Authors

  • Latofat Cho‘lliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.114995

Keywords:

Alisher Navoiy Turkiya navoiyshunoslik maqolalar xorijiy navoiyshunoslik.

Abstract

Turkiyada Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlar faol ravishda amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbek adabiyotshunoslari bu tadqiqotlarni o‘rganib, tahlil qilib ular haqida bir qancha maqola va dissertatsiyalar yaratganlar. Ushbu maqolada turk navoiyshunosligi haqida yurtimizda amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1507

TURKIYA NAVOIYSHUNOSLIGI HAQIDAGI TADQIQOTLAR

Cho‘lliyeva Latofat Sevindikovna

ToshDO‘TAU doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15788853

Annotatsiya.

Turkiyada Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlar faol ravishda amalga

oshirib kelinmoqda. O‘zbek adabiyotshunoslari bu tadqiqotlarni o‘rganib, tahlil qilib ular

haqida bir qancha maqola va dissertatsiyalar yaratganlar. Ushbu maqolada turk
navoiyshunosligi haqida yurtimizda amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, Turkiya, navoiyshunoslik, maqolalar, xorijiy

navoiyshunoslik.

RESEARCH ON NAVOI'S STUDIES IN TURKEY

Abstract.

Research on Alisher Navoi is being actively carried out in Turkey. Uzbek

literary scholars have studied and analyzed these studies and created a number of articles and
dissertations about them. This article analyzes the research conducted in our country on Turkish
Navoi studies.

Keywords:

Alisher Navoi, Turkey, Navoi studies, articles, foreign Navoi studies.

Buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy nafaqat o‘z davrining, balki

jahon adabiyoti va madaniyatining yuksak cho‘qqilaridan biri hisoblanadi. Uning adabiy merosi,
til va badiiyat borasidagi qarashlari, estetik dunyoqarashi hamda insonparvarlik g‘oyalari
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda, ko‘plab mamlakatlar, xususan,
Turkiyada ham muntazam ravishda o‘rganilib kelmoqda. Ayniqsa, turkiy xalqlarning umumiy

tarixiy-

madaniy ildizlari, til va adabiyotdagi o‘xshashliklar Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan

qiziqishning uzluksizligini ta’minlab bermoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston adabiyotshunosligida Alisher Navoiy hayoti va ijodining

xorijda, xususan, Turkiya Respublikasida o‘rganilishi bo‘yicha qator ilmiy maqolalar,

dissertatsiyalar yaratilgan. Ushbu ilmiy izlanishlarda Navoiy merosining turkiy adabiyot

taraqqiyotiga ta’siri, Turkiyada faoliyat yuritgan olimlarning Navoiyshunoslikka qo‘shgan

hissasi, tarjimalar va ilmiy-adabiy aloqalarning zamonaviy holati tahlil qilingan. Biroq mazkur

tadqiqotlarning umumlashtirilgan tahlili, o‘zbek adabiyotshunosligida bu borada erishilgan
yutuqlar va istiqbolli yo‘nalishlar haqida kompleks ilmiy xulosa va nazariy qarashlar hali yetarli

darajada shakllanmagan.

Mazkur maqola ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi. Asosiy e’tibor

O‘zbekistonda Alisher Navoiy ijodining Turkiyada o‘rganilishi borasida yozilgan ilmiy
maqolalar va dissertatsiyalarni tahlil qilishga qaratiladi. Bu orqali O‘zbekistonda shakllangan

Navoiyshunoslik maktabining xorijdagi ilmiy-

nazariy izlanishlarga ta’siri, shuningdek, ikki

mamlakat o‘rtasidagi ilmiy

-madaniy hamkorlik darajasi aniqlanadi.

Maqolaning nazariy ahamiyati shundaki, u Alisher Navoiy ijodining xalqaro miqyosda

o‘rganilishi bo‘yicha adabiyotshunoslikka oid ilmiy qarashlarning umumlashtirilgan tahlilini

beradi, mavjud tadqiqotlar asosida yangi ilmiy xulosalar chiqarishga zamin yaratadi. Bu esa

Navoiy merosini xalqaro Navoiyshunoslik doirasida tadqiq etishda nazariy asos bo‘lib xizmat

qilishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1508

Maqolaning amaliy ahamiyati esa Navoiy asarlarini turkiy xalqlar orasida keng targ‘ib

qilish, tarjimalar, ilmiy tadqiqotlar va akademik hamkorliklarni rivojlantirishga oid aniq

tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Bundan tashqari, maqola O‘zbekistonda yaratilgan
ilmiy manbalarni tahlil qilish orqali, yangi avlod tadqiqotchilari uchun muhim ma’lumot manbai
bo‘la oladi.

Shu boisdan, ushbu tadqiqot o‘zbek va turk adabiyotshunosligi o‘rtasidagi ilmiy

aloqalarni mustahkamlash, Alisher Navoiy merosining xalqaro miqyosdagi o‘rganilishiga oid

adabiy-

nazariy qarashlarni boyitishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Turkiyada navoiyshunoslik tadqiqotlari Navoiy hayotligi chog‘idayoq boshlangan bo‘lib,

XX asrga kelib bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirildi. So‘ngi yillarda Ogoh Sirri Levend,
Tanju Seyhan, Vahit Turk, Gunay Kut, Ayshexen Deniz Ebek, Sema Barutchu O‘zo‘nder, Metin
Karao‘rs, O‘nal Kaya, Funda To‘prak, Bulent Bayram, Zuhal O‘lmez, Emek Ushenmaz, Fatma
Achik, Huseyin Baydemir, Hatije To‘ren, Erjan Petek, Sebahat Deniz kabi o‘nlab turkiyalik

navoiyshunos va turkolog olimlar Navoiy hayoti va ijodiga doir turli tadqiqotlar olib borganlar.

Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosining faol tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi professor

Vohit Turkning 2021-

yil “Türk Dunyasi Dil ve Edebiyat” jurnalida nashr qilingan “Türkiye’de

Ali Şir Nevayi Çalışmaları” maqolasida ma’lumot berishicha

1

, Turkiyada 2021-yilga qadar

Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq olib borilgan tadqiqotlarning soni quyidagicha:

Magistrlik ishlari

26

Doktorlik dissertatsiyalari

18

Maqolalar

281

Ensiklopediya bo‘limlari

11

Turkiy tillardan olingan maqolalar

19

Tarjima maqolalar

23

Tezislar

48

Kitoblar

51

Tabdil kitoblar

51

Tarjima kitoblar

2

Navoiy ijodining Turkiyada o‘rganilishi masalasi tadqiqi bilan shug‘ullangan R.

Ruzmonovaning o‘rganishlariga ko‘ra, Turkiya universitetlarida doktorlik [222] va nomzodlik
[220] ishlari, o‘nlab ilmiy tadqiqotlar, turli konferensiyalarga taqdim qilingan bayonotlar, yuzlab
maqolalardan tashkil topgan to‘plamlar [150] gacha mavjud.

