ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1486
O‘ZBEKISTON ENERGETIKASINING KELAJAGI VA UNGA INNOVATSION
YECHIMLAR
Ashirov Doston Farxod o
‘
g
‘
li
Shamuratova Munavvar Maxmudovna
AES va issiqlik energetikasi kafedrasi talabalari.
Toshkent davlat texnika universiteti,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
.
O
‘
rolov Jo
‘
rabek Abduraxmon o’g’li
TDTU Universiteti ilmiy xodimi
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi, 7b
https://doi.org/10.5281/zenodo.15788563
Annotatsiya.
Ushbu maqola “O‘zbekiston Energetikasining kelajagi va unga Innovatsion
Yechimlar” mavzusida O‘zbekiston energetikasidagi muammolarni hal qilish uchun kichik
modulli reaktorlar (SMR), quyosh va shamol energiyasini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolaning
asosiy maqsadi
–
ushbu barqaror energiya manbalarini quvvati, ekologik ta’siri, xarajati va
mahalliy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlari solishtirilib, innovatsion yechimlar taklif qilishdir.
Tadqiqotda solishtirish usuli va mahalliy kuzatuvlar asosida tahlil olib borildi. Natijalarda
SMR’larning barqaror bazaviy yuk ta’minlashi, quyosh energiyasining tezkor o‘rnatilishi va
shamol energiyasining ekologik afzalliklari aniqlangan, ammo ularning kamchiliklari
(chiqindilar, ob-
havoga bog‘liqlik) ham ko‘rib chiqilgan. Innovatsion yechim sifatida uchalasini
birlashtirish orqali energiya taqchilligini kamaytirish taklif qilinadi.
Abstract.
This article, titled “The Future of Uzbekistan’s Energy through the Eyes of
Young Scholars: Innovative Solutions,” focuses on analyzing small modular reactors (SMR),
solar, and wind energy to address challenges in Uzbekistan’s energy sector. The primary
objective is to compare these sustainable energy sources in terms of power capacity,
environmental impact, cost, and local applicability, proposing innovative solutions for the
future. The study employs a comparative method and local observations for analysis. Findings
highlight SMR’s ability to provide stable baseload power, solar energy’s rapid deployment, and
wind energy’s ecological benefits, while also noting their limitations (e.g., waste management,
weather dependency). An innovative approach of integrating all three is suggested to reduce
energy shortages. This research underscores the contribution of young scholars to Uzbekistan’s
energy strategy, offering prospects for future sustainability.
Аннотация.
Эта статья под названием “Будущее энергетики Узбекистана
глазами молодых ученых: Инновационные решения” посвящена анализу маломодульных
реакторов (SMR), солнечной и ветровой энергии для решения проблем энергетического
сектора Узбекистана. Основная цель —
сравнить эти возобновляемые источники энергии
по мощности, экологическому воздействию, стоимости и возможностям применения в
местных условиях, предложив инновационные решения для будущего. Исследование
проводится с использованием метода сравнения и местных наблюдений. Результаты
показывают, что SMR обеспечивают стабильную базовую нагрузку, солнечная энергия
позволяет быстрое развертывание, а ветровая энергия имеет экологические
преимущества, при этом выявлены их ограничения (например, управление отходами,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1487
зависимость от погоды). Предлагается инновационный подход —
интеграция всех трех
источников для уменьшения энергетического дефицита. Данное исследование
подчеркивает вклад молодых ученых в стратегию энергетического развития
Узбекистана, открывая перспективы для будущей устойчивости.
Kirish
O
‘
zbekiston bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishi va aholining hayot sifatini yaxshilash
uchun barqaror energiya manbalariga ehtiyoj sezmoqda. Energiya taqchilligi, ayniqsa qishki
mavsumda, mamlakatning barqarorligiga tahdid solmoqda. An
’
anaviy yoqilg
‘
i manbalari,
masalan, ko
‘
mir va gaz, nafaqat cheklangan resurslarga ega, balki atmosfera issiqlik gazlarini
ko
‘
p miqdorda chiqarib, ekologik muammolarni kengaytiradi. Ushbu vaziyatda yangi energiya
manbalariga o‘tish zarurati tobora oshmoqda.
