1612
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
FUTBOLDA KINEMATIK TAHLIL YORDAMIDA HARAKAT SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
Mambetiyarov Nauriz Saparbaevich
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar kafedrasi Oqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15766145
Annotatsiya.
Mazkur maqola yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini kinematik
ko‘rsatkichlar asosida rivojlantirishga bag‘ishlangan. Futbolchilarning texnik harakatlari,
jumladan, dribling, zarba va uzatmalar bo‘yicha kinematik ko‘rsatkichlar o‘r
ganilgan. Optimal
harakat burchaklari va diapazonlari aniqlangan. Shuningdek, texnik harakatlarni
takomillashtirish uchun maxsus mashqlar va usullar ishlab chiqilgan. Tadқиқot davomida
olingan natijalar yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishga
yordam beruvchi amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Ushбу методика yosh futbolchilarning texnik
ko‘nikmalarini o‘yin sharoitida qo‘llash imkoniyatini oshirishга qaratilgan.
Maqolada futbol
mashg‘ulotlarida zamonaviy texnologik vositalar
dan, jumladan, 3D kameralar orqali kinematik
tahlildan foydalanish ahamiyati ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
Yosh futbolchilar, texnik tayyorgarlik, kinematik ko‘rsatkichlar, harakat
burchaklari, dribling, zarba, uzatma, to‘pni qabul qilish, mushak kuchi, texnik mashqlar,
harakat analizi, rivojlanish.
Аннотация.
Статья посвящена развитию технической подготовки юных
футболистов на основе кинематических показателей. Были изучены кинематические
параметры технических движений, включая дриблинг, удары и передачи. Определены
оптимальные углы и диапазоны движений, разработаны специальные упражнения и
методы для улучшения технических навыков. Полученные результаты позволяют
предложить практические рекомендации, направленные на значительное повышение
технической подготовки юных футболистов. Методика ориентирована на улучшение
применения технических навыков в игровых условиях. В статье подчёркивается
важность использования современных технологий, таких как 3D
-
камеры для
кинематического анализа, в тренировочном процессе футболистов.
Ключевые слова:
Юные футболисты, техническая подготовка, кинематические
показатели, углы движений, дриблинг, удар, передача, приём мяча, мышечная сила,
технические упражнения, анализ движений, развитие.
Abstract.
This article focuses on developing the technical training of young football
players based on kinematic indicators. The kinematic parameters of technical movements,
including dribbling, striking, and passing, were studied. Optimal angles and motion ranges were
identified, and specific exercises and methods to improve technical skills were developed. The
findings offer practical recommendations that significantly enhance the technical preparation of
young football players. The methodology is designed to increase the application of technical
skills in game situations. The importance of modern technological tools, such as 3D cameras for
kinematic analysis, is highlighted for football training.
Keywords:
Young football players, technical training, kinematic indicators, motion
angles, dribbling, striking, passing, ball control, muscle strength, technical exercises, motion
analysis, development.
1613
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Kirish
Bugungi kunda professional futbolchilarni tayyorlashda yangi bosqichga o‘tish
uchun futbol ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish, ularni xalqaro standartlarga mos
infratuzilma bilan ta’minlash va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash muhim vazifalardan
biri hisoblanadi. Yosh futbolchilarni kinometrik ko‘rsatkichlari asosida texnik tayyorgarligini
oshirish metodikasini ishlab chiqish ushbu jarayonning eng dolzarb jihatlaridan biri hisoblanadi.
Futbol o‘yin faoliyati jarayonida kuzatiladigan o‘zgaruvchan vaziyatlarda to‘g‘ri va
tezkor qaror qabul qilishni rivojlantirish uchun texnik tayyorgarlik imkoniyatlariga yuqori
talablar qo‘yilmoqda. Shu maqsadda, kinometrik tahlil orqali harakatlarning burchaklarini,
tezligini va trayektoriyasini aniqlash hamda ushbu ko‘rsatkichlar asosida mashg‘ulotlarni
rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuv nafaqat futbolchilarning texnikasini
yaxshilashga, balki ularning jarohat xavfini kamaytirishga ham xizmat qiladi.
Mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 3-noyabrdagi PQ-
414-sonli, 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-sonli va 2024-yil 20-martdagi PQ-136-sonli qarorlari
ushbu sohani kompleks rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlardir. Ushbu tadqiqot
futbolchilarning texnik harakatlarini kinometrik tahlil asosida takomillashtirishni nazarda tutib,
ushbu hujjatlarda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga hissa qo‘shadi.[1,2,3]
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti orqali yosh futbolchilarning texnikasini rivojlantirishda
zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va ularning natijalarini yanada yaxshilashga
qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar taklif etiladi. Bu esa nafaqat o‘yin ko‘rsatkichlarini
yaxshilashga, balki professional futbolchilar tayyorlashning samaradorligini oshirishga ham
xizmat qiladi.
