Authors

  • T. Arzimbetov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.114207

Keywords:

virtual tarmoq televideniye radio gazeta axborot kiberxavsizlik.

Abstract

Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida o`smirlar hayotida virtual muhit – internet, ijtimoiy tarmoqlar, komp`yuter o`yinlari va boshqa onlayn faoliyatlar muhim o`rin egallamoqda. Bu holat o`smirlarning shaxsiy rivojlanishi, real hayot bilan bog`lanishi va ijtimoiy adaptatsiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Maqolada o`smirlarning virtual muhitga moyilligini kamaytirishda oila, mahalla, ta`lim muassasalari hamda yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislarning hamkorlikdagi faoliyati muhimligi ta`kidlanadi. Shuningdek, bolalarda ijtimoiy faollik, tanqidiy fikrlash, haqiqiy muloqotga qiziqishni rivojlantirish orqali ularni virtual dunyo ta`siridan himoya qilish imkoniyatlari o`rganiladi.

background image

1577

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

MAHALLADA O‘SMIRLARNI VIRTUAL OLAM TA’SIRIDAN HIMOYALANISHGA

TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY

-PSIXOLOGIK OMILLAR

T.Arzimbetov

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Nukus filialí Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar” kafedrasi

dotsenti, ps.f.b.f.d.

(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15766014

Annotatsiya.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida

o`smirlar hayotida virtual muhit

internet, ijtimoiy tarmoqlar, komp`yuter o`yinlari va boshqa

onlayn faoliyatlar muhim o`rin egallamoqda. Bu holat o`smirlarning shaxsiy rivojlanishi, real
hayot bilan bog`lanishi va ijtimoiy adaptatsiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Maqolada
o`smirlarning virtual muhitga moyilligini kamaytirishda oila, mahalla, ta`lim muassasalari
hamda yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislarning hamkorlikdagi faoliyati muhimligi
ta`kidlanadi. Shuningdek, bolalarda ijtimoiy faollik, tanqidiy fikrlash, haqiqiy muloqotga
qiziqishni rivojlantirish orqali ularni virtual dunyo ta`siridan himoya qilish imkoniyatlari
o`rganiladi.

Kalit soʻz:

virtual tarmoq, televideniye, radio, gazeta, axborot, kiberxavsizlik.

Аннотация.

Сегодня, в результате стремительного развития цифровых

технологий, виртуальная среда

-

интернет, социальные сети, компьютерные игры и

другие онлайн

-

деятельности занимают важное место в жизни подростков. Это

состояние может негативно повлиять на личностное развитие, связь с реальной жизнью
и социальную адаптацию подростков. В статье подчеркивается важность совместной
работы семьи, махалли, образовательных учреждений и специалистов, работающих с
молодежью, в снижении склонности подростков к виртуальной среде. Также изучаются
возможности защиты детей от влияния виртуального мира путем развития у них
социальной активности, критического мышления, интереса к реальному общению.

Ключевое слово:

виртуальная сеть, телевидение, радио, газета, информация,

кибербезопасность.

Abstract.

Today, as a result of the rapid development of digital technologies, the virtual

environment - the Internet, social networks, computer games, and other online activities -
occupies an important place in the lives of adolescents. This situation can negatively affect the
personal development of adolescents, their connection with real life, and social adaptation. The
article emphasizes the importance of joint activities of families, mahallas, educational
institutions, and specialists working with youth in reducing adolescents' susceptibility to the
virtual environment. Also, the possibilities of protecting children from the influence of the virtual
world through the development of social activity, critical thinking, and interest in real
communication are studied.

Keywords:

virtual network, television, radio, newspaper, information, cybersecurity.

