Authors

  • N Paluanyazova
  • A Avezbaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113934

Keywords:

Basketbol hakamlik hakamlik texnikasi sport hakami qaror qabul qilish pozitsion harakatlanish kommunikatsiya texnik tayyorgarlik videokuzatuv simulyatsiya zamonaviy texnologiyalar sport boshqaruvi.

Abstract

Ushbu mavzu "Basketbol sportida hakamlik texnikasini rivojlantirish asoslari" basketbol o‘yinlarida hakamlik faoliyatining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Mazkur ishda hakamning professional tayyorgarligi, o‘yin qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash, qaror qabul qilish tezligi va aniqligi, pozitsion harakatlanish texnikasi hamda kommunikatsion ko‘nikmalari asosida texnik tayyorgarligini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar, videokuzatuvlar va simulyatsion mashg‘ulotlardan foydalanish orqali hakamlik texnikasini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot basketbol musobaqalarida adolatli va samarali boshqaruvni ta'minlash, shuningdek, yosh hakamlarni tayyorlashda metodik asos sifatida xizmat qilishi mumkin.

background image

1415

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

BASKETBOL SPORTIDA HAKAMLIK TEXNIKASINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI

Paluanyazova. N

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o’qituvchisi.

Avezbaev. A

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15762061

Annotatsiya. Ushbu mavzu "Basketbol sportida hakamlik texnikasini rivojlantirish

asoslari" basketbol o‘yinlarida hakamlik faoliyatining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur
o‘rganishga qaratilgan. Mazkur ishda hakamning professional tayyorgarligi, o‘yin qoidalarini
to‘g‘ri qo‘llash, qaror qabul qilish tezligi va aniqligi, pozitsion harakatlanish texnikasi hamda
kommunikatsion ko‘nikmalari asosida texnik tayyorgarligini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi.

Shuningdek,

zamonaviy

texnologiyalar,

videokuzatuvlar

va

simulyatsion

mashg‘ulotlardan foydalanish orqali hakamlik texnikasini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil
qilinadi. Tadqiqot basketbol musobaqalarida adolatli va samarali boshqaruvni ta'minlash,
shuningdek, yosh hakamlarni tayyorlashda metodik asos sifatida xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar: Basketbol, hakamlik, hakamlik texnikasi, sport hakami, qaror qabul qilish,

pozitsion harakatlanish, kommunikatsiya, texnik tayyorgarlik, videokuzatuv, simulyatsiya,
zamonaviy texnologiyalar, sport boshqaruvi.

Annotation. The topic "Fundamentals of Developing Officiating Techniques in

Basketball" is aimed at an in-depth study of the theoretical and practical aspects of refereeing in
basketball games. This work highlights the ways to improve the technical training of referees
based on their professional preparation, proper application of game rules, decision-making
speed and accuracy, positional movement techniques, and communication skills. Furthermore,
the study analyzes the potential of using modern technologies, video analysis, and simulation-
based training to enhance officiating techniques. The research can serve as a methodological
basis for ensuring fair and effective management of basketball competitions and for the training
of young referees.

Keywords: Basketball, officiating, refereeing techniques, sports referee, decision-making,

positional movement, communication, technical training, video analysis, simulation, modern
technologies, sports management.

Kirish:

Hozirgi zamon sport turlari orasida basketbol o‘zining jadal sur’atda rivojlanishi,

tomoshabopligi va xalqaro miqyosda keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Sport
musobaqalarining adolatli va sifatli tashkil etilishi esa, eng avvalo, hakamlik faoliyatiga bevosita
bog‘liq. Ayniqsa, basketbol kabi tezkor qarorlar talab qiladigan sport turida hakamning malakasi,
texnik tayyorgarligi va harakatlanish madaniyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Basketbol hakami nafaqat o‘yin qoidalarini mukammal bilishi, balki o‘yindagi holatlarni

tez va aniq baholay olishi, har bir qarorini o‘z vaqtida va asosli qabul qila olishi kerak. Shu bilan
birga, u zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘z ko‘nikmalarini doimiy ravishda
takomillashtirib borishi lozim.