Raqamlardan ko‘rinib turganidek, turk navoiyshunosligidagi ishlar salmog‘i ancha katta.

O‘z navbatida bu tadqiqotlar o‘zbek adabiyotshunoslari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Navoiyshunoslikning markazi va vatani O‘zbekiston ekanligini inobatga olgan holda aytish
mumkinki, olimlarimiz bu tadqiqotlarni o‘rganishi, ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlashi,
bu izlanishlarni o‘zimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan muqoyasa qilgan holda zarur xulosa

va takliflarni ishlab chiqishlari lozim.

1

Türk V. (2021). Ali Sir Nevai Calismas Türkiye'de. Türk Dili ve Edebiyatı Dergisi s. 52, 403

-442b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1509

Bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan bo‘lib, hozirgacha Turkiyada Navoiy hayoti va

ijodining o‘rganilishiga doir o‘nlab maqola va bir nechta dissertatsiyalar e’lon qilingan.

Quyida ular bilan tanishamiz:

Alisher Navoiy hayoti va ijodining Turkiyada o‘rganilishi tadqiq etilgan ilmiy va

ilmiy-

ommabop maqolalar ro‘yxati:

1.

G‘anijon Abdurahmonovning 1966

-

yilda “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida

e’lon qilingan “Turkiyada Navoiyshunoslik” maqolasi.

2

G‘anijon Abdurahmonov 1966

-yil 8-13-

iyun kunlari Anqarada bo‘lib o‘tgan turk tilini

o‘rganish jamiyatining XI kongressida qatnashadi va safar davomida Anqara, Istanbul va Konya
shaharlaridagi universitet, ilmiy tashkilotlar, kutubxonalar va muzeylarda bo‘lib Turkiyadagi
navoiyshunoslik haqida ko‘plab ma’lumotlar yig‘gan va ushbu maqolani yozgan. Maqolada eng

XVI asr boshlaridan to 1966-yilgacha Turkiyada amalga oshirilgan navoiyshunoslik borasidagi

ishlar sanab o‘tilgan va chuqur tahlilga tortilgan. Maqola so‘ngida esa Turkiya kutubxonalarida
saqlanayotgan Navoiy asarlari bibliografiyasi keltirib o‘tilgan.

2.

Hayrulla Ismatullayevning 1968-

yilda “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida

e’lon qilingan “Navoiy ijodini xorijiy mamlakatlarda o‘rganishga doir” maqolasi.

3

Ushbu maqola 2 qismdan iborat bo‘lib, 1

-

qism Navoiyning Yevropada o‘rganilishiga

bag‘ishlangan. 2

-qismda esa mashhur turk adabiyotshunos olimi Ogoh Sirri Levendning Navoiy

tavalludining 525 yilligiga atab nashr ettirgan 4 jildli “Alisher Navoiy” asari haqida so‘z boradi.
Maqolada asar boblari va qisqacha mazmuni sharhlab o‘tilgan. Shuningdek muallif kitobdagi
yutuqlarni aytish barobarida, bir qancha xato va kamchiliklarni ham sanab o‘tgan

3.

Hayrulla Ismatullayevning 1968-

yilda “O‘zbekiston madaniyati” gazetasida

e’lon qilingan “Navoiy ellarda va tillarda” maqolasi.

4

Maqola 5 qismdan iborat bo‘lib qismlar

“Rus tilida”, “Angliyada”, “Fransiyada”,

“Turkiyada”, “Vengriyada” tarzida nomlangan. “Turkiya” qismida Fuod Ko‘prulu, Abduqodir
Inon, Ali Tarlon, Ahmat Kafer o‘g‘li, Bosim Ataliy, To‘g‘no

, Ogoh Sirri Levend kabi

adabiyotshunoslarning Navoiy haqida yozgan maqola va kitoblari qisqa tarzda aytib o‘tilgan.

4.

Ergash Umarovning 1966-

yilda “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon

qilingan

“Turkiyalik Navoiyshunos” maqolasi.

5

Ushbu maqolada mashhur turkolog olim Ogoh Sirri Levendning tarjimayi holi va ilmiy

faoliyati haqida ma’lumot berilgan. Olimning navoiyshunoslik borasidagi xizmatlari e’tirof

etilib, bu borada amalga oshirgan ishlari batafsil sanab o

‘tilgan.

5.

Abduzuhur Abduazizovning 1985-

yil “Guliston” gazetasida e’lon qilingan

“Jahongashta alloma: Alisher Navoiy jahon adabiyoti sahifalarida” maqolasi.

6

2

Абдураҳмонов Ғанижон. Туркияда навоийшунослик // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 1966. № 6. –

Б.

33-37.

3

Исматуллаев Х. Навоий ижодини xорижий мамлакатларда ўрганишга доир // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 1968. № 5. –

Б. 13

-17.

4

Исматуллаев Ҳ. Навоий элларда ва тилларда / Ўзбекистон маданияти. –Тошкент, 1968. 24 сентябрь.

5

Умаров Эргаш. Туркиялик навоийшунос // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 1978. № 1. –

Б. 59

-60.

6

Абдуазизов

Абдузуҳур

.

Жаҳонгашта

аллома

:

Алишер

Навоий

жаҳон

адабиёти

саҳифаларида

/

Гулистон

.

1985. № 4. –Б. 24.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1510

Maqolada navoiyshunoslik borasida jahonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida

ma’lumot berilgan. Navoiyning

“Muhokamat ul

-lug

‘atayn” va “Sabati abhur” asarlari haqida

turk olimlari Ogoh Sirri Levend va Ahmad Otash tadqiqotlar olib borgani qisqa tarzda aytib
ketilgan.

6.

Sodir Erkinovning 1991-yil

“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon

qilingan

“Taniqli navoiyshunos turk olimi” maqolasi.

7

Ushbu maqolada Turkiyalik navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levendning Navoiy hayoti va

ijodiga bag‘ishlab e’lon qilgan maqolalari va kitoblari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada
Turkiyadagi navoiyshunoslik tarixi haqida ham ma’lumotlar berib o‘tilgan.

7.

Tohir Qahhorning 1991-yil

“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon

qilingan

“Turkiyalik navoiyshunos” maqolasi.

8

Maqolada Turkiyalik Professor Kamol Eraslanning hayoti va ijodi, uning Ahmad

Yassaviy, Husayn Bayqaro, Kamron Mirzo va Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlari haqida

ma’lumot berilgan.

8.

Munavvar Murodullayevaning 2004-

yil “Navoiyga armug‘on” 4

-kitobida

e’lon qilingan “Muhokamat ul

-

lug‘atayn” asari turkiyalik tadqiqotchi nazarida”

maqolasi.