Jahon ta’lim

tizimida, o‘smir o‘quvchilarning internet tarmog‘i ma’lumotlari bilan ishlash

kompetensiyasini rivojlantirishning samarali psixologik va pedagogik usullari ta’lim jarayoniga
keng ko‘lamda ta

tbiq etilgan. 2015-

yil, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro ta’lim forumida

2030-

yilgacha qabul qilingan «Incheon declaration» da «Ta’lim sifatini baholash jarayoni va

vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni

amaliyotga joriy etish», fan va ta’lim yutuqlarini o‘quv materiallari mazmuniga singdirib borish,


background image

1578

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

yoshlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning psixologik chora

-tadbirlarini yangi islohotlar

darajasiga ko‘tarish hamda uni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor berilgan.

Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida virtual olam vositalarining inson ongiga

ta’sirini aniqlash, internetga qaramlikning oldini oldini olish, o‘smir yoshlarning axborotlar bilan
ishlay olish ko‘nikmalarini ilmiy tekshirish, shuningdek, jamiyat hayotida axborot

-psixologik

xavfsizlikni ta’minlash, texnogen o‘zgarishlar sharoitida yoshlarni ekstremistik va separatistik
tashkilotlarning vayronkor g‘oyalaridan himoyalash hamda mahalla muhitida xavfsiz axborot
muhitini ta’minlash, jamiyatning turli qatlam va submadaniyat kishilari orasida kiber xavfsizlikni

barqarorlashtirish

bo‘yicha, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Respublikamizda so‘nggi yillarda, jamiyatning turli sohalarini zamonaviy axborot

-

texnologik vositalar bilan ta’minlash, sohalararo axborot savodxonligini oshirish, xavfsiz axborot

muhitini joriy etish, yosh avlodni salbiy axborotlar xurujidan himoyalash, ochiq axborot
tizimlarini qayta isloh qilish, jamiyat hayotini texnogen boshqarishda, bunyodkor axborot
mahsulotlarini tayyorlash sifati va darajasini doimiy oshirib borishning huquqiy-

me’yoriy

asoslari yaratildi hamda uning moddiy-

texnik bazasi kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «axborot xavfsizligini ta’minlash va
axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va
munosib qarshilik ko‘rsatish tizimini joriy etish» ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.

Bu borada o‘smir yoshlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning psixologik

mexanizmlarini ishlab chiqish, rivojlangan ilg‘or xorijiy davlatlarning ilmiy

-uslubiy

dasturlaridan keng foydalanish, virtual olam ma’lumotlariga qaram bo‘lishning omillari va undan

himoyalanishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarining ishlab chiqilishi, mahalla sharoitida

o‘smir yoshlarni virtual olam ta’siridan himoya qilishning psixologik tashviqot dasturlarini

yanada rivojlantirishga keng xizmat qiladi.

Аyrim yoshlar sharoitga tez moslashsalar, boshqalarining hayot yo‘lini topishi, o‘zini

namoyon qilishi juda qiyin kechadi.

Katta hayotga endi qadam qo‘yayotgan avlod vakillariga psixologik

-pedagogik yordam

ko‘rsatish, ularni psixologik

-

pedagogik jihatdan qo‘llab

-

quvvatlash bir qator jihatlarga ko‘ra

dolzarb hisoblanadi. Eng avvalo, yoshlar jamiyatimizning kelajagini belgilab beruvchi muhim

demografik guruh hisoblanadi. Yoshlar shaxsini rivojlantirish esa axloqiy meʼyorlar, qadriyatlar
tizimiga taʼsir ko‘rsatishi muqarrar bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy holat vaziyatida tobora

murakkablashib bormoqda. Chunki, yoshlarning asosiy hayotiy rejalari ularning qadriyatlariga

bog‘liq ravishda shakllantiriladi.