Mazkur mavzuda basketbol sportida hakamlik texnikasini rivojlantirishning nazariy va

amaliy asoslari o‘rganiladi. Hakamlikda pozitsion joylashuv, qaror qabul qilish tezligi,
kommunikatsion malaka, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik kabi muhim omillar tahlil qilinadi.

Tadqiqot natijalari sport hakamlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, ularning

malakasini oshirish va musobaqalar sifati va adolatliligini ta'minlashga xizmat qilishi mumkin.


background image

1416

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Dolzarbligi:

Bugungi kunda sport musobaqalarining sifati va natijalarining adolatli

chiqishini ta'minlashda hakamlik faoliyatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa,
basketbol kabi yuqori tezlikda kechadigan, ziddiyatli holatlarga boy sport turida hakamning
professional darajasi va texnik saviyasi o‘yinning umumiy natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Basketbol o‘yinlarida har bir qarorning tezkor va aniqlik bilan qabul qilinishi, hakamning

maydondagi harakatlanishi, pozitsiyasini to‘g‘ri tanlay olishi, o‘yinchilar bilan to‘g‘ri muloqotda
bo‘lishi — bularning barchasi hakamlik texnikasining asosiy tarkibiy qismlaridir. Ammo
amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab holatlarda hakamlar texnik kamchiliklar tufayli noto‘g‘ri
qarorlar qabul qilmoqda. Bu esa sportchilar, murabbiylar va tomoshabinlar orasida norozilik
keltirib chiqaradi.

Shu boisdan basketbol sportida hakamlik texnikasini chuqur o‘rganish, zamonaviy

yondashuvlar asosida uni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish zarurati dolzarb masalaga
aylangan. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, u nafaqat hakamlar tayyorgarligini
yaxshilashga, balki sport musobaqalarining sifati va adolatliligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Tadqiqotning maqsadi:

Basketbol sportida hakamlik texnikasini takomillashtirish,

zamonaviy uslublar asosida hakamlarning professional tayyorgarligi va qaror qabul qilish
malakasini oshirish yo‘llarini aniqlash.

Tadqiqotning vazifalari:

Basketbol sportida hakamlik faoliyatining nazariy asoslarini

o‘rganish. Hakamlik texnikasining asosiy elementlarini (pozitsion joylashuv, qaror qabul qilish,
muloqot) tahlil qilish. Zamonaviy texnologiyalar va uslublar yordamida hakamlik mahoratini
oshirish yo‘llarini aniqlash. Amaliyotda uchraydigan muammolarni aniqlash va ularning
yechimlarini taklif etish.

Sport musobaqalari sportchilaming malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ular

jismoniy, texnik, taktik, ruhiy, funksional tayyorgarliklami aniqlashga va takomillashtirishga
yordam beradi hamda qilinayotgan mehnatni natijasini ko‘rsatadi. To‘g‘ri va yaxshi tashkil
qilingan musobaqalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki musobaqalar faqat jismoniy
sifatlargagina (kuchhlik, chidamlilik, tezkorlik va egiluvchanlik) emas, balki ruhiy-psixologik
sifatlarga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Musobaqa davrida sportchilaming tashkilotchilik, o‘zini
tuta bilishlik, jamoa maqsadini o‘z maqsadidan yuqori qo‘ya olishlik kabi yana bir qancha
sifatlari ham takomillashadi. Musobaqalarda qatnashuvchilar awalombor, tajriba almasha- dilar,
trenerlar esa yangi trenirovka usullarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, sport musobaqalari sport turlarini targ‘ib qilishning eng yaxshi va hammabop
shakllaridan hisoblanadi.

Mamlakatimizda musobaqalar o‘tkazilishi tufayligina sport o‘yinlaridan basketbol,

basketbol, futbol, gandbol, tennis va bosh- qalar ommaviylashdi. Demak, musobaqasiz sportning
bo‘lishi mumkin emas.

Musobaqalarning turlari Musobaqalar qo‘yilgan vazifalargagina qarab: birinchiliklar yoki

chempionatlar, kubok musobaqalari, qisqartirilgan, baravar- lashtirilgan, klassifikasiya va
saralash musobaqalari, match va o‘r- toqlik uchrashuvlar kabi turlarga bo‘linadi. Birinchiliklar
yoki chempionatlar eng katta musobaqalardan bo‘lib, ularda kollektiv, tuman, shahar, respublika
chempioni degan faxriy unvon beriladi. Ular yilda bir marta o‘tkaziladi. Birinchilik g‘oliblari
oltin, kumush va bronza medallari bilan mukofotlanadilar.