Adabiyotlar tahlili
Yosh futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar
milliy, MDH va xalqaro darajadagi bir qator olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Mahalliy
olimlar, jumladan, Sh.U.Abidov, M.R.Yo‘ldashov va boshqalar, jismoniy va taktik
tayyorgarlikni oshirish, mashg‘ulot jarayonini jadallashtirish va yuklamalarni oshirishga
qaratilgan usullarni ishlab chiqishga e’tibor qaratgan. MDH davlatlarida V.P.Guba, D.V.Ribin,
I.G.Maksimenko kabi olimlar futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligi, mushak kuchi va
harakat tezligi kabi omillarning ahamiyatini o‘rgangan. Xalqaro tadqiqotlar (F.B.Asseman,
O.Caron, A.Trecroci va boshqalar) futbolchilarning musobaqa faoliyatiga tayyorgarligini yillik
tayyorgarlik sikllari yordamida optimallashtirish bo‘yicha innovatsion usullarni ishlab chiqishga
qaratilgan. Ushbu tadqiqotlar futbolchilarning texnik va jismoniy ko‘nikmalarini rivojlantirishda
zamonaviy texnologiyalarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan.[4,5]]
Metodika
Yosh futbolchilarning kinematika ko‘rsatkichlarini aniqlashda harakatlar
dinamikasi ham muhim omillardan biridir. Jumladan, o‘yin davomida to‘xtash va yugurishni
boshlash, o‘ngga va chapga burilish kabi harakatlarning o‘zaro bog‘liqligini mutonosiblikda
bajarishiga e’tibor qaratildi.
Ushbu ko‘rsatkichlar zamonaviy texnologiyalar yordamida (masalan, 3 D kameralar,
videonaliz, va akselerometrlar orqali) tahlil qilindi. Har bir yosh futbolchining o‘ziga xos
kinematik xususiyatlarini o‘rganish natijasida ularning kamchiliklarini to‘ldirish va jamoaning
umumiy natijalarini yaxshilash mumkin.
Yosh futbolchilarning kinematik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun maxsus test va tahlil
uslublari qo‘llaniladi. Quyida bu ko‘rsatkichlarni o‘lchash bosqichlari va ularning tahlil
jarayonini diagrammalarda ham ifodalandi.
1-jadval
1614
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Yosh futbolchilarni texnik harakatlarini kinematik ko‘rsatkichlarni aniqlash jadvali
Tr
Ko‘rsatkich turi
O‘lchash usuli
Jihozlar
O‘lchash
birligi
1
Yugurish tezligi
30 m sprint testi
Fotofinishlar
Sekund (s)
2
Tezlanish
(akseleratsiya)
5 m va 10 m qisqa
sprint yugurishlar
Elektron start
signalizator
Sekund (s)
3
Sakrash
balandligi
Vertikal sakrash testi
Vertek (bosqichli
o‘lchov moslamasi)
Santimetr
(sm)
4
Yo‘nalishni
o‘zgartirish
T-test
(yo‘nalishli yugurish)
Maydon va markerlar
Sekund (s)
5
Chidamlilik
Yo‘lakchali yugurish
testi (Yo-Yo
Intermittent Recovery)
Polar H10 yoki yurak
urish monitori
Yurak urish
darajasi
6
Qadam uzunligi
va chastota
Yugurish yo‘lagida
yugurish tahlili
3 D kamera va
videonaliz
Qadam
uzunligi (m)
7
Harakat
trayektoriyasi
Yugurish yo‘lagi yoki
video asosidagi
monitoring
Video va kompyuter
dasturlari
Trayektoriya
xaritasi
Ushbu jadvalda yosh futbolchilarni texnik harakatlarini kinematik ko‘rsatkichlarni
aniqlash uslubiyati tog‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko‘ra, yugurish tezligini aniqlashda
30 m yugurish nazorat testi qo‘llanildi. Yosh futbolchilarni 30 m masofa davomida vaqtga
nisbatan, tezlanish ko‘rsatkichlari keltirilgan (1.1
-rasmga qarang).
31.1-
rasm. Yosh futbolchilarni yugurish masofasi bo‘yicha tezlik grafikasi
Izoh:
X o‘qida –
masofa; Y o‘qida –
yugurish vaqti.