Yigitlar va qizlar kuch-

g‘ayratlari, imkoniyatlarini jamiyatning yanada taraqqiy topishi

uchun zarur sohalar rivojiga yo‘naltirish, shunga mos holda shakllanadigan xulq

-atvor

meʼyorlarini tarkib toptirish psixologik

-

pedagogik taʼsir va yordamning eng birinchi

vazifalaridandir. Bunda, xususan, ularning salohiyatini to‘g‘ri o‘zanga yo‘naltirish va adekvat
qadriyatlar tizimini shakllantirish yoshlarni mavjud rasmiy yoshlar tashkilotlari safiga ko‘proq
jalb etish, to‘g‘ri tarbiyalash ishlari bilan uyg‘un holda olib borilishi zarur.

Taʼlim oluvchilar ota

-

onalari va pedagoglarning birgalikdagi o‘zaro munosabati modelini

yaratish taʼlim muassasasi va oilaning bir

-

biriga ko‘rsatadigan taʼsirini muvofiqlashtirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologik-pedagogik mazmundagi barcha ishlar zamirida davlat,

jamiyat, tashkilot va muassasalarning o‘zaro hamkorligi darajasida amalga oshiriladigan
vazifalar aks etishi va ular tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan bo‘lishi zarur.


background image

1579

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

N.I.Koptelovaning ta’kidicha, psixologik

-

pedagogik taʼsirning quyidagi yo‘nalishlar

asosida olib borilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz

Yoshlarda kasbiy, ongli va ijtimoiy faoliyati strategiyasini, kelajak, istiqboldagi

hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradigan qadriyatlar tizimini tarkib toptirish.

Ijtimoiy takomil va masʼuliyat hissi meʼyorini belgilaydigan maʼnaviy taʼlimni

maqsadga muvofiq amalga oshirish, tafakkur madaniyatini shakllanti-rish;

Yoshlar ham ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan jamiyatning turli sohalaridagi barqarorlik

va taraqqiyotni taʼminlovchi hayot tarzini shakllantirishga yo‘naltirilgan qadriyatlar
ustanovkalari (yo‘l

-

yo‘riqlari)ni aniqlashtirish, umumlashtirish.

Maʼlumki, ommaviy axborot vositalarining hozirgi holati, imkoniyati maʼlumot,

axborotning beto‘xtov yetkazilishini taʼminlab bermoqda. Ikkinchi tomondan

, ushbu axborot

oqimi vaqt o‘tgan sari ko‘payib bormoqda. Bu xabarlar maʼlum darajada o‘ziga xos axborot

tahdidini yuzaga keltirmoqda.

T.L.Partikaning so‘zlariga muvofiq, axborot psixologik taʼsir vositasi sifatida juda

qudratli kuchga egadir. Shuning uchun mafkuraviy targ‘ibot samaradorligi kuchli
mamlakatlarning aholisini tanlagan yo‘llaridan og‘dirish qiyin kechadi. Аxborot

-psixologik

xavfsizlikka tahdidning birinchi manbasi

bu insonning o‘zi. Insonda ongning mavjudligi tahdid

manbasini ifodalaydi.

O‘zbekiston axborot hududida hukmronlik qilishga yo‘naltirilgan harakatlari va turli

noxolis siyosiy, harbiy, iqtisodiy, jamoaviy tuzilmalar vakillarining O‘zbekiston fuqarolariga
nisbatan salbiy taʼsir o‘tkazishini ko‘rsatish mumkin.

Jamiyatimizning turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy munosabatlar

va tuzilmalardagi ijobiy o‘zgarishlar, demokratlashuv jarayonlari shaxsga o‘z yo‘lini o‘z

tanlashi, belgilashi uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Shunday sharoitda ommaviy axborot

vositalari oldiga juda katta strategik masalalarni hal etishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yilgandir.

Zero, OАVning ijtimoiy ongni maqsadga muvofiq shakllantirish, aholining stereotiplari

hamda ustanovkalarini tarkib toptirish borasidagi imkoniyatlari juda kengdir.

