1450
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
KLASIFIKATSIYA ASOSIDA YOSH FUTBOLCHILAR
MASHG‘ULOT
JARAYONLARINI REJALASHTIRISH
Kutlimuratov Muxammeddin Amangeldi uli
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Nukus filiali assistent o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15763149
Annotatsiya.
Maqolada yosh futbolchilar bilan olib boriladigan sport tayyorgarlik
jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida qurilmaviy, blokli
-
modulli rejalashtirishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rsatib o‘tilgan. Mashg‘ulot jarayonlarini
tashkil etish bosqichlarga bo‘lib tayyorlov jarayonlarini tashkil etish, blook
-modulli orqali yillik
siklni rejalashtirish va shunga asosan jismoniy sifatlarni takomilashtirib borish jarayoni davom etish
ko‘zda tutilgan. Blokli
-modulli rejalashtirish jarayoni yosh futbolchilar yoshiga qarab jismoniy
sifatlarni rivojlantirish, texnik va taktik harakatlarga o‘rgatishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ko‘zda
tutilgan.
Tayanch so‘zlar:
sport tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayoni, funksional tayyorgarlik, jismoniy
tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayoni bosqichlari, mashg‘ulot jarayonlarining siklli qurilmasi,
tayyorgarlik davri, musobaqa davri, o‘tish davri.
Kirish.
Hozirgi kunga kelib
O‘zbekistonda iste’dodli va salohiyatli futbolchilarni tanlash va
tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun
sifatli sportchilarni shakllantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida mashg‘ulot jarayonlarini
rejalashtirish va tashkil etish ishlari muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, O‘zbekistonda yoshlar futboli va professional futbolni
yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilarning yangi avlodini
tayyorlash, mamlakat futbolining xalqaro obro‘sini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida", 04.12.2019 yildagi pf
-5887-
sonli farmoni qabul qilgan bo‘lib, yoshlar terma
jamoalarini, oliy liga jamoalarining tarkiblarini to‘ldirishga qodir bo‘lgan yosh futbolchilarni
tayyorlash, takomillashtirish bo‘yicha zaruriy shart
-sharoitlar va ilmiy-metodik ishlanmalarni
yaratish kabi muhim vazifalarga ustuvoretib belgilangan [1].
Maxsus adabiyotlar tahliliga ko‘ra, sport tayyorgarlik jarayonida turli xil mashg‘ulot
vositalari va usullaridan foydalanish orqali sportchi organizmining funksional tizimlarini ma’lum
moslashtirilgan qayta qurishga erishish, musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
ma’lum bir tayyorgarlik darajasiga erishishni ta’minlashga qaratilgan [7] bo‘lsada, yosh futbolchilar
bilan olib boriladigan mashg‘ulot jarayonlarini rejalashtirish va ilmiy boshqarish masalalari to‘liq o‘z
yechimini topmagan. Bu muhim masalalarni hal qilish aspektida yosh futbolchilarni tayyorlash
tizimini ishlab chiqish muammosining holatini tavsiflash yetarlicha o‘rganilmagan ilmiy
-metodik
vazifalarni aniqlashtirish zarurati mavjud.
Alohida ishlarda (Orlov A.V., 2022 y.) yosh futbolchilarda mashg‘ulot yuklamasini
loyihalash algoritm-
uslulida haftalik mashg‘ulot sikllari modeli ishlab chiqilgan, mashg‘ulotlarning
maxsus tayyorgarlik bosqichida organizmning funksional holati ko‘rsatkichlari dinamikasi, hamda
haftalik mashg‘ulot sikllaridagi tayyorgarlikning umumiy hajm samaradorligi o‘rganilgan ilg‘or
yondashuvlar ham mavjud [7]. Yosh futbolchilar misolida turlicha shart-sharoitlarni taqozo etuvchi
ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish, yosh hamda malaka bo‘yicha har xil sportchilar
bilan, ko‘pincha xususiy masalalarni hal qilish bilan cheklangan holda hech qanday tizimlilik va
o‘zaro bog‘lanishlarsiz bajarilgan yondashuvlarni kuzatish mumkin [2,3,5].
