1376
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
XALQARO MUNOSABATLARDA YUMSHOQ KUCH VA UNING QO‘LLANILISHI
Baxtiyorov Umar Vaisboy o‘g‘li
Diplomat University magistratura bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15754478
Annotatsiya.
Ushbu maqola xalqaro munosabatlarda, bugungi kunda dolzarb omil
hisoblangan, “yumshoq kuch”ga
bag’ishlanadi. Maqolada qator rivojlangan, hamda jadallik
bilan rivojlanib kelayotgan mamlakatlar, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy,
Hindiston, Turkiya va Janubiy Koreya o‘z “yumshoq kuch”idan qanday
foydalanishi, “yumshoq
kuch” vositalarining qaysi biri bo‘yicha yetakchi ekanligi, va shu bilan bir qatorda “yumshoq
kuch” omilining mohiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Xalqaro munosabatlar, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Janubiy Koreya,
Yumshoq kuch ta’siri, siyosiy jarayonlarda yumshoq kuch.
Аннотация
. Эта статья посвящена "мягкой силе", которая сегодня является
актуальным фактором в международных отношениях. В статье рассматривается, как
ряд развитых и быстро развивающихся стран, включая Соединённые Штаты Америки,
Китай, Индию, Турцию и Южную Корею, использующие свою "мягкую силу," по каким
инструментам "мягкой силы" они лидируют, а также, сущность фактора "мягкой
силы."
Ключевые слова:
Международные отношения, Китай, Турция, Индия, Южная
Корея, влияние мягкой силы, мягкая сила в политических процессах.
Annotation.
This article focuses on "soft power", which is currently a pressing factor in
international relations. The article examines how a number of developed and rapidly developing
countries, including the United States of America, China, India, Turkey, and South Korea, use
their "soft power," which tools of "soft power" they lead, and the essence of the "soft power"
factor.
Keywords:
International relations, China, Turkey, India, South Korea, soft power
influence, soft power in political processes.
XXI asr globallashuv asri va qator sohalar uchun renessans bosqichi bo‘lgani kabi
xalqaro
munosabatlarda
ham
yangi
bosqich
tamadduniga
zamin
yaratdi.
XX asrda xalqaro munosabatlarda “qattiq kuch”dan ko‘proq foydalanilgan va asosiy urg‘u
“qattiq kuch” ga qaratilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan, aniqroq qilib aytganda esa, XXI asrning
ikkinchi yarmidan boshlab jahon hamjamiyati sahnasida “qattiq kuch” omili o‘rnini “yumshoq
kuch” omili egallay boshladi. Chunki “yumshoq kuch”, “qattiq kuch” dan tubdan farq qilardi.
“Yumshoq kuch” o‘zining jozibadorligi, xilma
-xilligi, va shu bilan bir qatorda, ong ostiga
bo‘lgan muntazam ta’siri tufayli siyosat olamida ommalasha boshladi.
“Yumshoq kuch” xalqaro munosabatlarda bir davlatga ta’sir o‘tkazishda ikkinchi
davlatning o‘z madaniyati, tili, va shu bilan bir qatorda kinematografiya san’ati kabi qamrovi
sezilarli darajada katta bo‘lgan sohalardan foydalanib, o‘z manfaatlarini ustunlikka olib chiqish.
Ya’ni bunda birinchi mamlakatning ikkinchi mamlakatga bergan taklif yoki g‘oyasi vaqt o‘tishi
natijasida oxir oqibat birinchi mamlakatning manfaatlari uchun xizmat qilishi ko‘zda tutulgan.