Shu bilan birga, yosh futbolchilarni tezligini aniqlash uchun 5 m va 10 m masofaga
yugurish nazorat testlari o‘tkazildi. Akseleratsiya o‘lchovi va dinamikasini tahlil qiladigan
bo‘lsak, tezlikning ortish bosqichlari, har bir 5 va 10 metrda vaqt qayd etiladi va grafikga
joylandi.
1615
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
1.2-
rasm. Yosh futbolchilarda tezlanish ko‘rsatkichi grafikasi
Izoh:
X o‘qi –
vaqt (soniyada); Y o‘qi
- tezlik (m/s).
Sakrash balandligini aniqlash (balandlika sakrash testi). Qo‘llanilish jarayoni yosh
futbolchilar qo‘llari bilan yuqoriga sakraydi. Eng yuqori nuqta o‘lchov moslamasi orqali qayd
etiladi.
1.3-rasm. Sakrash balandligi taqsimoti
Izoh:
X o‘qi
-
futbolchilar raqami; Y o‘qi
- sakrash balandligi (sm).
Yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish testi (T
-
test). Qo‘llanilishi T shaklidagi yugurish masofa
belgilanadi (10 m oldinga, 5 m yon tomonga va yana oldinga). Bunda yugurish vaqti qayd
etiladi.
1616
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
1.4-
rasm.Yo‘nalishli harakat tahlili
Izoh:
X o‘qi
-
yugurish bosqichlari; Y o‘q
- Vaqt (s).
Chidamlilikni aniqlash (Yo-Yo testi). Yugurish davomida yosh futbolchilarning yurak
urish soni o‘lchanadi. Chidamlilik ko‘rsatkichi qayd qilinadi.
1.5-rasm.Charchashga qarshi chidamlilik
Izoh:
X o‘q
-
Test bosqichlari (davrlar); Y o‘qi
- yurak urish soni (YuQS).
Ushbu diagrammalarda 30 metrga yugurish testi masofa va yugurish vaqtini ifodalaydi. 5
m va 10 m masofaga qisqa yugurishlar esa, har xil masofalarda erishilgan tezlikni ko‘rsatadi.
Sakrash balandligi ya’ni balandlika sakrash testida futbolchilarning sakrash balandligini
taqqoslaydi. Yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish harakat tahlili (T
-test)da yugurish bosqichlaridagi
vaqt o‘zgarishini ko‘rsatadi. Charchashga qarshi chidamlilik (Yo
-Yo testi)da esa, bosqichlar
bo‘yicha yurak urish tezligini aks ettiradi.
Yosh futbolchilarni tayyorlashda texnik mahoratni rivojlantirish asosiy maqsadlardan
biridir. [6] Ushbu metodika yosh futbolchilarning to‘pni boshqarish, uzatish, zarba berish va
boshqa texnik elementlarni o‘rganishini ta’minlashga yordam beradi. Biz tomonimizdan ishlab
chiqilgan ushbu metodikada yosh futbolchilarning yoshi, jismoniy rivojlanishi va qobiliyatlari
ham inobatga olingan.
Yosh futbolchilarning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularda o‘yin amaliyoti
uchun zarur bo‘lgan texnikani shakllantirishda muhim hisoblanadi. [7] Shu bilan birga, futbol
texnikasining asosiy elementlarini o‘rgatish, to‘p bilan ishlashda aniq va tezkor harakatlarni
1617
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
rivojlantirish; texnik ko‘nikmalarni o‘yin sharoitida qo‘llashga o‘rgatish hamda yosh
futbolchilarni o‘yin jarayonida tezkor qaror qabul qilish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
Natija
Maqolada 14
–16 yoshli 30 nafar futbolchi (o‘rtacha yoshi 15 ± 0,8 yosh; tana
vazni 52,3 ± 6,1 kg) yordamida olib borilgan tajriba o‘quv
-tadqiqot mashqlari natijalari
quyidagicha tahlil qilindi:
To’pni olib qo’yish (8ta urinish) nazorat guruh yosh futbolch
ilarida tadqiqot boshida
3,83±0,75 ko’rsatkichi aniqlangan bo’lsa tadqiqot oxirida 4,17±0,75 ni tashkil etdi, nisbiy o’sish
8,70% ga yaxshilangan. Tajriba guruh sinaluvchilarida tadqiqot boshida 3,50±1,05 ko’rsatkich
aniqlangan bo’lsa tadqiqot oxirida 5,67±0,82 ni tashkil etdi, nisbiy o’sish 61,90% ga
yaxshilangishiga erishildi.