1451
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Maqolaning maqsadi.
Yosh futbolchilarni dastlabki ixtisoslashuv bosqichidagi jismoniy
tayyorgarligini blokli-modulli tuzish uslubiyatini ishlab chiqish va tajribalarda asoslash.
Materiallar va uslublar.
Sport nazariyasi va amaliyotida ko‘p yillik mashg‘ulot jarayoni bir
nechta bosqichlarda tashkil topgan bo‘lib, ular ma’lum darajali bog‘liqlik va ketma
-ketlikka ega [10]:
-
dastlabki sport tayyorgarligi;
-
dastlabki ixtisoslashuv;
-
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik;
-
sport takomillashuvi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili:
Yoshlik davrida suyak to‘qimasini jadal o‘sishi sodir
bo‘ladi. 17
-
18 yoshga kelib nafaqat bo‘yni o‘sishi, balki uzun suyaklarning suyaklanishi ham
tugallanadi. 15-
16 yoshda umurtqa pog‘onasining yuqori va pastki suyaklarini (bo‘g‘inlarini), to‘shni
suyaklanishi va uni qovurg‘alar bilan qo‘shilib o‘sishi boshlanadi. Umurtqa pog‘onasi ancha
mustahkamlashadi, ko‘krak qafasi esa, kuchli rivojlanishida davom etadi, bu yoshlarda, ular
deformatsiyaga kam uchraydi va ancha darajadagi yuklamalarga ham chidamli bo‘ladi. 17
-18 yoshga
kelib tos suyaklarini qo‘shilib o‘sish jarayoni yakunlanadi, lekin ularinng to‘liq suyaklanishi 20
-25
yoshda sodir bo‘ladi. Suyaklanish jarayoni juda uzoq davom etadi, u, organizmni rivojlanishini
barcha bosqichlarida sodir bo‘ladi va 20
-25 yoshga kelib yakunlanadi. Skelet mushaklari 15 yoshdan
to 18 yoshgacha ortishida davom etadi va funksional jihatdan takomillashadi. Suyaklar bu davrda,
tana massasiga nisbatan 43-44 %ni tashkil qiladi. 14-
16 yoshga kelib skelet mushaklari va bo‘g‘in
bog‘lamlari apparati rivojlanishining yuqori darajasiga yetadi. Shu bilan birga, mushak tolalarining
ko‘ndalangligi, alohida mushaklarning vazni ortadi, birlashtiruvchi to‘qima strukturalari kuchli
rivojlaandi.
Ushbu jarayonlar 20-
22 yoshga kelib to‘liq yakunlanadi (V.B,Shvars, S.V.Xrushev, 1984).
Futbol bilan shug‘ullanadigan va shug‘ullanmaydigan 10 yoshdan to 14 yoshgacha bo‘lgan
guruhlardagi bolalarni bir qator morfologik belgilari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilish Ye.Savostяnovoy
va Ye.Titovoy (1999) quyidagilarni ko‘rsatgan.
Yuqorida keltirilgan yoshdagi bolalarning tana uzunligi futbol bilan
shug‘ullanadigan
bolalarda katta bo‘lgan, bunda, eng katta farq 10 va 14 yoshdagilarda kuzatilgan. Futbol bilan
shug‘ullanadigan bolalarning tana uzunligini ortishi futbol bilan shug‘ullanmaydigan bolalarnikiga
nisbatan notekis sodir bo‘ladi:
- 10-
11 yoshda eng kichik (futbol bilan shug‘ullanmaydigan bolalarnikiga nisbatan ancha
past) o‘sish kuzatiladi, bu, organizmni bu yoshda va oldingi yoshlarda yuklamalarga adaptatsiya
bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak;
- 11 -
12 yoshda tana uzunligini shiddatli o‘sishi boshlanadi va futbol bilan shug‘ullanadigan
va shug‘ullanmaydigan bolalar o‘sish sur’atlari bir
-biriga mos keladi;
- 13-
14 yoshda futbol bilan shug‘ullanadigan bolalarni tana uzunligini o‘sish sur’atlari futbol
bilan shug‘ullanmaydigan bolalarnikidan yuqori bo‘ladi.