Kubok musobaqalari “yutkazgan chiqib ketish” prinsipida o'tkaziladi. Bu musobaqalar

ko‘p vaqt talab qilmaydi va ko‘p qatnashuvchilami jalb qilish imkonini beradi.


background image

1417

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Qatnashuvchilaming tayyorgarligi har xil bo‘lganligi uchun kuchliroq jamoalaming

uchrashuvlarini oxirgi bosqichlarga mo‘l- jallash kerak. Qisqartirilgan musobaqalar (blis
tumirlar)da ko‘p jamoalar qatnashganlari holda bir kunda o‘tkaziladi. Buning uchun о‘yin vaqti
30 minutgacha qisqartiriladi. Bunday musobaqalar mavsum- ning ochilishiga yoki bayramlarga
bag‘ishlab o‘tkaziladi. Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bo‘lgan jamoalar
orasida o‘tkaziladi. Jamoalaming qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizrok jamoaga oldindan
yoki uchrashuv tamom boMgandan so‘ng qo‘shimcha ochkolar beriladi. Klassifikasiya
musobaqalari jamoalaming (o‘yinchilaming) tayyorgarligini aniqlash, sport klassifikasiyasining
razryad talab- larini bajarish maqsadida o‘tkaziladi. Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng
yaxshi jamoalami (o‘yinchilami) aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun
o‘tkaziladi. Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko‘zda tutilgan va an’anaviy
hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin. Musobaqalarning
bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar orasida do‘stlik muno-
sabatlarining rivojlanishiga yordam beradi. o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lajak musobaqalarga va
sport trenirovkasining ba’zi bir bo‘limlari bo‘yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim
jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Musobaqa o‘tkazish tizimlari Musobaqa paytida hamma jamoalarga g‘alaba uchun kuras-

hishga bir xil sharoit yaratib berish va g‘oliblami haqiqiy natijalar usosida aniqlash kerak.

Musobaqalami o‘tkazish tizimlari har xil bo‘lishi mumkin. l-ekin u yoki bu tizimlami

tanlashda quyidagi sharoitlami hisobga olish lozim:

a) musobaqa oldida turgan vazifalami;
b) musobaqa o‘tkazish sharoitlarini;
v) qatnashuvchi jamoalaming sonini;
g) o‘tkazilayotgan musobaqaning turlarini;
d) qatnashuvchilaming sport tayyorgarligi va ishlab chiqarishda bandligini;
e) musobaqa o‘tkazish joylarining bandligi, soni va hududiy joylashuvini.
Umuman olganda sport o‘yinlari musobaqalarini 0 ‘tkazish amaliyotida asosan ikkita

(chiqib ketish va aylanma) tizim qo‘I- laniladi. Bu ikki tizimning qo‘shilishi natijasida uchinchi -
aralash tizim paydo bo‘ladi.

Chiqib ketish tizimi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish Bu tizim bo‘yicha musobaqalar

o‘tkazilganda uchrashuvda yutqazgan jamoa keyingi uchrashuvlarda qatnashmaydi. Natijada
musobaqa oxirida biror marta ham yutqazmagan jamoa qoladi. Ana shu jamoa g‘olib
hisoblanadi.

Oxirgi (final) uchrashuvda g‘olib jamoaga yutqazgan jamoa ikkinchi hisoblanadi. Bu

tizimning afzalligi shundaki, agar 64 jamoa bilan aylanma tizim bo‘yicha musobaqao‘tkazish
uchun 63 kalendar kuni talab qilinadigan bo‘lsa, chiqib ketish tizimsi bo‘yicha esa faqat 6
kalendar kunining o‘zi kifoya. Lekin u bir qator kamchiliklarga ham ega. Bu tizim barcha
jamoalaming haqiqiy o‘yinlarini aniqlash imkonini bermaydi va shu usul qo‘llanilganda
aksariyat jamoalar juda kam uchrashuvlarda qatnashadi. Birorta kuchli jamoa birinchi kunning
o‘zida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalardan chiqib ketishi mumkin. Chiqib ketish tizimi
bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ham- ma uchrashuvlar biror jamoaning g‘alabasi bilan
tugallanishi lozim. Bu tizim ikki variantdan iborat: a) bir marta mag‘lubiyatga uchragandan
keyin chiqib ketish; b) ikki marta mag‘lubiyatga uchragandan keyin chiqib ketish (ikkinchi
variant juda kam hollarda qo‘llaniladi).