9

Turk olimasi Fotima Sema Barutchu O‘zonderning “Muhokamat ul

-

lug‘atayn” asariga

oid tadqiqotlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, maqolada “Muhokamat ul

-

lug‘atayn”ning

tarjimalari va nashrlari to‘liq sanab o‘tilgan.

9.

Salohiy Diloromning 2006-

yil “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon

qilingan “Tarixi muluku ajam” asarining turkcha tarjimasi” maqolasi.

10

“Tarixi muluku ajam” asarining turkcha tarjimalari va nashrlari haqida ma’lumot

berilgan.

10.

Hamidulla Boltayevning 2017-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika

ilmiy-

amaliy anjumani materiallarida e’lon qilingan “Majolis un

-

nafois”ning turk

tazkirachiligiga ta’siri va Fransiyada biografik janrning shakllanishi” maqolasi.

11

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Majolis un

-

nafois” asari ta’sirida paydo bo‘lgan

o‘lab turk tazkiralari haqida so‘z boradi. Olim maqolani yozish jarayonida bir necha o‘rinda
navoiyshunos turk olimlari fikrlaridan iqtiboslar keltirib o‘tgan.

11.

Ergash Ochilovning 2017-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika ilmiy

-

amaliy anjumani materiallarida e’lon qilingan “Navoiy asarlarining jahon tillariga
tarjimalari” maqolasi.

12

7

Эркинов Содир. Таниқли навоийшунос турк олими // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 1991. № 4. –

Б.

79.

8

Тоҳир

Қаҳҳор

.

Туркиялик

навоийшунос

/

Ўзбекистон

адабиёти

ва

санъати

.

–Тошкент

, 1991.

№39 (3143). 27

сентябрь. –

Б. 4.

9

Муродуллаева

М. “Муҳокамат

ул

-

луғатайн” асари

туркиялик

тадқиқотчи

назарида

/

Навоийга

армуғон

. 4-

китоб

.

Тошкент

:

Фан

, 2004.

Б

. 156-159

10

Салоҳий Дилором. “Тарихи мулуки Ажам”нинг туркча таржимаси //Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент,

2006. № 3. –

Б. 88

-92.

11

Болтабоев

Ҳамидулла

.

“Мажолис

ун

-

нафоис”нинг

турк

тазкирачилигига

таъсири

ва

Францияда

биографик

жанрнинг

шаклланиши

\\

“Алишер

Навоий

ва

ХХ

1

аср” мавзуидаги

республика

илмий

-

назарий

анжумани

материаллари

.

Тошкент: “Тамаддун”, 2017. –

Б

. 137

141.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1511

Mashaqqatli izlanishlarga asoslangan ushbu maqolada Navoiy asarlarining qachon qaysi

tilga tarjima qilinganligi haqidagi deyarli barcha ma’lumotlar berilgan. Olimning ta’kidlashicha,

Navoiyning turk tiliga tarjima qilingan 1-

asari “Farhod va Shirin” bo‘lib, bu tarjimani XVI asr

usmonli turk shoiri Lomeiy amalga oshirgan. Maqolada aytilishicha, 2006-yilga kelib,
Navoiyning barcha asarlari turkchaga tarjima qilingan. Olim ushbu tarjimonlarni va asarlarning

nashr yillarini to‘liq keltirib o‘tgan.

12.

Manzura Asqarovaning 2017-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika

ilmiy-

amaliy anjumani materiallarida e’lon qilingan “Yusuf Chetindog‘ –

Alisher Navoiy

tadqiqotchisi” nomli maqolasi

.

13

Maqolada Turkiyalik olim Yusuf Chetindog‘ning Navoiy hayoti va ijodi borasida amalga

oshirgan tadqiqotlari haqida so‘z boradi. Muallif Yusuf Chetindog‘ning maqola va kitoblarini
shunchaki sanab qo‘ymasdan, ularni atroflicha nazariy tahlil qilgan.

13.

Abdumurod Tilavovning 2017-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika

ilmiy-

amaliy anjumani materiallarida e’lon qilingan “Alisher Navoiyning usmonli

she’riyatiga ta’siri” maqolasi.

14

2 sahifalik qisqa maqolada Navoiyning usmonli she’riyatiga ta’siri haqida so‘z boradi.

Muallif maqolada Ogoh Sirri Levend va Osman Sertkaya kabi turk olimlaridan iqtiboslar
keltirgan.

14.

Oysara Madaliyevaning 2018-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika

ilmiy-

amaliy anjumani materiallarida e’lon qilingan “Ogoh Sirri Levend –

Alisher Navoiy

asarlari fehrestnavisi” maqolasi.

15

Mashhur turk navoiyshunosi Ogoh Sirri Levendning ilmiy faoliyati haqida so‘z boradi.

15.

Aftondil Erkinovning 2018-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika ilmiy

-

amaliy anjumani materiallarida e’lon qilingan “Xazoyin ul

-

maoniy”ga ega

“Muhabbatnoma” to‘plami Ogoh Sirri Levend tasnifida” maqolasi.

16

Turkiyadan topilgan “Muhabbatnoma” majmuasi haqida turko

log olim Ogoh Sirri

Levend tadqiqotlari haqida so‘z boradi.

16.

Jo‘liboy Eltazarovning 2019

-

yil “Alisher Navoiy ijodiy merosining

umumbashariyat ma’naviy

-

ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi III an’anaviy

xalqaro konferensiya materiallarida e’lon qilingan “Alisher Navoiy ijodiy merosining
Turkiya Respublikasida oʻrganilishi haqida qaydlar” maqolasi.

17

12

Очилов

Эргаш

.

Навоий

асарларининг

жаҳон

тилларига

таржималари

\\

“Алишер

Навоий

ва

ХХ

1

аср”

мавзуидаги

республика

илмий

-

назарий

анжумани

материаллари

.

Тошкент: “Тамаддун”, 2017. –

Б

. 148

155.

13

Асқарова

Манзура

.

Юсуф

Четиндоғ

Алишер

Навоий

тадқиқотчиси

\\

“Алишер

Навоий

ва

ХХ

1

аср”

мавзуидаги

республика

илмий

-

назарий

анжумани

материаллари

.

Тошкент: “Тамаддун”, 2017. –

Б

. 252

254.

14

Тилавов

Абдумурод

.

Алишер

Навоийнинг

Усмонли

шеъриятига

таъсири

\\

“Алишер

Навоий

ва

ХХ

1

аср”

мавзуидаги

республика

илмий

-

назарий

анжумани

материаллари

.

Тошкент: “Тамаддун”, 2017. –

Б

. 289

291.

15

Мадалиева Ойсара. Огаҳ Сирри Левенд –

Алишер Навоий асарлари феҳрестнависи / “Алишер Навоий ва

XXI аср”: Республика илмий

-

назарий анжумани материаллари. –

Тошкент, 2018. –

Б. 77

-83.