Shunday qilib, yosh futbolchilarda tanasi uzunligini o‘sishida ikkita sakrash holatlari
kuzatiladi
–
11-12 yoshda va 13-
14 yoshda, bu davrda futbol bilan shug‘ullanmaydigan bolalarda
o‘sish sur’ati bir maromda o‘tadi.
Futbol bilan shug‘ullanadigan bolalar oyoqlarining o‘sishi xuddi tana uzunligini o‘sishi kabi
sodir bo‘ladi: 10
-
11 yoshda sekin o‘sadi, 11
-
12 yoshda o‘sish sur’ati sakrab ro‘y beradi va 13
-14
yoshda oyoqlarini o‘sishi yanada yorqin ifodalanadi.
Tadqiqot metodologiyasi:
Ko‘pyillik mashg‘ulot jarayoni bir nechta bosqichlarda tashkil
topgan bo‘lib, ular ma’lum darajadagi ketma
-ketlikka ega:
-
dastlabki sport tayyorgarligi;
-
dastlabki ixtisoslashuv;
1452
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
-
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik;
-
sportda takomillashuv.
Agarda, tayyorgarlikning barcha bosqichlariga qisqa tavsif berilsa, unda, birinchi bosqichda
tayyorgarlik vositalarini mashqlar va o‘yinlarning eng keng doirasini qamrab olishi kerakligini aytish
lozim. Tayyorgarlik, ko‘psonli zaruriy sifatlarning bittasiga spesifik ta’sir qilishni istisno qiladi.
O‘rgatishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida futbolga taalluqli qobiliyatlarni va futbol
potensialini alohida texnik elementlar va usullarni o‘rganish va mustahkamlash bilan shakllantirish
sodir bo‘ladi. futbolchi o‘yindagi texnik va harakat vazifalarini xal qilishi uchun mustahkam
ko‘nikmalarni egallashi va barqarorlashtirishi zarur. To‘rtinchi –
takomillashtirish bosqichning
vazifalari
–
texnik va taktik ko‘nikmalar bazasida o‘zlashtirilgan jismoniy potensialni ta’minlashdan
iborat. Oldingi bosqichlarda erishilgan barcha sifatlarni takomillashtirish hamda futbolchilarni o‘yin
paytida individual imkoniyatlarini amalga oshirish (G.V.Monakov, 2000).
Futbolchilarning ko‘pyillik mashg‘ulotlarini tamoyillari yoshga oid chegaralar bilan
aniqlanadi. Agarda, yuqorida keltirilgan chegaralar yoshi bo‘yicha shartli ravishda belgilansa, unda
tahminan quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
-
dastlabki sport tayyorgarlik
–
8-12 yosh;
-
dastlabki ixtisoslashuv
–
13-14;
-
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik
–
15-16 yosh;
- sportda takomillashuv
–
17-18 yosh.
Tasniflagich birmuncha shartli va tayyorgarlikning har xil bosqichlarida rejalashtirish paytida
farqni ancha aniq ko‘rish uchun zarur. Bunday tabaqalashtirilgan yondashuv tayyorgarlikning
bosqichma-
bosqich va yillik bosqichlarida prinsipial farqni ko‘rish uchun zarur. Eng asosiysi –
ko‘p
yillik rejalashtirishda strategik jihatdan to‘g‘ri orientir olish uchun maqsadlarni sifatli farqini
ko‘rishdan iborat bo‘lsa kerak.
Rejalashtirish mashg‘ulot jarayonini boshqarishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi.
Rejalashtirishdan maqsad
–
organizmni ko‘p yillik rejalashtirishda qiynalmasdan
shakllanishini ta’minlashdan iborat.
Mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagilar bilan belgilanadi:
-
yillik siklda qo‘yilgan vazifalar bilan;
- sport formasini shakllantirish va rivojlantirish qonuniyatlari bilan;
- davriylashtirish bilan;
- sport musobaqalari taqvimi bilan.