Yu.Kalinechenkoning yozishicha, ayrim xorij ommaviy axborot vositalari, internetning

ekstremizm va terrorizmni targ‘ib qilish borasidagi imkoniyatlari hamda bu borada amalga
oshirilishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni bartaraf etish yo‘nalishida respublikamizda muayyan

ilmiy-

tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Taʼkidlash lozimki, hozirgi vaqtda ekstremizm va

terrorizm zamonaviy OАV, internent bilan mustahkam aloqada faoliyat olib bormoqda. OАV o‘z

imkoniyatlari darajasida ularga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda, mazkur salbiy

holatlarning oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga g‘araz niyatli shaxslar turli
OАVlaridan o‘z maqsadlarida ham foydalanishlari mumkin. А.Тulepovning so‘zlariga ko‘ra,
destruktiv g‘oyalarning tarqalishiga fazoviy maʼnoda maʼmuriy

-hududiy jihatdan hech qanday

chegara to‘sqinlik qilolmaydi, ularga faqat siyosiy

-

psixologik jihatdangina qarshilik ko‘rsatish

va bartaraf etish mumkin. Faoliyati destruktiv maqsadlarga yo‘naltirilgan OАV terrorizm, diniy
aqidaparastlik, ekstremizmning real hayotdagi siyosiy va psixologik maqsadlari uchun o‘ziga xos
virtual vosita vazifasini bajarishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun faoliyati to‘g‘ri tashkil etilgan
OАVlar eʼlon qilayotgan materiallari bilan keng aholi qatlamlari, xususan yoshlarga ijobiy taʼsir
ko‘rsatishi va ularning dunyoqarashi shakllanishiga hissa qo‘shishlari mumkin.

O.Y.Baksanskiyning ta’rificha, axborot makoni –

bu, ko‘zga ko‘rinmaydigan bir virtual

omildir. Аniqroq aytadigan bo‘lsak, u intellektual –

maʼnaviy hodisalar sirasiga kiradi. U moddiy

ishlab chiqarish emas, balki bilim hamda aqlning mahsulidir.


background image

1580

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Shu boisdan uni ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rniga ko‘ra ilm

-fan bilangina qiyoslash

mumkin. Jismga, umuman moddiylikka adad, hajm, og‘irlik, uzunlik va kenglik singari
o‘lchovlar xos bo‘lsa, axborot esa aksincha unday xossalarga ega emas.

O‘zbekistonda internetdan to‘laqonli foydalanish imkoniyati kamroq. Chunki, uy

sharoitida internetdan foydalanuvchilar ozlikni tashkil qiladi. Аmmo ko‘p joylarda internet

-

klublar faoliyat yuritadi. U barcha aholi uchun mo‘ljallangan. Аmmo bu kabi joylarda biz
ko‘pincha voyaga yetmagan yosh bolalarni uchratamiz. O‘tkazilgan so‘rovnomada maʼlum
bo‘lishicha, internet –

klublarga, asosan, 4-

5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar online

o‘yinlar o‘ynash, 11

-

17 yoshdagilar “chat” va “e

-

mail” da yangi do‘stlar ortt

irish, muloqot qilish

va musiqa yozib olish uchun kirar ekanlar.

K.V.Sel’chenokning aytishicha, bu kabi o‘yinlar bolalarning psixologiyasida inson ruhiy

holatini tushunish xususiyatining susayishiga, muloqot ko‘nikmalarining yo‘qolishiga,

achinmaslik va shafqatsizlik xususiyatining kuchayishiga, egoizmning rivojlanishi kabi

omillarning yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu salbiy sabablarni ko‘pchilik bola

lar va ularning

ota-

onalari bilsalar ham bunga eʼtiborsiz munosabatda bo‘ladilar. Buning evaziga bolalarning

o‘yinqaroq bo‘lib qolishi, turli yot g‘oyalarga tez og‘ib ketish hollari ko‘p uchraydi.