Bugungi globallashuv jarayonida dunyo hamjamiyatida yetakchi o‘rinlarga ko‘tarilish uchun va
barqaror rivojlanish yo‘lini tanlagan holda qator katta kuch markazlari va rivojlangan
mamlakatlar ham o‘zlarining “yumshoq kuch”idan har doimgiga nisbatan yanada faol, keng va
jozibador shaklidan foydalanmoqda. Amerika federal komissiyasi sobiq raisi Nyuton Menou
1377
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
ta’kidlaganidek, “g‘oyalar uchun sarf etilgan 1$ mablag‘ bombalar uchun sarflangan 100$
mablag‘ning qiymatiga tengdir”.Qachonki, bugungi kunda olib borilayotgan siyosat faqat
bizning emas boshqalarning ham nazdida adolatga asoslangan legitim siyosat sifatida namoyon
bo‘lsa, shunda “yumshoq kuch”ning ta’siri ortadi va ta’sir doirasi ham kengayadi. O‘zining
“yumshoq kuchi” dan bugungi kunga qadar to‘g‘ri va samarali
foydalanib kelgan va kelayotgan
qator rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar hamda katta kuch markazlari (AQSh, Xitoy
va boshqalar) mavjuddir va bulardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlaridir. Albatta Amerika
Qo‘shma Shtatlari bu borada uzoq tarixiy va o‘ziga xos tajribaga ega. Jumladan ikkinchi jahon
urushi yakunida Franklin Ruzvelt ilgari surgan “To‘rt ozodlik” g‘oyasining ta’siriga qaralsa,
uning ta’siri natijasida Yevropa yoshlari “temir pardalar” ortidan turib “Ozod Yevropa” radiosi
orqali Amerika yangiliklari va musiqasini tinglagan; Xitoylik talabalar esa Tyan-men
maydonidagi noroziliklarining ramzi sifatida aynan Ozodlik haykali namunasini yaratgan; 2001-
yilda esa, ozod afg‘onlar “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill”ning nusxasini so’rab murojaat etgan;
bugungi kunlarda esa Eron yoshlari o‘z uylarida, taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, Amerika
kinolari bilan birgalikda videolarini ham tomosha qilishmoqda va bunday holatlar albatta
Amerikaning kuchli va samarali bo‘lgan “yumshoq kuchi”ga yaqqol misoldir. Amerika nazdida,
agar-
ki bir davlat boshqalarni o‘z oliy maqsadi sari yo‘naltirsa va o‘zining maqsadini, ularning
ham maqsadi sifatida shakllanishi uchun sog‘lom muhitni yaratsa, bu holatda, albatta, “qattiq
kuch”ning bir ma‘nosi qolmaydi chunki “yumshoq kuch”ning tasiri ancha samaralidir.
“Yumshoq kuch”, aynan demokratiya, inson huquqlari va shaxsning imkoniyatlari bular bilan
ayni qatorda ko‘plab qadriyatlar mohiyatan juda yaqindir.
General Uesli Klark ta’kidlab o‘tganidek “yumshoq kuch bizga an’anaviy kuchlar
muvozanati siyosatning murakkab davridan ko‘ra, ancha uzoq muddat ta’sir ko‘rsata oldi”,
ammo agarda takabburlik bilan harakat qilinsa bu qadriyatlarning asl qiymatini yo‘qqa chiqarishi
va yanada ziddiyatlisi esa kuchli nafratning paydo bo‘lishi mumkinligidir.
Yumshoq kuchning asosiy vositasi hisoblangan ilm-fan ham Xitoy nazdida albatta qator
“eshiklar” uchun “kalit” vazifasini o‘tab kelmoqda. Butun dunyo mamlakatlari orasida o‘zining
yetakchi iqtisodiyoti orqali yuqori o‘rinlarni band qilib kelayotgan Xitoyning Afrika qit’asiga
qaratilgan yumshoq kuchini Misrdagi harakatlari orqali anglab olish qiyin emas. Misr Afrika
qit’asining o‘ta muhim darvozasi hisoblanadi. Misrdagi Suvaysh kanali esa O’rtayer dengizini,
Qizil dengiz va Hind okaeni bilan bog’laydigan muhim suv yo’lidir. Misrning
100 milliondan ortiq aholisi esa albatta Xitoy uchun muhim iste’mol bazasidir. Qohira
universitetida, Konfutsiy institutining tashkil etilishi, dastlab faqat Xitoy madaniyatini
ommalashtirish va xitoy tilini o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lsa
-da, aslini olganda bu
ham Xitoyning “yumshoq kuchi”dan naqadar samarali va xatosiz foydalanishiga yaqqol
misoldir.