Tahlil va natijalar:
Mashg‘ulot ishini blokli
-modulli asosda tuzish texnologiyasini
samaradorligini aniqlash maqsadida yosh futbolchilarinng dastlabki ixtisoslashuvi bosqichida butun
tayyorgarlik davrini qamrab olgan pedagogik tajriba o‘tkazildi.
Pedagogik tajriba doirasida amalga oshirilgan mashg‘ulot jarayonining asosiy vazifasi –
yosh
spolrtchilarning umumiy jismoniy va funksional tayyorgarligini oshirish hisoblandi.
Tajribaviy mashg‘ulot natijasida umumiy va maxsus ishchanlik qobiliyatini sezilarli darajada
o‘sishi va tajriba guruhi futbolchilarining jismoniy tayyorgarligini yuklamalarni tanlash va optimal
uyg‘unlashtirish hisobiga, ularni o‘yin ampluasini, yoshiga oid va individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda oshirish taxmin qilindi.
Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi va 13 yoshdagi tayyorgarligi darajalari deyarli bir
xildagi ikkita guruh shakllantirildi (nazorat guruhi
–
20 kishi va tajriba guruhi
–
19 kishi).
Undan tashqari, uzoq muddatli adaptatsiyani rivojlanishi darajasini, organizmning vegetativ
tizimini tejamkorligi va samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida tinch holatdagi yurak qmsqarishlari
chastotasi (tinch holatdagi YuQCh) va o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS) ko‘rsatkichlari aniqlangan.
harakat reaksiyasi vaqti (HRV), ko‘proq futbolchilarning maxsus faoliyati samaradorligini
1453
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
belgilovchi, markaziy asab tizimining funksional holati ko‘rsatkichi sifatida aniqlangan va ko‘rib
chiqilgan (A.A.Suchilin, 1981; A.I.Shamardin, 2000).
Olingan natijalar variatsion statistika usullarini qo‘llash bilan qayta ishlangan,
taqqoslanadigan o‘rtacha kattaliklar farqining ishonchliligi belgilarning mezonlari bilan baholangan.
Tajriba mashg‘ulotlaridan oldin va keyin nazorat va tajriba guruhlarida amalga oshirilgan
nazorat sinovlari jarayonida qayd qilingan futbolchilarning jismoniy tarbiyasi ko‘rsatkichlari 1
-
jadvalda keltirilgan.
Tajriba mashg‘ulotlari natijasida tayyorgarlik bosqichi davrida tajriba guruhi yosh
futbolchilarida jismoniy va funksional tayyorgarliklarini va jismoniy ishchanlik qobiliyatlarini
sezilarli darajadagi o‘sishi sodir bo‘lgan. Bu, o‘rganilgan ko‘rsatkichlarning ko‘pchiligini ortishida
ifodalangan (1- va 2-jadvallarga qarang).
1-jadval
Ko‘rsatkichlar
Tajriba guruhi, (p=20)
%
Nazorat guruhi, (p=19)
%
Tajriba
boshida
Tajriba
yakunida
Tajriba
boshida
Tajriba
yakunida
Yugurish 30 m
joyidan turib,
sek
4,81±0,06
4,45±0,07**
-7,6
5,11 ±0,09
4,91±0,08**
-4,0
Mokisimon
yugurish 3x30
m, sek
17,3±0,2
16,3±0,2**
-5,8
17,3±0,1
16,7±0,1**
-3,1
6 minutlik
yugurish, m
1315,5±26,5
1440,3 ±23,2**
9,5
1256,3±17,0
1315,0 ±16,2**
4,7
Joyidan turib
uzunlikka
sakrash, sm
181,0±1,3
197,8±4,7**
9,3
171,1±4,5
177,9±4,2**
4,0
Uch xatlab
sakrash, m
5,07±0,05
5,90±0,14**
10,4
5,47±0,05
5,76±0,06**
5,4
Izoh:
bu yerda va keyinchalik ham farqlar ishonchliligi: * R < 0,05; ** - R < 0,01 (belgilar
mezonlari, 2).