16

Эркинов Афтондил. “Хазойин ул

-

маоний”га эга “Муҳаббатнома” тўплами Огаҳ Сирри Левенд тавсифида /

“Алишер Навоий ва XXI аср”: Республика илмий

-

назарий анжумани материаллари. –

Тошкент, 2018. –

Б.

378-382.

17

Eltazarov J. “Alisher Navoiy ijodining Turkiya Respublikasida oʻrganilishi haqida qaydlar” / “Алишер Навоий

ижодий меросининг умумбашарият маънавий

-

маърифий тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги III анъанавий


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1512

Turkiya navoiyshunosligi haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada bir nechta turk olimi va

ularning ilmiy izlanishlari haqida so‘z boradi.

17.

A.Erdalning 2019-y

il “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat

ma’naviy

-

ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi III an’anaviy xalqaro konferensiya

materiallarida e’lon qilingan “Turkiyada navoiyshunoslik” maqolasi.

18

Turkiyadagi navoiyshunoslik haqida ma’lumot berilgan.

18.

Aftondil Erkinovning 2019-yil

“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon

qilingan

“Navoiy ijodining xorijlik tadqiqotchilari” maqolasi.

19

Ushbu maqolada germaniyalik Zigrid Klaynmixel, turkiyalik Ganji Seyhan, Vengriyalik

Benedek Peri va fransiyalik Doktor Mark Toutantlarning navoiyshunoslik borasida amalga

oshirgan ishlari haqida ma’lumot berilgan. Turkiyalik olima Ganji Seyhan Navoiyning “Hayrat

ul-

abror” dostoni va “Siroj ul

-

muslimin” asarlari ustida tadqiqotlar olib borgani va kitoblar nashr

ettirgani aytib o

‘tilgan.

19.

Aftondil Erkinovning 2019-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika

ilmiy-

amaliy anjumani materiallarida e’lon qilingan “Alisher Navoiy Turkiya

qo‘lyozmalari katalogini yaratish tajribasidan” maqolasi.

20

Turkiya kutubxonalarida saqlanayotgan Alisher Navoiy qo‘lyozma asarlari katalogi

haqida ma’lumot berilgan.

20.

Aftondil Erkinovning 2020-

yil kun.uz internet saytida e’lon qilingan

“Istanbulda Navoiyning ilk rasmiy devoni yangi nusxasi aniqlandi” maqolasi.

21

Alisher Navoiy qalamiga mansub “Badoye ul

-

bidoya” devonining Turkiyada

saqlanayotgan 6-

nusxasining topishi haqida so‘z boradi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lyozma Navoiy

hayotligi davrida mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan.

21.

Dilnavoz Yusupovaning 2020-

yil “Temuriylar davrida yaratilgan

“Xamsa”larning komparativistik tadqiqi va ularning Sharq adabiyoti taraqqiyotidagi
o‘rni” xalqaro ilmiy

-

nazariy anjuman materiallarida e’lon qilingan “Usmonli turklar

xamsanavisligida Abdurahmon Jomiy an’analari” maqolasi.

22

Ushbu maqolada Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sining usmonli turklar xamsanavisligiga

ta’siri haqida ma’lumot berilishi barobarida, Navoiy “Xamsa”si haqida ham so‘z boradi.

халқаро конференция материаллари (2019 йил 4

-

6 февраль, Ўзбекистон, Навоий ш.). Тошкент: Фан, 2019,

351-355-

б.

18

Erdal A

. “

Turkiyada navoiyshunoslik

” // “Алишер

Навоий

ижодий

меросининг

умумбашарият

маънавий

-

маърифий

тараққиётидаги

ўрни”: халқаро

конференция

материаллари

.

Тошкент

:

Фан

, 2019.

Б

. 343-347.

19

Эркинов

Афтондил

.

Навоий

ижодининг

хорижлик

тадқиқотчилари

//

Ўзбек

тили

ва

адабиёти

.

Т

., 2019,

№2. –

Б

. 37-38.

20

Эркинов

Афтондил. “Алишер

Навоий

Туркия

қўлёзмалари

каталогини

яратиш

тажрибасидан” // “Алишер

Навоий

ва

XXI

аср”: Республика

илмий

-

назарий

анжумани

материаллари

.

Тошкент

: Navoiy universiteti,

2019.

Б

. 411-412.

21

Эркинов Афтондил. “Истанбулда Навоийнинг илк расмий девони янги нусхаси аниқланди”. 15.01.2020

(https://kun.uz/news/2020/01/15/istanbulda-navoiyning-ilk-rasmiy-devoni-yangi-nusxasi-aniqlandi)

22

Юсупова

Дилнавоз

.

Усмонли

турклар

хамсанавислигида

Абдураҳмон

Жомий

анъаналари

/ “Темурийлар

даврида

яратилган

“Хамса”ларнинг

компаративистик

тадқиқи

ва

уларнинг

Шарқ

адабиёти

тараққиётидаги

ўрни”: халқаро

илмий

-

назарий

анжуман

материаллари

.

СамДУ нашри, 2020. –

Б. 106

-112.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1513

22.

Aftondil Erkinovning 2021-

yil “Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi” 30

jildlik to‘plamining 19

-

jildida e’lon qilingan “Xorijiy navoiyshunoslik” maqolasi.

23

Qisqagina ushbu maqolada xorijdagi navoiyshunos olimlar shunchaki sanab o

‘tilgan.

Xususan, maqolada Mehmed Fuat Ko‘prulu, Zaki Validi To‘g‘on, Kemal Eraslan, Osman

Sertkaya, Tanju Seyhan, Vahid Turk, Ayshehan Deniz Abik kabi Turkiyalik navoiyshunos
olimlar nomi tilga olingan.

23.

Abdumurod Tilavovning 2022-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi

xalqaro ilmiy-

nazariy anjuman materiallarida e’lon qilingan “Alisher Navoiy xorijlik

olimlar nigohida” (Turkiyalik olima professor doktor Funda Toprakning “Tasavvufiy va
adabiy tomonlari bilan Alisher Navoiy” tadqiqoti haqida) maqolasi.

24

Ushbu maqolada Turkiyalik olima professor doktor Funda Toprakning “Tasavvufiy va

adabiy tomonlari bilan Alisher Navoiy” nomli monografiyasining mazmun

-mundarijasi,

navoiyshunoslikdagi ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.

24.

Shahzodbek Ruzmetovning 2022-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr”

mavzuidagi xalqaro ilmiy-

nazariy anjuman materiallarida e’lon qilingan “Alisher Navoiy

ijodining Usmonli turk adabiyotiga ta’siri” (Lamii Chelebiy misolida) maqolasi.

25

Maqolada XVI asrda yashagan va Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini turk

tiliga tarjima qilgan Lamii Chelebiy hayoti hamda ijodi haqida so‘z boradi.