Diplomatik tashabuskor, katta kuch markazlarining bosimidan ancha yiroq bo‘lgan,
musulmon dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, islom dunyosining “vorisi” hisoblangan Turkiya
esa o‘zining “yumshoq kuch”ini qo‘llashda boshqa davlatlardan ajralib turadi. Qulay geografik
joylashuvi, betakror tili, jozibador madaniyati, yoqimli musiqasi va albatta kundan kunga
rivojlanib borayotgan kinomatografiya va turizm sohalari orqali Turkiya o‘z “yumshoq
kuch”idan har doim unumli foydalanib kelgan. Turkiya so‘nggi yillarda o’z davlat tilini ingiliz
tili kabi ommalashishiga hamda jadal sur’atlarda turk tilini o‘rganuvchilarning sonini oshishiga
o‘zining “yumshoq kuch”i orqali erishdi deyilsa, albatta mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan tashqari
Turkiya bugungi kunda o‘zining turistik zonalari orqali ham yiliga millionlab tashrif
1378
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
buyuruvchilarni hamon o‘z madaniyati, qadriyati va jimjimadorligi bilan o‘ziga rom qilmoqda.
Yumshoq kuch tushunchasi asrlar davomida shakillanib sayqallanib kelgan tushunchadir va
albatta tarix bilan chambarchas bog‘liqdir.
Hindiston misli ko‘rilmagan madaniy xilma xilligi, tarixi, rivojlanib borayotgan
iqtisodiyoti, an’anaviy va jo‘shqin raqslari, asl va yorqin ranglari bilan tanish bizga. Hindiston
o‘sib borayotgan “yumshoq kuch”i bugun global kuchga aylanib bormoqda. Hindistoning
madaniy eksporti butun dunyo odamlarining qalbini zabt etib kelmoqda. Hind kino sanoati ya’ni
Bollivud global hodisa hisoblanadi va ko‘plab xalqaro muxlislarga ham ega. Yana shuni ham
qayd etish kerakki, Hindistonda dunyoning qator nufuzli oliygohlari joylashgan, dunyoning to‘rt
tomonidan iqtidorli talabalarni jamlagan va albatta xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan. Dunyo
bo‘ylab tarqalgan hind diasporasi ham albatta Hindistonning “yumshoq kuch”ining oshib
borishida muhim rol o‘ynaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Kanada va qator
boshqa davlatlarda istiqomat qiluvchi millionlab hindistonliklar texnologiyadan tortib
siyosatgacha bo‘lgan barcha sohalarda muvaffaqiyat qozonib kelmoqda. Kamala Harris, Sundar
Pichai va Satya Nadella kabi taniqli shaxslar hind diasporasining global ta’sirga ega bir nechta
misolidir. Hindistonning dunyodagi eng yirik demokratiya maqomiga egaligi va dunyoviylik
hamda plyuralizmga sodiqligiga jozibador atributlar sifatida qaraladi. Din, madaniyat va til
xilma-
xilliklariga ega bo‘lsada, millat sifatida turli e’tiqodlar bilan uyg’unlikda yashashning
yaqqol misoli bo‘lib kelmoqda. Hindistonning tashqi siyosati qarama
-qarshilikka emas balki
hamkorlikka urg‘u berilgan va “qo‘shilmaslikka” asoslangan shu qatorda albatta bu barqaror
rivojlanish uchun poydevor sifatida xizmat qiladi.