Harakat tayyorgarligi ko‘rsatkichlari ikkala guruh yosh futbolchilarida statistik jihatdan
ishonchli. Shu bilan birga, tajriba guruhi futbolchilarida asosiy harakat testlaridagi ko‘rsatkichlarni
yaxshilanishi ancha darajada yuqori bo‘lgan (1
-jadvalga qarang). Masalan, umumiy chidamlilikni aks
etuvchi Kuperning modifikatsiyalangan testidagi ko‘rsatkichlarning kattaligi tajriba guruhida 9,5
%ga ortgan, nazorat guruhida ushbu ko‘rsatkich –
4,7%ni tashkil qilgan.
Tajriba mashg‘ulotlari natijasida yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi (X ± m).
Tezkorlik imkoniyatlari (test
–
30 m yugurish) tajriba guruhida 7,6 %ga , nazorat guruhida
–
4,0 %ni tashkil qilgan.
Tezkor-
kuch imkoniyatlari ko‘rsatkichlari tajriba guruhida “Joyidan turib uzunlikka sakrash”
va “Uch xatlab sakrash” testlarida mos ravishda 9,3 va 10,4 % ga, nazorat guruhida esa –
4,0 va 5,4
%ga yaxshilangan.
Jismoniy ishchanlik qobiliyati va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlar dinamikasi nazorat
guruhida sezilarli o‘zgarmagan, tajriba guruhida esa, ushbu parametrlarning ortishi eng sezilarli
darajada va statistik ishonchli bo‘lgan (2
-jadvalga qarang).
1454
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Masalan, tajriba guruhida ishchanlik qobiliyati darajasi PWC
170
testida absolyut hamda nisbiy
birliklarda, mos ravishda 10,6 va 9,7 % (R<0,01) birlikka ortgan. Bunda, nazorat guruhida ushbu
kattaliklar mos ravishda 3,3 va 5,5% (R>0,05) birlikka ortgan.
Aerob mahsuldorlik tajriba guruhida 5,5%ga (MPK) va 5,6%ga (MPK/vazn), nazorat
guruhida mos ravishda - 2,3 va 3,6%ga ortgan.
Funksiya qilishning tejamkorligi ko‘rsatkichi va uzoq muddatli adaptatsiya (tinch holatdagi
YuQCh) darajasi tajriba guruhida 6,8%ga, nazorat guruhida esa faqatgina 0,7%ga pasaygan.
Tajriba mashg‘ulotlari natijasida tajriba guruhida o‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘rsatkichi
sezilarli darajada 25,5 %ga R <0,01, nazorat guruhida esa faqat 7,9%ga (R> 0,05) ortgan. Mazkur
holatni, biz, yosh futbolchilarning umumiy tayyorgarligi bosqichidagi mashg‘ulotlarida nafas
mashqlarini tizimli qo‘llanilishi bilan bog‘laymiz.
2-jadval
Tajriba mashg‘ulotlari natijasida yosh futbolchilarda jismoniy ishchanlik qobiliyati va
funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dinamikasi, (X ± sh)
Ko‘rsat
- kichlar
Tajriba guruhi, (p=20)
Nazorat guruhi, (p=19)
Tajriba
boshida
Tajriba
yakunida
%
Tajriba
boshida
Tajriba
yakunida
o/ /o
PWC
170
, kgm/min
910,1 ±26,4
1006,4
±23,7**
10,6
885,8±18,8
915,1±12,8
3,3
PWC
170
/ves,kgm/
min/
kg
19,2±0,6
21,2±0,6**
9,7
18,1 ±0,7
19,1 ±0,4
5,5
O‘TS
, ml/min
2787,2 ±44,9
2939,7
±44,5**
5,5
2732,7 ±31,9
2795,6 ±21,8
2,3
O‘TS
/ves,
ml/min/kg
59,2±1,7
62,5±1,7**
5,6
56,4±1,7
58,4±1,3
3,6
tinch holatdagi
YuQCh,
ud/min
71,1±0,7
66,3±0,7**
-6,8
72,7±0,7
72,2±0,6
-0,7
O‘TS
,
ML
3730±110
4685±90**
25,5
3981±102
3789±120
7,9
HRV, ms
178,8±5,7
158,7 ±4,3**
-11,2
175,4±4,9
168,9±5,1
-3,7
Futbolchilarning funksional tayyorgarligi ko‘rsatkichlarining yana bittasi –
oddiy harakat
reaksiyasi vaqti (HRV) tajriba guruhida juda sezilarli darajada ortgan (11,2 %, R < 0,01), nazorat
guruhida esa faqatgina 3,7% (R> 0,05) ortgan.