25.

Nozliya Normurodovaning 2023-

yil “Alisher Navoiy va XXI asr”

uluslararo

konferensiya materiallarida e’lon qilingan

“Alisher Navoiy asarlarining jahon tillariga

tarjimalari haqida” maqolasi.

26

Maqolada Navoiy asarlarining turli tillarga qilingan tarjimalari tadrijid tarzda sanab

o‘tilgan. Shuningdek, Navoiy asarlarining turk tiliga o‘girilishi va tarjimonlar haqida ham
ma’lumot berilgan.

26.

Abdumurod Tilavovning 2024-yil

“Alisher Navoiy va XXI asr”

uluslararo

konferensiya materiallarida e’lon qilingan

“Alisher Navoiyning “Mahbub ul

-

qulub” asari

turkiyalik navoiyshunos Vohid Turk talqinida” maqolasi.

27

Ushbu maqolada “Mahbub ul

-

qulub” asarining turkiyalik navoiyshunos Vohid Turk

tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi, olimning ushbu asarni turk o‘quvchilariga yetkazishdagi
usuli, yutuq, tajribalari haqida so‘z boradi.

23

Эркинов Афтондил. Хорижий навоийшунослик// Истиқлол даври ўзбек навоийшунослиги. 30 жилдлик,

19-

жилд. —

Тошкент: "Тамаддун", 2021. –

Б.315

-325

24

Tilavov Abdumurod. Alisher Navoiy xorijlik olimlar nigohida (Turkiyalik olima professor doktor Funda

Toprakning

Tasavvufiy va adabiy tomonlari bilan Alisher Navoiy

tadqiqoti haqida

) // “

Alisher Navoiy va XXI

asr

mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari.

Toshkent, 2022.

B. 360-363.

25

Ruzmetov Shahzodbek. Alisher Navoiy ijodining Usmonli turk adabiyotiga ta

siri (Lamii Chelebiy misolida) //

Alisher Navoiy va XXI asr

mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari.

Toshkent, 2022.

B.550-

553

26

Normurodova Nozliya. Alisher Navoiy asarlarining jahon tillariga tarjimalari haqida// “Alisher Navoiy va XXI

asr”

uluslararo konferensiya materiallari.

Toshkent-Boku, 2023.

B. 59-63.

27

Abdumurod Tilavov. Alisher Navoiyning “Mahbub ul

-

qulub” asari turkiyalik navoiyshunos Vohid Turk talqinida//

“Alisher Navoiy va XXI asr”

uluslararo konferensiya materiallari.

Toshkent-Bursa, 2024.

B. 539-543.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1514

27.

Madina Ashirmatova va Barno Xojimatovalarning 2024-yil

“Alisher Navoiy

va XXI asr” uluslararo konferensiya materiallarida e’lon qilingan

“Alisher Navoiy

asarlarining Turkiya adabiyoti va adabiyotshunosligiga ta’siri” maqolasi.

28

Maqolada Navoiy ijodining turk adabiyotiga ta’siri misollar va mulohazalar yordamida

tahlil qilingan.

28.

Nodirxon Hasanning 2024-

yil “Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun”

mavzusidagi ilmiy-

amaliy konferensiya to‘plamida e’lon qilingan “Navoiy ijodiyotining

Turkiyada o‘rganilishiga doir” maqolasi.

29

Chuqur tahlil va dalilllarga asoslangan ushbu maqolada Turkiyada XX-XXI asrlarda

navoiyshunoslik

borasida amalga oshirilgan deyarli barcha izlanishlar sanab o‘tilgan. Muallif

maqolani yozish davomida turk olimlarining100 dan ortiq maqola, dissartatsiya va kitoblaridan
foydalangan.

29.

Sanobar To‘laganovaning 2024

-

yil “Jahon navoiyshunosligi: kecha va

bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plamida e’lon qilingan “Turkistonda

turk mafkurasi va Alisher Navoiy” maqolasi.

30

Maqolada turk olimiTohir Shokirning turk mafkurasi shakllanishida Alisher Navoiyning

o‘rni masalasiga bag‘ishlangan kuzatishlari o‘rganilgan.

30.

Zulayho Abdurahmonning 2024-

yil “Jahon navoiyshunosligi: kecha va

bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plamida e’lon qilingan “Abdurahmon

Go‘zal –

Navoiy ijodiyoti tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi” maqolasi.

31

Ushbu maqolada turk olimi Abdurahmon Go‘zal sa’y

-harakatlari bilan tashkil etilgan

“Bashkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot va targ‘ibot markazi” va bu markazning maqsad,
vazifalari, Abdurahmon Go‘zalning navoiyshunos sifatidagi faoliyati tahlil qilingan

31.

R.U.Ruzmanovaning 2024-

yil “Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun”

mavzusidagi ilmiy-

amaliy konferensiya to‘plamida e’lon qilingan “Alisher Navoiy

asarlarining jahon adabiyotshunosligidagi tadqiqi” maqolasi.

32

Ushbu maqolada Navoiyning usmonli turk adabiyotiga ta’siri, Turkiyaga yuborgan

g‘azallari va ularga yozilgan naziralar hamda bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar haqida
so‘z boradi.

Adabiyotshunosligimizda aynan Navoiy ijodining Turkiyada o‘rganilishiga bag‘ishlangan

dissertatsiyalar yo‘q. Ammo ba’zi ilmiy ishlarning ma’lum fasl yoki boblari ushbu mavzuga

qaratilgan.

28

Ashirmatova Madina, Xojimatova Barno. Alisher Navoiy asarlarining Turkiya adabiyoti va adabiyotshunosligiga

ta’siri// “Alisher Navoiy va XXI asr”

uluslararo konferensiya materiallari.

Toshkent-Bursa, 2024.

B. 596-599.

29

Нодирхон

Ҳасан

.

Навоий

ижодиётининг

Туркияда

ўрганилишига

доир// “Jahon navoiyshunosligi: kecha va

bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plami. –

Toshkent,2024.-B.100-110

30

Санобар

Тўлаганова

.

Туркистонда

турк

мафкураси

ва

Алишер

Навоий

// “Jahon navoiyshunosligi: kecha va

bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plami. –

Toshkent, 2024. -B. 201-205

31

Zulayho Abdurahmon. Abdurahmon Go‘zal Navoiy ijodiyoti tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi// “Jahon

navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plami. –

Toshkent, 2024. -B. 354-359

32

R.U.Ruzmanova. Alisher Navoiy asarlarining jahon adabiyotshunosligidagi tadqiqi// “Jahon navoiyshunosligi:

kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plami. –

Toshkent, 2024.-B. 460-467


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1515

Ro‘zmonova Rohila Usmonovnaning 2011

-

yilda himoya qilingan “Alisher Navoiy

an’analarining Usmonli Turk she’riyatiga ta’siri” (Ahmad Posho va Saydi Ali Rais Kotibiy ijodi

misolida )

33

dissertatsiyasini bunga misol qilib keltirish mumkin.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek adabiyotshunoslari tomonidan Turkiya

navoiyshunosligi mavzusidagi izlanishlar 1966-

yildan boshlab amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi

kungacha muayyan ilmiy baza shakllangan.