background image

1418

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Bir marta mag‘lubiyatga uchrab chiqib ketish usuli bilan o‘tkaziladigan musobaqa uchun

quyidagicha kalendar tuziladi. Av- val musobaqada qatnashayotgan jamoalaming uchrashuv
tartibini belgilaydigan jadval tuziladi. So‘ng qur’a yordamida har bir jamoaning jadvaldagi tartib
nomeri aniqlanadi. Agarda qatnashayotgan jamoalaming soni 2n (4, 8, 32, 64 va boshqa)ga teng
bo‘lsa, u holda hamma jamoalar musobaqaga birinchi kalendar kunida qatnashadilar. Birinchi
turda jadvalda yonma- yon turgan jamoalar uchrashadi: birinchi jamoa ikkinchi bilan, uchinchi
jamoa to‘rtinchi jamoa bilan va h.k.

Ikkinchi turda birinchi turning g‘oliblari qatnashadilar: birinchi juftning g‘olibi ikkinchi

juft g'olibi bilan uchrashadi va h.k. Bir mag‘lubiyatdan keyin chiqib ketish usuli (olimpiya usuli
deb ham ataladi) bilan musobaqa o'tkazish tashkil qilinsa va bunga necha kun kerakligini
aniqlash lozim bo‘lsa, qo'yidagi qoidani qo‘llash mumkin. Qatnashuvchi jamoalar soni ikkining
eninchi darajasiga (2n) teng bo‘lsa, ya’ni 22, 23, 24, 25, 26 va hokazo, darajani ko‘rsatib turgan
son (daraja ko‘rsatkichi) necha bo‘lsa, shuncha kun kerak bo‘ladi.

Daraja ko‘rsatkichi musobaqa necha turdan iborat ekanligini ham bildiradi. Misol uchun:

8 ta jamoa (sakkiz ikkining uchinchi darajasi, ya’ni 23 ga teng) ishtirok etadigan musobaqa 3
turdan iborat bo‘lib, uch kun davom etadi. Agar qatnashuvchi jamoalaming soni 2" darajasidan
ortiq bo‘lsa, u holda daraja ko‘rsatkichiga 1 sonini qo'shish bilan musobaqa necha turdan iborat
ekanligini hamda necha kun kerakligini aniqlab olinadi. Misol uchun: 10 ta jamoa ishtirokidagi
musobaqa g‘olibini aniqlash uchun 4 kun kerak bo‘ladi. Nega deganda, 10 ikkining uchinchi
darajasi - 23 dan, ya’ni 8 dan ortiq, shuning uchun yuqorida aytganimizdek daraja ko‘rsatkichiga
(bu yerda uchga) 1 sonini qo‘shamiz va hosil boMgan son (bu misolda 3+1=4), ya’ni musobaqa
necha turdan iborat ekanligini va necha kun kerakligini anglatadi. Yuqorida ta’kidlab
o‘tganlarimizni quyidagi formulalar orqali ifodalasa bo‘ladi:

a) 2” = а => n = t, ya’ni 23 = 8 => 3 = 3 b) 2n < a => n + 1 = t, ya’ni 23< 10 =>3 + 1= 4

Eslatma: a - musobaqada ishtirok etadigan jami jamoalaming soni n - daraja ko‘rsatkichi t - turlar
va kunlar soni. Ushbu formulalarga asoslanib quyidagi jadvalni tuzish mumkin.