Аxborot urushi keyingi paytlarda «axborot terrorizmi» deb ham atalmoqda. Internetda

tarqalayotgan ko‘plab maʼlumotlarning amaldagi qonunchilikka zidligi bu sohadagi muammo
ko‘plab davlatlar oldiga internet to‘g‘risida qonuniy hujjatlar qabul qilishni zarurat qilib qo‘ydi.

Shuning uchun ayrim mamlakatlarda internet to‘g‘risida alohida qonunlar qabul qilingan

bo‘lsa, baʼzi mamlakatlarda bu to‘g‘risida huquqiy meʼyorlar ishlab chiqilgan. Jumladan,
АQShda internet kozinolari, bolalar pornografiyasini taqiqlovchi alohida qonunlar qabul qilindi.

Rossiya, Shvetsiya va bir qator Yevropa davlatlarida internet qaroqchiligiga qarshi kurash

to‘g‘risidagi maxsus qonun qabul qilingan. Respublikamizga ham bu tarmoqni tartibga solish
to‘g‘risidagi qonunlar va huquqiy meʼyorlar, «Reklama to‘g‘risida»gi, «Аloqa to‘g‘risida»gi,
«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi, «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjatlar aylanmasi
to‘g‘risida»gi qonunlar qisman belgilab qo‘yilgan.

Bu qonunlar biroz bo‘lsa

-

da, axborot xurujining oldini olishi mumkin. Аmmo bolalarning

online o‘yinlaridan kam foydalanishi uchun maxsus qonunlar yo‘q. Bu ota

-ona va pedagog

zimmasidadir. Bolalarda asosan maktab davrida turli sohalarga qiziqish uyg‘onadi. Maktablarda
“Kompyuter asoslari” fani o‘qitiladi. Shahar, tuman, chekka

-chekka qishloqlarda shu fan

o‘qitilish barobarida maktab yoshidagi bolalarga internet va uning cheksiz imkoniyatlari
mavjudligini, shu bilan birgalikda uning salbiy tomonlari haqida ham maʼlumotlar berib borilishi

lozim.

Hozirga qadar, o‘smirlarda internet tobeligini keltirib chiqaruvchi psixologik omillar

masalasida, mamlakatimiz psixologiya fanida deyarli amalga oshirilmagan. Аmalga oshirilgan
ishlarning aksariyati, o‘smirlik davrida bilan bog‘liq sanaladi. Shuning uchun ham

tadqiqotimizning nazariy

–metodologik asoslari ko‘proq, uzoq xorij olimlari va rus psixolog

olimlari tadqiqotlari mazmuni bilan keng yoritilgan. Bizning mahalliy psixologik tadqiqotlarda

ham, ushbu masalani o‘rganishga zarurat yuqori sanaladi. Faqat psixodiagnostik metodikalarni
aynan internet tobeligining oldini olish va uni bartaraf etish xarakteriga ko‘ra, tizimga keltirish,
qolaversa, yangi shkalalar kiritish o‘ta muhim ishlar turkumidan sanaladi.

Shaxs xarakter aksentuatsiyasini aniqlash so‘rovnomalari natijalari shuni

ko‘rsatdiki,

jamoatchilik vakillari hujumning o‘zi emas, balki kiberhujum oqibatlariga ko‘proq javob

berishadi.


background image

1581

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Buning bir misoli

milliy elektr stantsiyasiga zararli dasturlarni yuqtirgan kiberhujum,

yuz minglab fuqarolarning elektr energiyasiz qolishiga olib keladi. Bu yerda hujum, yaʼni zararli
dasturlarning yuqishi odamlarni (jamoatchilikni) xavotirga solmasligi mumkin, ularning taʼsiriga
ko‘proq eʼtibor qaratiladi.

Shaxs xarakter aksentuatsiyasini baholash so‘rovnomasiga ko‘ra sinaluvchilarning

natijalari gipertim shkalasi bo‘yicha quyi daraja 20%, o‘rta 39% va yuqori 41%ni tashkil etgan.