Yosh avlod sifatida biz bu muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynashimiz mumkin.
Kichik modulli reaktorlar (SMR), quyosh energiyasi va shamol energiyasi kabi barqaror
manbalar O‘zbekiston uchun istiqbolli yechimlar bo‘lib, ularning har tomonlama tahlili
kelajakdagi strategiyalarga asos bo‘la oladi. Ushbu maqola SMR, quyosh va shamol energiyasini
quvvati, xarajati, ekologik ta’siri va mahalliy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlarini solishtirishga
qaratilgan.
Kichik modulli reaktorlar (SMR 1-rasm.) yadroviy energetikaning zamonaviy shakli
bo‘lib, quvvati odatda 300 MVt (megavatt termal) yoki undan kam bo‘lgan reaktorlardir. Ular
modulli dizaynga ega bo‘lib, zavod sharoitida ishlab chiqariladi va qurilish maydonchasida
o‘rnatiladi. SMR’lar O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun barqaror energiya
ta’minoti va energiya taqchilligini bartaraf etishda muhim imkoniyatlar taqdim etadi.
Asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi. Birinchi o’rinda yuqori samaradorlik, SMR’lar
doimiy va barqaror bazaviy yuk ta’minlaydi, bu quyosh va shamol energiyasidan farqli o‘laroq
ob-
havoga bog‘liq emas. Ikkinchidan kichik o‘lchamliligi, kam joy talab qiladi va shu sababli
uzoq hududlar yoki kichik shaharlar uchun mos. Uchinchidan,
moslashuvchanlik, ya’ni elektr
energiyasidan tashqari issiqlik ta’minoti, suvni tozalash yoki sanoat jarayonlari uchun ish
latilishi
mumkin.
Quvvat va ishlab chiqarish imkoniyatlari anchagina ahamiyatli. SMR reaktorlarining
quvvati 10 MVt dan 300 MVt gacha bo‘lib, bir nechta modullarni birlashtirish orqali umumiy
quvvatni oshirish mumkin. Masalan, NuScale Power kompaniyasining 12 modulli tizimi 720
MVt (yoki taxminan 250 MVe elektr quvvati) ishlab chiqaradi. Bu quvvatning
O‘zbekiston
uchun ahamiyati ham katta . Misol uchun O‘zbekistonning qishki mavsumda energiya taqchilligi
muammosini hisobga olgan holda, SMR reaktorlari doimiy bazaviy yukni ta’minlash orqali
issiqlik va elektr energiyasi ta’minotini barqarorlashtirishi mumkin. Masalan, bir SMR moduli
50-
100 MVe quvvat ishlab chiqarsa, bu kichik shahar yoki sanoat zonasi uchun yetarli bo‘ladi.
Qolgan ikkala energiyamizga solishtirilganda, quyosh va shamol energiyasi ob-havoga
bog‘liqligi sababli doimiy quvvat ta’minlay olmaydi, SMR esa 24/7 ishlashi b
ilan barqarorlikni
ta’minlaydi.
Ekologik ta’sirini afzalliklari va kachiliklarini ko’rib chiqadigan bo’lsak
, bu
energiya manbai bizni ekologiyamiz uchun ta’siri juda katta, ya’ni
SMR reaktorlari
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1488
an’anaviy ko‘mir va gaz elektr stansiyalariga qaraganda deyarli uglerod emissiyasi chiqarmaydi,
bu O‘zbekistonning ekologik muammolarini (havo ifloslanishi, issiqlik gazlari emissiyasi)
kamaytirishga yordam beradi. Masalan, ko‘mir stansiyalari yiliga million tonnalab CO2
chiqaradi, SMR esa bu ko‘rsatkichni nolga yaqinlashtiradi.
1-rasm.