Shuni aytish joizki, 1- va 2-
jadvallarda keltirilgan tajriba mashg‘ulotlaridan oldin va
yakunida qayd qilingan
jismoniy ishchanlik qobiliyati va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
o‘yin ixtisoslashuvini hisobga olmagan holda, o‘rtachaga keltirilgan dinamikani aks etadi. Shu bilan
birga, maxsus tayyorgarlik etapidagi mashg‘ulot ishi shu ixtisoslashuvga mos ravishda
tabaqalashtirilgan.
Xulosa
Modulli-
blokli tamoyil asosida mashg‘ulot dasturini tuzish, ushbu mashg‘ulot
vositalarini ishlab chiqish paytida ma’lum bir strategiyani belgilaydi. Mashg‘ulot jarayonida ustivor
yo‘nalganlikka ega bo‘lgan u yoki bu vositalarni, yoki mashg‘ulot vositalari bloklarini qo‘llash
tayyorgarlikning konkret etapi oldida turgan maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
1455
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
1.
Individuallik tamoyili, genetik moyillikka bog‘liq bo‘lgan jismoniy yuklamalarga
adaptatsiya qilishga xilma xil (individual) qobiliyatlar bilan belgilanadi.
2.
O‘ziga xoslik tamoyili, jismoniy faoliyatning tipiga hamda bajariladigan jismoniy
yuklamalarning xajmi va jadalligiga adaptatsiya bo‘lish qobiliyati bilan belgilanadi.
4. Jismoniy mashg‘ulot yuklamalarini to‘xtatish tamoyili, qo‘zg‘atuvchini –
jismoniy
yuklamalarni to‘xtatilishi paytida tayyorgarlikni yo‘qotish.
5. Progressiv ortiqcha yuklama
–
jismoniy yuklama progressiv ortib borishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF
-4947
–
son Farmoni //
“Xalq
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori 2017 yil iyun, PQ
-3031-son).
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va
ommaviy sportni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2020 yil, 30 oktyabr,
PF-6099-son, https://lex.uz/docs/5077667.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni
tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi qarori, 03.11.2022 yildagi PQ
-414-son.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo
yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari to‘g‘risida farmoni, 04.12.2019 yildagi pf
-
5887-son. https://lex.uz/docs/4631208
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PQ
-
5148 son “Aholining
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori. Lex
.uz
7.
Биткин В.М. Методические приёмы применения восстановительных средств в
подготовке высококвалифицированных футболистов. автореф. дис… канд. пед. наук.
Смоленск, 1999.
-
24 с.
8.
Вишнякова
C.B
., Солопов И.Н., Замов Б.М. Совершенс
-
твование функциональных
возможностей спортсменок на началь¬ных этапах подготовки в художественной
гимнастике.
-
Волгог¬рад, 1998.
-
56с.
9.
Голомазов С., Шинкаренко И. Футбол: Тренировка спе
-
циальной работоспособности
футболистов.
-
М., 1994.
-
88 с.
10.
Дубровский
C.B
. Методика совершенствования физической подготовленности юных
футболистов посредством направленных воздействий на дыхательную систему:
Автореф. дис. ... канд. пед. наук.
-
Волгоград, 2000.
-
22 с.
11.
Курбанов З.А. Организация учебно
-
тренировочного процесса футболистов в условиях
Узбекистана. Ташкент., 2000., 103с.