To’pni olib yurish (5ta urinish 25m fish orasidano’tish) nazorat testini nazorat guruh
sinaluvchilari tadqiqot boshida 2,67±0,52 aniqlangan bo’lsa tadqiqot oxirida 2,83±0,41
ko’rsatkichni tashkil etdi, nisbiy o’sish 6,25% gayaxshilangan. Tajriba guruh yosh
futbolchilarida tadqiqot boshida 2,50±0,55 ko’rsatkich aniqlangan bo’lsa tadqiqot oxirida
4,00±0,63 ko’rsatkichni tashkil etdi, nisbiy o’sish 60,00% ga yaxshilandi.
16m jarimadan harakat davomida darvozaga zarbalar (10ta urinish) nazorat testida esa
nazorat guruh sinaluvchilari tadqiqot boshida 4,67±0,54 ko’rsatkichi aniqlandi tadqiqot oxirida
45,83±0,75 ni tashkil etdi, nisbiy o’sish 25,00% ga yaxshilandi. Tajriba guruh yosh
futbolchilarida tadqiqot boshida 4,83±1,17 ko’rsatkichi aniqlandi tadqiqot oxirida 6,50±1,38
ko’rsatkichni tashkil etdi, nisbiy o’sish 34,48% ga yaxshilandi.
2-
rasm. Tajriba va nazorat guruhlaridagi yosh futbolchilarning o’yinlar jarayonida
amalga oshirgan individual texnik harakatlarining pedagogik tadqiqot oxirida o’zgarish
dinamikasi
Xulosa:
Yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini kinematik ko‘rsatkichlar asosida
rivojlantirish zamonaviy futbolni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. [8] Ushbu
tadqiqot doirasida o‘tkazilgan ilmiy tajribalar va tahlillar natijasida quyidagi xulosalar chiqarildi:
Kinematik ko‘rsatkichlarning samaradorligi:
Futbolchilarning texnik harakatlarini tahlil
qilishda 3D texnologiyalar yordamida aniqlangan kinematik ko‘rsatkichlar asosida
1618
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
harakatlarning optimal burchaklari va trajektoriyalari belgilandi. Bu texnik ko‘nikmalarni aniq
va samarali rivojlantirishga yordam berdi.
Metodikaning amaliy qiymati:
Mashg‘ulotlar jarayonida texnik tayyorgarlikni oshirishga
qaratilgan maxsus mashqlar qo‘llanilishi orqali futbolchilarning harakat samaradorligi sezilarli
darajada yaxshilandi. Xususan, dribling tezligi +18,7%, zarba kuchi +14% ga oshgani kuzatildi.
Zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi:
Kinematik ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda
zamonaviy 3D kameralar va biomekanik laboratoriyalardan foydalanish mashg‘ulotlar
samaradorligini oshirdi. Bu usul futbolchilarning texnik xatolarini aniq tahlil qilish imkonini
berdi.
O‘yin natijalarini yaxshilash:
Tadqiqot natijalari futbolchilarning musobaqa jarayonida
texnik va jismoniy imkoniyatlarini oshirishda kinematik ko‘rsatkichlarning muhim rol o‘ynashini
ko‘rsatdi. Eksperimental guruhda texnik aniqlik va samaradorlikning +15
-20% ga oshgani
kuzatildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF
-5887-sonli
“O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
2.
O‘zbekiston Respubliasi Prezidentiining
2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-
son “Jismoniy
tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida’’
gi qarori
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 7-apreldagi PQ-115-
son “Ommaviy va
professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”
gi qarori
4.
Abidov Sh.U. Yosh futbolchilarning oʻquv mashgʻulot jarayonini tashkil qilish va
rejalashtirish. Uslubiy tavsiyanoma. Т., OʻzDJTI. 2011.
- 38 b.
5.
Artikov A. A. Sport oʻyinlarida innovatsion texnologiyalardan foymaydonngan holda
texnik-
taktik harakatlarni bajarish aniqligini optimallashtirish» pedagogika fanlari doktori
(DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Chirchiq, 2023. -36 b.
6.
Asseman F.B. Are there specific canditions for which expertise in gumnastics could have
an effect on pastural control and performance? / F.B. Asseman , O. Caron, j. cremieux // J.
Gait Pasture 2008.-
№ 27.
-P 76-81;
7.
Губа В. П. Показатели физического развития как основа модели юного футболиста /
В.П.Губа, В.А.Левченков // Физическая культура
-
фактор укрепления здоровья,
профилактики и лечения заболеваний.
-
Смоленск, 1996.
-
С. 36
-37.
8.
Ермаков H.H. Анализ проявления скоростных качеств футболистов // Биомеханика.
Морфология. Спорт: Сб. науч.тр., посвящ. 50
-
летию кафедры анатомии,
биомеханики и информатики.
-
Смоленск, 2000.
