Authors

  • Ulbosin Kalillayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.114350

Keywords:

Deviant xulq individ xarakter agressiya huquqbuzarlik tarbiya axloq me'yorlari profilaktika.

Abstract

Ushbu maqolada deviant xulq-atvor va uning shakllanish jarayoni, bolalar ongiga ta'siri hamda profilaktikasi keng yoritib beriladi. Deviant xulq-atvorning asosiy turlari va ularga ta'sir etuvchi omillar izohlanadi. Aniq me'zonlarga ega uslub va tamoyillari haqida fikr yuritiladi.

background image

1602

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

YOSH AVLOD O'RTASIDA DEVIANT XULQ-ATVORNING SHAKLLANISHI

Kalillayeva Ulbosin Ayapbergenovna

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

https://doi.org/10.5281/zenodo.15766067

Annotatsiya.

Ushbu maqolada deviant xulq-atvor va uning shakllanish jarayoni, bolalar

ongiga ta'siri hamda profilaktikasi keng yoritib beriladi. Deviant xulq-atvorning asosiy turlari
va ularga ta'sir etuvchi omillar izohlanadi. Aniq me'zonlarga ega uslub va tamoyillari haqida
fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar:

Deviant xulq, individ, xarakter, agressiya, huquqbuzarlik, tarbiya, axloq

me'yorlari, profilaktika.

Ключевые слова:

девиантное поведение, личность, характер, агрессия, обида,

воспитание, нравственные нормы, профилактика.

Keywords:

deviant behavior, individual, character, aggression, offense, education, moral

standards, prevention.

Barchamizga ma'lumki, farzand tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Har bir

oila o'ziga xos anana qadriyatlar va ma'lum bir qonun-qoidalar asosida shakllanib boradi. Ayni
mana shu tamoyillar poydevorida farzand tarbiyasi rivojlanadi. Oilaviy muhit ta'sirida hayot
atalmish borliqning zuvalasi shakllantiriladi. E'tiborli tomoni shundan iboratki, farzandlar oilaviy
hayot orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Oila har xil xarakterga ega insonlardan iborat
kichik jamiyat. Demak, oila va undagi ijtimoiy muhit jamiyat taraqqiyotida yuksak ahamiyatga
ega tushunchalardan biridir.

Nosog'lom oilaviy muhit, farzandlar tarbiyasida loqaydlik deviant xulq-atvorning yuzaga

kelishiga sabab bo'ladi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o'rnatilgan axloqiy me'yorlarga xos
bo'lmagan insoniy faoliyat va xatti-harakatlar majmuyi. Ular qatoriga yolg'onchilik, dangasalik,
o'g'irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish kabilarni kiritish mumkin. Deviant
xulq jamiyatda qabul qilingan huquqiy me'yorlarga zid harakat qiladi. Bu kabi holatlarni asosan
psixologik nuqsonlik ishilarda, bolalar va o'smirlarda uchratish mumkin. Avvalo, deviant xulq-
atvorni patologik jarayonlardan ajratib olish lozim. Ushbu jarayondagi eng muhim me'zonlarga
quyidagilarni kiritish mumkin.

Ma'lum bir kasallikka moyillikning bo'lishi; Affektiv qo'zg'aluvchanlik, irodaviy-

emotsional beqarorlik, gipertimik belgilar;

Bolalar va o'smirlar uchun mikrosotsial guruhlardan tashqarida deviant xulq-atvorning

namoyon bo'lishi; Buzilgan xatti-harakatlar stereotiplari. Bolalar va o'smirlardagi deviant xulq-
atvorning patalogik shakllari klinik jihatdan pato xaraktereologik reaksiyalar ko'rinishida
namoyon bo'ladi. Deviant xulq-atvorning psixologik omillari orasidan 4ta asosiy funksiyani
keltirish mumkin; Aks ettirish, rag'batlantirish, tartibga solish va nazorat qilish. Mana shu
funksiyalar deviant xulq-atvorning profilaktikasiga xizmat qiladi. Deviant xulq-atvor asosan
psixologik o'zgarishlar negizida paydo bo'ladi ya'ni inson psixologiyasiga bo'lgan ichki va tashqi
ta'sirlar mana shu holatlarni keltirib chiqaradi. Avvaliga yolg'onchilikka buzilishlardan boshlanib
o'z joniga qasd qilish holatlariga borib yetishi mumkin. Shu asnoda bu turning boshqa
ko'rinishlarini ham ko'rib o'tamiz.

Kashandalik ya'ni tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish. Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra

sigaret tarkibida 196 xil zararli moddalarni saqlaydi. Ulardan 14tasi giyohvand moddalar sirasiga
kiradi. Chekishning xavfli jihati shundaki, uning zarari tezda bilinmaydi.


background image

1603

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Sekin-astalik bilan organizmni zaharlaydi. Kishining yoshlik davrida alkogolning toksik

ta'siri miya va ichki a'zolarning faoliyati buzilishiga olib keladi. Spirtli ichimliklar birinchi
navbatda asab tizimi yurak qon- tomir sistemasiga o'zining ta'sirini o'tkazadi. Insonning
me'yordagi jismoniy va ruhiy rivojlanishi buziladi. Tibbiy tekshiruv natijalariga muvofiq tarzda
30-35gramm spirtli ichimlik odamning aqliy qobiliyatini bir necha soatdan bir necha kungacha
pasaytirishi aniqlangan.

Giyohvandlik-shaxsga va jamiyatga buzg'unchi ta'sir o'tkazuvchi og'ir oqibatlatga sabab

bo'ladigan zararli odatlardan biri. Giyohvand moddalarin son hissiyotiga ta'sir ko'rsatadi. Qabul
qilish jarayonida kayfiyat ko'tariladi og'riq sezmaydi, emotsional his-tuyg'ular yuzaga keladi.