Xavotirlanuvchi shkala bo‘yicha quyi farq 35%, o‘rta 37% va yuqori 28% bilan

xarakterlangan. Distim shkalasi bo‘yicha quyi farq 24%, o‘rta 28% va yuqori daraja 48% bilan
namoyon bo‘lgan. Rasmiy shkalaga ko‘ra quyi 22%, o‘rta 28% va yuqori 50% ni tashkil etgan.

Qo‘zg‘aluvchan shkalaga ko‘ra quyi farq 25%, o‘rta 34% va yuqori 41%ni tashkil qilgan.

Emotiv shkalaga ko‘ra quyi natija 18%, o‘rta darajada 27% va yuqori darajada 55%ni

tashkil qilgan. Navbatdagi rigid shkalaga ko‘ra quyi 23%, o‘rta 40% va yuqori 37% bilan
farqlangan. Namoyishkor shkalaga ko‘ra quyi farq 35%, o‘rta 39% va yuqori farq 26% ni
namoyon qilgan. Sikloid shkalasi bo‘yicha quyi farq 38%, o‘rta 42% va yuqori 20%ni qayd
etgan. Oxirgi ekzaltr shkalasiga ko‘ra quyi natija 27%, o‘rta 35% va yuqori natija 38% bilan aks

etgan.

20%

35%

24%

22%

25%

18%

23%

35%

38%

27%

39%

37%

28%

28%

34%

27%

40%

39%

42%

35%

41%

28%

48%

50%

41%

55%

37%

26%

20%

38%

0%

20%

40%

60%

80%

100%

Gipertim

Xavotirlanuvchi

Distim

Rasmiy

Qo'zg'aluvchan

Emotiv

Rigid

Namoyishkor

Sikloid

Ekzaltr

Quyi

O'rta

Yuqori

Maqolada bo‘yicha ko‘rib chiqilgan nazariy yondashuvlar va ilmiy kontsepsiyalarning

mazmunidan shuni anglash mumkinki, virtual olam yaʼni kiber makonning inson ongiga taʼsirini
keng ko‘lamli o‘rganish nafaqat, psixologiya fani uchun muhim balki, pedagogika, falsafa,
soitsologiya, huquqshunoslik kabi fanlar uchun ham o‘ta qiziq, dolzarb ahamiyat kasb etuvchi
masaladir. Chunki, internet bir tomonidan kognitiv soha rivoji uchun ahamiyatga ega bo‘lsa,

ikkinchi tomondan inson xulq -

atvorida o‘ziga xos noodatiy o‘zgarishlar keltirib chiqaruvchi

midea olam hisoblanadi. Shuning uchun ham, virtual olamga tobelikni - haqiqiy dunyoning hech

qanday qiyinchiliklari va muammolari bo‘lmagan sunʼiy olamga singib ketish hodidasi bilan

tavsiflash mumkin.

Qoidaga ko‘ra, kompyuter texnologiyalari o‘smirning ruhiyati va ongiga chuqur taʼsir

ko‘rsatadi, shu bilan birga ularning real hayotdagi ijtimoiy

-psixologik moslashuvini izdan


background image

1582

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

chiqarishga sabab bo‘ladi. Boshqacha aytganda, virtual olamga tobe bo‘lish o‘smir
o‘quvchilarning o‘zlashtirish bilan bog‘liq imkoniyatlariga keng salbiy taʼsir etib, ularning o‘quv
vazifalarini bajarishga bo‘lgan ishtiyoqlarini so‘ndirib, salomatligiga ham katta putur yetkazadi.

Natijada, o‘smir yoshlarda boshqalarnikidan ajralib turuvchi, real hayotdan uzoqlashishga

qaratilgan hayotiy qadriyatlar tizimi shakllanadi.