Musobaqada ishtirok etadigan jamoalaming soniga qarab musobaqa necha turdan

iborat ekanligini va musobaqa qancha kun davom etishini aniqlash jadvali


Aylanma tizim Musobaqalar aylanma tizimda o‘tkazilganda hamma jamoalar bir-birlari

bilan bir, ikki yoki undan ham ko‘proq uchrashib chiqishlari mumkin. Pirovardida butun
musobaqa davomida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g'olib chiqadi. Aylanma tizim eng
takomillashgan tizim hisoblanadi. Chunki u faqat birinchi o‘rinni egallagan jamoanigina aniqlab
qolmay, balki musobaqada qatnashayotgan hamma jamoalaming tayyorgarligiga qarab munosib
o‘rinlami aniqlab beradi.

Bu tizim qatnashuv- chilardan katta tayyorgarlikni va basketbolchilaming butun

musobaqa davrida yuqori sport formasida bo‘lishlarini talab qiladi. Aylanma tizimning salbiy
tomoni - musobaqa o‘tqazish uchun ko‘p vaqt talab qilishidir.


background image

1419

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Vaqtdan yutish uchun jamoalami bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin. Ushbu tizim

bo‘yicha musobaqalarda jamoalar bir-birlari bilan bir martadan uchrashtirilib, musobaqa tur yoki
tumir sifatida o‘tka- zilishi mumkin.

Aylanma tizimsi bo‘yicha kalendar tuzishda musobaqalar o‘tkazish uchun kerakli

kalendar kunlari qatnashuvchi jamoalaming soni juft bo'lgan paytda - musobaqa uchun kerakli
kalendar kun- larining soni jamoalaming sonidan bitta kam bo‘ladi, toq bo‘lganda - teng bo‘ladi.

Aylana tizimsi bo‘yicha kalendar ikki usulda tuzilishi mumkin: takomillashgan va

soddalashtirilgan.

Birinchi usulda awal toq sonli jamoalar uchun jadval tayyorlanadi. Jamoalaming soni juft

bo‘lganda oxirgi son hisoblanmay turiladi. Awal kalendar kun- larining soniga teng vertikal
chiziqlar chiziladi. Birinchi chiziqning tepasiga birinchi nomer, shu chiziqning atrofiga esa
qolgan nomerlar soat strelkasining harakati bo‘ylab joylashtiriladi. Boshqa vertical chiziqlar
orasiga nomerlar ketma-ket «ilon izi» shaklida yozib chiqiladi. 5-6 jamoa uchun o‘yin kalendari
quyidagicha tuziladi:

Soddalashtirilgan usul tur va tumir musobaqalarining kalen- darini tuzishda qo‘llaniladi.
Musobaqaga ishtirok etadigan koman- dalaming soni toq bo‘lgan paytda shartli ravishda

«0» nomeri qo'shiladi. Qaysi bir komanda «0» bilan juftlashsa, o‘sha kuni u musobaqalarda
qatnashmaydi (dam oladi).

Masalan, 7 ta jamoa uchun o‘yin kalendari quyidagidek tuziladi:

Jamoalaming soni juft bo‘lgan paytda «0» o‘miga oxirgi juft son yoziladi. Yuqorida

keltirilgan misolda «8» raqami yoziladi. Soddalashtirilgan usul bilan musobaqalarning
kalendarini tuzishda «1» raqami har doim o‘z o‘mida siljimay turadi, qolgan raqamlar esa soat
strelkasining harakatiga qarama-qarshi tomoniga bir pog'ona siljishi oqibatida keyingi kun
uchrashadigan jamoalami bir-biri bilan juftlab qo‘yadi.

Aylanma tizim bilan musobaqa tashkil qilinganda uchrashuvlar sonini quyidagi formula

bilan aniqlash mumkin. (a -1) ■ a : 2 = x a - komandalar soni x - uchrashuvlar soni Misol uchun,
musobaqada 5 ta yoki 6 ta jamoa ishtirok etganda nechta uchrashuv bo‘lishini aniqlash: (a -1) •
a: 2 = x; (5 -1) • 5 : 2 = 4 • 5 : 2 = 20 : 2 = 10 Musobaqada 5 ta jamoa qatnashganida o‘nta
uchrashuv bo‘lar ekan; (a -1) • a : 2 = x; (6 -1) • 6 : 2 = 5 ■ 6 : 2 = 30 : 2 = 15 Oltita jamoa
ishtirok etgan musobaqada o‘n beshta uchrashuv bo‘lar ekan. Aralash tizim. Musobaqalar aralash
tizimsi bo‘yicha o'tkazil- ganda uchrashuvlaming bir qismi chiqib ketish, ikkinchi qismi esa
aylanma tizimsida o‘tkaziladi.

