bekligida Fuzayl Mahdum bilan baʼzi nizolar ham yuzaga keladi. Natijada Shermuhammadbek
1922
–
yil yanvari boshlarida Qorategin bekligidan dovon orqali Fargʻona vodiysiga qaytadi.
1922
–
yil dekabr oyida qizillar va istiqlolchilar toʻqnashuvida 1582 nafar istiqlolchilaroʻldirildi.
Buning ustiga Fargʻona xalqi 5 yil davom etgan uzluksiz janglardan charchagan edi.
Shermuhammadbek boshchiligida tuzilgan Turkiston muvaqqat hukumati 1922
–
yil oxirida
tarqalib ketishga majbur boʻldi. Shermuhammadbek 1922 –
yil dekabrning soʻngi kunlarida
ukasi Muhammadbek va qoʻrboshi Toʻxtasin Maqsud bilan 450 –
500 yigitdan iborat guruhni
olib oldin Buxoro respublikasiga 1923
–
yil bahorida Afgʻonistonga oʻtib ketdi. Kobulning
rasmiy hukumati sovet Rossiyasi tazyiqi bilan Shermuhammadbek va uning ukasi
Nurmuhammadbekka noxush munosabatda boʻlgan. 1927 –
yili Kobulda aka uka
Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakati
toʻgʻrisidagi oʻz xotiralarini andijonlik kotib Abdulxay Maxdumga aytib turib yozdiradi.
Keyinchalik bularning bir qismi R. Shamsuddinov tomonidan Oʻzbekiston matbuotida ham eʼlon
qilindi. Shamsuddinov yozishicha "... Afgʻonistonda Omonullaxon, soʻngra Nodirxon podsholik
qilgan davrda Afgʻoniston hukumati shoʻrolar bilan aʼloqani uzmaslik siyosatini olib borardi.
Har holda bu hukumat Shermuhammadbekka bir ming afgʻoni oylik berib turdi. Yer ham berdi.
Shermuhammadbek keyin bu yerlarni hukumatga qaytargan.[4.132-133-b.]
Shermuhammadbek muhojirlikda ham Turkiston mustaqilligi uchun kurash gʻoyasidan
voz kechmadi. U Afgʻonistondan kichik qoʻshin bilan Vaxsh daryosi orqali Sharqiy Buxoroga
oʻtmoqchi boʻlganida sovet aviatsiyasi yordamida ortga qaytarilgan (1929
-yil 15
–
aprel)
Shermuhammadbek Afgʻonistonda tuzilgan turkistonlik muhojirlarning " Vatanni ozod qilish "
(baʼzi manbalarda " faol") yashirin tashkilotining asoschilaridan biri boʻlgan. Kobul hukumati
Shermuhammadbekni 2
–
jahon urushi davrida 2 yilga (1943
–
1945) qamoqda ushlab turgan.
Ozodlikka chiqqach Hindiston, soʻngra Pokistonning Peshovar (1951 –
1955) va Turkiyaning
Adana (1955 -yildan umrining oxirigacha) yashagan. 1951
–
yili Afgʻonistondagi ota yurtlik
Turkistonlik muhojirlar qon
–
qardosh Turkiyadan boshpana oldilar. Shermuhammadbek va
ukasi Nurmuhammadbeklar bunda bosh
–
qosh boʻldilar. Ular Pokistonning Peshovar shahrida
turib vatandoshlarni Turkiyaga kuzatdilar. Jami 1111 kishi Turkiyaga joʻnatildi.
Shermuhamnadbek vaqtincha Peshovarda Nurmuhammadbek Karachida yashagan. Ular Sharqiy
Turkistondan ham koʻplab vatandoshlarni Turkiyaga joʻnatish bilan mashhur boʻldilar.
Shermuhammadbek oilasi haqida maʼlumot biroz kamroq. U Kobulda yashay boshlagan kezlarda
1924
–
yili Andijondan Kobulga borib qolgan Zulfiniso ismli qizga uylandi. Ulardan Davronbek,
Jahongir, Saodatxon, Xosiyatxonlar dunyoga keladi. Toʻngʻich oʻgʻli Davronbek hozir Nyu –
Yorkda Saodatxon Turkiyaning Adana shahrida istiqomat qilishyapti (2008-
yil maʼlumotlariga
koʻra). Jahongir bilan Xosiyatxonlar Shermuhammadbek Kobuldaligida vafot etishgan. Ayoli
Zufiniso 1972
–
yil Adanada vafot etgan. Shermuhammadbekning oʻzi 1970 –
yil 10
–
martda
1317
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
vafot etadi.[4.144-b.]
Turkiya hukumatidan dunyoning boshqa joylarida yashayotgan vatandoshlardan jamoat
va ilm arboblaridan taziyalar keldi. Bu qahramon sharafiga atalgan marsiyalar radio toʻlqinlari
orqali bir necha kun berib turildi. Uning tobuti butun Adana shahri boʻylab Turkiya va Turkiston
muhtoriyati bayroqlari va mungli musiqa sadolari ostida qabristonga eltib qoʻyildi. Sovet rejimi
davrida Shermhhamnadbek "Koʻrshermat " (janglarning birida koʻziga oʻq tekkan edi) deb
tahqirlangan va uning faoliyati soxtalashtirilgan. Keyinchalik uning serqirra faoliyati toʻgʻrisida
Turkiya, Oʻzbekiston, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatkarda kitoblar yozildi. Oʻzbek
haykaltaroshi Abdumalik Ubaydullayev Shermuhammadbekning haykalini yaratdi.
Shunday qilib quyidagi xulosaga kelish mumkin.
Markaziy Osiyodagi ilk demokratik respublika boʻlgan Turkiston Muxtoriyati garchi tez
tugatilgan boʻlsa ham Shermuhammadbek tuzgan Turk mustaqil jumhuriyati sovetlarga anchayin
qattiq qarshilik koʻsatib tura oldi. Jumhuriyatning oʻz ramzlari, qonunlari va hatto
Shermuhammadbek joriy etgan pul birligi va qoʻshini boʻlganligi eʼtiborga molikdir.
Shermuhammadbekning dushmanlari ham unga baho berishda bor haqiqatni aytishga majbur
boʻlganlar. Bunga sovet harbiy sarkardasi Zinovyevning " Urush harakatiga qurolsiz harbiy
sanʼatdan bexabar qoʻrboshilarni tezda yoʻq qilinmayotgani bilan ayblamoqdalar
Shermuhammad harbiy sanʼatini, qoʻshin yigitlarini chapdast, tez, och boʻridek tashlanishlarini
ular bilan jang qilayotganlargina biladi. " degan soʻzlari ham misol boʻladi. Istiqlol sharofati
bilan Shermuhammadbek kabi ajdodlarimiz haqida haqqoniy maʼlumotlarni olishga muvoffaq
boʻldik.
REFERENCES
1.
Mansurxoʻja Xoʻjayev "Shermuhamnadbek qoʻrboshi" "Sharq". T. 2008.
2.
Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova " Oʻzbekiston tarixi " Iqtisod Moliya. T. 2016.
3.
Qahramon Rajabov. "Shermuhammadbek" risola AbuMatbuot AbuMatbuot-Konsalt. T.
2011.
4.
Qahramon Rajabov "Turkiston Qoʻrboshilari ". Fan.2022.