Narkotik dori vositalari organizmda adaptatsiya xususiyatini paydo qiladi. Natijada dori

iste'mol qilmagan paytda agressiya, qaltirash va bir qancha psixo-emotsional ko'rsatkichlar
seziladi. Dozani oshirib yuborish juda ham og'ir oqibatlarga olib keladi.

Suitsid-o'z o'zini o'ldirishga urinish. Ko'p hollarda suitsid yechilishi mumkin bo'lmagan

muammolardan batamom qutilish yo'lida ektuyiladi. O'z joniga qasd qilish 20 yoshgacha va 55
yoshdan oshganlarda uchraydi.

Jinoyatchilik - bu ijtimoiy huquqiy tartibotni buzish. Deviant xulq-atvorning barcha

turlari orasida jinoyatchilik jazolanadigan ekstremal ko'rinishdagi huquqbuzarlik sifatida
jamoatchilik e'tiborining markaziga aylandi.

Alkogolizmning shakllanishiga ijtimoiy, genetic fiziologik va psixologik omillar ta'sir

ko'rsatadi. O'smirlarning alkogolizmiga alkogolli muhit sabab bo'ladi ya'ni oilda ota-onaning
ichkilikka berilishi yoki do'stlar orasidagi qiziquvchanlik.

Deviant xulq-atvorning oldini olish barchaning kundalik ishining bir qismi bo'lgan

majburiyatdir. O'smirlar orasida deviant xulq-atvorning o'sishiga qarshi kurashish uchun ishni
avvalo ta'lim muassasalari va oila hamkorligidan boshlash kerak. Mana shu ikki tizim
birdamlikda ishlasa, ta'lim va tarbiya jarayonida sustkashlikka yo'l qo'yilmaydi.

O'zbekistondagi jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan 2002-yil 49173shaxsga

nisbatan jinoyat ishi ko'rilgan bo'lsa, shundan 2163nafari voyaga yetmagan shaxslar hisoblanadi.

Bu kabi holatlarga yoshlar orasidagi ruhiy buzilishlar ota-ona va o'qituvchi-

pedagoglarning e'tiborsizligi sabab bo'lmoqda. Yuqorida ta'kidlab o'tkanimizdek inson shaxs
sifatida shakllanishida oila asosiy o'rinni egallaydi. Shuning uchun ham ota-onalar oilada o'z
burchlarini anglagan holda farzand tarbiyasida sustkashlikka also yo'l qo'ymasliklari lozim. Agar
farzand kuzatuv ostida bo'lmasa, dangasalikka moyil bo'ladi. Bekorchilik ortidan turli narsalarga
taqlid namoyishlari boshlanadi. Tekshirish bo'lmasa, ya'ni kim bola notog'ri yo'lni tanlab nojo'ya
xatti-harakatlar oqimiga tushib qolsa, uni bu oqimdan tortib olish oson kechmaydi. Bolalar va
o'smirlar ruhiyati juda nozik masala. Ayniqsa, balog'atga yetish davri ota-onadan juda katta sabr
va matonatni talab qiladi. Bolaning kelajakdagi xarakteri, xulq-atvori mana shu jarayonda
shakllanadi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, buyuk davlat qurish uchun uning avlodlari ma'nan yuksak,

yetuk kamolot egasi bo'lmog'I darkor. Buning uchun yoshlarga huquqiy davlat tizimi va uning
mohiyati, qonunni hurmat qilish hamda ularga so'zsiz bo'ysunish madaniyatini o'rgatishimiz
zarur. Deviant xatti-harakatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun bolalar va
o'smirlarni umumiy manfaatlarga ega bo'lgan guruhlarga biriktirish mumkin. Masalan, musiqa,
sport yoki san'at markazlariga olib borish. Yoshlar va o'smirlar barchasining ishtiyoqi o'z
qiziqishlariga bog'liq bo'ladi. Pedagoglarning vazifasi ularning qiziqishlarini to'g'ri baholay olish
va maqbul yo'lni belgilab bera olish.


background image

1604

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Deviantlik xatti-

harakati yoshlarni tarbiyalashda hisobga olinishi kerak bo’lgan ijtimoiy,

tipologik va psixologik omillarga bog’liq. Jamiyat taraqqiyotiga qarshi dushmanlardan emas,
balki loqayd, bee’tibor insonlardan qo’rqish kerak. Loqayd insonlar o’z farzandlari tarbiyasida
ham bu xatoni takrorlaydi. Natijada jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lmagan, deviant shaxsning
paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shunday ekan har birimiz jamiyat taraqqiyoti uchun ma’sul
shaxs sifatida bu masalaga jiddiy nigoh bilan qaramog’imiz darkor. Zero, O’zbekiston kelajagi

-

yoshlar qo’lida!

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.Azizov"Shaxs va jamiyatdarslik Toshkent-2010"

2.

L.Olimov "Xulqi og'ishgan bolalar psixologiyasi darslik Buxoro-2019"

3.

Olimov, Avezov "Psixologiya nazariyasi va tarixi. O'zbekiston faylasuflari milliy
jamg'armasi Toshkent-2019".

References

Sh.Azizov"Shaxs va jamiyatdarslik Toshkent-2010"

L.Olimov "Xulqi og'ishgan bolalar psixologiyasi darslik Buxoro-2019"

Olimov, Avezov "Psixologiya nazariyasi va tarixi. O'zbekiston faylasuflari milliy jamg'armasi Toshkent-2019".