Ammo mavjud maqolalarning aksariyatida Turkiyadagi navoiyshunoslikka oid umumiy

ma’lumotlar, ya’ni u yoki bu turk olimining Navoiy haqida qanday maqola yoki kitob yozgani
sanab o‘tilgan, xolos. Bu asarlar tahlil qilingan, lekin nazariy yondashuvlar, metodologik asoslar,
o‘zbek navoiyshunosligi bilan solishtirma tahlil kabi chuqur ilmiy ishlovlar yetarli darajada

mavjud emas. Aynan shu jihat mavzuning nazariy chuqurlashtirilishi va yangi izlanishlar

zarurligini ko‘rsatadi.

Ushbu maqolaning xulosalari shuni ko‘rsatadiki, Alisher Navoiy merosining Turkiyada

o‘rganilishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlarga sistematik va nazariy yondashuv zarur. Bu
boradagi izlanishlarni chuqurlashtirish, o‘zbek va turk olimlari o‘rtasida mustahkam ilmiy
hamkorlik o‘rnatish zamon talabi hisoblanadi. Ayniqsa, Navoiy ijodining turkiy xalqlar adabiy
tafakkuriga ta’siri, til, obrazlar tizimi, tasavvufiy dunyoqarashlar doirasida yondashuvlar
o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ilmiy asosda tahlil qilish kelajakdagi tadqiqotlar uchun
muhim yo‘nalish bo‘lib qoladi.

Kelajakda Turkiyadagi navoiyshunoslikni tadqiqi uchun quyidagilarning amalga

oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi:

Turkiyadagi Navoiyshunoslik manbalarining nazariy tahlili yo‘lga qo‘yilishi lozim, ya’ni

faqatgina bibliografik ma’lumotlar emas, balki ularning mazmun

-

mohiyatini o‘zbek

navoiyshunosligi bilan solishtirib izohlash talab etiladi.

Turkiya olimlari tomonidan yozilgan asarlarning o‘zbek tiliga tarjima qilinib,

sharhlanishi va adabiyotshunoslik doirasida muhokama qilinishi foydali bo‘ladi.

O‘zbekiston va Turkiya navoiyshunos olimlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqot

loyihalari, konferensiyalar va dissertatsion mavzular yo‘lga qo‘yilishi zarur.

Turkiyadagi arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan Navoiyga oid manbalarni (tarjimalar,

tadqiqotlar, qo‘lyozmalar) tizimli ravishda o‘rganish ishlari tashkil etilishi kerak.

Yangi avl

od tadqiqotchilari uchun “Turkiyada Navoiyshunoslik” mavzusida

ixtisoslashgan ilmiy maktab yoki yo‘nalishlar tashkil qilish, bu boradagi izlanishlarni tizimli

tarzda davom ettirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Абдураҳмонов Ғанижон. Туркияда навоийшунослик // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 1966. № 6. –

Б. 33

-37.

2.

Исматуллаев Х. Навоий ижодини xорижий мамлакатларда ўрганишга доир // Ўзбек
тили ва адабиёти. –

Тошкент, 1968. № 5. –

Б. 13

-17.

33

Рўзмонова

,

Роҳила

Усмоновна

.

Алишер

Навоий

анъаналарининг

Усмонли

Турк

шеъриятига

таъсири

(

Ахмад

Пошо

ва

сайди

Али

Раис

Котибий

ижоди

мисолида

)-2011


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1516

3.

Исматуллаев Ҳ. Навоий элларда ва тилларда / Ўзбекистон маданияти. –Тошкент,
1968. 24 сентябрь.

4.

Умаров Эргаш. Туркиялик навоийшунос // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент,

1978. № 1. –

Б. 59

-60.

5.

Абдуазизов Абдузуҳур. Жаҳонгашта аллома: Алишер Навоий жаҳон адабиёти
саҳифаларида / Гулистон. 1985. № 4. –Б. 24.

6.

Эркинов Содир. Таниқли навоийшунос турк олими // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 1991. № 4. –

Б. 79.

7.

Тоҳир Қаҳҳор. Туркиялик навоийшунос / Ўзбекистон адабиёти ва санъати. –
Тошкент, 1991. №39 (3143). 27 сентябрь. –

Б. 4.

8.

Муродуллаева М. “Муҳокамат ул

-

луғатайн” асари туркиялик тадқиқотчи назарида /

Навоийга армуғон. 4

-

китоб. –

Тошкент: Фан, 2004. –

Б. 156

-159.

9.

Салоҳий Дилором. “Тарихи мулуки Ажам”нинг туркча таржимаси //Ўзбек тили
ва адабиёти. –

Тошкент, 2006. № 3. –

Б. 88

-92.

10.

Рўзмонова, Роҳила Усмоновна.

Алишер Навоий анъаналарининг Усмонли Турк

шеъриятига таъсири (Ахмад Пошо ва сайди Али Раис Котибий ижоди мисолида)

-

2011

11.

Болтабоев Ҳамидулла. “Мажолис ун

-

нафоис”нинг турк тазкирачилигига таъсири ва

Францияда биографик жанрнинг шаклланиши

\\

“Алишер Навоий ва ХХ1 аср”

мавзуидаги республика илмий

-

назарий анжумани материаллари. –

Тошкент:

“Тамаддун”, 2017. –

Б. 137–

141.

12.

Очилов Эргаш. Навоий асарларининг жаҳон тилларига таржималари

\\

“Алишер

Навоий ва ХХ1 аср” мавзуидаги республика илмий

-

назарий анжумани

материаллари. –

Тошкент: “Тамаддун”, 2017. –

Б. 148–

155.

13.

Асқарова Манзура. Юсуф Четиндоғ –

Алишер Навоий тадқиқотчиси

\\

“Алишер

Навоий ва ХХ1 аср” мавзуидаги республика илмий

-

назарий анжумани

материаллари. –

Тошкент: “Тамаддун”, 2017. –

Б. 252–

254.

14.

Тилавов Абдумурод. Алишер Навоийнинг Усмонли шеъриятига таъсири

\\

“Алишер

Навоий ва ХХ1 аср” мавзуидаги республика илмий

-

назарий анжумани

материаллари. –

Тошкент: “Тамаддун”, 2017. –

Б. 289–

291.

15.

Akram Gulandom. Navoiy ijodi xorijliklar nigohida // Til va adabiyo

t ta’limi. –

Тошкент, 2018. №12. –

B. 44-45.

16.