Texnologiya va an’analari umumlashmasi orqali global auditoriyani o‘ziga jalb etayotgan,
noyob madaniyatga ega, Koreya “yumshoq kuch”i o‘z navbatida mamlakatni iqtisodiy va siyosiy
sohalaridan tashqarida ham ta’sir o‘tkazish qobilyatini oshirib, tobora global madaniy qudratga
aylanib bormoqda. Koreya “yumshoq kuch”ining markazida koreys ommabop madaniyatining
global tarqalishi bilan tafsiflangan “Hallyu” koreys shou
-
biznes to‘lqini yotadi.
K-dramalar, K-pop va filmlar Seuldan San-
Paulugacha bo‘lgan tomoshabinlarni o‘ziga jalb etib,
dunyo bo‘ylab yoyilgan. BTS, BLACKPINK kabi guruhlarning xalqaro muvafaqiyati
hisoblansa, “Saroy Javohiri”, “Moviy dengiz afsonasi” kabi dramalar koreys madaniyatining
global jozibadorligini namoyish etadi. Koreyaning “yumshoq kuchi” faqat shou
-biznes sanoati
bilan chegaralanmaydi. Koreya hukumati madaniy diplomatiyani ham faol rivojlantirmoqda.
Butun dunyo bo’ylab koreys madaniyat markazlari va madaniy almashinuv dasturlari kabi
tashabbuslar xalqlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlanishiga hissa
qo‘shmoqda. Madaniy sohadan tashqari, Janubiy Koreyaning texnologik qobilliyati ham uning
“yumshoq kuch”iga ulkan ta’sir ko’rsatmoqda. Samsung va LG kabi brendlar innovatsiya va
sifatning sinonimiga allaqachon aylanib ulgurdi. Koreys kosmetika mahsulotlarining jahon
miqyosida ulkan nufuz bilan qabul qilinishi va Koreya texnologiyasidan keng foydalanishiga
o‘tilishi mamlakatning ijobiy global imidjini mustahkamlashga yanada yordam beradi. K
-pop va
texnologiya zamonaviy munozaralarda ustunlik qilsa-
da, an’anaviy koreys san’ati ham
mamlakatning “yumshoq kuch”ida hal qilivchi rol o‘ynaydi. Xanboklarning go‘zalligidan tortib
an’anaviy raqsning nafisligiga qadar, bu madaniy elementlar Koreyaning boy va ko‘p qirrali
tarixini namoyon etish orqali uning azaliy merosiga bo‘lgan global hurmatini chuqurlashtiradi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, har bir davlatning “yumshoq kuch”ining
kuchli taraflari bo‘lgani kabi uning kamchiliklari va zaif taraflari ham mavjuddir. Masalan bir
taraf “yumshoq kuch”ga haddan tashqari urg‘u berish davlatning asl madaniyatini susayishiga
1379
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
olib keladi, desa ikkinchi taraf davlatning jahon sahnasidagi nufuzini oshiradi deya baho beradi.
Bugungi globallashuv jarayoni jadallashib borayotgan bir davrda buyuk strateg Sun Szi
aytganidek
“ G‘alabaning eng a’losi yuz marta jang qilib yuz marta g‘alaba qozonish emas, balki jang
qilmasdan g‘olib bo‘lishdir”. Ushbu ta’rif “yumshoq kuch”ga berilgan eng to‘g‘ri hamda o‘rinli
ta’rif sifatida tarix zarvaraqlariga muxrlangan.
REFERENCES
1.
https://t.me/sharqshunos_tahlilchilar
2.
https://kun.uz/news/2023/07/19/ozbekiston-tashqi-siyosatida-yumshoq-kuch
strategiyasini-ishlab-chiqish-vaqti-keldi-siyosatshunos
3.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yumshoq_kuch_(roman)
4.
https://www.wcfia.harvard.edu/publications/soft-power-means-success-world-politics
5.
https://softpower30.com/what-is-soft-power/
6.
https://www.diplomacy.edu/resource/soft-power-the-means-to-success-in-world-politics/