Kamchiliklarini ko’rib chiqadigan bo’lsak,
Radioaktiv chiqindilar -
SMR’larning asosiy
muammosidir. Garchi chiqindilar miqdori an’anaviy yadroviy reaktorlarga nisbatan kamroq
bo‘lsa
-da, ularni saqlash va utilizatsiya qilish maxsus infratuzilma va uzoq muddatli boshqaruvni
talab qiladi. O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish tizimini rivojlantirish uchun esa qo‘shimcha
investitsiyalar zarur bo’ladi. Ekologik ta’sirini qolgan energiya manbalari bilan solishtiradigan
bo’lsak.
Quyosh va shamol energiyasi radioaktiv chiqindilar ishlab chiqarmaydi, ammo ularning
ishlab chiqarish jarayonida (masalan, quyosh panellari yoki shamol turbinalari ishlab
chiqarishda) ekologik ta’sir mavjud. SMR’lar esa barqarorlik va minimal emissiya nuqtai
nazaridan uzoq muddatda samaraliroq.
Qurilish xarajatlar masalasini ko’rib chiqadigan bo’lsak.
SMR reaktorlarining
qurilishi an’anaviy yadroviy reaktorlardan arzonroq, ammo quyosh va shamol energiyasiga
nisbatan qimmatroq. O‘rtacha bir SMR moduli 500 milliondan 1 milliard AQSh dollarigacha
turadi. Masalan, NuScale’ning 720 MVt quvvatli loyihasi taxminan 3 milliar
d dollar xarajat talab
qiladi.
Ekspluatatsiya xarajatlari shuni ko’rsatadiki, SMR’larning yoqilg‘i xarajatlari past,
chunki ular kam miqdorda uran yoki toriy ishlatadi. Biroq, xavfsizlik tizimlari va chiqindilarni
boshqarish xarajatlari umumiy xarajatlarni oshiradi. Xarajatlarni solishtirish natijalari shuni
ko’rsatadiki, quyosh panellarining o‘rnatilish xarajati 1 MVt uchun taxminan 1
-2 million dollar,
shamol turbinalari esa 1,5-2,5 million dollar atrofida. Biroq, quyosh va shamol loyihalari qisqa
muddatda o‘rnatilishi mumkin, SMR esa uzoqroq vaqt (3
-
5 yil) talab qiladi. O‘zbekistonning
byudjeti va infratuzilmasini hisobga olgan holda, SMR loyihalari davlat-xususiy sheriklik orqali
moliyalashtirilishi mumkin. Quyosh va shamol energiyasi esa qisqa muddatli loyihalar uchun
arzonroq bo‘lishi mumkin.
Innovatsion yechim sifatida yondashadigan bo’lsak,
SMR reaktorlari quyosh va
shamol energiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonning energiya strategiyasini rivojlantirishda
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1489
muhim rol o‘ynashi mumkin. Aytaylik
Gibrid tizimi,
quyosh va shamol energiyasi qisqa
muddatli, arzonroq loyihalar sifatida ishlatilishi mumkin, SMR esa barqaror bazaviy yukni
ta’minlaydi. Masalan, quyosh panellari yozda, SMR esa qishda asosiy manba bo‘lishi mumkin.
Uzoq hududlar uchun ham imkoniyatlar beradi,
SMR’lar Qoraqalpog‘iston yoki
Surxondaryo kabi uzoq hududlarda mustaqil energiya ta’minotini ta’minlashi mumkin.
Sanoat
integratsiyasi tomondan qaralsa,
SMR’lar Navoiy yoki Olmaliq kabi sanoat zonalarida issiqlik
va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
Quyosh energiyasi fotovoltaik (PV) panellar (2-rasm.) yoki termal tizimlar orqali quyosh
nurlaridan elektr yoki issiqlik energiyasi ishlab chiqarish texnologiyasidir. O‘zbekiston kabi
quyosh nurlari ko‘p bo‘lgan mamlakatlar uchun bu energiya manbai barqaror va ekologik toza
yechim sifatida katta ahamiyatga ega.