Мадалиева Ойсара. Огаҳ Сирри Левенд –

Алишер Навоий асарлари феҳрестнависи

/ “Алишер Навоий ва XXI аср”: Республика илмий

-

назарий анжумани

материаллари. –

Тошкент, 2018. –

Б. 77

-83.

17.

Эркинов Афтондил. “Хазойин ул

-

маоний”га эга “Муҳаббатнома” тўплами Огаҳ

Сирри Левенд тавсифида / “Алишер Навоий ва XXI аср”: Республика илмий

-

назарий анжумани материаллари. –

Тошкент, 2018. –

Б. 378

-382.

18.

Eltazarov J. “Alisher Navoiy ijodining Turkiya Respublikasida oʻrganilishi haqida

qaydlar” / “Алишер Навоий ижодий меросининг умумбашарият маънавий

-

маърифий тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги III анъанавий халқаро конференция


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1517

материаллари (2019 йил 4

-

6 февраль, Ўзбекистон, Навоий ш.). Тошкент: Фан, 2019,

351-355-

б.

19.

Erdal A. “Turkiyada navoiyshunoslik” // “Алишер Навоий ижодий меросининг
умумбашарият маънавий

-

маърифий тараққиётидаги ўрни”: халқаро конференция

материаллари. –

Тошкент: Фан, 2019. –

Б. 343

-347.

20.

Эркинов Афтондил. Навоий ижодининг хорижлик тадқиқотчилари // Ўзбек тили ва
адабиёти. –

Т., 2019, №2. –

Б. 37

-38.

21.

Эркинов Афтондил. “Алишер Навоий Туркия қўлёзмалари каталогини яратиш
тажрибасидан” // “Алишер Навоий ва XXI аср”: Республика илмий

-

назарий

анжумани материаллари. –

Тошкент: Navoiy universiteti, 2019. –

Б. 411

-412.

22.

Эркинов Афтондил. “Истанбулда Навоийнинг илк расмий девони янги нусхаси
аниқланди”. 15.01.2020 (https://kun.uz/news/2020/01/15/istanbulda

-navoiyning-ilk-

rasmiy-devoni-yangi-nusxasi-aniqlandi)

23.

Эркинов Афтондил. “Алишер Навоий девонларининг аниқланган янги нусхалари

(2010

–2020 йиллар)” / Ўзбек филологиясида матншунослик ва манбашунослик

муаммолари: Республика илмий

-

амалий анжумани материаллари. –

Наманган,

2020.

Б. 88

-96.

24.

Юсупова Дилнавоз. Усмонли турклар хамсанавислигида Абдураҳмон Жомий
анъаналари / “Темурийлар даврида яратилган “Хамса”ларнинг компаративистик
тадқиқи ва уларнинг Шарқ адабиёти тараққиётидаги ўрни”: халқаро илмий

-

назарий

анжуман материаллари. СамДУ нашри, 2020. –

Б. 106

-112.

25.

Эркинов Афтондил. Хорижий навоийшунослик// Истиқлол даври ўзбек
навоийшунослиги. 30 жилдлик, 19

-

жилд. —

Тошкент: "Тамаддун", 2021. –

Б.315

-

325

26.

Türk V. (2021). Ali Sir Nevai Calismas Türkiye'de. Türk Dili ve Edebiyatı Dergisi s. 52,

403-442b.

27.

Tilavov Abdumurod. Alisher Navoiy xorijlik olimlar nigohida (Turkiyalik olima
profess

or doktor Funda Toprakning “Tasavvufiy va adabiy tomonlari bilan Alisher

Navoiy” tadqiqoti haqida) // “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi xalqaro ilmiy

-

nazariy anjuman materiallari.

Toshkent, 2022.

B. 360-363.

28.

Ruzmetov Shahzodbek. Alisher Navoiy ijodining Usmonli turk adabiyotiga ta’siri
(Lamii Chelebiy misolida) // “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi xalqaro ilmiy

-

nazariy anjuman materiallari.

Toshkent, 2022.

B.550-553

29.

Normurodova Nozliya. Alisher Navoiy asarlarining jahon tillariga tarjimalari haqida//

“Alisher Navoiy va XXI asr”

uluslararo konferensiya materiallari.

Toshkent-Boku,

2023.

B. 59-63.

30.

Abdumurod Tilavov. Alisher Navoiyning “Mahbub ul

-

qulub” asari turkiyalik

navoiyshunos Vohid Turk talqinida// “Alisher Navoiy va XXI asr”

uluslararo

konferensiya materiallari.

Toshkent-Bursa, 2024.

B. 539-543.

31.

Ashirmatova Madina, Xojimatova Barno. Alisher Navoiy asarlarining Turkiya adabiyoti

va adabiyotshunosligiga ta’siri// “Alisher Navoiy va XXI asr”

uluslararo konferensiya

materiallari.

Toshkent-Bursa, 2024.

B. 596-599.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1518

32.

Нодирхон

Ҳасан

.

Навоий

ижодиётининг

Туркияда

ўрганилишига

доир// “Jahon

navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plami. –

Toshkent,2024.-B.100-110

33.

Санобар

Тўлаганова

.

Туркистонда

турк

мафкураси

ва

Алишер

Навоий

// “Jahon

navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy

-

amaliy konferensiya to‘plami. –

Toshkent, 2024. -B. 201-205

34.

Zulayho Abdurahmon. Abdurahmon Go‘zal Navoiy ijodiyoti tadqiqotchisi va
targ‘ibotchisi// “Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy

-amaliy

konferensiya to‘plami. –

Toshkent, 2024. -B. 354-359

35.

R.U.Ruzmanova. Alisher Navoiy asarlarining jahon adabiyotshunosligidagi tadqiqi//

“Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy

-amaliy konferensiya

to‘plami. –

Toshkent, 2024.-B. 460-467

References

Абдураҳмонов Ғанижон. Туркияда навоийшунослик // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1966. № 6. – Б. 33-37.

Исматуллаев Х. Навоий ижодини xорижий мамлакатларда ўрганишга доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1968. № 5. – Б. 13-17.

Исматуллаев Ҳ. Навоий элларда ва тилларда / Ўзбекистон маданияти. –Тошкент, 1968. 24 сентябрь.

Умаров Эргаш. Туркиялик навоийшунос // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1978. № 1. – Б. 59-60.

Абдуазизов Абдузуҳур. Жаҳонгашта аллома: Алишер Навоий жаҳон адабиёти саҳифаларида / Гулистон. 1985. № 4. –Б. 24.

Эркинов Содир. Таниқли навоийшунос турк олими // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1991. № 4. – Б. 79.

Тоҳир Қаҳҳор. Туркиялик навоийшунос / Ўзбекистон адабиёти ва санъати. –Тошкент, 1991. №39 (3143). 27 сентябрь. – Б. 4.