Psixologik talqinga ko‘ra, virtual olam maʼlumotlari o‘smir yoshlarning faol ijtimoiy

-

psixologik xususiyatlariga ham salbiy taʼsir etib, uning oqibatida, guruhiy sharoitda shaxslararo
munosabatlarning samarali kechishiga xizmat qiluvchi do‘stonalik, ochiqlik, muloqotmandlik,
hamdard bo‘la olish (empatiya), ijtimoiy faollik, kognitiv faollik kabi ijobiy sifatlarning
rivojlanish noqulayliklar olib keladi. Virtual olamga qaram bo‘lib qolgan o‘smir yoshlar qoida
tariqasida, ishga va turli ijtimoiy funktsiyalarni bajarishga kamroq eʼtibor beradi. Bunday holat,
ularning taʼlim va oilaviy hayot sharoitlariga jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Mahalla yoshlarini yaʼni o‘smir o‘quvchilarni virtual olam taʼsirlaridan himoya qilishning

asosiy vositalaridan biri, bu ularda kompyuter savodxonlik madaniyatini shakllantirish, uni o‘z

vaqtida tarbiyalash, yoshlarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarini yanada
takomillashtirish kabi ishlar, eng muhim chora-tadbirlarni turkumidan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF

-60-

son “2022

- 2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni.

https://lex.uz.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi PQ

-357-

son “2022

-2023

yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish
chora-

tadbirlari to‘g‘risida” Qarori. https:// lex.uz.

3.

Ёқубова М.И. Жамият тараққиётида ахборотлашув ва ахборот технологияларининг
аҳамияти. Дисс. Автореф. Фалс.фан.номз.

-

Т., 2006.

-

Б.10.

4.

Отамуратов С. Глобаллашув: миллатни асраш масъулияти.

-

Тошкент.: Ўзбекистон.

2018.

Б.265.

5.

Умаров Б, М.Ахмедова “Очиқ ахборот тизимларида ахборот

-

психологик

хавфсизлик”. Т.:

- 2012.

С.34.

6.

Dolimova N.M. Kompyuter o‘yinlariga qaram bo‘lgan o‘smirlarning psixologik
diagnostikasi va tuzatish xususiyatlari. O‘zMU. Abstrakt. T:, 2010.

- 24 b.

7.

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. -

T.: «Muxlis va texnologiya”, 2012. –

B.45.

8.

Samarov R. Аxborotning psixologik xavfsizligini taʼminlash mexanizmi (uslubiy
qo‘llanma) Toshkent: 2015.

- 91 b.

9.

Shukurov B.S. Internetning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqida// “Zamonaviy
psixologiyaning nazariy va amaliy muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy

-metodik

maqolalar to‘plami. O‘zMU, Toshkent, 2019 yil 13 mart. –

B.143-144.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni. https://lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi PQ-357-son “2022 -2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori. https:// lex.uz.

Ёқубова М.И. Жамият тараққиётида ахборотлашув ва ахборот технологияларининг аҳамияти. Дисс. Автореф. Фалс.фан.номз. - Т., 2006. -Б.10.

Отамуратов С. Глобаллашув: миллатни асраш масъулияти. - Тошкент.: Ўзбекистон. 2018. – Б.265.

Умаров Б, М.Ахмедова “Очиқ ахборот тизимларида ахборот-психологик хавфсизлик”. Т.:- 2012. – С.34.

Dolimova N.M. Kompyuter o‘yinlariga qaram bo‘lgan o‘smirlarning psixologik diagnostikasi va tuzatish xususiyatlari. O‘zMU. Abstrakt. T:, 2010. - 24 b.

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. -T.: «Muxlis va texnologiya”, 2012. – B.45.

Samarov R. Аxborotning psixologik xavfsizligini taʼminlash mexanizmi (uslubiy qo‘llanma) Toshkent: 2015. - 91 b.

Shukurov B.S. Internetning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqida// “Zamonaviy psixologiyaning nazariy va amaliy muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-metodik maqolalar to‘plami. O‘zMU, Toshkent, 2019 yil 13 mart. – B.143-144.