Bu usul musobaqalarda qatnasha- yotgan jamoalaming soni ko‘p hamda ular bir-

birlaridan hududiy jihatdan uzoqda joylashganlarida qo‘llaniladi. Bunday holda hamma jamoalar
hududiy guruhlarga bo‘linadi. Musobaqalar guruhlarda chiqib ketish tizimsi bo‘yicha o‘tkazilsa,
final musobaqalari esa aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi, va aksincha, o‘tkazilishi mumkin.


background image

1420

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Uchrashayotgan jamoalaming sport kiyimlari bir xil rangda bo‘lib qolsa, mezbonlar

formalarini almashtirishlari shart. Agar musobaqa neytral maydonda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u
holda kalendarda birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan jamoa sport formasini al- mashtirishi lozim.

Xulosa va tavsiyalar:

Basketbol sportida hakamlik texnikasining rivojlanishi o‘yinning

adolatli va sifatli o‘tishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida
hakamlarning pozitsion harakatlanishi, qaror qabul qilish tezligi va aniqligi, kommunikatsion
ko‘nikmalari, shuningdek, o‘yin qoidalarini mukammal bilishi hakamlik texnikasining asosiy
elementlari ekanligi aniqlangan. Zamonaviy texnologiyalar — videoanaliz, simulyatsion
treninglar va statistik monitoring hakamlarning malakasini oshirishda samarali vositalar sifatida
ko‘rsatildi. Shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar, jumladan pozitsion xatolar, qaror
qabul qilishdagi kechikishlar va signal berishdagi noaniqliklarni bartaraf etish uchun tizimli
tayyorgarlik zarurligi ta’kidlandi.

Basketbol hakamlarini tayyorlashda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni

uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratish.

Hakamlik texnikasini rivojlantirish uchun muntazam videoanaliz va simulyatsion

mashg‘ulotlar tashkil etish.

Qaror qabul qilish tezligi va aniqligini oshirish maqsadida testlar va vaziyatli treninglarni

joriy etish.

Hakamlar o‘rtasida samarali kommunikatsiya va jamoaviy ishni kuchaytirish uchun

maxsus treninglar o‘tkazish.

Yosh hakamlarni tayyorlash jarayonida zamonaviy texnologiyalar va psixologik

tayyorgarlik usullaridan keng foydalanish.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Abdullayev, S. (2018).

Basketbol o‘yinining nazariy asoslari.

Toshkent: Sportchi

nashriyoti.

2.

Karimov, B., & Islomov, M. (2020).

Sport hakamligi: nazariya va amaliyot.

Toshkent:

Fan va texnologiya.

3.

Petrov, A. (2017).

Modern approaches to basketball officiating.

Journal of Sports

Science, 12(3), 45-52.

4.

Johnson, T., & Lee, S. (2019).

The role of technology in improving refereeing decisions

in basketball.

International Journal of Sports Technology, 7(2), 101-115.

5.

O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi. (2022).

Basketbol qoidalari va hakamlik

texnikasi bo‘yicha qo‘llanma.

Toshkent.

6.

Smith, J. (2021).

Communication skills for sports referees.

Sports Management Review,

9(1), 30-40.

7.

Hamidov, R. (2019).

Sport psixologiyasi va hakamlik.

Toshkent: Ilm-fan.

References

Abdullayev, S. (2018). Basketbol o‘yinining nazariy asoslari. Toshkent: Sportchi nashriyoti.

Karimov, B., & Islomov, M. (2020). Sport hakamligi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya.

Petrov, A. (2017). Modern approaches to basketball officiating. Journal of Sports Science, 12(3), 45-52.

Johnson, T., & Lee, S. (2019). The role of technology in improving refereeing decisions in basketball. International Journal of Sports Technology, 7(2), 101-115.

O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi. (2022). Basketbol qoidalari va hakamlik texnikasi bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent.

Smith, J. (2021). Communication skills for sports referees. Sports Management Review, 9(1), 30-40.

Hamidov, R. (2019). Sport psixologiyasi va hakamlik. Toshkent: Ilm-fan.