Муродуллаева М. “Муҳокамат ул-луғатайн” асари туркиялик тадқиқотчи назарида / Навоийга армуғон. 4-китоб. – Тошкент: Фан, 2004. – Б. 156-159.

Салоҳий Дилором. “Тарихи мулуки Ажам”нинг туркча таржимаси //Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2006. № 3. – Б. 88-92.

Рўзмонова, Роҳила Усмоновна. Алишер Навоий анъаналарининг Усмонли Турк шеъриятига таъсири (Ахмад Пошо ва сайди Али Раис Котибий ижоди мисолида)-2011

Болтабоев Ҳамидулла. “Мажолис ун-нафоис”нинг турк тазкирачилигига таъсири ва Францияда биографик жанрнинг шаклланиши “Алишер Навоий ва ХХ1 аср” мавзуидаги республика илмий-назарий анжумани материаллари. – Тошкент: “Тамаддун”, 2017. – Б. 137–141.

Очилов Эргаш. Навоий асарларининг жаҳон тилларига таржималари “Алишер Навоий ва ХХ1 аср” мавзуидаги республика илмий-назарий анжумани материаллари. – Тошкент: “Тамаддун”, 2017. – Б. 148–155.

Асқарова Манзура. Юсуф Четиндоғ – Алишер Навоий тадқиқотчиси “Алишер Навоий ва ХХ1 аср” мавзуидаги республика илмий-назарий анжумани материаллари. – Тошкент: “Тамаддун”, 2017. – Б. 252–254.

Тилавов Абдумурод. Алишер Навоийнинг Усмонли шеъриятига таъсири “Алишер Навоий ва ХХ1 аср” мавзуидаги республика илмий-назарий анжумани материаллари. – Тошкент: “Тамаддун”, 2017. – Б. 289–291.

Akram Gulandom. Navoiy ijodi xorijliklar nigohida // Til va adabiyot ta’limi. – Тошкент, 2018. №12. – B. 44-45.

Мадалиева Ойсара. Огаҳ Сирри Левенд – Алишер Навоий асарлари феҳрестнависи / “Алишер Навоий ва XXI аср”: Республика илмий-назарий анжумани материаллари. – Тошкент, 2018. – Б. 77-83.

Эркинов Афтондил. “Хазойин ул-маоний”га эга “Муҳаббатнома” тўплами Огаҳ Сирри Левенд тавсифида / “Алишер Навоий ва XXI аср”: Республика илмий-назарий анжумани материаллари. – Тошкент, 2018. – Б. 378-382.

Eltazarov J. “Alisher Navoiy ijodining Turkiya Respublikasida oʻrganilishi haqida qaydlar” / “Алишер Навоий ижодий меросининг умумбашарият маънавий-маърифий тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги III анъанавий халқаро конференция материаллари (2019 йил 4-6 февраль, Ўзбекистон, Навоий ш.). Тошкент: Фан, 2019, 351-355-б.

Erdal A. “Turkiyada navoiyshunoslik” // “Алишер Навоий ижодий меросининг умумбашарият маънавий-маърифий тараққиётидаги ўрни”: халқаро конференция материаллари. – Тошкент: Фан, 2019. – Б. 343-347.

Эркинов Афтондил. Навоий ижодининг хорижлик тадқиқотчилари // Ўзбек тили ва адабиёти. – Т., 2019, №2. – Б. 37-38.

Эркинов Афтондил. “Алишер Навоий Туркия қўлёзмалари каталогини яратиш тажрибасидан” // “Алишер Навоий ва XXI аср”: Республика илмий-назарий анжумани материаллари. – Тошкент: Navoiy universiteti, 2019. – Б. 411-412.

Эркинов Афтондил. “Истанбулда Навоийнинг илк расмий девони янги нусхаси аниқланди”. 15.01.2020 (https://kun.uz/news/2020/01/15/istanbulda-navoiyning-ilk-rasmiy-devoni-yangi-nusxasi-aniqlandi)

Эркинов Афтондил. “Алишер Навоий девонларининг аниқланган янги нусхалари (2010–2020 йиллар)” / Ўзбек филологиясида матншунослик ва манбашунослик муаммолари: Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Наманган, 2020. – Б. 88-96.

Юсупова Дилнавоз. Усмонли турклар хамсанавислигида Абдураҳмон Жомий анъаналари / “Темурийлар даврида яратилган “Хамса”ларнинг компаративистик тадқиқи ва уларнинг Шарқ адабиёти тараққиётидаги ўрни”: халқаро илмий-назарий анжуман материаллари. СамДУ нашри, 2020. – Б. 106-112.

Эркинов Афтондил. Хорижий навоийшунослик// Истиқлол даври ўзбек навоийшунослиги. 30 жилдлик, 19-жилд. — Тошкент: "Тамаддун", 2021. – Б.315-325

Türk V. (2021). Ali Sir Nevai Calismas Türkiye'de. Türk Dili ve Edebiyatı Dergisi s. 52, 403-442b.

Tilavov Abdumurod. Alisher Navoiy xorijlik olimlar nigohida (Turkiyalik olima professor doktor Funda Toprakning “Tasavvufiy va adabiy tomonlari bilan Alisher Navoiy” tadqiqoti haqida) // “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent, 2022. – B. 360-363.

Ruzmetov Shahzodbek. Alisher Navoiy ijodining Usmonli turk adabiyotiga ta’siri (Lamii Chelebiy misolida) // “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent, 2022. – B.550-553

Normurodova Nozliya. Alisher Navoiy asarlarining jahon tillariga tarjimalari haqida// “Alisher Navoiy va XXI asr” uluslararo konferensiya materiallari. – Toshkent-Boku, 2023. – B. 59-63.

Abdumurod Tilavov. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari turkiyalik navoiyshunos Vohid Turk talqinida// “Alisher Navoiy va XXI asr” uluslararo konferensiya materiallari. – Toshkent-Bursa, 2024. – B. 539-543.

Ashirmatova Madina, Xojimatova Barno. Alisher Navoiy asarlarining Turkiya adabiyoti va adabiyotshunosligiga ta’siri// “Alisher Navoiy va XXI asr” uluslararo konferensiya materiallari. – Toshkent-Bursa, 2024. – B. 596-599.

Нодирхон Ҳасан. Навоий ижодиётининг Туркияда ўрганилишига доир// “Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. – Toshkent,2024.-B.100-110

Санобар Тўлаганова. Туркистонда турк мафкураси ва Алишер Навоий // “Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. – Toshkent, 2024. -B. 201-205

Zulayho Abdurahmon. Abdurahmon Go‘zal Navoiy ijodiyoti tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi// “Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. – Toshkent, 2024. -B. 354-359

R.U.Ruzmanova. Alisher Navoiy asarlarining jahon adabiyotshunosligidagi tadqiqi// “Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. – Toshkent, 2024.-B. 460-467