Quyosh panellarining afzalliklari quyidagilardan iborat. Birinchidan
ekologik toza
mahsulot ekanligidir. Chunki
quyosh energiyasi ishlab chiqarish jarayonida uglerod emissiyasi
chiqarmaydi. Ikkinchi afzalligi,
tez o‘rnatish
jarayonidir. Quyosh panellari qurilishi va
o‘rnatilishi 6 oydan 2 yilgacha davom etadi. Bundan tashqari
moslashuvchanliligidir.
Kichik uy
xo‘jaliklaridan tortib yirik sanoat loyihalarigacha qo‘llaniladi.
Quvvat va ishlab chiqarish imkoniyatlari
quyosh elektr stansiyalarining loyiha hajmiga
qarab farq qiladi. O‘zbekistonda 100 MVt dan 1000 MVt gacha bo‘lgan quyosh stansiyalari
loyihalari amalga oshirilmoqda. Masalan, Sherobod (Surxondaryo) quyosh stansiyasi 500 MVt
quvvatga
ega bo‘lishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yiliga o‘rtacha 3000 soat quyoshli vaqtga ega, bu quyosh energiyasini
samarali qiladi. Ayniqsa, yoz oylarida energiya taqchilligini qoplash uchun ideal. Quyosh
panellari qishloq xo‘jaligi, sanoat va uy xo‘jaliklari uchun elektr energiyasi ta’minlaydi. Quyosh
energiyasini kichik modulli reaktorlar bilan solishtirilganda, SMR reaktorlari doimiy bazaviy
yuk ta’minlasa, quyosh energiyasi kunduzi faqat quyoshli vaqtlarda ishlaydi, shuning uchun
energiya saqlash tizimlari (batareyalar) zarur.
2-rasm.
Ekologik ta’sirlari haqida gapiradigan bo’lsak.
Quyoshdan energiya ishlab chiqarish
jarayonida
CO2 yoki boshqa issiqlik gazlarini chiqarmaydi, bu O‘zbekistonning ko‘mir va
gazga bog‘liqligini kamaytirib, havo ifloslanishini kamaytiradi. Masalan, 100 MVt quyosh
stansiyasi yiliga 150,000 tonna CO2 emissiyasini oldini oladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1490
Kamchiliklari
ni
keltirib o’tadigan bo’lsak, quyosh panellari ishlab chiqarishda (kremniy
qazib olish, kimyoviy moddalar) va utilizatsiya jarayonida ekologik ta’sirga ega. Eski panellarni
qayta ishlash tizimi esa hali O‘zbekistonda rivojlanmagan. Ekologik jihatdan SMRlar bilan
solishtiradigan bo’lsak,
SMR’lar radioaktiv chiqindilar ishlab chiqaradi, quyosh energiyasi esa
bu muammodan xoli, ammo panel ishlab chiqarish va utilizatsiya jarayonida ekologik xavf
mavjud.
Xarajatlarga to’xtalib o’tsak.
Quyosh stansiyalarining o‘rnatilish xarajati 1 MVt uchun
taxminan 0.8-1.5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Masalan, 100 MVt quyosh stansiyasi 80-
150 million dollarga quriladi, bu SMR (500 million
–
1 milliard dollar/modul) dan ancha arzon.
Quyosh panellarini
ekspluatatsiya xarajatlari,
minimal texnik xizmat talab qiladi
(yuvish, kichik ta’mirlash), bu esa ekspluatatsiya xarajatlarini yiliga 1
-2% gacha kamaytiradi.
Batareya saqlash tizimlari xarajatlarni oshirishi mumkin (1 MVt uchun 0.3-0.5 million
dollar).
Quyosh panellari xarajatlarini kichik modulli reaktorlar bilan solishtirilganda,
SMR loyihalari dastlabki xarajatlari jihatidan qimmatroq, lekin uzoq muddatda doimiy quvvat
ta’minoti tufayli iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lishi mumkin. Quyosh energiyasi esa tez
o‘rnatish va arzonroq boshlang‘ich xarajatlar bilan ustunlikka ega.
Shamol energiyasi, shamol turbinalari (3-rasm.) orqali shamolning kinetik energiyasini
elektr energiyasiga aylantirish texnologiyasidir. O‘zbekistonning shamolli hududlari, ayniqsa,
Qoraqalpog‘iston va Buxoro kabi viloyatlari, shamol energiyasi uchun potentsialga ega. Bu
energiya manbai ekologik toza va qayta tiklanadigan manba sifatida barqaror energetika
strategiyasida muhim o‘rin tutadi.
Shamolning
o’z o’rnida afzalliklarini sanab o’tsak. Avvalo uning
ekologik toza energiya
ekanligidir.
Shamol turbinalari energiya ishlab chiqarish jarayonida uglerod emissiyasi
chiqarmaydi. Shu bilan birga shamol turbinalarining ishlash muddati 20-25 yilni tashkil qiladi.
Qurilish jarayonlari ham jadal tarzda olib boriladi. O‘rnatilish jarayoni 1
-2 yil ichida amalga
oshirilishi mumkin. Quvvatiga to’xtaladigan bo’lsak. Shamol turbinalarining quvvati odatda 1
MVt dan 5 MVt gacha bo‘ladi, yirik shamol parklari esa yuzlab megavatt quvvat ishlab
chiqaradi. Masalan, O‘zbekistonning Zarafshon shahridagi shamol stansiyasi (500 MVt) 2021
-
yilda
foydalanishga
topshirilgan.
O‘zbekistonning
shamolli
hududlari,
xususan
Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiy viloyatlari, shamol energiyasi uchun katta potentsialga ega.
Yillik o‘rtacha shamol tezligi bu hududlarda 5
-7 m/s ni tashkil qiladi, bu shamol
turbinalari uchun yetarli. Shuningdek, shamol energiyasi qishloq xo‘jaligi va uzoq hududlarda
energiya ta’minotini yaxshilaydi.
Yuqoridagi ko’rib chiqilgan energiya bilan solishtiradigan bo’lsak, SMR doimiy bazaviy
yuk ta’minlasa, quyosh energiyasi kunduzi ishlaydi, shamol energiyasi esa shamol tezligiga
bog‘liq holda vaqti
-vaqti bilan quvvat beradi. Shuning uchun gibrid tizimlar muhim.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1491
3-rasm.
Ekologiyaga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki
shamol energiyasi ishlab chiqarish
jarayonida CO2 yoki boshqa issiqlik gazlari chiqarmaydi, bu esa O‘zbekiston energiyasining
ko‘mir va gazga bog‘liqligini kamaytiradi. Masalan, 100 MVt shamol stansiyasi yiliga taxminan
140,000 tonna CO2 emissiyasini oldini oladi.
Shamol turbinalarining ishlab chiqarilishi (po‘lat, kompozit materiallar) va o‘rnatilishi
ekologik ta’sirga ega. Shuningdek, turbinalar qushlar va mahalliy ekotizimlarga zarar yetkazishi
mumkin. Eski turbinalarni qayta ishlash tizimi esa O‘zbekistonda hali rivojlanmagan. Ekologik
ta’sir jihatdan solishtiradigan bo’lsak, SMR radioaktiv chiqindilar ishlab chiqaradi, quyosh
panellari ishlab chiqarishda kimyoviy moddalarga bog‘liq, shamol energiyasi esa ekologik
jihatdan eng toza manbalardan biri, ammo ekotizimga minimal ta’siri bor.
Shamol stansiyalarining o‘rnatilish xarajatlarii 1 MVt uchun taxminan 1.2
-2 million
AQSh dollarini tashkil qiladi. Masalan, 100 MVt shamol parki 120-200 million dollarga quriladi,
bu SMR (500 million
–
1 milliard dollar/modul) dan arzon, lekin quyosh energiyasidan (0.8-1.5
million dollar/MVt) biroz qimmatroq. Shamol turbinalari muntazam texnik xizmat (turbina
pichoqlari, mexanik qismlar) talab qiladi, bu yillik xarajatlarni 2-3% gacha oshiradi. Energiya
saqlash tizimlari qo‘shimcha xarajat talab qiladi. Shamol energiyasi o‘rnatish xarajatlari jihatidan
quyosh energiyasidan qimmatroq, lekin SMR’dan ancha arzon. Uzoq muddatda SMR doimiy
quvvat tufayli iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lishi mumkin, lekin shamol qisqa muddatli
loyihalar uchun mos.
Innovatsion yechim sifatida Gibrid tizim
ini ko’rib chiqadigan bo’lsak. Quyosh
energiyasi, SMR va shamol energiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonning energiya taqchilligini
kamaytirishda samarali yechimdir. Masalan, yozda quyosh panellari asosiy yukni ko‘taradi,
qishda esa SMR yoki shamol e
nergiyasi qo‘llab
-quvvatlaydi.
Uzoq hududlar uchun
ham o’rinli. Qoraqalpog‘iston, Xorazm yoki Surxondaryo kabi
uzoq hududlarda kichik quyosh stansiyalari mustaqil energiya ta’minotini ta’minlaydi. Bundan
tashqari
sanoat integratsiyasida ham o’rni katta.
Quyosh energiyasi Navoiy yoki Farg‘ona
kabi sanoat zonalarida qo‘shimcha energiya manbai sifatida ishlatilishi mumkin.
Xulosa.
O‘zbekistonning energetika sohasidagi muammolar, xususan, qishki
mavsumdagi energiya taqchilligi va an’anaviy yoqilg‘i manbalarining (ko‘mir, gaz) ekologik
zararini kamaytirish zarurati barqaror va innovatsion energiya yechimlariga ehtiyojni oshirib
bormoqda. Kichik modulli reaktorlar (SMR), quyosh energiyasi va shamol energiyasi
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, aholining hayot sifatini yaxshilash va ekologik
barqarorlikni ta’minlashda muhim imkoniyatlar taqdim etadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1492
Har bir energiya manbai o‘ziga xos afzallik va cheklovlarga ega bo‘lib, ularning oqilona
integratsiyasi orqali mamlakatning kelajakdagi energetika strategiyasini shakllantirish mumkin.
SMR, quyosh va shamol energiyasining oqilona integratsiyasi O‘zbekistonni ekologik
toza, iqtisodiy jihatdan samarali va barqaror energetika tizimiga olib chiqadi. Ushbu manbalar
Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Navoiy kabi hududlarda energiya taqchilligini bartaraf etib,
sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantiradi. O‘zbekistonning 2019
-
yilgi “Qayta tiklanadigan
energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonuni va 2021
-yilgi radiatsiyaviy xavfsizlik qonunchiligi bu
loyihalarni qo‘llab
-quvvatlaydi. Yosh olimlarning innovatsion tadqiqotlari va xalqaro hamkorlik
orqali O‘zbekiston global energetika tendensiyalariga mos keladigan barqaror kelajak sari
muhim qadamlar tashlaydi.
REFERENCES
1.
Cyberleninka. (2023). “O‘zbekistonda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish
istiqbollari”. cyberleninka.ru
2.
NuScale Power. (2023). “Small Modular Reactors: A New Nuclear Energy Paradigm”.
nuscalepower.com
3.
International Energy Agency (IEA). (2011). “Solar Energy Perspectives”. iea.org
4.
Energetika Vazirligi. (2020). “O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun
ruxsatnoma shart emas, buning uchun soliq to‘lanmaydi”. daryo.uz
5.
Vikipediya. (2022). “Quyosh energiyasi”. uz.wikipedia.org
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. (2023). “2023
-yilda qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish
to‘g‘risida” (PQ
-57-son, 16.02.2023). lex.uz
7.
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. (2019). “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish to‘g‘risida” (O‘RQ
-539-son, 21.05.2019). lex.uz
